Shahrisabz shahar hokimligi
7.57K subscribers
44K photos
5.29K videos
26 files
10.7K links
Matbuot Xizmati ©

Veb-sayt: http://shakhrisabzgov.uz/uz Facebook: www.fb.com/shahrisabzshpress
Download Telegram
Yoshlar bilan onlayn muloqot

Shahrisabz shahar hokimi Sherzod Bo'riyev boshchiligida sektor rahbarlari ishlash, o‘qish, davolanish va boshqa maqsadlarda xorijga ketgan yoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkazdi. Unda yoshlarning murojaatlari tinglandi.

Mehnat migratsiyasi sohasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, chet elga boradigan fuqarolarni til va kasb bo‘yicha tayyorlash, ularning yashash va ishlash sharoitlarini yaxshilash, xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni bitirgan yoshlarni shahrimizda o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ish bilan ta’minlash masalalarida ishtirokchilar bilan suhbatlashildi.

Sektor rahbarlari yoshlar bilan doimiy muloqot qilib, ularning muammolarini hal etishga ko‘maklashish, taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirib borilishlarini qayd etishdi.

 https://t.me/AgentlikShahrisabz/22445
#LIVE

Shahrisabz shaharda bayram shodiyonalari o’tkazish uchun tayyorgarliklar ko’rilmoqda