Scripter Uz
674 subscribers
81 photos
9 videos
1 file
84 links
Kanalda serial va filmlar subtitrlarda tarjima qilinib boriladi.

Admin bilan aloqa: @ScripterUzAloqa_bot
Download Telegram
Ona! (Mother! 2017)
#drama #horror #mystery #thriller

Juftlik odamlardan uzoqda baxtli hayot kechiradi. Erkak yozuvchi, ammo ular anchadan beri hech narsa yoza olmaydi. Shunda ularni uyiga yangi mehmon tashrif buyuradi. Bu esa ayolga yoqmaydi.

Darren Aranofsky'ning (The whale, Black swan) eng yaxshi filmlaridan biri. Film uning qarshisida o'tirganlarni sahnalari bilan kino davomida bezovta qilib, tinch qo'ymaydi, ammo shu bilan birga o'z muhitiga tomoshabinni jalb qilib ola oladi.

Jennifer Lawrence'ning filmdagi ajoyib ijrosi tufayli, sen bosh qahramonning qanchalik qo'rquvi, umidsizliklari, hissiyotlari, tashvishlari kabi taraflarini ko'ra olasan, ichichingdan his qilasan, unga achinasan, qisqasi u nimani his qilsa, senda ham o'sha hissiyot gavdalanadi.

'Ona!' tomoshabinni o'ylashga majbur qiluvchi, katta taassurot qoldiruvchi va shiddatli film. Uni tomosha qilish oson emas, ammo ko'rib bo'lgandan so'ng, menga raxmat aytasan.

Imdb: 6.6
Kinopoisk: 7.1
ScripterUz (Filmologiya): 9.0

@scripter_uz
🔥8👍5
Tanamni yo'qotdim (J'ai perdu mon corps, 2019)
#adventure #fantasy #drama #animation

Naufel yoshligidan kosmonavt va pianinochi bo'lishni orzu qilardi. Taqdir unga qarama qarshi ishladi va pitsalarni yetkazib beruvchi yosh yigitga aylandi. Lekin, bir kuni u Gabrielni sevib qoladi va hikoya boshlanadi. Shaharning boshqa tarafida esa, tanasidan ajralgan qo'l yana uni topib, birlashish uchun qidirib yurardi.

2019-yil. Kinemotografiya olamida yana bir ulkan yillardan biri. Xuddi shu yili, fransuz ijodkorlari Netflix bilan hamkorlikda esa bu animatsion filmni tomoshabinlarga taqdim qilishadi.

Animatsiya o'zini go'zal vizuali bilan tomoshabinni ko'zini quvontiradi. Ayniqsa, bu vizual o'smirlikdagi sevgini ochib berish uchun xizmat qilsa undanda yaxshi, chunki bu davrda inson uchun barcha narsa rangli va go'zal ko'rinadi.

IMDb: 7.5
Kinopoisk: 7.5
ScripterUz: 8.5

Film treylerini tomosha qilish

📝@Scripter_uz
🔥2❤‍🔥1
Midsommar (2019)
#horror #thriller #mystery #drama

Deni bir nechta do'stlari va yigiti bilan Shvetsiyaga borishga qaror qiladi. Ular yetib borishganda go'zal tabiat, musaffo osmon, toza havo va do'stona oddiy odamlar ularni qarshi olishadi. Ammo, bu vaqtinchalik edi. Ozginadan so'ng, bu xalq va joyning haqiqiy daxshatlari boshlanadi.

Ari Aster'ni o'zini tanimaydigan kinoga ozgina qiziquvchi odam ham uning aynan shu filmidan lavhalarni ijtimoiy tarmoqlarda bir marta bo'lsa ham ko'rgan.

Kartina haqida uzoq gapirishning hojati yo'q. Syujetning o'zi kutilmagan va keskin burilishlarga boy. A buni vizuali bo'lsa alohida mavzu. Aster ranglardan foydalanishda kuchli mahoratini namoyon qilgan.

IMDb: 7.1
Kinopoisk: 6.5
ScripterUz: 8.5

Flm treylerini tomosha qilish

📝@Scripter_uz
👍6❤‍🔥11👎1🔥1
Lobster (The lobster, 2015)
#romance #thriller #drama

David sevgisiz yashaydi. Bir voqea sodir bo'ldiyu, shahar qonunlariga ko'ra u mehmonxonaga borib joylashtirildi. Mehmonxonaning noodatiy tarafi shuki, undagi odamlar o'z juftini o'sha yerdan topishlari zarur, agar uddalay olishmasa, ular o'zlari xohlagan hayvonga aylantiriladi.

Yorgos Lantimos o'zi noodatiy filmlar suratga olishga usta. Avvalroq, 'The Favourite' filmi tomoshabinlar e'tiboriga tushgan bo'lsa, bu yil 'Poor Things' filmi premyera qilinish arafasida turibdi. Kolin Farrel ijrosidagi bu kartina esa go'zal vizualga ega bo'lgan, eng yaxshi melodrama sifatida e'tirof etiladigan, voqealari distopik olamda sodir bo'ladigan film. Uning asosiy mavzusi esa - Sevgi. Jamiyatning sevgi nomli tuyg'uga nisbatan turli xil fikrlari satira ostiga olingan.

IMDb: 7.1/10
Kinopoisk: 7.0/10
ScripterUz: 9.0/10

Film treylerini tomosha qilish

@Scripter_uz
❤‍🔥5👍32🔥1
Forwarded from Enigma Uz
"PORLASH" (1980) R

#premyera #horror #drama

"Porlash" filmi Stiven Kingning 1977-yilgi shu nomdagi asari asosida suratga olingan. Bosh rollarni Jek Nikolson, Shelli Dyuval va Denni Lloyd kabi mahoratli aktyorlar ijro etishgan.

Film yozuvchi Jek Torrans qish mavsumida yopiq bo'ladigan Overluk mehmonxonasi uchun qorovullikni qabul qilib, oilasi bilan birga mehmonxonaga ko'chib o'tganidan keyin yuz beradigan metafizik voqealar haqida hikoya qiladi. Jekning g'ayritabiiy sezgilarga ega bo'lgan yosh o'g'li ularning mehmonxonada yolg'iz emasliklarini, o'tmish va kelajakdan kelgan ruhlar bilan yashashlarini ko'radi va ota-onasini bunga ishontirishga harakat qiladi. Oila qor bo'roni tufayli tog'lar o'rtasida joylashgan mehmonxonada qamalib qolganida esa, Jekni g'ayritabiiy mavjudotlar egallab oladi va sekin-sekin aqldan ozishni boshlaydi.

Tomoshabinlarni ko'p o'yga solgan "Porlash" filmi 5ta xalqaro sovrinlarni qo'lga kiritgan, siz sevib tomosha qiladigan film yaratuvchilari sevib tomosha qiladigan, "kult" darajasining eng yurori pog'onalarida turadigan film. Filmni 18 yoshdan kichiklar ko'rishi tavsiya etilmaydi.

IMDb: 8,4
KinoPoisk: 7.8
Enigma Uz: 9,5


Filmning oʻzbekcha treyleri YouTube kanalimizga joylanadi:
https://youtu.be/RFsvBeCo1a4

✖️✖️✖️✖️✖️

Kanalimizda 3-donat film. Shartlar oʻsha-oʻsha. Qanchalik tez belgilangan mablagʻni yigʻsak, shunchalik tez filmni eʼtiboringizga havola etamiz.
Mehnatimizni qoʻllab-quvvatlang! Sizning har bir soʻmlaringiz qadrga ega.

Belgilangan mablagʻ: 150 ming soʻm.

Donat haqida batafsil:
@choychaqauz

@Enigma_Uz ✦ Deshifrlaymiz!
👍1
Neft (There will be blood, 2007)
#drama
Rej. Paul Thomas Anderson
#donat

O'tgan asrning boshlari. Deniel o'g'li bilan hamkorlikda neft biznesida inqilob qilish arafasida turibdi. Bir kuni, Pol Sandey ismli yigit yaxshi taklif bilan tashrif buyuradi.

2007-yil premyera qilingan ushbu film The Guardian nashriga ko'ra, 21-asrning eng yaxshi filmi deya tan olingan. Oskar uchun 8ta nominatsiyadan 2tasini qo'lga kiritgan. Kartina Upton Sinclair'ning 'Oil!' nomli romani asosida suratga olingan. Syujet insonni qiziqtirib qo'yishi turgan gap. Bundan tashqari, vizual taraflama filmning ustida ishlagan Robert Elswit tahsinga sazovar. Kaliforniyaning tog'lari, portlashlari, olov, zo'ravonlik, zulmat ila qoplangan neft quduqlarini aks ettirishlar uning ustida haqiqiy master ishlaganini namoyon qilib turadi. Bundan tashqari, ovozlar bo'yicha ishlagan Jonny Greenwood' kino uchun atmosfera berishda o'z mahoratini ko'rsatgan.

Kanalda ilk donat film. Kinoning tarjimasi allaqachon tayyor. U uchun sizdan qancha bo'lmasin farqi yo'q, 1000 so'm yoki 5000, o'z hissangizni qo'shish talab qilinadi. Donat uchun karta raqam, qancha summa qolgani va yig'ilgani haqida ma'lumotlarni @scripterdonat kanalidan topishingiz mumkin.

Tarjima uchun belgilangan mablag' - 150.000 so'm.

Film treylerini ko'rish uchun bosing

📝@Scripter_uz
3🔥3👍2
You talkin' to me?

Taksist (Taxi driver, 1976)
#drama #crime
Rej: Martin Scorsese

Trevis, dengiz harbiy kuchlarida xizmat qilgan va Vietnam urushida qatnashgan sobiq askar, New-Yorkda taksist bo'lib ishlaydi. U butunlay yolg'iz va tabiiyki, urush uning aqli salomatligiga katta ta'sir o'tkazgan.

Kartina afsonaviy rejissyor Martin Scorsese tomonidan 1976-yilda premyera qilingan va bundan bir necha o'n yillar o'tib kult-klassikaga aylandi, va tomoshabinni rom qila olishda davom etyapti. Kinoda eng maqtovga arzigulik jihatlardan biri undagi vizual. Tungi New-York'ning neon yorug'iliklari ila yoritilgan jirkanch va yolg'izlik iforini berib turuvchi, jinoyatga to'lgan vaybi va shahardagi siyosiy saylovning kunduzgi ko'chalari. Filmning ajralib turuvchi yana bir tomonlaridan biri, tomoshabin bilan chuqur hissiy darajada aks-sado bera olish qobiliyatidir deyish mumkin. Bunga qo'shimcha tarzda, Robert De Nironing jamiyat chekkasida yashovchi, o'z atrofidagi dunyodan hafsalasi pir bo'lgan, ruhiy o'zini qiynab keluvchi taksi haydovchisini mahorat bilan ijro eta olgan. Filmda, shuningdek, rejissyorning o'zi ham kameoda chiqqan ]

Tarjimon - Azizbek Yusupboyev

Film treylerini ko'rish uchun bosing

📝@Scripter_uz
👍12
Forwarded from Enigma Uz
QOTILLIK HAQIDA QISQA FILM (1988)

#drama #crime

Uchta bir-biri bilan bog'liq bo'lmagan, xatto bir birini tanimaydigan insonlar hayotining o'nqir-cho'nqir yo'llari bir kutilmagan nuqtada kesishadi.

Haqiqiy film sen uchun ko'rayotgan filming tugagandan keying boshlanishi xohlasang, ko'rib bo'lganingdan keyin darrov u haqida qo'shimcha ma'lumot izlashni, hozir guvohi bo'lgan san'at asaringni yaratuvchilari kimligi bilan qiziqadigan kinoman bo'lsang, bu film sen uchun brilliant sovg'adir. Rejissyor Polshalik haqiqiy buyuk ijodkorlardan hisoblanadi. Uning ismi Roman Polanski, Andjey Vaydalar qatorida tilga olinadi. Bu filmni uzoq o'ylanishlardan keyin, rejissyori Kshishtof Keslyovskiy filmografiyasiga kirish, tanishtiruv ostonasi sifatida tanladim. Agar film men kutgan effektni bera olsa, hali bizning yo'limiz davom etadi...

IMDb: 8
KinoPoisk: 7.7
Enigma Uz: 10

Filmning oʻzbekcha treyleri YouTube kanalimizga joylanadi: https://youtu.be/KxHnXFD2w6g

@Enigma_Uz ✦ Deshifrlaymiz!
👍2
U: Bir ishq tarixi (Her, 2013)
#romance #sci_fi #drama

Ko‘pdan beri o‘zimni shu darajada yolg‘iz his qilmagan edim.

“U” filmi syujetiga ko‘ra: Teodor ismli yolg‘iz yozuvchi, foydalanuvchining har qanday so‘rovlariga javob berish uchun mo‘ljallangan operatsion tizimning, yangi texnik ishlanmasini sotib oladi. Operatsion tizim mukammal ishlangan bo‘lib, undagi sunʼiy intellekt deyarli odam bilan bir xil. Xuddi Alisani ideal versiyasi kabi. U siz ham o‘zini yolg‘iz his qiladigan Teodor ushbu tizim yoqtirib qoldi va oradan vaqt o‘tgach u bilan operatsion tizim o‘rtasida roman paydo bo‘ladi.

To‘g‘ri aynan shu joyi kulgili tuyulish mumkindir, lekin ssenariy shu darajada yaxshi yozilganki, siz filmning atmosferasiga kirib ketganingizni sezmay qolasiz. Ha albatta film yeng yaxshi ssenariy yo‘nalishi bo‘yicha Oskarni ham qo‘lga kiritgan. Spayk Djons'ning filmi shunisi bilan qiziqki u insoni yolg‘izlik ummoniga sho‘ng‘itib, sizni yumshoq va issiq odeyal bilan o‘rab oladi. Bunga misol tariqasida filmda foydalanilgan rang uyg‘unlikni aytishimiz mumkin. Filmda palitralar sifatida ochiq va iliq ranglardan foydalanishgan, bu esa o‘z o‘rnida muxlislarga o‘zini yaxshi va xotirjam his qilishiga imkon beradi. Bundan tashqari endilikda meni sevimli operatorlarim orasida chuqur joy olgan Xoyte Van Xoytet'ni ishini aʼlo darajada bajargan. Filmning deyarli barcha kadrlari chiroyli va bu ham filmga o‘zgacha maʼno beradi.

Aktyorlar ham o‘z rollarini zo‘r ijro qilishgan. To‘g‘risi har safar Xoakin Feniks filmlarini ko‘rganda, ushbu inson naqadar ko‘p qirralik ekaniga hayron bo‘lib boryapman. Katta shaharda butunlay yolg‘iz qolgan, ko‘ngilchan yozuvchi obrazi juda zo‘r chiqqan. Xususan bosh qahramonga ushu kasb berilgani ham odamni hayron qoldiradi. Inson o‘zi baxtsiz bo‘lib, boshqalarni baxtini saqlab qolishda yordam beradigan obrazni gavdalantirgan. Yana bir ajabli tomoni, shu darajada sunʼiy intellekt rivojlangan paytda, xat yozish vazifasi nima bo‘lsa ham inson bajarib kelayotganidadir. Buni ijodkorlar inson va sunʼiy intellekt orasidagi farqiga qilingan ishoralardan biri deb tushundim. Filmga maʼno jihatdan qaraydigan bo‘lsak asosan juftliklarda bo‘ladigan muammolar ochib berilgan. Qanchalik ikki inson o‘rtadagi sevgi mustahkam bo‘lmasin, turmush yumushlari va ijtimoiy qiyinchiliklar bunga putur yetkazishi mumkinligiga ishora bo‘lgani aniq. Ammo filmning bu daraja achchiq kontekstli syujetiga qaramay, film oxirda siz yuzingizda tabassum va ko‘zlaringizda quvonch bilan yakunlashingiz mumkin.

Tarjimon - Batirkhann Nakibov.

Film treylerini tomosha qilish

Taqriz 'Katta og'a' telegram kanalidan olindi.
👍7👎2🔥2❤‍🔥1
Ziddimasih (Antichrist, 2009) 18+
#drama #thriller #horror #erotica

Ota-ona jinsiy aloqa qilayotgan paytda ularning farzandi derazadan yiqilib halok bo'ladi. Ona chuqur depressiyaga tushadi, ota esa onani davolashga harakat qiladi.

Kino haqida uzundan-uzun revyu yozmoqchi emasman. Lars Von Trier'ning 2009-yilda namoyish qilingan shedevrlaridan biri. San'at asari.

Film 18, balki undan ham yuqoriroq yoshdagilar uchun tavsiya etiladi. Kuchli senzurasiz sahnalar mavjud.

Film treylerini to'liq tomosha qilish

@scripter_uz
🔥7👍2👎2
Scripter Uz
​​Malla (Blonde, 2022) Audio: En Sub: Uz, En, Ru Tarjimon: Batirkhann Nakibov. 📝@Scripter_uz
Malla [Blonde, 2022]
Rej: Andrew Dominik

#drama #biography

Merilin Monro - amerikalik aktrisa, 50-yillarning seks-bombasi, qo'shiqchi va model. Endryu Dominik rejissyorligidagi Joys Kerol Outsning "Malla" nomli asari asosida suratga olingan mazkur filmda siz pushti ko'zaynakli xonimning rangsiz hayoti bilan tanishasiz. Yetimlik, jinsiy zo'ravonlik va mashhurlik ortidagi erksizlikdan aziyat chekkan Norma Jin Merilin Monro soyasida qanday hayot kechirgan?
Filmda bu hislarni his qilishingiz uchun dramatik janrga ancha urg'u berilgan. [Shuning uchun ba'zi sahnalar faktlar sifatida kelmagan bo'lishi mumkin.]

"Barcha ko'z suzgan va
hech kim ko'zga ilmagan..." Mallasoch haqida film 18 yoshdan kattalarga ko'rish uchun tavsiya etiladi.

Film treylerini ko'rish uchun: Treyler
Tarjimon: Nakibov Batirxan

@scripter_uz
👍6❤‍🔥1
Quturgan buqa (Raging Bull, 1980)
Rej: Martin Scorsese

#drama #biography

Jeyk La Motta - 40-yillarning metin tanli buqasi, boks yulduzi. Film mana shu bokschining boks va boks ortidagi hayotiga nazar soladi.

Aslida, rejissyorning ismidan tashqari, tarkib (Ssenariy muallifi - Paul Schrader, bosh rollarda - Robert De Niro, Joe Pesci) ham sifatdan darak beradi. Kartina boshqa boks kartinalaridan farqli ravishda oq-qora ranglarda suratga olingan, kinemotografik va vizual jihatdan Skoresezining o'zining ancha muncha filmlaridan ham o'tib ketadi.

Skorsezining hayotini tom ma'noda saqlab qolgan film tarjimasi bugun 19:19da namoyish etiladi.

P.s: Filmda senzura butunlay yo'q. So'kinishlar boricha, yulduzchalarsiz ishlatilgan.

Film treylerini ko'rish uchun bosing

Tarjimon: Behruz Umidjonov

📝@Scripter_uz (Homiy kanal: @KoKinoKanali)
🔥20👍51
To'liq metalli jiket (Full Metal Jacket, 1987)
Rej: Stanley Kubrick

#war #drama

Filmda 1955-yilning 1-noyabrida boshlangan Viyetnam urushi paytida endigina voyaga yetgan yigitlarni olib, urush daxshatlariga otib yuborishlarining guvohi bo'lamiz. Kino Amerikada Respublikachilar partiyasi va bir qancha militaristlar tarafidan urushni yoqlaydigan film deb atalsada, unga ozgina chuqurroq nazar solgan tomoshabin kartinada urushni yoqlaydigan hech narsa yo'qligini tushunib oladi. Stenli Kubrikning ushbu filmida urushga bog'liq voqealarga havolalar, ironiya va achchiq kesatiqlar to'lib yotibdi. Masalan, film bosh qahramoni, Joker'ning dubulg'asida 'O'ldirish uchun dunyoga kelgan' jumlasi va tinchlik ramzi yonma-yon turadi.

Kino 2ta qismga bo'lingan. Birinchi qism, ko'plab urush haqidagi filmlardan farqli ravishda, askarlik uchun tayyorgalik jarayonlarini, bo'lajak askarlarni qanday qilib miyalarini butunlay yuvib yuborishlari, jang maydoni uchun vaxshiylarga travmalar bilan o'ldirish uchun mo'ljallangan mashina tayyorlashlarini, askarlarning nafaqat ularning instruktorlari balki sheriklari tomonidan ham xo'rlanishlarini yoritadi. ikkinchi qism esa urush voqealarini tasvirlaydi. Uning naqadar absurdligi, qotil mashinalar va bu mashinaga aylana olmaganlarning urushdagi qiyinchiliklarini ochib beradi. Shuningdek perfetktsionist Stenli Kubrikning vizuali kinoga yanada reallik, haqiqiylik va o'zgacha ruh bag'shlaydi.

Izoh: To'liq Metalli Jiket - O'q nomi. Tayyorgalik davomida asosan zararsiz, soxta o'qlar ishlatiladi. To'liq metalli jiket deb esa haqiqiy, jarohat yetkazadigan, katta o'qlar ataladi. Kino davomida yanada aniqlashtiriladi.

Film treylerini ko'rish uchun bosing

Tarjimon: Azizbek Yusupboyev

📝@Scripter_uz
🔥11👍3
Forwarded from Enigma Uz
​​BECHORALAR
Poor Things, 2023 R

#premyera #comedy #drama #romance

Gʻalati bir olim tomonidan hayotga qaytarilgan yosh ayol kasbi huquqshunos boʻlgan odam bilan dunyo boʻylab aqlni shoshirib qoʻyuvchi sayohatga otlanadi, toʻgʻrirogʻi, qochib ketadi. O'z borligʻining andishasidan yiroq boʻlgan qahramonimiz, tenglik va ozodlik tarafdori bo'lish niyatida rivojlanib borishining ajoyib sayohatiga guvoh boʻlamiz.

Tarmoqlarda treyleri paydo boʻlgandan tortib to Oskarda Oppenhaymerdan eng oliy nominatsiyadagi sovrinni tortib olishiga sal qolguncha odamlar ogʻzidan tushmagan 2023-yil xitidan endi oʻzbek tilida bahramand boʻlishingiz mumkin. Boshqa haypli filmlardan farq qilib, tushunish judayam oson boʻlmagan gʻalati filmning bu darajada mashxur boʻlishi koʻngilni quvontiradi aslida. Bu insonlar haqiqiy sanʼat asarini qadrlashni boshlaganliklaridan dalolat.

Xullas, koʻp gapirmaymiz film haqida. Oyda-yilda bir film koʻradigan odamlarni ham "qani, bir koʻraylikchi nima ekan bu" deya oʻziga jalb qila olgan film tarjimasi shu kunlarda boshlanadi.

Tarjima murakkabligi sabab sizlardan tarjimonni qoʻllab quvvatlashingizni iltimos qilamiz. Donat summasini 200 ming soʻm qilib belgiladik. Bundoq olib qaralganda, 2000+ obunachilar uchun hech boʻlmasa 5ming soʻmdan tashlaganda ham yigʻib qoʻyiladigan mablagʻ oʻylashimcha sizlar uchun qiyinlik qilmayd
i.

Donat uchun:

9860040102482839 J/T

Filmning oʻzbekcha treyleri quyida keltirildi.

@Enigma_Uz ✦ Deshifrlaymiz!
🔥101
Yettinchi qit'a (Der siebente Kontinent, 1989)
Dir: Michael Haneke

#drama #thriller

Mixael Hanekening ilk mustaqil filmi va karyerasining debochasi desa bo'ladi. Shuningdek, 'Muzlatish trilogiyasi'ning birinchi qismi ham hisoblanadi.

Kino oddiy avstriyalik oilaning hayoti haqida hikoya qiladi. Birinchi ko'rishda, birinchi emas, shundoq ham kino juda zerikarli bo'lib tuyiladi, shunchaki ovqatlanish sahnalari 5 daqiqalab davom etadi. Aynan shunday uzoq, zerikarli va ezma sahnalar bilan tomoshabin kino atmosferasiga kirib, unda azoblanadi.

Kino haqida uzoq vaysashimning keragi yo'q, o'zinglar ko'ringlar. (Hali o'zim ham deshifrlamaganman)

Film treylerini tomosha qilish uchun bosing.

📝@Scripter_uz
👍6❤‍🔥2👎1