Sevgi She'rlari
15.6K subscribers
11K photos
5.49K videos
9 files
12.6K links
Ko'ngilga Malham Bo'ladigan Sevgi She'rlari!
📌#Sevgi - KUYLARI
📌•• #Sevgi - SHERLARI
📌••• #Sevgi - IZHORLARI
📌•••• #Sevgi - STATUSLARI
📌••••• #Sevgi - HIKOYALARI

@Maqsudbek_T

Reklama 👉 @Reklama_Qoidalarr
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#premyera

Siz bor nima gʻamim bor dada?!


Shahina Bahodirova 🎙️
Mumtozbegim ✍🏻

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Ko'k jiguli
Hilolaxonim
#Premyera #trend

Ko'k jiguli 🚙

🎤 Hilolaxonim ijrosida

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
#PREMYERA

🔥Seni qayta yaxshi ko‘rib qolsammikan...

Yuragimga yana ishqni solsammikan,
Dil yoniga yana bir dil olsammikan,
Yana bir bor oshiq bo‘lgim kelmoqda-ey,
Seni qayta yaxshi ko‘rib qolsammikan...

Boshqasiga qalbim sira ko‘nmaydida,
Chin muhabbat mangu olov so‘nmaydida,
Ko‘ngil qushim o‘zgasiga qo‘nmaydida,
Seni qayta yaxshi ko‘rib qolsammikan...

Yonimdasan hijronim yo‘q armonim yoq,
Dardlarimga sendan bo‘lak darmonim yoq,
Boshqasini sevmoqlikka farmonim yo‘q,
Seni qayta yaxshi ko‘rib qolsammikan...

Yo‘g‘imga ham ko‘nayabsan borimga ham,
Malhaming bor hatto ko‘ngil zorimga ham,
Parvo qilmay sochimdagi qorimga ham,
Seni qayta yaxshi ko‘rib qolsammikan...

Yana oshiq bo‘lmoqlikka bordir chora,
Ikkitasini sevsang bo‘lar yurak pora,
Sevish mumkin bir insonni ikki bora,
Seni qayta yaxshi ko‘rib qolsammikan...

Yuragimga yana ishqni solsammikan,
Dil yoniga yana bir dil olsammikan,
Yana bir bor oshiq bo‘lgim kelmoqda-ey,
Seni qayta yaxshi ko‘rib qolsammikan...

Zohid Ziyo...

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Audio
| By X9 Converter
#premyera


Yozmaysan... Yozmayman... Yozolmaymiz ham,
Chunki atrof toʻla tumonat odam.
Berganimiz azob, olganimiz gʻam,
Sen oʻlib qolmaysan, yashayman men ham!

Shahina 🎙️
Mumtozbegim ✍️

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
#premyera

Bilasanmi, sen bilan osmonimiz bir,
Koʻnglimiz, dilimiz, xayolimiz bir.
Xattoki samolar boʻylagan qadar,
Sevgimiz, ishqimiz, dunyoyimiz bir.

Yana bir shundayin oʻxshashlik bizda,
Goh quvnoq, goh gʻamgin koʻz yoshimiz bir.
Biron oʻlkada yoʻq, bizda mujassam,
Qishimiz, yozimiz, bahorimiz bir.

Bilasanmi, sen bilan osmonimiz bir,
Tunda kulib boqqan, yulduzimiz bir.
Xattoki vaslimiz intizor kutgan,
Alloh hadya etgan kunduzimiz bir.

Bilasanmi yana  birxillik bizda,
Dardimiz, qadrimiz, qaygʻuyimiz bir.
Hatto men va sensiz nafas olmagan,
Duk-duk etib turgan  yuragimiz bir.

Bilasanmi, sen bilan vatanimiz bir,
Yerimiz, suvimiz, chanqogʻimiz bir.
Kun kelib dunyoni tark etar boʻlsak,
Borarki joyimiz tuprogʻimiz bir...

Bilasanmi sen bilan armonimiz bir...

21.05.2024-yil.

DILAFRUZ JAMOL

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
#PREMYERA

Senga oxirgisi bo’lay maylimi?


Mayli dunyolarcha bo’lsin tashvishing,
Aybing emas xatto g’aming, kechmishing,
Menga qiziq emas, kechang, o’tmishing,
Senga oxirgisi bo’lay maylimi?

Kechir ojizangni u sal telbaroq,
Meni menligimcha sevding qalbi oq,
Birgina o’tinchim, yagona so’roq,
Senga oxirgisi bo’lay maylimi?

Balki go’zallarni poylading yo’lin,
Balki erkalading, ushlading qo’lin,
Eslamay sevaman ishon hech birin,
Senga oxirgisi bo’lay maylimi?

Mengacha bo’lgani hiyonat emas,
Sevgiga ishonmoq jinoyat emas,
Bittagina talab, shikoyat emas,
Senga oxirgisi bo’lay maylimi?

Bir muddat tuyg’ular yo’lin buzmadim,
Tushunmoq istadim, tashvish tizmadim,
Ishondim, bir fursat umid uzmadim,
Senga oxirgisi bo’lay maylimi?

Men uchun birinchi, ham so’nggisi sen,
Ham qadim, ham yolg’iz, ham yangisi Sen,
Ko’nglingdek, yuraging bo’lsa hamki keng,
Senga oxirgisi bo’lay maylimi?


Telegram.me/Sherlari_Sevgi
#premyera

XAMON SEVAMAN...

Asrlar oʻtgandir balki oradan,
Lek xamon yurakda ogʻriq sezaman.
Ne qilay koʻnglimda faqat oʻzingsan,
Men seni sevaman...Xamon sevaman...

Yodimdan oʻchmaydi netay  u kunlar,
Goʻyoki bir baxtsiz, tulman, bevaman.
Xammasi tush edi deyman-u lekin,
Bir seni sevaman... Xamon sevaman.

Aqlimga begona boʻlganim rostdir,
Sen  sabab gohida jondan bezaman.
Bu dunyo ne boʻpti u  dunyoda xam,
Men seni sevaman... Doim sevaman.

Sen juda baxtlisan,  qara mensiz xam,
Men esa shaxarni yolgʻiz kezaman.
Ne qilay?  Oʻzing ayt...Bir gunohim shu,
Men seni sevaman, xamon sevaman...

Oʻzimga oʻxshamay qolganman goʻyo,
Gʻam degan  ummonda choʻkkan kemaman.
Sen uchun eng soʻnggi izhorimdir bu
Men seni sevaman.... Xamon sevaman...!

✍️-Movludabonu Imomnazarova

Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
#PREMYERA

🔥Siz menga juda ham keraksiz Ona...

Quyoshi boʻlmasa porlamaydi oy,
Toshlari boʻlmasa sharqiramas soy,
Borsizki toʻladir koʻnglimdagi joy,
Siz menga juda ham keraksiz Ona...

Kerak boʻlganidek insonga havo,
Sozlar chalinmasa chiqmasdek navo,
Dardimga boshqalar boʻlolmas davo,
Siz menga juda ham keraksiz Ona...

Gohida kechikar tunim nahori,
Baʼzan toʻkiladi qalbim ohori,
Tanho oʻzingizsiz umrim bahori,
Siz menga juda ham keraksiz Ona...

Armonlar qalbimni parchalasa goh,
Kimning quchogʻiga otilardim voh,
Siz yoʻq dunyosida yasholmayman oh,
Siz menga juda ham keraksiz Ona...

Kaftingiz boshimda tursa togʻdayman,
Soʻzingiz tinglasam vaqti chogʻdayman,
Yonimda ekansiz koʻngli bogʻdayman,
Siz menga juda ham keraksiz Ona...

Quyoshi boʻlmasa porlamaydi oy,
Toshlari boʻlmasa sharqiramas soy,
Borsizki toʻladir koʻnglimdagi joy,
Siz menga juda ham keraksiz Ona...

Zohid Ziyo...

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Bala-bala (xitmuzon.net)
Dildora Niyozova
#premyera #uzbek

🎵Dildora Niyozova -Bala-bala

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Mirjalol Nematov-Yomonsan (@Toybop_Musiqalar)
@Toybop_Musiqalar
#Premyera

🎶Mirjalol Nematov-Yomonsan

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
#PREMYERA

🔥Sevma degandimku...

