Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
92.4K subscribers
7.33K photos
1.67K videos
135 files
7.7K links
soliq.uz
📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar:24/7rejimda 📞1198
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
E-mail: org@soliq.uz
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#tabrik
#20avgust

Bayramingiz muborak bo‘lsin, tadbirkorlar!

Hurmatli tadbirkorlar, Sizlarni bugungi bayramingiz bilan davlat soliq xizmati organlari jamoasi va o‘z nomimdan muborakbod etaman.

Vatanimiz iqtisodiy rivoji, aholi bandligini ta'minlashda Sizlarning mashaqqatli mehnatlaringiz tahsinga sazovor.

Prezidentimiz tashabbusi bilan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar natijasida sohaga tatbiq etilayotgan raqamli texnologiyalar Siz, tadbirkorlar uchun ko‘plab qulayliklar yaratmoqda.

Hurmatli tadbirkorlar, davlat soliq xizmati organlari soliq ma'murchiligiga tatbiq etilayotgan yangiliklarni o‘zlashtirishdagi tirishqoqligingizni, halol mehnatingizni, yangi tajribalarni o‘zlashtirishga xayrixohligingizni qadrlagan holda Sizlarni qo‘llab-quvvatlashga hamisha tayyor.

Bayramingiz bilan yana bir bor tabriklab, faoliyatingizga muvaffaqiyat, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat va sog'lik-omonlik tilayman!

Sherzod Kudbiyev,
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Raisi
—————————————-
#поздравление
#20августа

С праздником, предприниматели!

Уважаемые предприниматели, от имени коллектива органов государственной налоговой службы и от своего имени поздравляю Вас с сегодняшним праздником!

Ваш нелегкий труд в обеспечении экономического развития нашей страны и занятости населения достоин похвалы.

В результате реформ, инициированных Президентом и направленных на поддержку предпринимательства, внедренные в отрасль цифровые технологии создают множество удобств для Вас, предпринимателей.

Уважаемые предприниматели, органы государственной налоговой службы, высоко оценивая Ваше усердие в освоении нововведений, применяемых в налоговом администрировании, ваш добросовестный труд и стремление осваивать новый опыт, всегда готовы оказывать Вам поддержку.

Еще раз поздравляю вас с праздником и желаю успехов в работе, семейного благополучия, счастья и здоровья!

Шерзод Кудбиев,
Председатель Государственного налогового комитета Республики Узбекистан

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#1oktabr
#tabrik

Muhtaram ustoz va murabbiylar, qadrli faxriylar!

Avvalo, taʼlim-tarbiya sohasining barcha jonkuyar xodimlarini, boy hayotiy tajribaga ega bo‘lgan ustozlarni, faxriy soliqchilarni bugungi bayram — “Ustoz va murabbiylar kuni” bilan samimiy tabriklayman.

Ushbu qutlug‘ ayyomda Siz, zahmatkash ustozlarga ko‘nglimdagi yuksak hurmat-ehtiromimni izhor etib, eng ezgu tilaklarimni tilayman.

Sizlar dunyodagi eng bebaho boylik va boqiy merosni yosh avlodga bezavol yetkazish yo‘lida fidoyilik bilan mehnat qilayotgan ulug‘ insonlarsiz.

Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, “Biz Uchinchi Renessans masalasini strategik vazifa sifatida oldimizga qo‘yib, uni milliy g‘oya darajasiga ko‘tarmoqdamiz”.

Bu jarayonlarda ilm-fan va taʼlim-tarbiya sohasini davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylantirilmoqda. Xususan, 2026-yilgacha belgilangan Taraqqiyot strategiyasining 5 ta asosiy vazifalaridan birinchisi bu – TAʼLIM deb tasdiqlandi.

Bunday yangilanish jarayonlarida ustoz-murabbiylarimizning munosabati va masʼuliyati tubdan o‘zgarib, ularning doimiy izlanib, yangilikka intilib yashayotgani, ilg‘or taʼlim texnologiyalari va metodikalarini puxta o‘zlashtirib borayotgani, hech shubhasiz, hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda.

Kelgusida bundan ham katta loyihalarni amalga oshirishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz. Bunda, albatta, sizlarning ilmiy va kasbiy salohiyatingizga tayanamiz.

Yosh avlodni maʼnan yetuk, tafakkur olami keng va bilimli insonlar etib tarbiyalashda Sizlarga qanday imkoniyat, qanday sharoit lozim bo‘lsa biz buni yaratib berishga tayyormiz.

Hurmatli ustoz va murabbiylar Siz, azizlarni qutlug‘ bayramingiz bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxtu saodat, ezgu faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilayman.

Sherzod Kudbiyev,
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Raisi


Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram
#tabrik
#21oktabr
#onatilimfaxrim

Bayramingiz muborak boʻlsin aziz yurtdoshlar!

Hurmatli vatandoshlar, Sizlarni, bugungi qutlugʻ ayyom – Oʻzbek tili bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Bugun mamlakatimizning har bir goʻshasida keng nishonlanayotgan ushbu bayram allaqachon milliy anʼanaga aylanib, xalqimiz maʼnaviy hayotidan mustahkam oʻrin egalladi.

Necha asrlar osha ajdodlarimizdan bizga bezavol oʻtib kelayotgan ona tilimizning ravnaqi va istiqboli haqida qaygʻurish har birimizning muqaddas burchimizdir. Bu oʻzlikni anglash, millat maʼnaviy kamolotini yuksaltirish uchun kurash demakdir.

Zero, davlat tilining obroʻ-eʼtibori – xalqimiz va jamiyatimizning obroʻ-eʼtiboridir.

Prezidentimiz boshchiligida yangi Oʻzbekistonni, yangi Renessans poydevorini barpo etishdek ezgu maqsadlarimizga erishishda ham, albatta, ona tilimizning hayotbaxsh qudratiga tayanamiz.

Shu bilan birga, mamlakatimizda oʻzbek tilini zamon talablari asosida rivojlantirish, uning davlat tili sifatidagi oʻrni va nufuzini yanada mustahkamlash borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Natijada nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyo miqyosida ona tilimizning mavqei mustahkamlanib boryapti. Oʻzbek tili xalqaro minbarlarda baralla yangramoqda.

Hurmatli yurtdoshlar, Sizlarni Oʻzbek tili bayrami bilan yana bir bor samimiy tabriklayman.
Barchangizga sogʻlik-omonlik, baxtu saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.

Oʻzbek tili toabad yashasin, tillarimizda mangu yangrasin!

Sherzod Kudbiyev,
Davlat soliq qoʻmitasi Raisi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#tabrik

11-noyabr – “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni”

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Raisi Sherzod Kudbiyev ushbu bayram munosabati bilan davlat soliq xizmati organlari kasaba uyushmalari faollari va aʼzolariga tabrik yo‘lladi.

Hurmatli kasaba uyushmalari faollari va aʼzolari, Sizlarni, sizlar orqali barcha kasaba uyushmalari aʼzolarini “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni” bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, eng ezgu niyat va tilaklarimni bildiraman.

Sizlarni bugungi ayyom – Kasaba uyushmalari kuni bilan samimiy qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, masʼuliyatli va xayrli ishlaringizda zafarlar tilayman.

Xonadonlaringizni tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, baxt va omad hech qachon tark etmasin!

Batafsil

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#tabrik #14_yanvar

Bayramingiz muborak bo‘lsin, Aziz Vatan himoyachilari!

Hurmatli, Vatanimiz qalqonlari, mard va jasur o‘g‘lonlari!

Soliq xizmati organlari jamoasi, Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etadi!

Sizlar kabi bahodir, qo‘rqmas va dovyurak insonlar ona Vatanimiz sarhadlarida turar ekan, yurtdoshlarimiz hech qachon hadik sezmaydi.

O‘zbekistonimiz tinchligi va ravnaqi yo‘lidagi muqaddas burchini sharaf ila ado etayotgan Sizlar kabi qalqonlarimiz bor ekan Vatanimiz mustaqilligi abadiy, demokratik islohotlarimiz bardavom bo‘ladi.

Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz.

Xalqimizning yuksak ishonchi va hurmat-ehtiromi sizlarga hamisha yor bo‘lsin!

Soliq xizmati organlari jamoasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#8mart #tabrik

Assalomu alaykum.
Muhtarama ayollar, qadrli doʻstlar!

Bugun har birimizning qalbimiz yasharish va yangilanish fasli – bahor koʻrku tarovatidan fayziyob boʻlib turibdi. Mana shunday goʻzal kunlarda mamlakatimizda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni keng nishonlanmoqda.

Bu qutlugʻ ayyomda qarshingizda turib moʻtabar onaxonlarimizni, goʻzal opa-singillarimizni, oqila qizlarimizni qutlashdan bagʻoyat xursandman.

Barchamizga maʼlumki, azaldan koʻhna Sharqda Ayol zotiga hurmat va ehtirom koʻrsatish, ularni eʼzozlash buyuk qadriyat boʻlib kelgan.

Chunki sizlar borsiz, hayotimiz goʻzal, umrimiz mazmunli. Xonadonlarimiz sarishta va nurafshondir.

Ayol nafaqat oila bekasi yoki ona, u jamiyatning ham faol aʼzosi, ishtirokchisidir. Buni bugun ilm-fanda inqilob yasayotgan olima xotin-qizlarimiz, ixtirochilar, hatto uchuvchilar misolida koʻrib, his qilib turibmiz.

Yillar silsilasida toblanib, oʻz ahamiyatini tobora oshirib kelgan anʼana soʻnggi yillarda mamlakatimizda yanada qoʻr oldi.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning qator tashabbuslari bilan ayollarga boʻlgan eʼtibor kuchaydi. Yurtimizdagi har bir yoʻnalish – ishlab chiqarish tarmoqlari deysizmi, tadbirkorlik, ilm-fan, taʼlim-tarbiya, sogʻliqni saqlash, madaniyat, sanʼat deysizmi, qoʻyingki barcha jabhada ayollar samarali mehnat qilib kelmoqda. Bu davlatimiz tomonidan qoʻllab-quvvatlanmoqda.

Prezidentimizning “Iloji boricha, ayollarimizning dardini, tashvishlarini sevinch yoshiga, gʻalaba yoshiga, muvaffaqiyat yoshiga, natija yoshiga aylantirishga hammamiz birgalikda harakat qilamiz. Bitta qiz farzandni oʻqitsangiz – butun oilani oʻqitgan boʻlasiz, deb ota-bobolarimiz bejiz aytmagan”, deya ayollarning qadru qimmatini yuksakka koʻtarishi zamirida ham katta maʼno bor.

Xotin-qizlarning sohada qoʻlga kiritilayotgan muvaffaqiyatlardagi ulushi salmoqlidir.

Masalan, yurtimizda birgina soliq tizimida 2022-yilda 148,4 trillion soʻm soliq tushumlari taʼminlanib, 16 foizga, bojxona qoʻmitasi esa 46 trn soʻm yigʻib, 38,5 foizga oʻsishga erishilgan.

Sugʻurta sohasida esa 2022-yilda 6,2 trillion soʻm miqdorida sugʻurta mukofotlari tushumi taʼminlangan boʻlib, bu bilan 67 foiz oʻsishga erishilgan.

Huddi shunday Pensiya, Gʻaznachilik, Davlat zaxiralari, Kadastr kabi Iqtisodiyot va moliya vazirligining barcha jabhalarida qoʻlga kiritilgan bu koʻrsatkichlarda ayol xodimlarning mehnati va gʻayratini mamnuniyat bilan eʼtirof etish lozim. Ularning bilimi, iqtidori, salohiyati va mehnatkashligi tufayli 2023-yilda marralarimiz baland, natijalarimiz yanada quvonarli boʻladi.

Ayolni eʼzozlash, ayolga ehtirom koʻrsatish xalqimizga xos olijanob qadriyatlardan biri sanaladi. Biz qanday kasb yoki lavozimda faoliyat olib bormaylik, yuragimizdagi jami ezgu niyatlar, samimiy mehr-muhabbat uchun siz – mehribon va munis ayollardan qarzdormiz.

Barchangizni yana bir bor bugungi bahor va nafosat, goʻzallik va latofat bayrami bilan samimiy tabriklayman. Har biringizga uzoq umr, sihat-salomatlik, farovon va yorugʻ hayot tilayman.

Ehtirom ila Sherzod Kudbiyev


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#tabrik

☪️ Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!

Assalomu alaykum aziz vatandoshlar, Soliq xizmati organlari jamoasi Sizlarni va butun musulmon olamini Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etadi.

Mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, hamjihatlik muhitini mustahkamlash, vijdon erkinligini ta’minlashga qaratilgan islohotlar natijasida xalqimiz muborak Ramazon hayitini tinchlik-xotirjamlik va shukronalik bilan kutib oldi.

Saxovat va mehr-muruvvat tadbirlari
– kam ta’minlangan, yolg‘iz va nogironligi bo‘lgan insonlar holidan xabar olinib, ularga amaliy yordamlar ko‘rsatilayotgani Ramazon bayramining fayzu tarovatini yanada oshirmoqda.

Bu qutlug‘ ayyomning maʼno-mazmuni yurtimizda inson qadri uchun olib borilayotgan siyosat bilan hamohang ekanini har birimiz chuqur his etmoqdamiz.

Xalqimizning ushbu saodatli damlardagi ibodatlari, ezgu niyatlari ijobat bo‘lsin.

Orzulari pok, niyatlari ulug‘ xalqimizga Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#tabrik

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Yurtimizdagi barcha matbuot xodimlari, jurnalistlar, soha vakillarini, qolaversa, Oʻzbekistonda rasman faoliyat olib borayotgan xorijiy OAV vakillarini 3-may – Jahon Matbuoti erkinligi kuni bilan Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi nomidan tabriklaymiz.

Matbuot va soʻz erkinligi
jamiyat taraqqiyotining muhim omili hisoblanadi. Xolislik va haqqoniylik esa mana shu erkinlikning tayanch ustunidir.

Oʻzining xolisligi va oʻtkir qalami bilan mamlakatimizda soʻz erkinligini amalga oshirish va himoya qilishga hissa qoʻshayotgan, xalqchil va demokratik islohotlarning taʼminlanishida hormay-tolmay mehnat qilayotgan barchani 3-may – Jahon matbuot erkinligi kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi jamoasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#tabrik

Bugun mamlakatimizdagi barcha umumtaʼlim maktablari bitiruvchilari uchun unutilmas sana

Aynan shu kunda chalinajak qoʻngʻiroq katta hayot ostonasida turgan yigit-qizlarimizni yorqin kelajakka chorlovchi ilk qoʻngʻiroqdir.

"... mehnatkash va mas’uliyatli bo‘ling! Qaysi sohani tanlasangiz ham yutuqlar, omad va yuqori natijalarning oltin qoidasi aynan shu ikkita omildir - mashaqqatli mehnat va yuksak mas’uliyat!"

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyev umumtaʼlim maktablari bitiruvchilariga tabrik yo‘lladi."
____
#поздравление

Сегодня - незабываемая дата для всех выпускников общеобразовательных школ

В этот день для юношей и девушек, стоящих на пороге взрослой жизни, звон колокольчика как первый звонок в светлое будущее.

"...будьте трудолюбивыми и добросовестными! Какое бы направление деятельности вы ни выбрали, золотым правилом успеха, удачи и больших результатов являются эти два фактора - упорный труд и высокая ответственность!"

Министр экономики и финансов Республики Узбекистан Шерзод Кудбиев направил поздравление выпускникам общеобразовательных школ.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#1iyun
#tabrik

Bolalikning beg‘ubor samimiyati Sizni aslo tark etmasin!

Ertamiz egalari boʻlgan bolajonlar, Sizlarni 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan muborakbod etamiz.

Bugungi bayram shukuhi begʻubor kulgularingiz, gulgun chehralaringizda quvonch boʻlib aks etmoqda.

Koʻzlaringizda charaqlab turgan baxtiyorlik,
shu yurt ravnaqi uchun mehnat qilayotgan hamyurtlarimiz koʻnglida koʻtarinkilik uyg‘otib, kuchiga kuch, azmi shijoatiga yanada g‘ayrat bag‘ishlamoqda.

Sizlarni
Vatan va xalqi uchun xizmatga shay, komil insonlar qilib tarbiyalashdek ulug‘ maqsad biz kattalarni yagona maslak yo‘lida birlashtirayotir.

Sizlar muqaddas Vatanimizning fidoyi va jasur, bilimdon va baxtli farzandlari boʻlasizlar.

Sizlarga yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, ulkan zafarlar quchishingizni, yuksak dovonlardan oshib, doimo sharafli yoʻllardan yurishingizga tilakdoshmiz.

Unutmang, shu aziz yurt kelajagi Sizning qoʻlingizdadir!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#27_iyun #tabrik

Bayramingiz muborak boʻlsin!

Hurmatli OAV xodimlari
va blogerlar, bugungi kasb bayramingiz – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni muborak boʻlsin!

Avvalo, Sizlarga soliq xizmati organlari bilan samarali hamkorlik va soha yangiliklarini keng jamoatchilikka yetkazishdagi munosib hissasingiz uchun Soliq qoʻmitasi nomidan minnatdorlik izhor etamiz.

Matbuot va ommaviy axborot vositalari ishi har tomonlama ham ogʻir va masʼuliyatlidir.

Mamlakatimiz yangi taraqqiyot bosqichiga koʻtarilayotgan, ochiqlik va oshkoralik, soʻz va fikr erkinligi hayotimiz mezoniga aylanib borayotgan hozirgi paytda bu masʼuliyat yanada kuchaymoqda.

Ana shunday masʼuliyatni oʻz zimmasiga olib, tezkorlik va xolislikni oʻzining asosiy tamoyili deb bilgan, doimo hayotning qaynoq nuqtalarida hozir boʻladigan Siz, azizlarning mehnatlaringiz tahsinga loyiq.

Muhtaram ommaviy axborot vositalari xodimlari, Sizlarni bugungi bayramingiz bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilaymiz.

Hurmat bilan, Soliq qoʻmitasi jamoasi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik #mustaqillik_32_yil

🇺🇿Bayramingiz muborak boʻlsin, Aziz yurtdoshlar!

Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yilligi bilan barchani tabrikladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik #1oktabr

Bayramingiz muborak boʻlsin, aziz ustozlar!

Hurmatli ustozlar, Sizlarni,
Siz orqali oʻzining ilmi, salohiyati va kuch-gʻayratini taʼlim-tarbiya berishdek sharafli va masʼuliyatli kasbga bagʻishlagan barcha fidoyi insonlarni bugungi ulugʻ bayram – 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Sizlar dunyodagi eng bebaho boylik va boqiy merosni yosh avlodga yetkazish yoʻlida fidoyilik bilan mehnat qilayotgan ulugʻ kasb egasisizlar.

Har birimiz qaysi sohada, qanday martabada boʻlsak ham biz erishgan yutuq va muvaffaqiyatlarimiz ustozlarimiz bergan taʼlim-tarbiya samarasidir.

Buning uchun oldingizda hamisha taʼzimdaman.

Darhaqiqat, shogirdlariga puxta bilim berish bilan birga ular ongu shuuriga ezgu xislatlar, mehr-oqibat, odamiylik tuygʻularini singdirishda ustozlarning oʻrni beqiyos.

Chekkan zahmatlaringiz natijasida
bugun Oʻzbekiston farzandlari xalqaro maydonlarda mamlakatimiz shaʼnini munosib himoya qilmoqda. Sizlar borsizki, Vatanimizning munosib himoyachilari yetishib chiqaveradi, yutuqlari bardavom boʻlaveradi.

Ushbu ulugʻ ayyom arafasida fidoyi va jonkuyar ustozlar qatorida Fiskal institut ilmiy tadqiqotlar boʻlimi boshligʻi Z.Kurbanov “Oliy Taʼlim aʼlochisi”, Fiskal institut huzuridagi Buxoro soliq texnikumi direktori Sh.Izzatov “Oʻrta maxsus va professional taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanishi barchamizni birdek xursand qildi.

Fursatdan foydalanib, ushbu yuksak eʼtirof sohiblarini ham soliq xizmati organlari jamoasi nomidan muborakbod etaman.

Hurmatli ustoz va murabbiylar,
barchangizni umumxalq bayrami bilan yana bir bor tabriklayman. Sharafli kasbingiz tufayli hamisha xalqimiz va shogirdlaringiz ardogʻida yuring.

Sizlarga mustahkam sihat-salomatlik, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!

Sherzod Kudbiyev,
Soliq qoʻmitasi Raisi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#tabrik

Bayramingiz muborak bo‘lsin!


Hurmatli kasaba uyushmalari xodimlari va faollari,
Sizlarni 11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan samimiy muborakbod etaman.

Bugungi kunda mamlakatimizda erkin va farovon hayot, demokratik jamiyat qurish yo‘lida olib borilayotgan izchil islohotlar va ularning amaliy natijalarini ta’minlashda kasaba uyushmalarining munosib hissasi bor.

Qayd etish lozimki, so‘nggi yillarda kasaba uyushmalarining mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni va ta’siri tobora ortib bormoqda.

Tashkilot xalq ichiga kirib borib odamlarning og‘irini yengil qilish, el-yurt xizmatiga kamarbasta bo‘lishdek ezgulikka yo‘g‘rilgan ustuvor vazifalarini sidqidildan bajarmoqda.

Yangi O‘zbekistonda inson qadri va uning sha’nini ulug‘lashga qaratilgan xalqparvar siyosatning amaliy namoyoni sifatida 11-noyabr O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni etib belgilanishi inson huquq va manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan tizimli saʼy-harakatlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.

Bu bayram xalqimizni baxtli qilish yo‘lidagi ezgu g‘oyalarni hayotga tatbiq etishingizda Sizlarga ulkan ishtiyoq va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlaydi.

Sizlarni bugungi kasb bayramingiz bilan yana bir bor chin dildan tabriklayman.

Inson manfaatlarini himoya qilish, uning meʼyoriy asoslarini mustahkamlashdagi ishlaringizga rivoj, oilangizga tinchlik-xotirjamlik va farovonlik tilayman!

Sherzod Kudbiyev,
Soliq qo‘mitasi Raisi


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#tabrik

Bayramingiz muborak bo‘lsin, adolat posbonlari!

Soliq qo‘mitasi jamoasi 8-yanvar — Prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan tizimda xizmat qilayotgan barcha xodimlarni tabriklaydi.

Mamlakatimizda adolatli huquqiy jamiyatni barpo etish, qonun ustuvorligini taʼminlash hamda Vatanimiz iqtisodiy qudratini yuksaltirish, xalq farovonligini oshirishdagi mashaqqatli va sharafli mehnatlaringizda omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#tabrik #14_yanvar

Bayramingiz muborak boʻlsin, Vatan himoyachilari!

Hurmatli Vatanimiz qalqonlari, mard va jasur oʻgʻlonlari, Sizlarni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan muborakbod etaman!

Oʻz hayotini ona yurt himoyasidek ulugʻ ishga bagʻishlagan Siz, azizlarga yuksak hurmat va ehtiromimni izhor etaman.

Olijanob xalqimiz muqaddas qasamyodiga sodiq, xizmat burchini sharaf bilan ado etayotgan, buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari boʻlgan bahodir va dovyurak harbiylarimiz bilan faxrlanadi.

Vatanimiz mustaqilligi va suverenitetini, uning hududiy yaxlitligini taʼminlash, eng qimmatli boyligimiz – jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik va totuvlikni koʻz qorachigʻidek asrab-avaylash naqadar muhim ahamiyatga ega ekanini barchamiz albatta chuqur anglaymiz.

Oʻzbekistonimiz tinchligi va sarhadlari daxlsizligini saqlab kelayotgan Sizlar kabi qalqonlarimiz bor ekan Vatanimiz mustaqilligi abadiy, demokratik islohotlarimiz bardavom boʻladi.

Sizlarni, sizlar orqali oila aʼzolaringizni ushbu bayram bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman. Barchangizga mustahkam sogʻliq, oilaviy baxt, olijanob va masʼuliyatli xizmat vazifangizda ulkan zafarlar tilayman.

El-yurtimizning yuksak mehri va ishonchi Sizlarga doimo yor boʻlsin!

Soliq qoʻmitasi Raisi,
Sherzod Kudbiyev


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#8mart #tabrik

Go‘zallikning qutlug‘ ayyomi

Moʻtabar onaxonlar, dilbar opa-singillar!
Sizlarni, sizlarning timsolingizda butun O‘zbekiston ayollarini 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan muborakbod etaman.

Yaratganning buyuk moʻjizasi bo‘lgan ayol zotiga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, ularni eʼzozlash ko‘hna Sharqning muqaddas qadriyatlaridan bo‘lib kelgan.

Qalbimiz yasharish va yangilanish fasli – bahor ko‘rku tarovatidan huzurlanib turgan mana shunday kunlarda mamlakatimizda go‘zallikning qutlug‘ ayyomi keng nishonlanmoqda.

Aziz ayollar, mehridaryo qalbingiz, aql-zakovatingiz, sevgi va sadoqatingiz uchun sizlardan bir umr qarzdormiz. Kelajagimiz bunyodkori bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalashda ham sizlarning buyuk murabbiylik fazilatlaringizga tayanamiz.

Ayol nafaqat oila bekasi yoki ona, u jamiyatning faol aʼzosi, ishtirokchisidir. Sohada qo‘lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlarda ham xotin-qizlarning ulushi salmoqlidir.

Bugungi kunda soliq tizimida 2 ming nafardan ortiq xotin-qizlar faoliyat yuritmoqda. Ularning 9 nafari tuman soliq inspeksiyalarini boshqarmoqda. Yana 90 nafarga yaqini bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i va o‘rinbosari kabi turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritib kelmoqda.

Shuningdek, 9 nafar soliq xizmati xodimasi “Shuhrat”, 4 nafari “Sodiq xizmatlari uchun” medallari bilan taqdirlangan.

Bugungi qutlug‘ ayyomida eng go‘zal so‘zlarimni moʻtabar onaxonlarimiz, munis opa-singillarimiz va oqila qizlarimiz shaʼniga bag‘ishlayman.

Barchangizni bugungi nafosat va go‘zallik bayrami bilan yana bir bor tabriklayman. Sizlarga, sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

Soliq qo‘mitasi Raisi,
Sherzod Kudbiyev

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#tabrik

☪️ Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!

Fazilatli
kechgan ulug‘ oyda yurtimizning tinchligi, baxti va kelajagi uchun qilingan duoyi fotihalar Yaratgan dargohida qabul bo‘lsin.

Ezgulik, mehr-oqibat, ma’naviy poklanish ayyomi – muqaddas Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin.

Soliq qo‘mitasi Raisi Sh.Kudbiyev Ramazon hayiti munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#tabrik

Hamkasbimiz farzandi yana shohsupada

Nodirbek Yoqubboyev O’zbekistonda ilk bor o'tkazilgan "Uzchess Cup 2024” xalqaro superturniri chempioni bo‘ldi.

Soliq xizmati organlari jamoasi ushbu g‘alaba bilan butun O‘zbekiston ahlini qolaversa, Nodirbek Yoqubboyevni tarbiyalab voyaga yetkazgan Hazorasp tumani soliq inspeksiyasi davlat soliq bosh inspektori Murodbek Iskandarov va uning oila a'zolarini tabriklaydi!

Eslatib o‘tamiz, Nodirbek Yoqubboyev Hindistonning Chennai shahrida o‘tkazilgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida Oʻzbekiston terma jamoasi safida oltin medal sohibi bo‘lgan edi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads