Шамсиддин Маннопов
71 subscribers
601 photos
24 videos
104 links
Тошкент вилояти Уй-жой коммунал хизмат кўрсатиш бошқармаси бошлиғи Шамсиддин Манноповнинг телеграммдаги расмий саҳифаси.
Download Telegram
Bugun, 8-iyun kunidan 10-iyun kuniga qadar Toshkent viloyati va Toshkent shahrida Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining hududiy hamda quyi tizimi boshqaruv organlari, kuch va vositalari bilan o‘tkazilishi belgilangan Hamkorlikdagi qo‘mondonlik -shtab o‘quv mashqiga start berildi.

O‘quv mashqini o‘tkazishdan maqsad – favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularni bartaraf etish va oqibatlarini tugatish bo‘yicha Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi Toshkent viloyati va Toshkent shahar hududiy quyi tizimlarining boshqaruv organlari hamda kuchlarini samarali qo‘llash yuzasidan rahbarlar tarkibi va bo‘linmalarining hamkorligini takomillashtirishdan iboratdir.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
#жараён

⚡️Бўстонлиқ туманида Фавқулодда вазиятлар вазирлиги томонидан ўтказилаётган ўқув тактик машғулотларида Уй-жой коммунал хизмат кўрсатиш вазирлиги, бошқарма ва туман бўлими мутасаддилари ҳам фаол иштирок этишмоқда.

t.me/toshvilkommunal
#муаммо_ва_ечим

🔎Чиноз тумани «Ёшлик» маҳалла фуқаролар йиғинида жойлашган 1-сонли кўп қаватли
уйнинг шундоққина яқинида ўсган дарахт шохларининг тарвақайлаб ўсиши туфайли том қисмида ноқулайликлар юзага келаётган эди.

Туман уй-жой коммунал хизмат кўрсатиш бўлими мутахассисларининг ободонлаштириш соҳаси вакиллари билан олиб борган саъй-ҳаракатлари натижасида маҳалла аҳлини ташвишга солаётган муаммо ўз вақтида ҳал этилди.

Бунда махсус техникалар ёрдамида том қисмига зарар келтирган дарахт шохларига шакл берилиб, тартибга келтирилди.

t.me/toshvilkommunal
Channel name was changed to «Раҳбар кундалиги»
Channel name was changed to «Шамсиддин Маннопов»
#nazorat

Xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashi deputatlari, shahar hokimi oʻrinbosari hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining “2022-2023-YILLARDA MAHALLALAR INFRATUZILMASINI YANADA YAXSHILASH BOʻYICHA QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA”gi qarori yuzasidan doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi. Komissiya ishini deputat A.Abdullayev olib bordi.
Unda shahrimizning mahallalarida infratuzilma bilan bogʻliq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, joylarda ichki yoʻllar, ichimlik suv, elektr energiyasi va gaz taʼminotini va boshqa infratuzilma obyektlarini yaxshilash, shu asosda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratilishini oʻz vaqtida sifatli amalga oshirilishi yuzasidan qatʼiy va manzilli nazoratini yoʻlga qoʻyishlari kerakligi taʼkidlandi.
Bajarilmayotgan yoki ortda qolayotgan loyihalar yuzasidan mahalliy kengashlarda tanqidiy muhokamalar oʻtkazilishi etib o'tildi.
Hududda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosini nazorat qilib borish tizimini yoʻlga qoʻyish maqsadida Xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashi deputatlari hamda loyihalar ijrosi uchun masʼul idora va tashkilotlar vakillari belgilangan muddatda joyiga chiqib, ichki yoʻllar, ichimlik suvi, elektr energiyasi va gaz taʼminotini yaxshilash va taʼmirlash borasidagi loyihalar ijrosining borishini oʻrganish belgilandi.

💬 Telegram 🌐Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM