SamDVMCHBU BIRINCHI PROREKTORI
1.84K subscribers
21.9K photos
1.59K videos
32 files
2.27K links
©️Ushbu kanal siz uchun yaratildi. Va chin dildan ishonamizki, kanal ruknlarida aks etgan axborotlar sizning ma'naviy kamolotingiz uchun xizmat qiladi!
Download Telegram
#Munozara_tanlov #Tabriklaymiz

Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2025-yil 15-maydagi 27-Q/Q, 01/07-17-Q/Q-son qoʻshma qarorida oliy ta’lim tashkilotlarining talaba-yoshlari oʻrtasida jamoaviy “Munozara” respublika turnirining viloyat oliy ta’lim muassasalariaro bosqichi oʻtkazildi.

“Munozara” respublika turnirida viloyatdagi barcha oliy ta'lim muassasalari jamoalari qatnashgan tanlovda universitetimiz jamoasi ham munosib ishtirok etib, faxrli 2-o'rinni egalladi.

Ushbu yutuqni qo'lga kiritgan universitetimiz jamoa a'zolari Ro'ziyev Nurxon, Umurzoqov Adham va Turdimurodov Otabeklarni tabriklab, kelgusi o'qish va ishlarida omadlar tilaymiz.

🔷Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
Kimnidir yo'qotmoq bu og'ir emas
<unknown>
#audio_javon
#Ijod_chamani

Soatlar bir lahza olmaydilar tin,
Yillar biron marta olmas tanaffus.
Qancha avaylamay, asramay, lekin,
Xotirang keksayib bormoqda...
Afsus!
🔴

🎤Muxlisa KAMOLOVA

🏛@SDVUM_olami
Bugun, 30-may kuni Samarqand hududida kutilayotgan ob-havo:

🌧 +27°...+15°, Yomg'ir

Tong: ☀️ +22°
Kun: ☁️ +26°
Oqshom: 🌧 +20°
Namlik: 15%
Shamol: Janubi-sharqiy, 4.6 m/s
Bosim: 755 mm sim. ust.

Oy: O'sayotgan oy
Quyosh chiqishi: 05:07
Quyosh botishi: 19:52

Samarqand Gidrometeorologiya boshqarmasi


🏛@SDVUM_olami
#5_muhim_tashabbus_ijrosi

2025-yilning 29 may sanasida Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti “Ichki yuqumsiz kasalliklar” kafedrasi assistenti Botirova Shohista Abdiqaharovna tashabbusi bilan 3-bosqich talabalari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan va yoshlar bilan ishlashda muhim yo‘nalishlardan biri hisoblangan 5 muhim tashabbus doirasida sportning voleybol va stol tennisi turlari bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazildi.

Ushbu tadbir mamlakatimiz yoshlari o‘rtasida besh muhim tashabbusni hayotga tatbiq etish doirasidagi ikkinchi tashabbus — jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga bag‘ishlangan bo‘lib, voleybol va stol tennisi turlari bo‘yicha qizg‘in bellashuvlarga boy bo‘ldi.

🏛@SDVUM_olami
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from SamTVR | MTRK
🌟🇵🇱TALABALARIMIZ POLSHADA AMALIYOT O‘TASH UCHUN YO‘L OLMOQDA!

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti talabalari 2025-yil 30-maydan 30-oktabrgacha davom etadigan Polshadagi “Green Crops” kompaniyasidagi amaliyot dasturida ishtirok etish uchun yuborildi.

📑 Bu xalqaro amaliyot Krakov Agrar Universiteti (Polsha) va “Green Crops” kompaniyasi bilan tuzilgan uch tomonlama hamkorlik shartnomasi asosida tashkil etilgan.

➡️Amaliyot oldidan universitet rektori, professor X.B. Yunusov va mas'ullar ishtirokida talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.

🖊Uchrashuvda xorijda yashash madaniyati, odob-axloq qoidalari va xavfsizlik choralari yuzasidan muhim tavsiyalar berildi. Talabalarga begona oqim va salbiy ta’sirlardan saqlanish bo‘yicha kerakli ma’lumotlar yetkazildi.

#samarqandmtrk

Telegram | Facebook | Youtube |Admin
#TAVALLUD_MUBORAK

🌺 Bugun SamDVMCHBU "Hayvonlar anatomiyasi, gistologiya va patalogik anatomiya" kafedrasi katta óqituvchisi PhD Muxtorov Elmurod Abdig’ulomovichning tavallud topgan kuni!

💐Hurmatli Elmurod Abdig’ulomovich, Sizga kafedra va universitet jamoasi nomidan mustahkam sogʻlik, quvonchlarga toʻla uzoq va farovon umr, kasb-faoliyatingizga muvaffaqiyat hamda kafedra va universitet ravnaqi yoʻlida amalga oshirayotgan faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!!!

🌺YANA BIR BOR TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO'LSIN!

🏛@SDVUM_olami
⚡️Diqqat, e'lon!⚡️

30-may soat 16:00 da 2-sonli TTJ da "Besh muhim tashabbus" markazi qoshida tashkil etilgan "Pazandachilik" to'garagining navbatdagi mashg'uloti bo'lib o'tadi!

Pazandachilikga qiziquvchan talabalarimizni mashg'ulotimizga taklif etamiz!

📱Murojaat uchun: +998 93 346 06 91

🔷Maʻnaviyat Info | Rasmiy kanal
🔗
@SDVUM_olami