🔵"Shoʻrtan" — "Lochin"🟢 oʻrtoqlik oʻyini 3:3 hisobi bilan yakunlandi!Bugun Gʻuzor "Markaziy" stadionida
🔵“Shoʻrtan” navbatdagi oʻrtoqlik uchrashuvini Qarshi Davlat universitetining “Lochin” jamoasiga qarshi oʻtkazdi. Gollarga boy va kuchlar teng kechgan oʻyin 3:3 hisobi bilan yakunlandi.
🔵Jamoamiz safida Mahmud Juraboyev dubl qayd etib, ikki bor raqib darvozasini ishgʻol qildi. Uchinchi gol esa Ogʻabek Asadov tomonidan kiritildi.
🟢 “Lochin” jamoasidan Shokir Yuldoshev, Nodir Mukarov va Mirjalol Qosimov oʻz nomlarini tabloga yozdirishga muvaffaq boʻlishdi.
🫡 Uchrashuv orqali murabbiylar shtabi futbolchilarning jismoniy holatini baholash va turli taktik uslublarni sinovdan oʻtkazish imkoniga ega boʻldi.
📋 Gollar mualliflari:
🔵 Shoʻrtan
⚽️ Mahmud Juraboyev — 1:0
⚽️ Mahmud Juraboyev — 2:0
⚽️ Ogʻabek Asadov — 3:2
🟢 Lochin
⚽️ Shokir Yuldoshev — 2:1
⚽️ Nodir Mukarov — 2:2
⚽️ Mirjalol Qosimov — 3:3
Mashgʻulotlar va tayyorgarlik davom etmoqda!
#Shurtan #ShurtanLochin #FriendlyMatch #Guzor #Futbol