Scripter Uz
674 subscribers
81 photos
9 videos
1 file
84 links
Kanalda serial va filmlar subtitrlarda tarjima qilinib boriladi.

Admin bilan aloqa: @ScripterUzAloqa_bot
Download Telegram
Ona! (Mother! 2017)
#drama #horror #mystery #thriller

Juftlik odamlardan uzoqda baxtli hayot kechiradi. Erkak yozuvchi, ammo ular anchadan beri hech narsa yoza olmaydi. Shunda ularni uyiga yangi mehmon tashrif buyuradi. Bu esa ayolga yoqmaydi.

Darren Aranofsky'ning (The whale, Black swan) eng yaxshi filmlaridan biri. Film uning qarshisida o'tirganlarni sahnalari bilan kino davomida bezovta qilib, tinch qo'ymaydi, ammo shu bilan birga o'z muhitiga tomoshabinni jalb qilib ola oladi.

Jennifer Lawrence'ning filmdagi ajoyib ijrosi tufayli, sen bosh qahramonning qanchalik qo'rquvi, umidsizliklari, hissiyotlari, tashvishlari kabi taraflarini ko'ra olasan, ichichingdan his qilasan, unga achinasan, qisqasi u nimani his qilsa, senda ham o'sha hissiyot gavdalanadi.

'Ona!' tomoshabinni o'ylashga majbur qiluvchi, katta taassurot qoldiruvchi va shiddatli film. Uni tomosha qilish oson emas, ammo ko'rib bo'lgandan so'ng, menga raxmat aytasan.

Imdb: 6.6
Kinopoisk: 7.1
ScripterUz (Filmologiya): 9.0

@scripter_uz
🔥8👍5
Midsommar (2019)
#horror #thriller #mystery #drama

Deni bir nechta do'stlari va yigiti bilan Shvetsiyaga borishga qaror qiladi. Ular yetib borishganda go'zal tabiat, musaffo osmon, toza havo va do'stona oddiy odamlar ularni qarshi olishadi. Ammo, bu vaqtinchalik edi. Ozginadan so'ng, bu xalq va joyning haqiqiy daxshatlari boshlanadi.

Ari Aster'ni o'zini tanimaydigan kinoga ozgina qiziquvchi odam ham uning aynan shu filmidan lavhalarni ijtimoiy tarmoqlarda bir marta bo'lsa ham ko'rgan.

Kartina haqida uzoq gapirishning hojati yo'q. Syujetning o'zi kutilmagan va keskin burilishlarga boy. A buni vizuali bo'lsa alohida mavzu. Aster ranglardan foydalanishda kuchli mahoratini namoyon qilgan.

IMDb: 7.1
Kinopoisk: 6.5
ScripterUz: 8.5

Flm treylerini tomosha qilish

📝@Scripter_uz
👍6❤‍🔥11👎1🔥1
Forwarded from Enigma Uz
"PORLASH" (1980) R

#premyera #horror #drama

"Porlash" filmi Stiven Kingning 1977-yilgi shu nomdagi asari asosida suratga olingan. Bosh rollarni Jek Nikolson, Shelli Dyuval va Denni Lloyd kabi mahoratli aktyorlar ijro etishgan.

Film yozuvchi Jek Torrans qish mavsumida yopiq bo'ladigan Overluk mehmonxonasi uchun qorovullikni qabul qilib, oilasi bilan birga mehmonxonaga ko'chib o'tganidan keyin yuz beradigan metafizik voqealar haqida hikoya qiladi. Jekning g'ayritabiiy sezgilarga ega bo'lgan yosh o'g'li ularning mehmonxonada yolg'iz emasliklarini, o'tmish va kelajakdan kelgan ruhlar bilan yashashlarini ko'radi va ota-onasini bunga ishontirishga harakat qiladi. Oila qor bo'roni tufayli tog'lar o'rtasida joylashgan mehmonxonada qamalib qolganida esa, Jekni g'ayritabiiy mavjudotlar egallab oladi va sekin-sekin aqldan ozishni boshlaydi.

Tomoshabinlarni ko'p o'yga solgan "Porlash" filmi 5ta xalqaro sovrinlarni qo'lga kiritgan, siz sevib tomosha qiladigan film yaratuvchilari sevib tomosha qiladigan, "kult" darajasining eng yurori pog'onalarida turadigan film. Filmni 18 yoshdan kichiklar ko'rishi tavsiya etilmaydi.

IMDb: 8,4
KinoPoisk: 7.8
Enigma Uz: 9,5


Filmning oʻzbekcha treyleri YouTube kanalimizga joylanadi:
https://youtu.be/RFsvBeCo1a4

✖️✖️✖️✖️✖️

Kanalimizda 3-donat film. Shartlar oʻsha-oʻsha. Qanchalik tez belgilangan mablagʻni yigʻsak, shunchalik tez filmni eʼtiboringizga havola etamiz.
Mehnatimizni qoʻllab-quvvatlang! Sizning har bir soʻmlaringiz qadrga ega.

Belgilangan mablagʻ: 150 ming soʻm.

Donat haqida batafsil:
@choychaqauz

@Enigma_Uz ✦ Deshifrlaymiz!
👍1
Ziddimasih (Antichrist, 2009) 18+
#drama #thriller #horror #erotica

Ota-ona jinsiy aloqa qilayotgan paytda ularning farzandi derazadan yiqilib halok bo'ladi. Ona chuqur depressiyaga tushadi, ota esa onani davolashga harakat qiladi.

Kino haqida uzundan-uzun revyu yozmoqchi emasman. Lars Von Trier'ning 2009-yilda namoyish qilingan shedevrlaridan biri. San'at asari.

Film 18, balki undan ham yuqoriroq yoshdagilar uchun tavsiya etiladi. Kuchli senzurasiz sahnalar mavjud.

Film treylerini to'liq tomosha qilish

@scripter_uz
🔥7👍2👎2
Scripter Uz
@KoKinoKanali kanali homiyligidagi ikkinchi film tarjimasi nihoyasiga yetdi. Premyera ertaga! 📝@Scripter_uz
Film haqida*

Noma'lum (The Thing, 1982)
Rej: John Carpenter

#sci_fi #horror

O'zga sayyoralik so'zining o'zi ishlatilaverib siyqasi chiqib ketgan so'z, ayniqsa horror janrida. Arzon va sifatsiz filmlar janrning qiymatini anchagina pastlatib yuborishgan. Lekin o'tgan asrning 80-yillari uchun bu film kabi grafika oson ish emasdi.

Kino janubiy qutbda tadqiqot olib boruvchi guruhga uchoqlarda hujum qilinishi bilan boshlanadi. Keyinroq guruhga tusini har qanday yashovchi jonzotga o'zgartirishga qodir mavjudot kirib olgani oshkor bo'ladi.

Syujet bir tarafdan 'Among us' o'yini va Kventin Tarantinoning debyut 'Reservoir dogs' va 'The hateful eight' kartinalarini eslatib yuborishi tabiiy. Shuningdek kinoda 'suspense' boy sahnalar talaygina. Voqealar nafaqat qishda, shunda ham qutbdek sovuqda sodir bo'lishi va qahramonlarning oq bilan burkangan maskanda yordam qidirishlari kinoga yanada atmosfera qo'shadi. Balki aynan shu tomonlari bilan film janrning haqiqiy klassikasiga aylangan bo'lsa ajab emas.

Film treylerini ko'rish uchun bosing.

📝@Scripter_uz (Homiy va hamkor @KoKinoKanali)
👍7🔥1