Endi armonlaring boʻyningga tumor,
Endi sogʻinchlari qiynaydi humor,
Bekorga ishq bilan oʻynading qimor,
Sevma degandimku senga birodar...

Ogʻriqlar alamlar boshlanishini,
Yuraging hijronga tashlanishini,
Aytgandim koʻzlaring yoshlanishini,
Sevma degandimku senga birodar...

Sarsonsan koʻnglidan topolmay vafo,
Muhabbat doim ham safomas-safo,
Koʻr ana joningga chektirding jafo,
Sevma degandimku senga birodar...

Adashib yuribsan firoq choʻlida,
Boshginang qolibdi dardlar doʻlida,
Yuraging oʻyindir uning qoʻlida,
Sevma degandimku senga birodar...

Nafas yetmagandek tuyilyaptimi,
Qalbingga oʻkinchlar quyilyaptimi,
Koʻksingning bir qismi oʻyilyaptimi,
Sevma degandimku senga birodar...

Sabr qil yo dardlar yo umr oʻtar,
Bunchalar nolima qaddingni koʻtar,
Bir kuni chin sevgi qoʻlingdan tutar,
Sevma degandimku senga birodar...

Aytgandim koʻzlaring yoshlanishini...
Sevma degandimku senga birodar...

📝
Muallif: Zohid Ziyo...

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Yaqinlaringizga ulashing, obuna boʻlishni unutmang!!!
Shoxruxbek Ergashev-Alam Ekan (@Toybop_Musiqalar)
@Toybop_Musiqalar
#Premyera
🎶Shoxruxbek Ergashev-Alam Ekan

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Gulinur-Chaki-Chaki (@Toybop_Musiqalar)
@Toybop_Musiqalar
#Premyera
🎶Guminur-Chaki-Chaki⚡️

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Xamdam Sobirov & Sevinch Ismoilova-Kara Go’zim (@Toybop_Musiqalar)
@Toybop_Musiqalar
#Premyera
Xamdam Sobirov & Sevinch Ismoilova-Kara Go’zim

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Sevinch Ismoilova-Hayollarim (@Toybop_Musiqalar)
@Toybop_Musiqalar
#Premyera
Sevinch Ismoilova-Hayollarim

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
#PREMYERA

🔥Keksayibsiz Onajonim keksayibsiz...

Bugun shodon bolangizda gʻam koʻrinar,
Toʻkis boʻlgan yuragida kam koʻrinar,
Sizga boqsa qarogʻida nam koʻrinar,
Keksayibsiz Onajonim keksayibsiz...

Asolarga yetay debdi nozik qoʻllar,
Qarilikka yetaklabdi umr yoʻllar,
Oh oʻylasam gulzorimni bosar choʻllar,
Keksayibsiz Onajonim keksayibsiz...

Sizdan goʻzal yoʻqdir hamon olam aro,
Ajinlarga koʻzim tushsa bagʻrim yaro,
Sochingizda qolmabdiya biror qaro,
Keksayibsiz Onajonim keksayibsiz...

Uzoq yoʻllar endi sizni xoritmoqda,
Dil nuringiz hayotimni yoritmoqda,
Yo men yoki vaqt sizni qaritmoqda,
Keksayibsiz Onajonim keksayibsiz...

Oyogʻingiz yerga botsa chim boʻlaymi,
Hammasini ichga yutib dim boʻlaymi,
Yigʻlaymikan dod solaymi jim boʻlaymi,
Keksayibsiz Onajonim keksayibsiz...

Alloh umr bersa hamma qarir ekan,
Beldan quvvat bilakdan kuch arir ekan,
Oʻsha onda farzandlari zarur ekan,
Keksayibsiz Onajonim keksayibsiz...

Kulib bordim yoningizga artib yoshim,
Hislarimni aytmoqlikka yetmas doshim,
Ikki dunyo poyingizga uray boshim,
Keksayibsiz Onajonim keksayibsiz...

Yo men yoki vaqt sizni qaritmoqda,
Keksayibsiz Onajonim keksayibsiz...

📝Muallif: Zohid Ziyo...

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
#PREMYERA
Aytaolmayman (Duet)

Men bir g‘arib, boyning qizi siz,
Sizga to‘yib qaray olmayman.
Qaysi boyda sizni ko‘ngilingiz,
Sizga sevgim aytaolmayman.

Mehriddin Baqoyev

Taqdir ekan nima ham derdim,
Sevgim oshkor eta olmayman.
Sizga ko‘ngil pinhona berdim,
Sizga sevgim aytaolmayman.

Oydina Obidova

Bejiz emas xaqlqda shu maqol,
Teng tengiga boqarmish yaqqol,
Siz-siz bo‘ldi, holim bir ahvol,
Sizga sevgim aytaolmayman.

Mehriddin Baqoyev

Orzularim armonlar oldi,
Sevgi dilga olovlar soldi,
Ko‘nglimdagi ko‘ngilda qoldi,
Sizga sevgim aytaolmayman.

Oydina Obidova

Go‘zaldirsiz, qoshlari qalam,
Sizga yetmas birorta sanam,
Aytolmayin yondi dilginam,
Sizga sevgim aytaolmayman.

Mehriddin Baqoyev

Zabonim ham sukut saqlaydi,
Aytay deyman aytib bo‘lmaydi,
Sevmaslikka yurak qo‘ymaydi ,
Sizga sevgim aytaolmayman.

Oydina Obidova

Nozlanasiz, nozlangan sari,
Malikalar misli singari,
Sevgi yoqdi, ketmadi nari,
Sizga sevgim aytaolmayman.

Mehriddin Baqoyev

Ishqni deya O‘zni yoqotib,
Hijronlarga qoldimku botib,
Alamlarga oromim sotib,
Sizga sevgim aytaolmayman.

Oydina Obidova

Oshiq dilga solmangiz siz chog‘,
Nigohingiz yuragimda o‘q,
Siz ham meni sevasizmi, yo‘q,
Sizga sevgim aytaolmayman.

Mehriddin baqoyev

Taskin berdim aldab o‘zimni,
Yoshlarini artib ko‘zimni,
Aytolmay qoldim so‘zimni,
Sizga sevgim aytaolmayman.

Oydina Obidova

Balki siz ham meni sevarsiz ,
Sherim o‘qib tunda yonarsiz,
Yo seviblar aytaolmassiz,
sizga sevgim aytaolmayman.

Mehriddin Baqoyev

Sizga yetmoq armon
bo‘lmasin,
Ko‘zlarimda yoshlar to‘lmasin,
Muhabbatning guli so‘lmasin,
Sizga sevgim aytaolmayman.

Oydina Obidova

Mualiflar Mehriddin Baqoyev & Oydina Obidova


Telegram.me/Sherlari_Sevgi
#Premyera

Sogʻindingmi..?
deding bir kuni🕊

Sogʻindingmi, deding bir kuni,
Bilasanmi sogʻinch nima ayt!!?
Sensiz oʻtmas bir lahza tunni,
Soʻrab koʻrgin zulmat choʻkkan payt.

Tongdan soʻra,Quyoshdan soʻra,
Yoding oʻchmas,soʻra koʻnglimdan,
Yaratgandan sogʻliging tilab,
Duo qildim har sahar dildan.

Maktublarim bitilgan daftar,
Ochiladi har kun betma bet,
Aytolmagan soʻzlarim yigʻlab,
Talpinadi shoshgancha yeldek.

Sensiz oʻtgan yillarim guvoh,
Aza tutgan qaygʻular aytsin,
Hayol degan xotira nogoh,
Sen bor onlar meni yupatsin.

Senga oddiy soʻzdir ehtimol,
Aslidachi,qudratli mohir,
Balki sogʻinch,oddiygina hol,
Menga esa,dardimdan ogʻir.

Sogʻindingmi deding bir kuni,
Bilasanmi sogʻinch nima ayt...!!?

Nodira Ikramhojayeva.

Telegram.me/Sherlari_Sevgi