SHURTAN PFC
2.97K subscribers
17K photos
578 videos
18 files
1.86K links
Шўртан ПФК (Ғузор) клубининг Телеграмдаги расмий канал: @shurtanpfc
Сайтимиз: www.fcshurtan.uz
E-mail: shurtan1994@mail.ru
Download Telegram
🔥52👌1
O‘zbekiston futbol assosiatsiyasi tizimidagi 14 ta hududiy futbol akademiyalari direktorlari uchun navbatdagi ishchi seminar yangi barpo etilgan Qashqadaryo viloyati futbol akademiyasida bo‘lib o‘tdi.

30 va 31 oktyabr kunlari o‘tkazilgan mazkur tadbirda hududiy akademiyalar direktorlari,  1- noyabr kuni esa sport ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda mas’ul mutaxassislar ishtirok etdilar.

Ushbu seminarda klubimiz bosh menejeri Shamil Yarulin ham ishtirok etib, klubimiz qoshida tashkil etilgan akademiyaning rivojlantirilishiga qaratilgan chora-tadbirlar va kelajakdagi rejalar to'g'risida taqdimot o'tkazdi.

Seminar doirasida akademiyalarning faoliyati, yosh futbolchilarni saralash, mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish va zamonaviy metodikalarni joriy etish bo‘yicha fikr almashildi. Shuningdek, futbol akademiyalari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, iqtidorli yoshlarni milliy terma jamoalar tizimiga yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi.

Qashqadaryo viloyatida tashkil etilgan mazkur uchrashuv futbol akademiyalari faoliyatini yanada rivojlantirish, malaka oshirish va tajriba almashish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
21👌3❤‍🔥1🔥1👏1