Sevgi She'rlari
14.7K subscribers
10.7K photos
4.96K videos
9 files
11.3K links
Ko'ngilga Malham Bo'ladigan Sevgi She'rlari!
📌#Sevgi - KUYLARI
📌•• #Sevgi - SHERLARI
📌••• #Sevgi - IZHORLARI
📌•••• #Sevgi - STATUSLARI
📌••••• #Sevgi - HIKOYALARI

@Maqsudbek_T

Reklama 👉 @Reklama_Qoidalarr
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎉QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

18 - M A Y
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN! 🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
DADA

Dard-alamni jim birga yutib,
Yaxshi kunlar kelishin kutib,
Qoqilganda qo‘limdan tutib,
Qo‘llab meni turdingiz, dada.


Sovuq suvga qulim urdirmay,
Faqat o‘qi derdingiz, dada,
Yangi kiyim olib hech kiymay,
Menga olib berdingiz, dada.


Ulg‘ayib to katta bo‘lguncha,
Ne kunlarni ko‘rdingiz, dada.
Karimbek shu kunga kelguncha,
Meni qo‘llab turdingiz, dada.


Bildirmayin sira kamimni,
Birga baham ko‘rdik g‘amimni,
Topmadim hech sizdek odamni,
Meni qo‘llab turdingiz, dada.


Kirsam ham balog‘at yoshga,
Yo‘l ko‘rsatib yurdingiz, dada.
Qancha kerak pul mana ol deb,
Meni qo‘llab turdingiz, dada.


Sovuq suvga qo‘lim urdirmay,
Faqat o‘qi derdingiz, dada,
Yangi kiyim olib hech kiymay,
Menga olib berdingiz, dada.

Karimbek Asatullayev

13.05.2024

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Yomgʻir

Bu yil juda ogʻir kechmoqda
Bu yil juda koʻp yogʻdi yomgʻir,
Esingdami yomgʻirli kunda,
Ayirgandi bizlarni taqdir,

Endi koʻkdan tushgan tomchilar,
Yuragimni chertadi har kun,
Unut boʻlay degan toʻygʻuni,
Uygʻon deya turtadi har kun.

Diqqa nafas, azoblanar jon,
Koʻcha yomgʻir, tinmaydi hamon,
Ayriliq-ku tushgandi boshga
Endi qulab tushgudek osmon.

Yomgʻir yogʻdi koʻzda mayuslik,
Yomgʻir kabi yogʻildi armon,
Bir soyabon boʻlsa shu onda.
Kulgularim sogʻingan inson,

Boshim uzra uchmagin bulut.
Meni taqib qilma jurtaga,
Yoʻqsa olis ketaman bir kun,
Yomgʻir yogʻmas uzoq oʻlkaga.

Islombek Murodillayev

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'ralgan

Sen ko'nglimda, tanho malaksan,
Oshig'ingman sen deb o'rtangan.
Qo'lim yetmas misol falaksan,
Yolg'oningga chin deb o'ralgan.

Kapalaksan, -- men xushdan tonib...
Hatto guldan seni qizg'onib,
She'rlar yozdim ishqingda yonib,
Chiroyingga dilim o'ralgan.

Magal kulsang, kuchliroq suydim,
Dunyonimas bir seni tuydim,
Ming kechalar hajringda kuydim,
Kulguyingga sevinch o'ralgan.

Kutdim rosa kelishlaringni,
Mayli yolg'on sevishlaringni,
Yuragimda erishlaringni,
Kelishingga ishonch o'ralgan.

Bazan rashkdan bo'laman ado,
Yohud sen deb bo'lganman gado,
Muhabbatdan keldiku sado,
Rashk dardiga sabrim o'ralgan.

Sevdiribon sevmayin ketma,
Ishonchimni xor-u, zor etma,
G'o'r sevgimni boshiga yetma,
Sevgilimga sevgim o'ralgan.

Ishq jonidan -- jonim yaralgan !
Mehriddining senga o'ralgan.

Mehriddin Baqoyev.
18. 05. 2024.


Telegram.me/Sherlari_Sevgi
🌿KETGANIGA ACHINMAGIN🌿

Nolimagin mansabingdan boʻlsang judo,
Koʻksing gʻajir qaygʻularga boʻlma fido,
Bir kun undan yaxshisini berar Xudo,
Ketganiga achinmagin, ketganiga.

Qalbing asra, sinov yogʻgan doʻlda boʻlsa,
Sabr qilgin umring tutash yoʻlda boʻlsa,
Avaylagin, qadriga yet qoʻlda boʻlsa,
Ketganiga achinmagin, ketganiga.

Hali sening baxtga toʻla payting kelar,
Xafa qilgan uzrini aytib kelar,
Yoʻqotganing ikki hissa qaytib kelar,
Ketganiga achinmagin, ketganiga.

Unutmagin shu dunyoda borligingni,
Saroblarga fido qilma borligʻingni,
Tushkunlikda boy bermagin sogʻligʻingni,
Ketganiga achinmagin, ketganiga.

Kuygan bilan, kuygan yurak aytgin netar,
Atrofingda qolgani ham senga yetar,
Peshonanga yozmagani ketsa ketar,
Ketganiga achinmagin, ketganiga.

Shukr qilgin joning tongga yetganiga,
Ketganiga achinmagin ketganiga.

Maktuba SHAYDO

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌙 XAYRLI TUN🌙

💫Qalbdan joy olish ham rizqdek gap.
Mening qalbimga rizqingiz qoʻshilgan boʻlsa siz joy olasiz, aksincha boʻlsa men.

💫Qalbingizdan hamisha qalbingizga yaqinlar, yuragingizga mador boʻladiganlar joy olsin..

💫Alloh barchamizni tinchlik ofiyatda yorugʻ tongga yetkazsin.

🌙 XAYRLI TUN AZIZLAR
💫

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌹ASSALOMU ALAYKUM!🌹

🤲 Boshlab olgan yangi kuningiz muborak boʻlsin! Har bir ezgu ishlaringizda Alloh Yor va Yordamchingiz boʻlsin!

🤲 Allohdan Oʻzingiz va Ota - Onangiz va sizga aziz boʻlgan barcha yaqinlaringizni magʻfirat qilishini soʻrayman!

🤲 Tongimiz - yaxshilik bilan boshlansin, xonadonlarimizdan tinchlik totuvlik, baraka arimasin.

🤲 Bu kunda Alloh duolarimizni ijobat, farzandlarimizga salohiyat, ibodatlarimizga goʻzallik, rizqimizga baraka bersin!

💐🌸🌞XAYRLI TONG !😊🌸💐

Yakshanba tongi muborak boʻlsin!


Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎉QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

19 - M A Y
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN! 🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
🎉 19 - MAY  “Farmasevtika xodimlari kuni”

Dorilari ila tanimizni, soʻzlari bilan qalbimizga malham beruvchi Farmasevtika xodimlarini bayram bilan muborakbod etamiz!

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sevishimga guvoh edi qancha oshiq.
Tanlab tanlab seni sevib xato qildim.
Yuragingda boshqasi bor bilmagandim.
Sevib boʻlib rashk oʻtida alam qildim.

Faryod chekdim togʻlar toshi qulab ketdi.
Xiyonatga chidolmadim osaymi dor.
Bu dunyodan boshim olib ketgim keldi.
Yana mendek azob chekkan qanchalar bor.

Koʻnglim bilan oʻynashdingmi zolim deymi.
Yoki meni aldoqchimmi yorim deymi.
Men oʻzimga rahmim keldi sevilmadim.
Armonimda, ozorimda borim deymi.

Yuragimni tomirlari qonab ketdi.
Tilka tilka boʻlindimi bilolmayman.
Ogʻriqlari jon jonimga yomon yetdi.
Bu ogʻriqdan men oʻzimga kelolmayman.

Malak  Siymo

Muallif huquqi himoyalangan ruhsatsiz tegilmasin


Telegram.me/Sherlari_Sevgi
SEVAMAN❤️

Sendan bitta iltimosim bor,
Hech yoʻq kunda eslagin bir bor,
Sogʻinaman, oʻylaginda yor,
Dil ogʻritib, bermagin ozor.

Sen boʻlmasang, yorishmas chiroq,
Ketib qolma, iltimos yiroq,
Ayirmasin bizlarni firoq,
Dil ogʻritib, bermagin ozor.

Bu yuragim toʻxtamay soʻrar,
Men yaxshiman degin, quvnar,
Gar yoʻq boʻlsang, ich-yetim qonar,
Dil ogʻritib, bermagin ozor.

Zulmatlarga qoldirma koʻnglim,
Cho‘kib ketmay, qutqargin dilim,
Faqat sen deb yonadi qalbim,
Dil ogʻritib, bermagin ozor.

Sevasan-ku, qoʻlaringni choʻz,
Doim aytay senga bitta soʻz,
Sevaman-da, kutar ikki koʻz,
Dil ogʻritib, bermagin ozor.

Faqat seni sevamanda yor.

✍️ Solihabegim
( Dilafruz Shahirxoniy)


Telegram.me/Sherlari_Sevgi
***

Yoʻl topmang biz tomonga
Chiqay mayli yomonga
Tegdingizku koʻp jonga
Gulingizni olmayman.

Ketavering qay tomon
Mayli boʻlay men yomon
Ey yigit boʻling omon
Gulingizni olmayman

Yurmang endi ortimdan
Shu gapimdan qolmayman
Dod dengda sal dodimdan
Gulingizni olmayman.

Izhor etmang bezorman
Sizga bitgan ozorman
Sadoqatli bir yorman
Gulingizni olmayman

Chiqmang boshqa yoʻlimdan
Tutib nozik qoʻlimdan
Ishoning ahir chindan
Gulingizni olmayman

Hulkaroy Hojamovna

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Uy Ofis va Magazinlarimiz uchun ajoyib yangiligimiz yetib keldi💐💐💐

-Bu gulimiz 20 dona urug' shaklida buladi.  -Suv quyilgan vazaga solganda 10-15 kunda urug'imiz shunaqa manzarali va chiroyli gul xolatiga keladi.  -Gulimiz ochilganidan keyin suv sepib parvarish qilsangiz 3-6oygaca uz xolatini yuqotmastan turadi. -Yilning 4mavsumuda gullaydi. -Turpoqni xojati yuq. -Xonangiz xavosini tozalab ajoyib ifor beradi chinni yoki shisha vazada suz bulsa bas💐🌷🌹🌺

Eski Narhi 79 ming

3 Kun Super Aksiya narhi 30 ming so‘m Yetkazib berish bepul🚗💐

🙋‍♂Буюртма бериш учун кўк линк устига босинг👇👇
https://100k.uz/oqim/480619
https://100k.uz/oqim/480619

Буюртма беришга тушунмаганлар личкага ёзинг👇
📠
@Online_savdo_admin

🔥🔥🔥БИЗДА НАРҲИ АРЗОН🔥🔥🔥 ЎЗБЕКИСТОН БЎЙЛАБ ТУНМАН МАРКАЗИГАЧА ЕТКАЗИБ БЕРИШ  БЕПУЛ МАҲСУЛОТ ҚЎЛИНГИЗГА ТЕККАНДАН СЎНГ ТЎЛОВ ҚИЛАСИЗ ОЛДИНДАН ТЎЛОВ ЙЎҚ👍🤝💐💐🌺🌸🌷

Бепул Доставка каналига ўтиб олинг👇👇👇👇👇👇
https://t.me/mahsulot100ku
Audio
| By X9 Converter
#premyera


Yozmaysan... Yozmayman... Yozolmaymiz ham,
Chunki atrof toʻla tumonat odam.
Berganimiz azob, olganimiz gʻam,
Sen oʻlib qolmaysan, yashayman men ham!

Shahina 🎙️
Mumtozbegim ✍️

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kimni ismi chiqsa qilib beradi!

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Atirgul oshigʻi

Yurakka muhabbat oʻt yoqib,
Ishqingda devona boʻldim men.
Tun-u kun hammadan qizgʻonib,
Yoningda parvona boʻldim men.

Jamoling quyoshdan qizgʻonib,
Bulutga aylanib keldim men.
Quyoshning nuriga yuzlanib,
Tomchiga aylanib oʻldim men.

Yaprogʻing uchirdi shamollar,
Toʻsgani togʻ boʻlib keldim men.
Bagʻrimni kemirdi yomonlar,
Ayiqqa gʻor boʻlib oʻldim men.

Uzmoqchi boʻlsa gar insonlar,
Ularga bir qoʻrquv soldim men.
Sen uchun bir umr bagʻringda,
Tikonga aylanib qoldim men.

Tikonman atirgul bagʻrida,
Baxtliman bargingni quchoqlab,
Oʻzgalar gulimni quchsa gar,
Yashayman koʻksini pichoqlab.

Islombek Murodillayev

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Men Aziza Toshxo'jayeva tavsiya qilaman har qaysi aylasin qizimiz eng yaxshilariga va eng zo'riga loyiq.
"ISLOMDA RUXSAT ETILGAN" XALOL SERTIFIKATIGA XAM EGA
🥳😍SUPER YANGILIK  UYDA O'TIRIB OSON PUL TOPISH ISHONCHLI ISH🥳

🇹🇷Yangi kompaniya sizni ishga taklif qiladi va katta daromatlarga ochilasiz azizlarim.

Bu kompaniyada 3 xil yo'nalishda daromad qilasiz:

Turkiya mahsuloti:
Sifatli, 100% tabiiy;
Oylik $100-$1000 atrofida

BATAFSIL MA'LUMOT UCHUN👇

https://t.me/+dhFf81r1hooyYWIy
https://t.me/+dhFf81r1hooyYWIy
https://t.me/+dhFf81r1hooyYWIy

👀 Сиз декретдаги онасиз ва сизга бола пули етмаяпти ми?

🙋‍♀️ Мен Исмоилова Шахноза
100 га яқин оналарга Бизнес Лойихам билан уйда ўтиртб ойига 100$\300$ пул ишлашига ёрдам бериб келаман.

Лойихамга атига 30 та Бизнесга қизиққан оналарни шогирдликка олишга қарор қилдим.

📩 Личкага дархол рақамингизни қолдиринг.