Sevgi She'rlari
15.6K subscribers
11K photos
5.49K videos
9 files
12.6K links
Ko'ngilga Malham Bo'ladigan Sevgi She'rlari!
📌#Sevgi - KUYLARI
📌•• #Sevgi - SHERLARI
📌••• #Sevgi - IZHORLARI
📌•••• #Sevgi - STATUSLARI
📌••••• #Sevgi - HIKOYALARI

@Maqsudbek_T

Reklama 👉 @Reklama_Qoidalarr
Download Telegram
Sevmayman endi♥️

Bir go'zal deb yugurib chopdim
Ko'ngil berib nimani topdim
Bugun yurak eshigin yopdim
Avvalgidek sevmayman endi.


Yonib kuyib ko'zim yig'lar nam
Dilim zulmat yoritolmas sham
Mayli-mayli nima bo'lsa ham
Avvalgidek sevmayman endi.

Tuyg'ularim guldayin so'ldi
Muhabbatga ishonchim o'ldi
Telba bo'lib bo'lganim bo'ldi
Avvalgidek sevmayman endi.


Sharob ichib beg'amdirman mast
Qadrim ekan chumolidan past
Senga o'xshab balki qastma qast
Avvalgidek sevmayman endi.


Foydasi yo'q bag'rimni tildim
Yoshlik davrim chog'ida sindim
Bevafo u kimligin bildim
Avvalgidek sevmayman endi.


Unutaman qiynalib sizni
Eslamangiz hech sira bizni
Yolg'on so'zlab aldagan qizni
Avvalgidek sevmayman endi.


Yoqmaymanku qiynab netarman
Ayriliqdek baxtga yetarman
Izin so'rmay o'zim ketarman
Avvalgidek sevmayman endi.


Bosolmadim qarang nizoni
Ololmadim netay rizoni
Unutinglar Sarvar Mirzoni
Avvalgidek sevmayman endi.

Sarvar Mirzo
12.06.2022 19:41
❌️Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin


Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💫XAYRLI TUN 💫

🌙Bu dunyoda uyingizni bilmadimu,  lekin! U dunyoda uyingiz Jannat boʻlsin iloxim 🤲

Yaxshi dam olinglar tundan tongacha Alloxga omonatsizlar
dilga yaqin Qadrdonlarim💫

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💐🌷ASSALOMU ALAYKUM!

💐🌹Dushanba tongi muborak boʻlsin


🌹💐Yangi xafta davomida sizlarni xursandchilik, baxtiyorlik aslo tark etmasin

🤲💐Sogʻ–salomat uygʻotgan Robbimizga xamdlar boʻlsin!

🌹🌷Sizga oilaviy xotirjamlik, tani sogʻlik, xayrli amallarga toʻla va duolar mustajob boʻluvchi lahzalarga boy yana juda koʻp subhi sodiqlar tilaymiz.

┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎉QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

20 - M A Y
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN! 🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
Hislaring oshirar ishtiyoqimni,
Sensiz yasholmayman bor haqiqat shu..)
Rangin tabassuming juda yoqimli.
Ko'nglimni ko'tarar bizning uchrashuv..)

Qanday sevib qoldim,va bo'ldi qanday?
O'zing jarayonni ko'raqol baham.
Sog'inchni boshlaydi dil oshiqqanday.
Sendan bir qadamga uzoqlashish ham..)

Endi taqdir uchun boshlanadi jang
Ber, menga oshiqlik vakolatini.
Birga ko'rsak deyman qarshi bo'lmasang.
Ikkita dunyoning saodatini..)

Birga bo'lmoq hissi ko'zlaringda jam.
Ortiqroq azob yo'q gulim vidodan.
Sen ham har kun so'ra va bilki men ham.
Har lahza so'rayman seni Xudodan!

Faxriyor Baxtiyorov
19.05.2024)

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
* * *


Yana ne tashvishlar solib boshinga,
Yana ishq qaytadi, qaytadi hijron.
Dunyolar qaytishi mumkin qoshinga,
Ammo endi mening qaytmogʻim gumon!

Gʻurursiz bahorlar qaytar koʻp bora,
Togʻlarga qonini sochadi chunon.
Senga baxt quchogʻin ochadi zora,
Ammo endi mening qaytmogʻim gumon!

