Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
94.8K subscribers
7.67K photos
1.82K videos
144 files
8.12K links
soliq.uz
📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
org@soliq.uz
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#8mart
#gender_tenglik

Davlat soliq xizmati xodimasi sodiq xizmatlari uchun mukofotlandi

Mamlakatimizda mo‘tabar ayol zotiga har tomonlama e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish,
opa-singillarimizning davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni va nufuzini oshirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev farmoniga muvofiq, 8-Mart – Xalqaro Xotin-qizlar kuni munosabati bilan samarali mehnati, boy amaliy tajribasi bilan Yangi O‘zbekistonni barpo etish, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishlariga katta hissa qo‘shib kelayotgan xotin-qizlarimiz davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Ular qatorida Navoiy viloyati Xatirchi tumani davlat soliq inspeksiyasining bo‘lim katta inspektori Nodira Xujanazarova ham “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan mukofotlandi

Shu fursatdan foydalanib, uzoq yillardan buyon davlat soliq xizmati organlarida xizmat burchini fidoyilik bilan bajarib kelayotgan Nodira Xujanazarovani o‘z nomimdan va davlat soliq xizmati organlari jamoasi nomidan ushbu mukofot bilan muborakbod etaman!

Sherzod Kudbiyev,
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Raisi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#8mart #tabrik

Assalomu alaykum.
Muhtarama ayollar, qadrli doʻstlar!

Bugun har birimizning qalbimiz yasharish va yangilanish fasli – bahor koʻrku tarovatidan fayziyob boʻlib turibdi. Mana shunday goʻzal kunlarda mamlakatimizda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni keng nishonlanmoqda.

Bu qutlugʻ ayyomda qarshingizda turib moʻtabar onaxonlarimizni, goʻzal opa-singillarimizni, oqila qizlarimizni qutlashdan bagʻoyat xursandman.

Barchamizga maʼlumki, azaldan koʻhna Sharqda Ayol zotiga hurmat va ehtirom koʻrsatish, ularni eʼzozlash buyuk qadriyat boʻlib kelgan.

Chunki sizlar borsiz, hayotimiz goʻzal, umrimiz mazmunli. Xonadonlarimiz sarishta va nurafshondir.

Ayol nafaqat oila bekasi yoki ona, u jamiyatning ham faol aʼzosi, ishtirokchisidir. Buni bugun ilm-fanda inqilob yasayotgan olima xotin-qizlarimiz, ixtirochilar, hatto uchuvchilar misolida koʻrib, his qilib turibmiz.

Yillar silsilasida toblanib, oʻz ahamiyatini tobora oshirib kelgan anʼana soʻnggi yillarda mamlakatimizda yanada qoʻr oldi.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning qator tashabbuslari bilan ayollarga boʻlgan eʼtibor kuchaydi. Yurtimizdagi har bir yoʻnalish – ishlab chiqarish tarmoqlari deysizmi, tadbirkorlik, ilm-fan, taʼlim-tarbiya, sogʻliqni saqlash, madaniyat, sanʼat deysizmi, qoʻyingki barcha jabhada ayollar samarali mehnat qilib kelmoqda. Bu davlatimiz tomonidan qoʻllab-quvvatlanmoqda.

Prezidentimizning “Iloji boricha, ayollarimizning dardini, tashvishlarini sevinch yoshiga, gʻalaba yoshiga, muvaffaqiyat yoshiga, natija yoshiga aylantirishga hammamiz birgalikda harakat qilamiz. Bitta qiz farzandni oʻqitsangiz – butun oilani oʻqitgan boʻlasiz, deb ota-bobolarimiz bejiz aytmagan”, deya ayollarning qadru qimmatini yuksakka koʻtarishi zamirida ham katta maʼno bor.

Xotin-qizlarning sohada qoʻlga kiritilayotgan muvaffaqiyatlardagi ulushi salmoqlidir.

Masalan, yurtimizda birgina soliq tizimida 2022-yilda 148,4 trillion soʻm soliq tushumlari taʼminlanib, 16 foizga, bojxona qoʻmitasi esa 46 trn soʻm yigʻib, 38,5 foizga oʻsishga erishilgan.

Sugʻurta sohasida esa 2022-yilda 6,2 trillion soʻm miqdorida sugʻurta mukofotlari tushumi taʼminlangan boʻlib, bu bilan 67 foiz oʻsishga erishilgan.

Huddi shunday Pensiya, Gʻaznachilik, Davlat zaxiralari, Kadastr kabi Iqtisodiyot va moliya vazirligining barcha jabhalarida qoʻlga kiritilgan bu koʻrsatkichlarda ayol xodimlarning mehnati va gʻayratini mamnuniyat bilan eʼtirof etish lozim. Ularning bilimi, iqtidori, salohiyati va mehnatkashligi tufayli 2023-yilda marralarimiz baland, natijalarimiz yanada quvonarli boʻladi.

Ayolni eʼzozlash, ayolga ehtirom koʻrsatish xalqimizga xos olijanob qadriyatlardan biri sanaladi. Biz qanday kasb yoki lavozimda faoliyat olib bormaylik, yuragimizdagi jami ezgu niyatlar, samimiy mehr-muhabbat uchun siz – mehribon va munis ayollardan qarzdormiz.

Barchangizni yana bir bor bugungi bahor va nafosat, goʻzallik va latofat bayrami bilan samimiy tabriklayman. Har biringizga uzoq umr, sihat-salomatlik, farovon va yorugʻ hayot tilayman.

Ehtirom ila Sherzod Kudbiyev


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#8mart
#etirof

Hamkasbimiz “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Ana'naga ko‘ra, 8-Mart – Xalqaro Xotin-qizlar kuni arafasida samarali mehnati, boy amaliy tajribasi bilan Yangi O‘zbekistonni barpo etish, farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda ulkan hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh xotin-qizlar “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Ular qatorida uzoq yillardan beri Soliq sohasida sidqi dildan xizmat qilib kelayotgan matonatli, fidoyi xodima, Soliq qoʻmitasining Xalqaro soliq solish boʻlimi boshligʻi Alishayeva Rano Xamidovna ham bor.

Fursatdan foydalanib, uzoq yillardan buyon soliq xizmati organlarida burchini fidoyilik bilan ado etib kelayotgan Rano Alishayevani soliq organlari jamoasi nomidan ushbu mukofot bilan muborakbod etamiz!

Soliq qo‘mitasi Matbuot xizmati

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#8mart

Soliq qo‘mitasida bayram shukuhi

Qadrli soliq xizmati organlarida xizmat qilayotgan nafosat olami vakilalari, Sizlarni bugungi qutlug‘ ayyom – 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin yurakdan tabriklaymiz
!

Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni eʼzozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimizning azaliy buyuk qadriyati bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.

Qanday kasb va qanday lavozimda ishlamaylik, qalbimizdagi jamiki ezgu fazilatlar uchun Siz, mehribon ayollardan umrbod qarzdormiz.

Zero, bashariyat tamadduniga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizni dunyoga keltirib, ularni ulug‘vor ishlarga ruhlantirgan onalarimizning o‘rni va xizmatini hech narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydi.

Bizning omadimiz, yutuqlarimizda ahli ayollarimizning donoligi, sabr-qanoati, matonati, oilaga sadoqat kabi fazilatlari muhim ahamiyatga egadir.

Aziz va moʻtabar ayol zoti – bizni dunyoga keltirib, oq sut berib voyaga yetkazgan Ona siymosi oldida hamisha taʼzimdamiz.

Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, farzandlar kamolini ko‘rib yurishingizni tilab qolamiz.

Hurmat ila Soliq xizmati organlari jamoasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#8mart #mukofot

Soliq inspeksiyasi boshlig‘i “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi!

