SamDVMCHBU BIRINCHI PROREKTORI
1.82K subscribers
22K photos
1.59K videos
33 files
2.28K links
©️Ushbu kanal siz uchun yaratildi. Va chin dildan ishonamizki, kanal ruknlarida aks etgan axborotlar sizning ma'naviy kamolotingiz uchun xizmat qiladi!
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Istiqbolli_yoshlar

Samarqand davlat veterinariya mediтsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida Samarqand viloyat hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari Begzod Rahmatullayev 2024-2025-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasasini bitirayotgan 32 nafar rahbarlik va liderlik qobilyatiga ega bo‘lgan iqtidorli bitiruvchi yoshlar bilan uchrashdi.


🏛Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
 
#Dolzarb_90_kun
#Talabalar_ligasi
#Voleybol

2025-yilning 5-iyun sanasida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti maʼsullari tashabbusi bilan talabalar o'rtasida sportning Voleybol turi boʻyicha Talabalar ligasi musoboqasi o‘tkazildi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 muhum tashabbus doirasidagi ikkinchi tashabbus — yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan boʻlib, mazkur musoboqa ham qizg‘in bellashuvlarga boy bo‘ldi.


🏛Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
 
#Dolzarb_90_kun_loyihasi

Biotexnologiya fakulteti 3-bosqich talabalar tyutori J.Yusupov tashabbusi bilan "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida talabalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida O'zbekiston madaniyat muzeyiga tashrif buyurishdi.

💥Ekskursiya davomida talabalar boy madaniy merosimiz, tarixiy yodgorliklar va ilm-fan taraqqiyotining turli bosqichlari bilan tanishishdi.

💥 Muzey eksponatlari ularga dunyoqarashni kengaytirish, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosdan ilhom olish va yangi bilimlarga ega bo‘lish imkoniyatini taqdim etdi.

💥Bunday tadbirlar nafaqat madaniy va ilmiy bilimlarni oshirishga, balki talabalar orasida jamoaviy muhitni mustahkamlashga ham xizmat qiladi. Ekskursiya davomida talabalar yangi taassurotlar, qiziqarli ma’lumotlar va unutilmas xotiralar bilan boyishdi.

📚 Ilm o‘rganish va tarixni anglash – kelajak sari ishonchli qadam!

🏛Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
 
Ўзбекистон халқига Қурбон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Вилоят ҳокимлиги ташкилий-кадрлар гуруҳи раҳбари Бекзод Раҳматуллаев Самарқанд давлат ветеринария медицинаси, чорвачилик ва биотехнологиялар ҳамда Самарқанд давлат тиббиёт университетнинг раҳбарлик ва етакчи (лидер)лик салоҳиятига эга иқтидорли талабалари билан учрашув ўтказди.

Учрашув давомида ёшлар билан очиқ мулоқот қилинди.

Мулоқотда лидерлик кўникмалари, кадрлар сиёсати ва раҳбарликка тайёргарлик борасида фикрлар билдирилди.

Учрашув давомида иқтидорли талабаларни ишга жойлаштириш масалалари муҳокама қилиниб, амалий ечимлар белгилаб олинди.

@Zarnews_uz
Bugun, 6-iyun kuni Samarqand hududida kutilayotgan ob-havo:

Havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini g‘arb tomonga o‘zgartirib 7-12 m/sekund tezlikda esadi.
Namlik: 11%
Oy: Yosh oy
Quyosh chiqishi: 05:05
Quyosh botishi: 19:56
Harorat kechasi +20  +25 daraja iliq, kunduzi +30  +35 daraja issiq bo‘ladi.

Samarqand Gidrometeorologiya boshqarmasi


🏛Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗
@SDVUM_olami
#Rektor_tabrigi

QURBON HAYITI MUBORAK BO‘LSIN!

Xalqimizga xos mehr-muruvvat, bag‘rikenglik va saxovat ifodasi bo‘lib kelgan Qurbon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!

Hurmatli universitet jamoasi – professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va qadrli talaba-yoshlar!

Qurbon hayiti – ulug‘ bayram. Shuning uchun bu kunni yaqinlarimizni yo‘qlab, ularning holidan xabar olish, yoshi ulug‘larni ziyorat qilish, muhtojlarga mehr-muruvvat ko‘rsatish, oilalarga xursandchilik ulashish va bayramning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadigan amallar bilan o‘tkazish azaliy qadriyatlarimiz, go‘zal an’analarimizdandir.

👉
BATAFSIL
 
🏛Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami