SamDVMCHBU BIRINCHI PROREKTORI
1.83K subscribers
21.9K photos
1.59K videos
32 files
2.27K links
©️Ushbu kanal siz uchun yaratildi. Va chin dildan ishonamizki, kanal ruknlarida aks etgan axborotlar sizning ma'naviy kamolotingiz uchun xizmat qiladi!
Download Telegram
#Konferensiya

Yoshlarning ilm-fan sari intilishi – taraqqiyot kafolati

Joriy yilning 30-may kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “Yosh olimlar, magistr va iqtidorli talabalarning ilmiy faoliyatini oshirishda ularga qaratilgan kreativ g‘oyalar, yechim va takliflar” mavzusidagi ko‘p tarmoqli Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.


O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi vakillari, professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar, magistrantlar hamda ilm-fanga oshno iqtidorli talabalar ishtirok etgan mazur konferensiya ilm-fanning turli yo‘nalishlarini birlashtirgan, yoshlar salohiyatini ochib berishga qaratilgan yirik maydon bo‘ldi.

👉
BATAFSIL

🔷Maʻnaviyat Info | Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
Ёш олимлар, магистр ва иқтидорли талабаларнинг илмий фаолиятини оширишда уларга қаратилган креатив ғоялар, ечим ва таклифлар

Самарқанд давлат ветеринария медицинаси, чорвачилик ва биотехнологиялар университети биотехнология факультетида шу мавзудаги кўп тармоқли республика илмий-амалий конференцияси бўлиб ўтди.

———-

Yosh olimlar, magistr va iqtidorli talabalarning ilmiy faoliyatini oshirishda ularga qaratilgan kreativ g‘oyalar, yechim va takliflar

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti biotexnologiya fakultetida shu mavzudagi ko‘p tarmoqli respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/u166


@samarqandyangiliklari‌‌
2025-yil 3-iyun soat 15:00 da Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.06/30.12.2019.V.12.01. raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarning (Zoom orqali onlayn/an’anaviy) navbatdagi yig‘ilishi o‘tkaziladi. (2-bino, 271-xona)

K U N T A R T I B I:


1. SamDVMCHBU mustaqil izlanuvchisi Abdullayev Shuxrat Musayevichning 16.00.03 – Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi, mikotoksikologiyasi va immunologiyasi ixtisosligi bo‘yicha “Sanoatlashgan parrandachilikda immunoprofilaktik emlashlarni optimallashtirishning idiotipik tarmoqlardan foydalanish ko‘rsatkichlari” mavzusidagi veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini ilmiy seminar muhokamasi.

2. Har xil masalalar.


🔷Maʻnaviyat Info | Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
Forwarded from VETLEGNEWS
#халқаро_ҳамкорлик

Ўқитувчи ва талабалар хорижга
ҳақ тўланадиган амалиётга юборилди


Самарқанд давлат ветеринария медицинаси, чорвачилик ва биотехнологиялар университетида илк маротаба “Agricool” халқаро таълим ва амалиёт лойиҳаси доирасида Биотехнология, Зооинженерия ва маҳсулотларни қайта ишлаш технологияси ҳамда Агротехнология факултетларидан қирқ бир нафар иқтидорли талаба ва икки нафар профессор-ўқитувчи Полшага стажировка ва ҳақ тўланадиган амалиётга юборилди.
Мазкур амалиёт Краков аграр университети ва “Green Crops” компанияси билан тузилган уч томонлама шартнома асосида ташкил этилди.
Хориж сафари олдидан университет ректори Худойназар Юнусов ўқитувчи ва талабалар билан давра суҳбати ўтказди.
Mashg'ulotlar davom etmoqda!!!

Joriy yilning 30-may kuni universitetninig 2-sonli TTJda "Besh muhim tashabbus" markazi qoshida tashkil etilgan "Pazandachilik" to'garagininig navbatdagi mashg'uloti bo'lib o'tdi.

Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti tyutori S.Musayeva boshchiligida o'tkazilgan to'gark mashg'ulotida talaba-qizlar bo'g'irsoq pishirish sirlarini o'rganishdi.

🔷Maʻnaviyat Info | Rasmiy kanal
🔗
@SDVUM_olami
#ilmiy_kengash

🏛 SamDVMCHBU Kengashida ilmiy unvon va ilmiy daraja olgan bir qator professor-o‘qituvchilarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

👏 Universitet rektori, professor X.B.Yunusov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasining tegishli qarorlari bilan tasdiqlangan ilmiy unvon Attestatlari va ilmiy daraja diplomlari:


🔷 Shahnoza Qurbonova - dotsent ilmiy unvoni attestati;

🔶 Zumrat Shapulatova - veterinariya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi diplomi;

🔷 Viloyat Jamoliddinova - qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi diplomi;

🔶 Dilafro'z Azimova - veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi diplomlari tantanali topshirildi
.

👏 Ilmiy unvon va darajaga ega bo‘lgan universitet professor-o'qituvchilarni kelgusidagi ilmiy faoliyatiga muvaffaqiyat tilaymiz.

🔷Maʻnaviyat Info | Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Italiyaning Tusha universiteti (Tuscia University) o‘rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasiga asosan Italiyaning Tusha universiteti (Tuscia University)da magistratura bosqichida Qishloq xo‘jaligi vazirligining maxsus stipendiya dasturi asosida oʻqishni xohlovchilar uchun grant tanlovini e’lon qiladi.

🤔Tanlov uch bosqichda bo‘lib:

- birinchi bosqichda talabgor mazkur havola orqali ariza to‘ldiradi *(talabgorlar Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilari yoki bitiruvchi bosqich talaballari bo‘lishi zarur).

- ikkinchi bosqichda nizom talablariga javob bergan talabalar (ta'lim yo‘nalishiga qarab) bir ta’lim dasturi dekani tomonidan suhbat qilinadi va suhbat natijasiga ko‘ra universitetga qabul qilinadi.

- uchinchi bosqichda universitetga qabul qilingan nomzodlar vazirlik stipendiyasi uchun quyidagi hujjatlarni topshiradi:

a) amaldagi xorijga chiqish pasporti;
b) bakalavr diplomi *(agar talabgor so‘nggi bosqich talabasi bo‘lsa, bakalavr darajasini 2025-yil 31-iyulga qadar olishi to‘g‘risida ingliz tilida ma’lumotnoma);
d) Davlat imtihoni natijalari ko‘rsatilgan diplom ilovasi (yoki ma’lumotnoma – Reyting daftar tarjimasi) va baholash tizimi haqida ma’lumotnoma;
e) B2 darajadagi ingliz tili sertifikati (IELTS, CAE, TOEFL, Pitman, ESD, Pearson) yoki to‘liq ingliz tilida o‘qitiladigan bakalavr dasturida qatnashganligini tasdiqlovchi hujjat;
f) ingliz tilida yozilgan ma’lumotnoma (CV);
g) Qiziqishlari haqida (Motivatsiya xati) insho;
h) O‘qishga qabul qilinganlik xati (acceptance letter – ikkinchi bosqichdan muvafaqqiyatli o‘tgan nomzodlarga beriladi).

✉️Qo‘shimcha savollar uchun h.suyarova@agro.uz email ga murojaat qilishingiz mumkin.

📌Arizalar 2025-yiling 16-iyunigacha qabul qilinadi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM