Xitoyning geosiyosiy tahlili
Abdulxafiz A’zam, mustaqil ekspert
“Yer yuzidagi tinchlik Xitoyga tayanadi. Kimki Xitoyni ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, diniy nuqtayi nazardan tushunsa, u keyingi besh asrga mo‘ljallangan jahon siyosati kalitiga ega bo‘ladi.”
J.Xey, AQSH davlat kotibi, XIX asr oxiri.
Xitoy davlatining bugungi postmodern davrga kelib dunyodagi eng yirik iqtisodiy va siyosiy jihatdan qudratli davlatga aylanishida, mamlakatning geosiyosatida qo’llayotgan strategiyalari katta ahamiyatga ega. Xitoy simulyatsion davrda qanday qilib bunday darajaga yetdi? Umuman olganda, AQShning Xitoyga nisbatan tashqi siyosat vektorining o’zgarganligi - Xitoyning rivojlanishiga katta hissa qo’shdi.
Xitoyliklar uchun haqiqat kaliti tarixdir. Tarix uch davrning takroridir: XAOS - XAOS VA KICHIK FARAVONLIKNI YENGISH - BUYUK BIRLIK VA HAMJIHATLIK. Xitoy davlatchiligining rivojlanishida asosan konfutsiylik ta’limotini olgan xalqning birdamligi juda qo’l keldi.
Shuningdek, Xitoy ikki geosiyosiy konsepsiyaga tayanadi: 1. Devor geosiyosati; 2. Yo’l geosiyosati.
Devor geosiyosati - Xitoyning ichki xavfsizligi, suvereniteti va sivilizatsion o‘ziga xosligini himoya qilishga qaratilgan strategiyasini anglatadi. Bu atama ramziy ma’noda Xitoyning “Buyuk devori”ni eslatadi, ammo zamonaviy kontekstda u davlatning geosiyosiy chegaralarini mustahkamlash, ichki barqarorlikni ta’minlash va tashqi tahdidlarga qarshi turishni anglatadi. Devor ichida geosiyosiy kuchning kuchayishi davlat va sivilizatsiya chegaralarining birligiga olib keladi. O‘zining moliyaviy tizimini himoya qilish (Xitoy o‘z moliyasini global moliyaviy oligarxiyaga bo‘ysundirmagan kam sonli davlatlardan biri), uning ma’naviy va axloqiy qadriyatlari va an’analarini, fuqarolarini va har qanday xitoyni, kimning fuqarosi bo‘lishidan qat’i nazar.
Yo’l geosiyosati - Iqtisodiy kengayish (ekspansiyasi) orqali “tashqariga chiqish” konsepsiyasi. “Bir kamar, bir yo’l” loyihasi ham asosan shunga qaratilgan. Xitoy savdo yo’llarini o’z nazoratiga olish orqali o’zining global ta’sir kuchini yana ham kuchaytirmoqchi.
Geosiyosatda xitoyliklar uch tomonlama tizimni tan olishadi: 1. Men o‘zim; 2. Ittifoqchilar; 3. Raqib.
Xitoyliklar bir-biriga qarshi sxema bo‘yicha o‘ynashmaydi.
“Tashqariga yurish” strategiyasi: 1) Xitoy diasporalarini qo‘llab-quvvatlash; 2) Katta Xitoy etnik hamjamiyati, ya’ni. Xitoy-Qit’a, Xitoy-Orol (Tayvan, Gonkong, Singapur) va Xitoy-Diaspora; 3) Xitoy diasporasi Singapur, Indoneziya (90%), Tailand (75%) va Malayziya (60%) iqtisodlarini to‘liq nazorat qiladi.
Pekin tashqi siyosatdagi strategiyalari orqali Xitoy xalqini boshqa xalqlardan ustun bo’lishiga intilishi va global hukmronlikni kuchaytirishga qaratgan.
Strategic Focus: Central Asia

TIV Rossiyadagi mehnat muhojirlarining ahvoli bo‘yicha xavotir bildirdi: diplomatik tilda bu – norozilik ishorasi
2025-yil 2-may kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari B.Usmanov Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi O.Malginov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Rasman ikki tomonlama hamkorlik va konsullik mexanizmlari muhokama qilingan bo‘lsa-da, asosiy urg‘u – boshqa nuqtaga qaratilgan.
Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston tomoni Rossiyada ishlayotgan fuqarolarimizga nisbatan qo‘pol muomala va huquqlarining buzilishi haqidagi xabarlarning ko‘payib borayotganiga jiddiy e’tibor qaratdi.
Rasmiy bayonotga ko‘ra, O‘zbekiston tomoni bu holatlar migrantlarning qonuniy huquqlari buzilishi ekanini ta’kidlab, ushbu huquqlar yashab turgan davlat qonunchiligi asosida ta’minlanishi lozimligini eslatdi.
“O‘zbekiston tomonining xavotirlarini yetkazish zarurligi alohida qayd etildi” degan jumla – diplomatik tilda – bu oddiy tashvish emas, balki norozilik ishorasidir.
Ya’ni Toshkent Moskvadan nafaqat izoh, balki migrantlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha amaliy choralarni kutayotganini anglatadi. Uchrashuv konteksti masalani ochiq keskinlikka olib chiqmasdan turib hal qilish istagini ham bildiradi.

Putin o‘zi qo‘ng‘iroq qildi: Lavrovning qilig’i uchun uzr so’rashga 10 kun kerak bo’ldi
Samarqandda Lavrovning bahsli gaplaridan (rus tilidagi yozuv yo‘qligidan norozilik bildirgandi) ikki hafta ham o’tmay Kreml vaziyatni yumshatishga qaror qildi.
Oldindan taxmin qilganimizdek, V.Putin Shavkat Mirziyoyevdan telefon orqali uzr so‘ragan bo‘lishi ehtimoldan yiroq emas. E’tiborga loyiq jihat: Kreml rasmiy xabarida odatdagidek “suhbat xorij tomonining tashabbusi bilan bo‘ldi” degan jumla yo‘q. Bu esa, qo‘ng‘iroq aynan Rossiya tomonidan tashkil etilganini bildiradi. Ma’lumki, Kreml o‘zining kibrli diplomatik uslubida har doim xuddiki chet tomon o’zi muloqot qilmoqchi ekanini ko’rsatishga harakat qiladi.
Shunday qilib, Mirziyoyev Moskvaning diplomatik xatoligini bilvosita tan olinishiga erishdi. “Qadrli do’stlarimiz” O‘zbekiston madaniyati va ramzlariga nisbatan hurmatsizlik javobsiz qolmasligni yodda tutishi kerak.

AQSH Prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoniga tashrifi chog‘ida Fors ko‘rfazi davlatlari yetakchilari bilan uchrashadi, deb yozmoqda Axios nashri manbalarga tayanib. Trampning Ar-Riyodga safari may oyining o‘rtalariga rejalashtirilgan.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi (FKADHK) a’zolari — ya’ni Bahrayn, Qatar, Quvayt, BAA va Ummon yetakchilarini sammitgaga taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Ta’kidlash joiz, avvalroq noma’lum sabablarga ko’ra Markaziy Osiyo - Ko‘rfaz mamlakatlari sammiti qoldirilgandi.

AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlamoqda: bu Markaziy Osiyo uchun nimani anglatadi?
Bloomberg nashri xabariga ko‘ra, Tramp jamoasi Ukrainadagi urush tufayli Rossiyaga nisbatan iqtisodiy bosimni kuchaytirish rejasini ishlab chiqqan. Yangi choralar nafaqat Rossiyani, balki u bilan faol savdo qilayotgan Markaziy Osiyo davlatlarini ham qamrab olishi mumkin.
AQSh nima uchun Rossiyaga bosim o‘tkazmoqchi?
Ukraina va uning ittifoqchilari Vashingtondan Moskvaga bosimni kuchaytirishni so‘ramoqda, bu orqali ular Putinni Tramp shartlari asosida o‘t ochishni to‘xtatishga majburlamoqchi. AQSh va Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi ko‘plab sanksiyalar joriy etgan, biroq ular harbiy harakatlarni to‘xtata olmadi. Endi yangi cheklovlar — masalan, Rossiya nefti va gazining eksportiga nisbatan sanksiyalar — muhokama qilinmoqda.
Qanday choralar tayyorlanmoqda?
Aniq tafsilotlar hozircha yo‘q, Tramp hali yakuniy qaror qabul qilmagan, chunki diplomatik muzokaralar davom etmoqda. Ammo ehtimoliy choralar orasida quyidagilar mavjud: a) Rossiya banklariga qarshi sanksiyalar; b) Rossiya resurslarini sotib olayotgan davlatlarga nisbatan ikkilamchi sanksiyalar; d) Senator Lindsi Grem tomonidan ilgari surilgan qonun loyihasi (72 senator qo‘llab-quvvatlagan), u Rossiyaga nisbatan “halokatli” sanksiyalar va Rossiya nefti, gazi yoki uranini sotib olayotgan davlatlarga 500 foizlik tarif joriy etishni nazarda tutadi. Shubhasiz, mazkur choralar Rossiya iqtisodiyotiga va uning energiya resurslariga bog‘liq davlatlarga og‘ir zarba bo‘lishi mumkin.
Yangi sanksiyalar Markaziy Osiyoga qanday ta’sir qiladi?
Markaziy Osiyo davlatlari — Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston — Rossiya bilan chuqur iqtisodiy aloqalarga ega. Rossiya ularning mahsulotlari uchun muhim bozor bo‘lib qolmoqda, shuningdek, ko‘plab davlatlar rus gaz va neftiga qaram. Agar AQSh ikkilamchi sanksiyalar yoki yuqori tariflar joriy etsa, bu bir nechta muammolarni keltirib chiqarishi mumkin:
Iqtisodiy xavf. Rossiya energiya resurslarini sotib olayotgan davlatlar AQSh bilan savdoda cheklovlarga uchrashi mumkin, bu esa ularning eksporti va investitsiyalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Energiya qaramligi. Qozog‘iston va Turkmaniston o‘zlari ham neft va gaz eksport qilsa-da, Qirg‘iziston, Tojikiston va O’zbekiston Rossiya yetkazib berishlariga tayanadi. Sanksiyalar energiya narxlarini oshirishi yoki ta’minotni izdan chiqarishi mumkin.
Savdo va logistika. Mintaqa Rossiya orqali o‘tuvchi savdo yo‘llarini faol rivojlantirmoqda. Yangi cheklovlar Yevropaga va boshqa hududlarga yuk tashishni murakkablashtiradi.
Migratsiya va pul o‘tkazmalari. Millionlab markaziy osiyoliklar Rossiyada mehnat qiladi va uylariga pul yuboradi. Agar Rossiya iqtisodiyoti sanksiyalar ta’sirida yomonlashsa, migrantlar daromadi kamayadi va natijada mintaqadagi ijtimoiy ahvolga salbiy ta’sir qiladi.
Shu bilan birga, Qozog‘iston yoki Turkmaniston Rossiyaning bozordagi o‘rnini egallash uchun o‘z neft va gaz eksportini oshirishga urinishi mumkin, biroq bu vaqt va katta sarmoya talab qiladi.
Nega qaror qabul qilinmayapti?
Yangi sanksiyalarni muhokama qilish Tramp jamoasidagi kadrlar almashinuvi bilan murakkablashmoqda. Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi M.Uolts lavozimidan chetlatildi, hozirda uning vazifasini davlat kotibi Rubio vaqtincha bajarib turibdi. Shunday qilib, Rubioning ikki pozitsiyani egallagani AQSh strategiyasini muvofiqlashtirishga yordam beradi.
Tramp nimani istaydi?
Tramp Ukrainadagi urushni tugatishni va Rossiya bilan iqtisodiy munosabatlarni qayta ko‘rib chiqishni xohlamoqda. U Putin jiddiy muzokaralarni boshlamasa, sanksiyalar bilan tahdid qilgan, biroq hozircha diplomatiyani afzal ko‘rib, yangi choralarni jadallashtirmayapti.
Taxminlarga ko’ra, agar yangi sanksiyalar qabul qilinsa, ular Rossiya iqtisodiyotiga zarba beradi va unga yaqin bo‘lgan Markaziy Osiyoni ham chetlab o‘tmaydi. Bu energiya narxlarining oshishi, ta’minotdagi uzilishlar va migrantlar daromadining pasayishiga olib kelishi mumkin.

Bugun ko‘plab Telegram kanallar o‘zlari sezmagan holda Kremlning ovoziga aylanmoqda. Putinning chiqishlarini tahlilsiz tarqatish — axborot emas, bevosita targ‘ibotdir.
Shuni unutmasligimiz kerak: so‘zlarni emas, maqsadni tahlil qilish muhim. Putinning so‘nggi nutqlarini diqqat bilan o‘qisangiz, yangilik topmaysiz. U 25 yildan buyon bir xil fikrlarni takrorlaydi:
— “Biz doim tahdid ostidamiz”,
— “Rossiyani yomon ko‘rishadi, chunki biz mustaqilmiz”,
— “Hech kim bizga yordam bermaydi, bizning yagona ittifoqchilarimiz faqat armiya va flot.”
Bu — harbiy kuchni yagona najot deb biladigan, o‘z xalqini doimiy xavfda saqlovchi yopiq mentalitetdir.
Kreml ritorikasining tubida esa imperiyachilik tafakkuri yotadi:
1. Buyuklik illyuziyasi: Rossiya o‘zini “noyob sivilizatsiya” deb e’lon qilgan, go‘yoki u boshqalardan ustun va unga tarixiy hukmronlik “nasib etgan”. Bu esa real muammolarni — izolyatsiya, iqtisodiy inqiroz — inkor etishdir.
2. Revanshizm: “Biz o‘z tarixiy hududlarimizni qaytaryapmiz” degan gaplar bilan agressiya oqlanmoqda. Shuningdek, “Biz kuchli bo‘lmasak, bizni yo‘q qilishadi” degan fikr bilan ichki repressiyalar va tashqi bosqinlar asoslanmoqda.
Shu sababli siz, aziz kuzatuvchi, har qanday chiqishni shunchaki tarqatishdan oldin o’zingizga savol bering: bu kimga foyda?
Tahlil — bu ozodlik. Tahlil qilmasak har qanday platforma targ’ibot mashinasiga aylanishi mumkin. Biz esa axborot maydonida mustaqil fikrga ega shaxs bo‘lishimiz kerak.
Fikrlaylik. Tanlaylik. So‘z ortidagi niyatni anglaylik. Faqat shunda manipulyatsiyaga qarshi tura olamiz.
Yuqoridagilar Tramp, Si, Erdog’an va boshqalarga ham tegishli!

Forwarded from Eron-Turkiya: tahlil va xabarlar
Afg’oniston armiyasi va davlat xizmatchilari orasida norozilik kuchaymoqda
Manbalarga ko’ra, Kobulda mahalliy aholi va kuch tuzilmalari orasida norozilik ortib bormoqda. Bunga sabab — Afg’oniston amirining armiya va davlat xizmatchilari sonini qisqartirish qarori.
AQSh moliyaviy yordamni to‘xtatganidan so‘ng, mamlakatda jiddiy budjet inqirozi yuzaga keldi. Natijada, ko‘plab vazirlik xodimlari va Tolibon jangchilari bir necha oydan beri ish haqi olmayapti. Shunga javoban Haybatulloh Oxundzoda ayrim idoralar shtatini qisqartirish va kuch tuzilmalaridagi xodimlarning 18 foizdan ortig‘ini ishdan bo‘shatish bo‘yicha topshiriq bergan. Ta’lim vazirligida ham ommaviy qisqartishlar kutilmoqda — bu o‘n minglab odamlarni ishsiz qoldirishi mumkin.
Avvalroq Tolibon o‘z jangchilarini turli davlat idoralariga joylashtirgan edi, garchi ularning ko‘pchiligi faqat harbiy malakaga ega bo‘lsa ham. Endi ular ishsiz qolish xavfi ostida. Bu esa harakat ichidagi keskinlikni kuchaytirishi va mamlakatda yangi to‘qnashuvlarga olib kelishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, qisqartirishlar va ish haqi kechikishi norozilik xavfini oshirmoqda. Agar vaziyat o‘zgarmazsa, Afg’oniston yanada chuqur ichki inqirozga yuz tutishi mumkin.
@erontahlili

Forwarded from G’arbiy alyans
AQSh va Ukraina o‘rtasidagi foydali qazilmalar bo‘yicha kelishuv ortida nima yashiringan?
S.Pinxasova, mustaqil ekspert
Yaqinda AQSh va Ukraina o‘zaro kelishuvga erishdi: endilikda ular Ukrainadagi tabiiy resurslarni qazib olish uchun umumiy fond tashkil etishadi. Dastlab bu ikki davlat o‘rtasidagi manfaatli hamkorlikdek ko‘rinadi. Biroq chuqurroq qaralganda, bu shunchaki nodir metallar emas, aslida neft-gaz resurslari bilan bog‘liq geosiyosiy o‘yin bo‘lib chiqadi.
Kelishuv nimadan iborat?
Yangi fond doirasida Ukraina yangi qazib olish litsenziyalaridan olinadigan daromadning 50 foizini fondga o‘tkazadi. Buning evaziga AQSh moliyaviy yoki harbiy yordam ko‘rsatadi. Tramp dastlab Ukraina nodir metallari — elektronika, qurol va yashil energetika uchun zarur elementlarga boy degan fikrni ilgari surdi. Ammo muammo shundaki Ukrainada bunday resurslar deyarli mavjud emas. Hattoki AQSh Geologiya xizmati Ukrainani bunday metallar zaxirasiga ega davlatlar qatoriga kiritmagan.
Ukrainadagi nodir metallar — quruq gap
Tramp Ukraina skandiy erbiy kabi elementlarga boy deb da’vo qilgan bo‘lsa-da, mutaxassislar va ma’lumotlar bu fikrni rad etadi. Bu metallar Ukrainada juda kam yoki ularni qazib olish nihoyatda murakkab va qimmatga tushadi. Qolaversa, nodir metallarning global bozordagi ulushi atigi 7 milliard dollarni tashkil qiladi va bu sohada Xitoy yetakchi hisoblanadi. Shunday qilib, bu “kamyob metallar” shunchaki siyosiy niqob bo‘lib chiqqan.
Asl maqsad — neft va gaz
Vaqt o‘tishi bilan diqqat nodir metallar emas, balki neft, gaz va ko‘mirga qaratildi. Ukraina haqiqatan ham katta gaz zaxiralariga ega va Yevropaga yo‘naltirilgan quvurlar tarmog‘i rivojlangan. Global neft bozori trilionlab dollarga baholanadi, ya’ni nodir metallar bozoridan ancha yirik. AQSh uchun esa bu Yevropadagi energetik ta’sirini kuchaytirish imkoniyati.
Bu AQShga nima beradi?
AQSh Ukraina resurslariga muhtoj emas, balki strategik ustunlik uchun mazkur kelishuvni istaydi. Bu orqali Vashington Yevropadagi gaz oqimlariga ta’sir o‘tkazadi, Rossiya kabi raqiblarning pozitsiyalarini zaiflashtiradi. Tramp esa Ukrainaga kiritilgan sarmoyalar “qaytarildi” degan siyosiy yutuqqa erishadi.
Ukraina nima oladi?
Ukraina uchun bu kelishuv AQShning qo‘llab-quvvatlashini saqlab qolish yo‘lidir, ayniqsa urush sharoitida. Biroq u aniq xavfsizlik kafolatlarini bermaydi. Aksincha, Ukraina o‘z resurslari ustidan nazoratni yo‘qotish xavfi ostida qoladi, va daromadlar bo‘linadi.
Xulosa qilib aytganda, kelishuv nodir metallar haqida emas — u neft va gazga qaratilgan. Tramp bu mavzuni ko‘tarib, asl maqsadini — Ukraina energiya resurslarini qo’lga kiritish imkonini — yashirishga harakat qilmoqda. Ukraina uchun esa bu ikki tomonlama xavf: bir tomonda AQSh yordami, ikkinchi tomonda esa resurs mustaqilligini yo‘qotish.
G’arbiy alyans

Assalomu aleykum, do’stlar! “O‘zbekistonlik dindorlar nimani istaydilar?” mavzusidagi so‘rovnomada ishtirok etishga taklif qilamiz. 15 ta savoldan iborat 3 daqiqalik so’rovnomada faol ishtirok etishingizni so’raymiz. Ishtirokingiz uchun rahmat! Strategic…
Yuqoridagi so’rovnomada faol ishtirok etishingizni so’raymiz! Ertaga natijalari bo’yicha tahliliy post chiqadi.
Forwarded from G’arbiy alyans
AQShdagi vaziyat: iqtisodiyot qulamoqda, lekin hukumat muvaffaqiyatlar bilan maqtanmoqda
The Washington Post yozishicha, AQSh iqtisodiyoti jiddiy muammolarga duch keldi, ammo Tramp ma’muriyati hamon hammasi joyida degan ko‘rinishni saqlayapti. 2025 yil boshida mamlakat iqtisodiyoti 0,3%ga qisqardi, holbuki 2024 yil oxirida 2,4% o‘sishga erishilgan edi. Bu pandemiyadan beri eng yomon ko‘rsatkich. Iqtisodchi Kris Rupki ochiqchasiga tan oldi: “O‘sish yo‘qoldi”. Bu holat qisman Trampning yangi boj stavkalari kuchga kirishidan oldin odamlarning ommaviy xarid qilishlari bilan bog‘liq, ammo holat o‘zgarishsiz qolmoqda — ishlar yomon.
Shunga qaramay, muammoni tan olish o‘rniga Oq uy buni “yaxshi yangilik” deb atamoqda. Savdo bo‘yicha maslahatchi Piter Navarro bu holatni “uning hayotidagi eng yaxshi salbiy o‘sish” deb ta’rifladi. Matbuot kotibi Karolin Livitt esa iqtisodiyot “tezlik olayotganini” aytdi. Tramp jamoasio muvaffaqiyatsizlikni yutuq deb ko‘rsatishga urinmoqda.
Yaqinda bo‘lib o‘tgan vazirlar yig‘ilishida Trampning yordamchilari uni mo‘jiza yaratgan odamdek maqtab yubordi. Bosh prokuror Pem Bondi Tramp 100 kun ichida fentanil dori vositasi orqali “258 million kishining hayotini saqlab qolganini” aytdi — bu AQSh aholisi sonining to‘rtdan uch qismini tashkil etadi. Savdo vaziri Xovard Lutnik esa fuqarolikni 5 million dollarga sotish g‘oyasini maqtadi, garchi bu taklif allaqachon rad etilgan bo‘lsa-da. Ichki ishlar vaziri Dug Borgam Trampni “qo‘rqmas” va uning jamoasini “tarixdagi eng yaxshisi” deb atadi.
Trampning o‘zi ham g‘alati bayonotlar bermoqda. U o‘zining savdo urushi tufayli do‘konlardagi bo‘sh javonlarni normal hol deb atadi: “bolalarga 30 ta emas, 2 ta qo‘g‘irchoq ham yetadi”. U benzin arzonlashganini (aslida narx o‘zgarmagan), turizm o‘sayotganini (aslida kamaymoqda), tuxum narxi 87% arzonlashganini (yolg’on fakt) da’vo qilmoqda. Ilon Mask yuritayotgan DOGE loyihasi milliardlab mablag‘ni tejashi kerak edi, ammo amalda mamlakat 135 milliard dollarlik zarar ko‘rdi.
Sudlar ham Trampga qarshi chiqmoqda. Ularning qarorlariga ko‘ra, moliya sektori xodimlarini ishdan bo‘shatish, fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlaridan foydalanish yoki talabalarni norozilik aksiyalari uchun hibsga olish urinishlari noqonuniy hisoblanadi. Hatto Tramp tayinlagan ba’zi sudyalar ham uning harakatlarini noqonuniy deb topmoqda. Masalan, Texasdagi bir sudya eski qonunga tayanib deportatsiya qilishni taqiqladi, boshqa bir sudya esa bir AQSh fuqarosining hech qanday asossiz deportatsiya qilinganidan shubhalandi.
Endilikda Oq uy o‘z g‘oyalarini Tramp tarafdori bo‘lgan blogerlar va saytlar orqali tarqatmoqda. Ular soliq idorasini bekor qilish, Grenlandiyaning Xitoy bilan “fitnalari” yoki Britaniyada so‘z erkinligidan shikoyat qilish kabi g‘alati mavzularni muhokama qilmoqda. Bir bloger hatto deportatsiyalar tufayli “Uber haydovchilari yana ingliz tilida gapiryapti” deb minnatdorchilik bildirdi.
Tramp pozitsiyasi zaiflashmoada, lekin islohotlar o‘rniga u OAV va so‘rovnomalarni soxtalikda ayblamoqda. U va’da qilgan 90 kun ichida 90 ta savdo kelishuvi hali hanuz faqat “eskizlar” holida. Iqtisodiyot inqirozda, sudlar qarshi, lekin Oq uy xayoliy dunyoda yashamoqda, u yerda hamma narsa “a’lo darajada”. Ammo haqiqatni aldab bo‘lmaydi — muammolar o‘z-o‘zidan yo‘qolmaydi, deydi ekspertlar.

Zamonaviy O‘zbekistonda din: an’ana va yangilanish o‘rtasida
2-4 may kunlari tashkil etilgan “O’zbekistonlik dindorlar nimani istaydilar?” mavzusidagi so‘rovda 700 nafardan ortiq kishi ishtirok etdi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, din jamiyat ongida hanuz muhim omil bo‘lib qolmoqda, biroq uni zamonaviy mazmunda tushunishga va ijtimoiy hayotga faolroq integratsiyalashga bo‘lgan talab ortib bormoqda.
1. Diniylikning modernizatsiyasi. Ishtirokchilarning ko‘pchiligi (58%) o‘zini “o‘rtacha darajada” va faqat 15% “yuqori darajada” dindor deb hisoblaydi. Ya’ni din keng tarqalgan, ammo u har kimning shaxsiy ishi bo’lib qolmoqda. Fanatizm yo’q. Qizig‘i shundaki, faqat 10% bilimni diniy dargohlardan va ulamolardan oladi, 41% esa internetdan, yana 34% — kitoblardan. Bu esa din peshvolarining pozitsiyasi susayishi va raqamli platformalar hamda mustaqil ta’limning kuchayishini ko‘rsatadi.
2. Cheklangan erkinlik va ehtiyotkor ishonch. Faqat 22% kuzatuvchi diniy erkinlik yetarligini qayd etmoqda. Aksariyat (43%) uni faqat qisman mavjud deb hisoblasa, 35% esa butunlay yetishmasligini bildirgan. Shu bilan birga, rasmiy diniy institutlarga bo‘lgan ishonch ham cheklangan: faqat 30% to‘liq ishonadi, 50% esa qisman.
3. Din va jamiyat: ortib borayotgan kutishlar. O‘zbekistonliklarning katta qismi diniy yetakchilarning ijtimoiy (64%) va hatto siyosiy (52%) hayotda faolroq ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlamoqda. 54% maktablarda diniy bilimlar majburiy tarzda o‘qitilishini yoqlaydi, 57% esa o‘quv yurtlarida diniy kiyim (masalan, hijob) kiyishni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu esa diniy qadriyatlarni zamonaviy institutlar bilan uyg‘unlashtirish istagini anglatadi.
4. Bugungi dindorlar uchun eng muhim masalalar. Din va oila (56%) hamda dindorlarning fan va ta’limdagi roli (56%) asosiy mavzular sifatida ajralib turadi. Yana bir muhim yo‘nalish — yoshlar va ma’naviyat (46%). Faqat 12% respondent diniy iqtisodiyotning rivojlanishini dolzarb deb hisoblagan — bu esa e’tibor ko‘proq moliyaviy emas, balki axloqiy va madaniy qadriyatlarga qaratilganini anglatadi.
5. An’anaviylikka ijtimoiy talab.
Hanafiylik va moturidiylik kabi an’anaviy diniy maktablarning/ ta’limotlarning qo‘llab-quvvatlash darajasi 53%ni tashkil etadi, biroq 26% muqobil yo‘nalishlar orasidan tanlash erkinligini istaydi. 80% esa mamlakatda diniy ta’lim muassasalari yetarli emas deb hisoblaydi — bu esa ma’naviy tarbiya sohasida strategik choralarni ko‘rishga signal bo‘lishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda diniy hayot tobora shaxsiy, ongli va ma’rifiy xarakter kasb etmoqda. Aholining an’anaga bo‘lgan hurmati, uni zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish istagi bilan birga kechmoqda. O‘zbekiston fuqarolari dinni faqat ruhiy tayanch emas, balki ongli, ilmli va ijtimoiy mas’uliyatli kuch sifatida ko‘rishni istamoqda.
Muhim eslatma: So‘rov natijalari kanal kuzatuvchilarining pozitsiyasini aks ettiradi va butun O‘zbekiston aholisi fikrini to‘liq ifodalamaydi.

O‘zbekistonda din va raqamli transformatsiya
K.Abdullayev, mustaqil ekspert
Yaqinda o’tkazilgan so‘rov natijalari shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda diniy hayot tobora ko‘proq onlayn makonga ko‘chib bormoqda. Respondentlarning 41 foizi diniy bilimni internet va ijtimoiy tarmoqlardan olishini bildirgan, faqat 10 foizi esa ibodatxonalar va diniy yetakchilarga murojaat qiladi. Bu esa an’anaviy institutlarning e’tiqod tafsiriga oid monopoliyasi zaiflashib, u o‘rnini shaxsiy izlanishga bo‘shatayotganini ko‘rsatadi. Bunday o‘zgarish davlat va diniy tuzilmalar tomonidan yangi strategiyani talab qiladi: ishonchsiz yoki radikal manbalarga yo‘l bermaslik uchun raqamli muhitda faol ishlash zarur. Onlayn ta’lim platformalari, video-darsliklar ishlab chiqish va yoshlar orasida diniy savodxonlikni ommalashtirish ustuvor yo‘nalish bo‘lishi kerak.

Jamiyat dindan ijtimoiy hayotga ko‘proq integratsiyani kutmoqda
S.Zokirova, mustaqil ekspert
SFCA jamoasi tomonidan o’tkazilgan so’rovnoma natijalariga ko’ra, o‘zbekistonliklar uchun din faqat shaxsiy emas, balki muhim ijtimoiy resurs hamdir. Respondentlarning 64 foizi diniy arboblarning jamoat hayotida ishtirokini, 54 foizi esa maktablarda diniy bilimlar o‘qitilishini qo‘llab-quvvatlamoqda. Shuningdek, 62 foiz respondent diniy tashkilotlar kambag‘allarga yordam, yoshlar dasturlari va dinlararo muloqot bilan bir vaqtning o‘zida shug‘ullanishi kerak deb hisoblaydi. Bu esa Islom dini aholining ko‘z o‘ngida mamlakat madaniy to‘qimasining ajralmas qismi, islohotlar va axloqiy yangilanishning ma’naviy tayanchi sifatida qaralayotganini anglatadi.
Biroq buning uchun diniy tuzilmalarni institutsional yangilash zarur — ochiqlik, imomlar saviyasini oshirish, dunyoviy mutaxassislarni jalb qilish kabi yo‘nalishlar muhim ahamiyat kasb etadi. Faqat shundagina din mamlakat kelajagida faol va bunyodkor kuchga aylanishi mumkin.

Do‘stlar, Strategic Focus: Central Asia kanaliga bo‘lgan qiziqishingiz — bizning jamoamiz uchun eng katta ilhom manbai. Biz mintaqadagi asosiy jarayonlar haqida ishonchli tahlillar va noodatiy yondashuvlarni taqdim etishga harakat qilamiz.
Asosiy maqsad — 1 000 000 kuzatuvchi! Va bu yo‘lda aynan siz bizga yordam bera olasiz!
Ushbu postni do‘stlaringizga, yaqinlaringizga va tegishli guruhlarga ulashing. Sizning qo‘llab-quvvatlashingiz — sifatli va chuqur tahliliy kontent rivojiga hissa qo’shadi.
Strategic Focus: Central Asia — bu yerda voqealar shunchaki tasvirlanmaydi, balki tahlil qilinadi.
Dunyoda ilmdan boshqa najot yo’q va bo’lmagay. (Imom Buxoriy)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Strategic Focus: Central Asia
Loyihamizni qo’llab-quvvatlash bo’yicha aksiyada ishtirok etdingizmi?
Anonymous Poll
66%
Ha
34%
Yo’q
Forwarded from G’arbiy alyans
Bosim ostidagi universitetlar: Markaziy Osiyo AQSh tajribasidan nimani o‘rganishi mumkin?
M.Imomov, mustaqil ekspert
AQSh universitetlarida navbatdagi mafkuraviy kurash avj olmoqda. Yillar davomida bu sohada so’l qanot qarashlari hukmronlik qilgan. Masalan, AQShning eng nufuzli gumanitar oliygohlarning 40 foizida birorta ham respublikachi professor yo‘q. O‘ng qarashlar amalda akademik muhitdan siqib chiqarilgan.
Endi vaziyat o‘zgarmoqda — lekin ijobiy tomonga emas. Xususan, Tramp davrida bir qator yetakchi universitetlarning davlat tomonidan moliyalashtirilishi to’xtatildi, xorijiy studentlar deportatsiya qilindi. Shuningdek, Harvard singari nufuzli oliygohlar antisemitizmni qo’llab-quvvatlashda ayblanmoqda. Bu kontekstda, Tramp ma’muriyati universitetlardan “muqobil” nuqtai nazarlarni ta’minlashni talab qilmoqda. Aks holda, kadrlar almashinuvi bilan tahdid qilinmoqda. Ya’ni bir mafkuraviy monopoliyani boshqasiga almashtirishmoqda.
Markaziy Osiyo bu holatdan qanday saboq olishi mumkin?
1. Yagona mafkura — boshi berk ko‘cha. Agar universitetlarda faqat bitta qarashga ruxsat berilsa (xoh liberal, xoh konservator), erkin fikrlash, ilm va siyosiy madaniyatga zarar yetkaziladi. Shu bilan birga, G‘arb yoki Sharqdan tayyor mafkuralarni olib kirish aqliy mustaqilligimizni yemiradi.
2. Fan siyosatdan mustaqil bo‘lishi kerak. Davlat tomonidan “adolat” yoki “vatanparvarlik” shiorlari ostida ta’limga aralashuv doimo mafkuraviy dogmatizmga olib keladi. Aynan shu sabab mintaqadamizdagi universitetlar modernizatsiyaning asosi bo‘lib xizmat qilishi uchun ularni siyosiy bosimdan himoya qilish nihoyatda muhim.
3. Bizning yo‘limiz — ko‘chirish emas, barpo etish. “So’l” va “o‘ng” qarashlar o‘rtasidagi bahslarni takrorlash shart emas. Aksincha, Aflotun yoki Jomiy haqida ochiq va sog‘lom fikr almashiladigan, ideologik yorliqlarsiz o‘z fikriy makonimizni yaratishimiz zarur.
Umuman olganda, Amerika tajribasi ko‘rsatadiki, “to‘g‘ri qarashlar” uchun kurash akademik hayot poydevorini yemirishi mumkin. Markaziy Osiyo esa o‘z yo‘lidan borishi kerak: tashqaridan o’rgatilgan yoki ichkaridan bosim o‘tkazilgan mafkuralarsiz erkin fikrlovchi maktablarni shakllantirish ustuvor vazifamiz.

Xitoy va AQSh: muvozanat illyuziyasi
K.Abdullayev, mustaqil ekspert
Yuzaki qaralganda, Xitoy va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar barqaror strategik muvozanat holatida ko‘rinadi. Pekin keskin eskalatsiyaga intilmayapti, Tramp ma’muriyati baland ovozli, ammo umumiy hisobda cheklangan choralar bilan kifoyalanmoqda, ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy o‘zaro bog‘liqlik esa keskinliklarning oldini olmoqda. Ammo tashqi tinchlik ortida ikkala tomonda ham mustahkamlanayotgan ishonch bor: harakat qilish vaqti keldi.
Nima ro‘y bermoqda?
Pekin endi o‘zini Vashingtonga qarshi raqobatda zaif tomon deb hisoblamaydi. Iqtisodiy o‘sish, armiyani modernizatsiya qilish, texnologik yutuqlar — bularning barchasi Xitoy rahbariyatida “tarixiy imkoniyat” hissini kuchaytirdi: AQSh bilan kuchlar muvozanati deyarli erishildi. Bundan tashqari, Xitoy tahlilchilarining fikricha, Tramp Pekinning qo‘liga o‘ynayapti: xalqaro ittifoqlarni zaiflashtirdi, Amerika byurokratiyasini beqarorlashtirdi va siyosiy barqarorlikni yo‘qqa chiqarmoqda. Xitoy esa Trampning “bosim — murosa” uslubini o‘rganib, unga qarshi o‘z strategiyasini ishlab chiqdi.
Ammo tarix shuni ko‘rsatadiki, strategik muvozanat doimiy bo‘lmaydi. 2028 yil — Tayvandagi saylovlar va Trampning ikkinchi muddati oxiri — yaqinlashgan sari Pekin yanada qat’iyroq choralar ko‘rishga tayyor bo‘lishi mumkin. Harbiy choralar bo‘lmasligi mumkin, lekin javob albatta keskinroq bo’ladi.
Ekspertlar quyidagi tendensiyalarga katta e’tibor qaratishmoqda:
Birinchi, Xitoy endi “Tayvanning mustaqilligiga yo‘l qo‘ymaslik” siyosatidan “faol birlashtirish” strategiyasiga o‘tdi. Bu esa Tayvan jamiyati, elitalari va harbiylariga ta’sir o‘tkazishga qaratilgan tizimli faoliyat bilan birga olib borilmoqda.
Ikkinchi, Tramp Tayvanni, qolaversa, ittifoqchilarni himoya qilishga tobora kamroq qiziqish bildirmoqda. Pekinda “bugungi Amerika urushga tayyor emas” degan ishonch kuchaymoqda.
Uchinchi, AQSh “axloqiy kapital”ni yo‘qotmoqda: ittifoqchilar sodiqligi susaymoqda, “global yetakchi” qiyofasi esa Xitoyning barqaror va izchil siyosati fonida xira tus olmoqda.
Pekin - Vashington raqobatining Markaziy Osiyo uchun ahamiyati
1. Dunyo endi oldindan aytib bo‘lmaydigan bo‘lib qoldi. “Kuch orqali muvozanat” — barqarorlik emas, balki o’ta xavfli sukunatdir. Bizning mintaqa esa bunday beqaror taqsimot davrida ayniqsa zaif.