Mamlakatimizda mo‘tabar ayol zotiga har tomonlama e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, opa-singillarimizning davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni va nufuzini oshirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan nafosat olami vakilalarini davlat mukofotlari bilan taqdirlash an’anaga aylangan.

Joriy yilda ham samarali mehnati, boy amaliy tajribasi bilan Yangi O‘zbekistonni barpo etish, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishlariga katta hissa qo‘shib kelayotgan xotin-qizlarimiz davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Ular orasida Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i Samiyeva Go‘zal Muxitdinovna ham “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi.

Uzoq yillardan buyon davlat soliq xizmati organlarida xizmat burchini fidoyilik bilan bajarib kelayotgan Go‘zal Samiyevani soliq xizmati organlari jamoasi nomidan ushbu mukofot bilan muborakbod etamiz!

Soliq qo‘mitasi Matbuot xizmati

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#8mart #etirof

Soliqchi ayol “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni sohibasi

Mamlakatimizda har yili 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida samarali mehnati, boy amaliy tajribasi bilan davlat va jamiyat hayotida faollik ko‘rsatgan ayollarni taqdirlash an’anaga aylangan.

Xususan, kasbiga fidoyi bo‘lgan va milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning bir guruhi “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi.

Quvonarlisi, soliq organlarida xizmat qilayotgan xodimalar har yili mana shunday fidoyi ayollar safidan o‘rin egallab keladi.

Joriy yilda ham Soliq qo‘mitasida uzoq yillardan buyon xizmat qilib kelayotgan Gulmira Maxmudova “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Shu munosabat bilan tizimda sidqidildan mehnat qilib kelayotgan Gulmira Maxmudovani soliq organlari jamoasi nomidan muborakbod etamiz!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#8mart #tabrik

Go‘zallikning qutlug‘ ayyomi

Moʻtabar onaxonlar, dilbar opa-singillar!
Sizlarni, sizlarning timsolingizda butun O‘zbekiston ayollarini 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan muborakbod etaman.

Yaratganning buyuk moʻjizasi bo‘lgan ayol zotiga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, ularni eʼzozlash ko‘hna Sharqning muqaddas qadriyatlaridan bo‘lib kelgan.

Qalbimiz yasharish va yangilanish fasli – bahor ko‘rku tarovatidan huzurlanib turgan mana shunday kunlarda mamlakatimizda go‘zallikning qutlug‘ ayyomi keng nishonlanmoqda.

Aziz ayollar, mehridaryo qalbingiz, aql-zakovatingiz, sevgi va sadoqatingiz uchun sizlardan bir umr qarzdormiz. Kelajagimiz bunyodkori bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalashda ham sizlarning buyuk murabbiylik fazilatlaringizga tayanamiz.

Ayol nafaqat oila bekasi yoki ona, u jamiyatning faol aʼzosi, ishtirokchisidir. Sohada qo‘lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlarda ham xotin-qizlarning ulushi salmoqlidir.

Bugungi kunda soliq tizimida 2 ming nafardan ortiq xotin-qizlar faoliyat yuritmoqda. Ularning 9 nafari tuman soliq inspeksiyalarini boshqarmoqda. Yana 90 nafarga yaqini bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i va o‘rinbosari kabi turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritib kelmoqda.

Shuningdek, 9 nafar soliq xizmati xodimasi “Shuhrat”, 4 nafari “Sodiq xizmatlari uchun” medallari bilan taqdirlangan.

Bugungi qutlug‘ ayyomida eng go‘zal so‘zlarimni moʻtabar onaxonlarimiz, munis opa-singillarimiz va oqila qizlarimiz shaʼniga bag‘ishlayman.

Barchangizni bugungi nafosat va go‘zallik bayrami bilan yana bir bor tabriklayman. Sizlarga, sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

Soliq qo‘mitasi Raisi,
Sherzod Kudbiyev

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads