Suhrob Ziyo
757 subscribers
1.27K photos
280 videos
18 files
848 links
Саҳифаларимиз:
👉🏻 @sz_fotopoeziya
👉🏻 @turkiysoz
👉🏻 @sz_turkce

Мурожаат учун: @suhrobziyodov
Download Telegram
Eʼlon

16-mart kuni soat 13:00 da
Qaqnus koʻrsatuvining

Izlam ruknidagi kitoblar mualliflariga bagʻishlangan soni yozib olinadi.

Koʻrsatuvga tomoshabin sifatida qatnashish uchun @Nurmuhammad_Abduzoirov ga pasport maʼlumotlaringizni yuborib, roʻyxatdan oʻtishingiz kerak.

Qani, bir mazza qilib sheʼrlashaylik...

@Qaqnus_klub
Biroz avval kanalda bir soat toʻxtamay she'r oʻqidim. Barcha she'rlar muallifi Suhrob Ziyo. Charchoq sabab toʻxtatishga majbur boʻldim. Balki yana shunday tashkillarmiz. Har holda kanal tarixidagi ilk ovozli chat boʻldi.

@Mirahmedovas_blog
***

Vatanga tomirday tortib turar yo‘l,
Kenglik tugamaydi, cho‘l tugamaydi.
Kun o‘tar,
oy o‘tar,
o‘tib ketar yil,
Qarshiga borguncha yo‘l tugamaydi.

Jizzaxda dovon-u adir tugaydi,
Samarqand noniday qadr tugaydi,
Toqatlar tugaydi,
sabr tugaydi,
Qarshiga borguncha yo‘l tugamaydi.

Tugar tirikchilik mashmashalari,
Tugar erka qizning xarxashalari,
Tugar yig‘ilar-u qahqahalar-u,
Qarshiga borguncha yo‘l tugamaydi.

Tugamas manzilsiz yurakning ohi,
Tugamas bir so‘zga intiq nigohi,
Ulovda yonilg‘i tugaydi gohi,
Qarshiga borguncha yo‘l tugamaydi.

Muddati tugaydi hamalning, hutning,
Mevasi tugaydi o‘rikning, tutning,
G‘aznasi tugaydi katta bir yurtning,
Qarshiga borguncha yo‘l tugamaydi.

To yo‘lda ekansan,
tugamas huzun,
Umr — to‘rt misra she'r o‘qishlik bir zum,
Haqqa eltadigan yo‘l kabi uzun
Qarshiga borguncha yo‘l tugamaydi.

S.Z.

@suhrob_ziyo1
Наврўз ўзбек шеъриятида ҳар доим куй­ланган, бундан кейин ҳам куйланади. Нав­рўз деган сўз, унга тошлар отилганида ҳам шеъриятда яшаб қолган, худди халқ қалбию руҳида яшаганидек. Чунки шеърият ҳам миллат қалбининг кўзгусидир.
Наврўз — ҳурлик!
Наврўз — меҳнат, кураш, жасорат!
Наврўз — миллатнинг ўзлиги!
Наврўз — гўзаллик!
Наврўз — илҳом!
Наврўз — ҳаёт!
Наврўз — оламнинг ва инсоннинг уйғо­ниши!
Наврўз — юз йиллик ўзбек шеъриятида
шундай!


Суҳроб ЗИЁ.

@suhrob_ziyo1
***
Aytsam, so‘z tugamaydi,
Kelsam, yo‘l oxiri yo‘q.
Qaytsam, dil unamaydi,
Ichsam, g‘am chog‘iri yo‘q.

Bitsam, yarim ko‘ngilning
Kemtiklari bitmaydi.
Ketsam, o‘zim ketarman,
Ko'nglim undan ketmaydi.

Qolsam, ohim simillar,
Borsam, birov yov deydi.
Kulsam, yoshim jimillar,
O‘lsam, o‘lim g‘ov deydi.

Yonsam, muzlar chirsillar,
Kuysam, kuydim jonimdan.
Gulga boshim eggandim,
Itlar o‘tdi yonimdan.

Unsam, kuzak chaqirgay,
So‘lsam, bahor jilmaydi.
Qorlar yog‘di yurakka,
Nigohlarim bilmaydi.

Ayting, qancha qonun bor
Bu savdoning yo‘lida?
O‘zi bitta jonim bor,
U ham Xudo qo‘lida.

S.Z.

@suhrob_ziyo1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#хотира

Бугун, Ўзбекистон халқ ёзувчиси Шукур Холмирзаев таваллуд куни.

Ўзбекистон Қаҳрамони, халқ шоири Абдулла Орипов дўсти, Ўзбекистон халқ ёзувчиси Шукур Холмирзаев ҳақида хотираларини сўзлайди.

https://t.me/qashqadaryo_adabiyoti
Forwarded from Farrux Jabborbek
Oxirgi postimga juda ko‘p munosabat bildirildi, qarab turmaymiz, yordam berishga shaymiz, degan izohlar yozildi. Elning daldasi umid bag‘ishlab, ulug‘ ayyom kunlari yana bir post qo‘yishga qaror qildim.

Yo‘ldosh Eshbek xalqimizni milliy ozodlikka boshlagan shoirlardan biri. Shunday shaxsning xor-u zorlikda yashashiga tomoshabinlik qilish bizga yarashmaydi. Eng yomoni, bu ahvol surunkali ravishda davom etmoqda. Shoir sovet davridayoq ta’qibga uchragan bo‘lsa, mustaqillik yillarida ham ro‘shnolik ko‘rmagan, 10-15 yilcha uy qamog‘ida saqlangan. Bu, tabiiyki, oilani uch-quyruqsiz muammolar zanjiriga giriftor qilgan. Ko‘pchilik ziyolilar vaziyatni oldindan yaxshi biladi (sabablarini ham), imkon qadar ko‘mak berib keladi.

Yo‘ldosh Eshbek “Yig‘layotgan qiz” timsolida butun dunyodagi barcha ezilgan mazlumlarga, hayotda ko‘p aldangan soddadillarga hamdard, hasratdosh bo‘ldi. Ne tongki, o‘zining ham qismati “yig‘layotgan qiz”ga aylanib ketdi.

Bu dunyo aslida aldoqchilardir!
Bu dunyo aslida yig‘layotgan qiz!

Biror yillar ilgari borganimda Yo‘ldosh Eshbek sobiq yotoqxonaning bir bo‘lmasida yashardi, har holda. Keyin oshxonaga ko‘chib chiqibdi. Oilaviy sharoit shuni taqozo qilgan. Kamida besh jon tiqilib kun kechirmoqda: ota, ona, o‘g‘il, qiz, nabira… Ustiga ustak, shoirni xastaliklar qiynayapti: qand kasali bor, ko‘z ko‘rmay qolgan, o‘t azob beradi… Shu holida ham ijoddan to‘xtagani yo‘q. Og‘riqlar orasida she’rlar bitadi, ulug‘ ulamolarimizdan tarjimalar qiladi (aytib turib yozdirsa kerak).

Avvalgi postim ijtimoy tarmoqda keng tarqalib, yaxshi odamlar amaliy yordam taklifi bilan chiqdi, manzilini surishtirgan ham ko‘p bo‘ldi. Menimcha, hamma uyiga borib, bezovta qilmagani durust. Xijolatli... Do‘stlar bilan kengashib, eng to‘g‘ri yo‘l plastik kartaga ko‘mak yig‘ish deb o‘yladik. Shoirning o‘zi bu haqda eshitishni ham istamadi. Shuning uchun shaxsiy karta ma’lumotlarimni e’lon qilyapman.

👉 UZCARD 5614681908452158 (Djabbarov Farrukh)

👉 HUMO 9860060102409871 (Farrukh Djabbarov)

👉 VISA 4195250040623413 (Farrukh Djabbarov)

Olganing – birovniki, berganing – o‘zingniki, deganlar. Katta elmiz, bir g‘ishtdan qo‘yib, osmono‘par minorlar tiklaganmiz. Millatim deb yashagan shoirini millatimiz yolg‘iz qo‘ymasligiga ishonaman. Imkoningiz boricha yordam qilsangiz quvonaman, imkoningiz bo‘lmasa tushunaman. Postning ko‘proq odamga yetib borishiga hissa qo‘shing 🙏

🗄Farrux Jabborbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QUTLOV

Na bo‘lg‘ay yashashni sal oson qilsang,
Qil sig‘magan ko‘ngling
Shu’laga to‘lsin.
Har namoz orasin Ramazon bilsang,
Bir kunda besh hayit
Muborak bo‘lsin!

A’zam O‘ktam

@suhrob_ziyo1
Bu yildan "Yoshlik" jurnalining rasman obunachisiga aylangandim. Birinchi son qo‘lga tegdi🔥🔥🔥
Qizimga

Daryo qizim, turonko‘z qizim,
Nigohlaring oppoq xarita.
Men ularga bir surat chizdim
Sen bilmagan dunyo haqida.

Unda hamma manzillar ayri,
Unda hamma yo‘llar chuqurli,
Unda hamma hammaga g‘ayri,
Unda hamma hammasi sirli.

Unda bitta Vatan bor,
unda...
sen bor,
men bor,
ayang bor,
xalq bor.
Ertaklar bor — ishonma bunga.
Shiorlar bor — hammasi yolg‘on...

Yo‘q, bu surat senga arzimas,
Hayf u jajji dudoqlaringga.
Shunga uni sidirib otdim,
Sening oppoq nigohlaringdan.

Daryojonim, tushungin meni,
Og‘ir olma dilchalaringga.
Bu Vatanni shu ahvolida
Tutgim kelmas qo‘lchalaringga.

S.Z.

@suhrob_ziyo1
Forwarded from ERKIN BOZOROV | RASMIY
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BINAFSHA

Binafsha, senmisan, binafsha — senmi,
Ko‘chada aqchaga sotilgan.
Binafsha menmanmi, binafsha menmi,
Sevgingga, qayg‘ungga tutilgan?..
(Cho'lpon)



Hayot shovqinlarida berkingan tuyg'ularimiz bizni qayta topadilar. Uchrashuv joyi @arthousehamsa
+998 93 145 80 80

(Qo'shiq muxlislar talablariga binoan to'liq joylandi🫡)

@erkinbozorovv
“OZARBAYJON DAFTARI”dan

Xazar dengiziga

Salom, Xazar, mungli dengiz,
Suv tilida so’ylarmisan?
Turkistonda qurib bitgan
Qardoshingni o’ylarmisan?

Charloq qushlar sayrab bersin,
Sening-da bir nolang bormi?
Dengizimni yo’q qildim men,
Seni asrar bolang bormi?

Yuz o’ttizta irmog’ingga
Qirg’oqlaring “dorilmaydi”.
Mening bitta daryoyim bor,
Oroliga borolmaydi.

Oy dengizim, kun dengizim,
Bosh-oxiri mung dengizim,
To’rt tomoni turkka makon,
To’rt tomoni gung dengizim.

Senga boqib, ko’zim tindi,
Ichim yondi, so’zim sindi.
Orol uchun mangu yasha,
Orol uchun to’lgin endi.

Men-chi qaytdim, qalqa-qalqa,
Ko’zimda yosh halqa-halqa,
Dengizlari qurib bitgan,
Yuraklari dengiz xalqqa.

Oy dengizim, kun dengizim,
Menga mehring sun, dengizim...

S.Z.

2024, dekabr.
Boku.

@suhrob_ziyo1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“OZARBAYJON DAFTARI”dan

Hamdardlik
Ozarbayjon uchog‘i halokatiga bag‘ishlanadi

1.
Allohga omonat etilmish har jon,
Dilda omonatning yodi boshlandi,
Qozoq tuprog‘ida yongan uchoqning,
Menim yuragimda dodi boshlandi.

Ozarim ozori — mening ozorim,
Portlagan uchoqday portladi zorim,
Sening-da, mening-da turk erur borim,
Turklikning yana faryodi boshlandi.

Kuylangan kuylarning kuygan qanoti,
Bir kun Turk bo‘ladi dunyoning oti,
Ungacha, qardoshim, tik tut saboti,
Endi xayol qurmoq chog‘i boshlandi.

Sizga salom bo‘lsin, ey shahid jonlar,
O‘rtaga chiqqanda sirlar, ayonlar,
Bizniki bo‘ladi barcha osmonlar,
Yolg‘on podshohlarning “mot”i boshlandi.

Birlikda motam-u, bayram-to‘yimiz,
Yurtimiz, shahrimiz, so‘qoq, ko‘yimiz,
Tilimiz, so‘zimiz, xayol, o‘yimiz:
Orzuning she'rda bunyodi boshlandi.

2.
Zolimdan do‘st chiqmas: ming yil silasang,
Tishlaydi non tutgan panchalaringni.
Qardosh tuprog’iga qula, qulasang,
Dushmanga qoldirma parchalaringni!

2024-yil, dekabr.
Baku — Lankaron.

@suhrob_ziyo1