Shahrisabz shahar hokimligi
7.57K subscribers
44K photos
5.31K videos
26 files
10.7K links
Matbuot Xizmati ©

Veb-sayt: http://shakhrisabzgov.uz/uz Facebook: www.fb.com/shahrisabzshpress
Download Telegram
🇺🇿 Mustaqillik 33 yil!

"Daladan dasturxongacha"

Har yili shahrimizdagi 2-sеktor hududidagi mahallalarda bayramoldi arzonlashtirilgan  oziq-ovqat yarmarkalari tashkil etiladi.

Narx-navoni barqarorlashtirish maqsadida Shahrisabz shahar prokurori Ravshan Xurramov tomonidan 2-sеktor hududidagi Kеsh, Turon, Ma'rifat, Do'stlik va Bunyodkor mahallalarida arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkada 30 xilga yaqin oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari aholiga arzon narxlarda sotilmoqda.

Bu kabi tadbirlar hududdagi barcha mahallalarda tashkil etilishi rеjalashtirilgan.
Umumxalq hashari

Mikrokrеditbank Shahrisabz shahar filiali xodimlari ham o'zlari ishlab turgan tashkilot obodonligi uchun umumxalq hasharida faol ishtirok etishdi.