2. Tashqi kuch markazlariga ko‘r-ko‘rona suyanish xavfli.
AQSh ham, Xitoy ham tobora ko‘proq ichki hisob-kitob bilan harakat qilmoqda. Biz esa hech birining “sinov maydoni” yoki “tajriba obyekti” bo‘lmasligimiz kerak.
3. Mintaqaviy suverenitet — shunchaki shior emas, balki hayotda qolishning yagona yo’li. Kuchli armiya, barqaror iqtisodiyot, mustaqil diplomatiya va global kuchlar o‘rtasida mohirlik bilan harakat qilish qobiliyati — xavfsizlikni aynan mana shular ta’minlaydi, tashqaridan beriladigan “kafolatlar” emas.
Xulosa qilib aytsak, AQSh va Xitoy o‘rtasidagi strategik muvozanat — bu vaqtinchalik illyuziya bo‘lishi mumkin. Asl tahdid bu ikki davlatning to‘qnashuvi emas, balki xalqaro qoidalar tizimining asta-sekin yemirilishi bo‘lib, bu jarayonda o‘rta va kichik davlatlar manevr qilish imkoniyatidan mahrum bo‘lishi mumkin. Markaziy Osiyo uchun yagona ishonchli yo‘l — o‘zining geosiyosiy, iqtisodiy va institutsional immunitetini mustahkamlashdir.

Xitoy vs AQSh: Innovatsiya urushida kim yutadi?
AQSh iqtisodi va xavfsizligi yangi texnologiyalarga bevosita bog‘liq, biroq Tramp ma’muriyati aynan bu sohani — universitetlarni, ya’ni g‘oyalar manbasini — zarba ostida qoldirmoqda. Xitoy esa, aksincha, yuqori texnologiyalarni faol rivojlantirib, muhim yo‘nalishlarda AQShni ortda qoldirmoqda. 2024 yilda Xitoyning BYD kompaniyasi elektromobil sotuvlari bo‘yicha Tesla’dan o‘zib ketdi — bu mashinalar yon tomonga parkovka qilishi va favqulodda vaziyatlarda suza olishi bilan ajralib turadi. Xitoy shuningdek aviatsiya, kvant texnologiyalari va biotexnologiyalar bo‘yicha ham oldinga siljimoqda. Xitoy yetakchisi Si Szinpin texnologiyalarni «jahon yetakchiligi uchun asosiy jang maydoni» deb e’lon qildi va bu sohaga ulkan mablag‘ yo‘naltirmoqda.
AQSh an’anaviy ravishda innovatsiyalar bo‘yicha yetakchi bo‘lib kelgan, aynan universitetlar internet, sun’iy intellekt, mRNK vaksinalari va 3D-bosma texnologiyalarining vatani hisoblanadi. Bu muvaffaqiyatlar federal ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish orqali ta’minlangan. Biroq hozir Tramp ushbu mablag‘larni keskin kamaytirmoqda. Uning 2026 yilgi byudjeti Sog‘liqni saqlash milliy instituti mablag‘larini 40%, Milliy ilmiy fond mablag‘larini esa 57% ga qisqartiradi. Grantlar bekor qilinmoqda, yangi ishga qabul to‘xtatilgan, yetakchi olimlar esa chet elga ko‘chib ketmoqda. Nature jurnalining so‘roviga ko‘ra, amerikalik tadqiqotchilarning 75% aynan Tramp siyosati tufayli mamlakatni tark etishni o‘ylamoqda.
Universitetlar, shuningdek, xorijlik talabalarni yo‘qotmoqda — ular AQShdagi kompyuter fanlari bo‘yicha doktorantlarning 64%, muhandislikda esa 57% tashkil etadi. Yangi vizaviy cheklovlar va deportatsiyalar iste’dodli mutaxassislarni cho‘chitmoqda. Masalan, bir fransiyalik olim Trampni xat yozishmalarida tanqid qilgani sababli konferensiyaga kiritilmadi. Bu orada Xitoy chet ellik talabalarni faol jalb qilmoqda: Tsinghua va Pekin universitetlari dunyoning eng nufuzli oliygohlari qatoriga kiradi, Pekin esa sun’iy intellekt tadqiqotlarida yetakchilik qilmoqda. 2024 yilda dunyodagi eng yaxshi 10 ilmiy institutdan 8 tasi Xitoyniki, atigi 2 tasi AQShga tegishli.
Trampning Xitoy texnologiyalariga qarshi tariflar va cheklovlarni o‘z ichiga olgan siyosati Pekinni to‘xtatmayapti. DeepSeek kompaniyasi G‘arb chiplarisiz kuchli sun’iy intellekt yaratishga muvaffaq bo‘ldi. AQSh esa ilm-fanga sarmoya kiritishni kuchaytirmasa, texnologik yetakchilikni boy berish xavfi ostida. CHIPS and Science Act qonuni tadqiqotlar uchun 200 milliard dollar ajratishni va’da qilgan edi, biroq Kongress bu mablag‘ni tasdiqlamadi. Xitoy esa 2024 yilda ilmiy xarajatlarni 10% ga oshirdi.
Xulosa qilib aytsak, Tramp siyosati AQShdagi innovatsiyalarni zaiflashtirmoqda — olimlarni cho‘chitmoqda, moliyaviy yordamni kamaytirmoqda. Agar universitetlarni qo‘llab-quvvatlash tiklanmasa va iste’dodlar uchun eshiklar ochilmasa, AQSh texnologik poygada Xitoyga yutqazadi — bu esa uning iqtisodiyoti va milliy xavfsizligiga bevosita zarba bo‘ladi.