Qachon bir soniya tinib turgay vaqt,
Qachon tun choʻkmagay, tong otmas qachon,
Yetti yurt oʻlponin toʻlasang ham naxd,
Ishon endi mening qaytmogʻim gumon!

Hech kim izlaringni etmaydi tavob,
Mendek sevolmaydi hech kim, hech qachon.
Hatto Majnundanda koʻproq boʻl xunob,
Ammo endi mening qaytmogʻim gumon!

Gʻurur togʻlarining choʻqqilari zabt,
Oyogʻim ostida bulutlar sarson.
Hatto qalb qasringdan qurib bersang taxt,
Koʻshkin saroyinga qaytmogʻim gumon!

Oʻlsamu, ushbu dam boʻlgin sen ogoh,
Qayta tirilmoqqa berilsa imkon.
Hatto sanalsa ham eng ogʻir gunoh,
Sen bor dunyolarga qaytmam, hech qachon!

Malika Tavfiq

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Yaxshiko'raman baxt

Qalbimga ozorlar yetkazsalar ham
Qo‘llarimga g‘am toshin tutqazsalar ham
Baxt uyidan haydab ketkazsalar ham
Yomon ko‘rganlarni yaxshi ko‘raman

Mayli aldasinlar yolg‘onlar so‘zlab
Mening yiqilishim, sinishim ko‘zlab
Lekin qolmasinlar men sabab bo‘zlab
Yomon ko‘rganlarni yaxshi ko‘raman

Ularning borligi hayot qonuni
Baxt bilan yashashsin har bir onini
Ilohim bor bo‘lsin istadim shuni
Yomon ko‘rganlarni yaxshi ko‘raman

Dilim pichoq bilan tilib ketganlar
Kiyimday ilgichga ilib ketganlar
Qalbdagi sirimni bilib ketganlar
Unutmang, men sizni yaxshi ko‘raman

Allohim baxt bergin ularga faqat
Gunohlarin avf et aylagin shavqat
Meni bilasanku Robbim to abad
Yomon ko‘rganlarni yaxshi ko‘raman

Mayli meni eslamang hayolingizda
Haqimda so‘zlamang zaboningizda
Mensiz davom eting karvoningizda
Abadiy sizlarni yaxshi ko‘raman.

Ziyoda

@Sherlari_Sevgi
Endi pul bor lekin, endi koʻngil yoʻq.

Birinchi muhabbat, qalamqoshginam,
Yor-yorlar  aytildi koʻzda yoshginam.
Boyga kelin boʻlgan bagʻritoshginam,
Endi pul bor lekin, endi koʻngil yoʻq.

Sevgi gullarini boylar yulgandi,
Koʻnglingiz toʻlmadi, oy ham toʻlgandi
Qadrimiz pullardan arzon boʻlgandi,
Endi pul bor lekin, endi koʻngil yoʻq.

Qoʻllarni choʻzdik, qancha yugurdik,
Ayriliq zarbini yurakka urdik,
Allohim qoʻlladi oyoqqa turdik,
Endi pul bor lekin, endi koʻngil yoʻq.

Boʻyningga chechakmas, tilloni taqding,
Oy toʻlsa oygamas, boylarga boqding.
Sevgidan esdalik xatlarni yoqding,
Endi pul bor lekin, endi koʻngil yoʻq.

Sevgim soʻzlamoqqa tilim yoʻq edi,
Poyingga sochmoqqa gulim yoʻq edi,
Hatto toʻy qilishga pulim yoʻq edi,
Endi pul bor lekin, endi koʻngil yoʻq.

Bugun koʻksim uzra tegdi shamollar,
Boqishimga zor qoshi kamonlar,
Koʻngilga yoqmaydi sohibjamollar,
Endi pul bor lekin, endi koʻngil yoʻq.

Islombek Murodillayev

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌙XAYRLI TUN🌙

​​Kimlar oʻtmas bu dunyodan,
Sen ham, men ham
omonatmiz.
Bugungina sogʻ yurganlar,
Erta bitta kamomatmiz.

Dunyo aro tariqmizu,
Ummon aro xasmiz goʻyo.
Allohimga ming bor shukr,
Yana bir tun salomatmiz...

Alloh tuningizni xayirli etsin!🌙

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌞XAYRLI TONG AZIZLARIM🌞

Har bir ezgu ishlaringizda Alloh Yor va Yordamchingiz boʻlsin!


Seshanba tongi muborak boʻlsin!

Hayotingiz davomida Sizga-
🌸• Kaʼba Ziyorati,
🌸• Qurʼon Tilovati,
🌸• Duo Ijobati,
🌸• Iymon Halovati,
🌸• Til Salovati,
🌸• Aql shijoati,
🌸• Oxirat Farogʻati,
🌸• Sabr Qanoati,
🌸• Baxt Saodati,
🌸• Tan Salomatligi -
Doimo hamrohingiz boʻlsin.🤲

┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎉QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

21 - M A Y
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN! 🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
OSMONLARDAN TUSHING OZGINA.

Buncha bagʻri toshsiz berahm.
Dimogʻlari magʻrur qizgina.
Biz erdagi oshiq bizga ham.
Osmonlardan tushing ozgina.

Kuydirdingiz kuydirgi ey qiz.
Duch kelganda buraverib yuz.
Uchavermay balandlarda siz.
Osmonlardan tushing ozgina.

Oshiq boʻldik ortingizda zor.
Dimogʻingiz berdi koʻp ozor.
Erda sizga oshiq boʻlgan bor.
Osmonlardan tushing ozgina.

Suygan koʻngil qolmasdan sinib.
Gʻarib dilni nazarga ilib.
Biz chiqmasdan oʻzingiz bilib.
Osmonlardan tushing ozgina.

Netay oshiq boʻldikda bilmay.
Koʻnglingizdan olmasakda joy.
Boʻlavermay osmondagi oy.
Yonimizga tushing qizgina.

Hulkaroy Hojamovna ✍️

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Quvonchlarim cheksiz, biroq, ayriliqdir og'irroq
Yuraklarga larza solar, har on so'nggi qo'ng'iroq.
Ey, chalg'uvchi qo'ng'iroqni - chala qolgin jo'shqinroq.
Qayda bo'lsak - esda bo'lsin, hayhot so'nggi qo'ng'iroq!

Vatan mehri ulgaytirdi, oq yo'l bering bizlarga,
Ta'zim ila rahmat deymiz, jon ustozlar sizlarga.
Ey, chalg'uvchi qo'ng'iroqni - chala qolgin jo'shqinroq.
Qayda bo'lsak - esda bo'lsin, hayhot so'nggi qo'ng'iroq!

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Qalbga yaqin statuslar, suzlar, vediolar 🦋ℳℴ𝓋ℯ𝓎_ℊ𝓊𝓁𝒾𝓂🦋 kanalida bizdan uzoqlashmang

🥰🥰🥰🥰🥰🥰🥰🥰🥰🥰🥰

👇
https://t.me/Manoli_gaplarN1_D
SENI  YURAGINGGA

Seni yuragingga --- sig'madim netay,
Sig'madim peshonang koshonasiga.
Men ketgach yig'lama dildan o'rtanib,
Qarab qo'y ko'nglingni tosh oynasiga...
Ko'ngling tosh oynasi ichra qolurman,
Aylanib keturman afsonasiga.

Seni yuragingga --- urindim ko'p bor,
Dilingga sig'ishim bir orzu edi.
Aylandim tegrangda parvona bo'lib;
Sargardon yillarim umrimni yedi.
Endi qolmoqlikdan zarra najod yo'q,
Jismim birla ruhim seniki edi.

Seni yuragingga --- tushunolmayman,
Bazida bordayman, bazida yo'qday.
Axir sevgi edi buyuk axtdimiz...
Yashardim sevgingdan quvonib sho'xday.
Shirin suxbatingga bir asir tushgan...
Men edim. So'zlaring dilimga o'qday.

Seni yuragingga --- qandaydir sehr...
Yashiringan go'yo topaolmayman.
O'zimga hijronni topaman ammo,
Yuragim sug'urib otaolmayman.
Xotirangsiz elga qolayin mayli,
Yo'qsa bir soniya yotaolmayman.

Seni yuragingga --- kech anglashimcha,
G'alati qasos yo ulkan nafrat bor.
Axir senga meni dushmanligim yo'q,
Men uchun sevmayin aldaganing or.
Ko'chip borayabman xayollar uzra,
Keng dunyo qalbingdek, bo'ldi menga tor.

Seni yuragingga --- nima ham derdim,
Sevmasa sevmabdi mendek soddani.
Qara yigitlarni boyvachchalari...
Chiqargan sevgidan ajib modani.
Mayli o'shalarni bor sevib yasha,
Menga chiqarmagan bunday modani.


Mehriddin  Baqoyev.
       21. 05. 2024.


Telegram.me/Sherlari_Sevgi
#premyera

Bilasanmi, sen bilan osmonimiz bir,
Koʻnglimiz, dilimiz, xayolimiz bir.
Xattoki samolar boʻylagan qadar,
Sevgimiz, ishqimiz, dunyoyimiz bir.

Yana bir shundayin oʻxshashlik bizda,
Goh quvnoq, goh gʻamgin koʻz yoshimiz bir.
Biron oʻlkada yoʻq, bizda mujassam,
Qishimiz, yozimiz, bahorimiz bir.

Bilasanmi, sen bilan osmonimiz bir,
Tunda kulib boqqan, yulduzimiz bir.
Xattoki vaslimiz intizor kutgan,
Alloh hadya etgan kunduzimiz bir.

Bilasanmi yana  birxillik bizda,
Dardimiz, qadrimiz, qaygʻuyimiz bir.
Hatto men va sensiz nafas olmagan,
Duk-duk etib turgan  yuragimiz bir.

Bilasanmi, sen bilan vatanimiz bir,
Yerimiz, suvimiz, chanqogʻimiz bir.
Kun kelib dunyoni tark etar boʻlsak,
Borarki joyimiz tuprogʻimiz bir...

Bilasanmi sen bilan armonimiz bir...

21.05.2024-yil.

DILAFRUZ JAMOL

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📢📢📢DIQQAT, DIQQAT!!!
XOTIN QIZLARNI sotuv menenjirligiga ishga olamiz!

"ISLOMDA RUXSAT ETILGAN" XALOL SERTIFIKATIGA XAM EGA
📣SUPER YANGILIK  UYDA O'TIRIB OSON PUL TOPISH ISHONCHLI ISH✅️

🇹🇷Bu yangi kompaniya, yangi korporatsiya! 🏢

Bu kompaniyada 3 xil yo'nalishda daromad qilasiz: 🟩Mahsulot sotib. 🟩Hamkor aʼzo qilib. 🟩 Ikkalasini ham birdek olib borish. 🌿🌿🌿🌿🌺🌺🌺🌿🌿🌿🌿
💎O'z ustingizda ishlang, o'sing hamda orzularingizga erishing.
👑Oddiy uy bekasidan beznis lediyga aylanig
🤝Biz sizni qo'llab quvvatlaymiz
Murojaat uchun: 👇👇👇👇. @Lider_G_Ashurova
Kutmoqlik eng ogʻir jazo men uchun,
Qaysi gunoximga oʻzim bilmayman,
Tushun kutolmayin qolishim mumkin,
Koʻp emas ozgina mexr istayman...

Sabrning kosasin toʻldirar xijron,
Xar oʻtgan soniya yilday tuyilib,
Koʻp narsa kerakmas men uchun ishon,
Yashashni istayman men xam suyilib...

Ochiq ayt, kerakmas, degin ketaman,
Qaytib ostonangni boʻylamayman xech,
Senga dil yormasam kimga aytaman,
Bir soʻz ayt, iltimos boʻlmasidan kech...

Sevgimi shu menga ravo koʻrganing,
Xattoki koʻzingga boqmasam toʻyib,
Xatto koʻrolmasam seni kulganing,
Bu koʻzlar ne kerak, olib ket oʻyib...

Yana zulmatdaman, yana yolgʻizman,
Yana oʻz yogʻimga qoldim qovrulib,
Osmonin yoʻqotib qoʻygan yulduzman,
Majnunman, Laylidan qolgan ayrilib...

Kutmoqlik men uchun eng ogʻir jazo,
Qaysi gunoximga qiynaysan gulim,
Dardlar bor, bariga topilgay davo,
Xijronning davosi bittadir - oʻlim...

Rahimov Ergashqul

Telegram.me/Sherlari_Sevgi