SamDUKF Yoshlar ittifoqi
835 subscribers
5.96K photos
616 videos
123 files
1.35K links
O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali Boshlang'ich tashkiloti rasmiy kanali.
Taklif va murojaatlar uchun:
@sevinchbonutoshtemirova
https://t.me/samdukf_yoshlar_ittifoqi_chat
Download Telegram
#ICHKI_TURIZM
#BUXOROGA_SAYOHAT

TALABALARIMIZ SHARIF SHAHARGA SAYOHAT QILISHDI

Talabalarimizning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, ularning tarixiy qadamjolar, buyuk ajdodlarimiz voyaga yetgan qadimiy manzillar bilan yaqindan tanishtirish, qalbida yurtga sadoqat va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada oshirish maqsadida bugun, 20-aprel kuni SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali Pedagogika va tillarni o‘qitish fakultetining bir guruh talabalarining Buxoroyi sharifga sayohati tashkil qilindi.
Talababalarimiz sayohatidan suratlar.

Buxorodan
Muazzam Hayitboyeva,
#SamDUKF "Jurnalist maktabi" a'zosi
#Ichki_turizm
#Buxoro
#Jannatmakon_Ózbekiston

Kuni kecha Samarqand Davlat universiteti Kattaqórģon ilk ichki turizmni yólga qóydilar. Talaba yoshlar ma'naviy va ma'rifiy ishlar bóyicha dekan órinbosari J. Abdurahmonov, tyutorlar R.Ahmedov va H. Rashidovlar tashabbusi bilan Buxoroi Sharifning tarixiy obidalariga sayohat qildilar.

🔱Tashrif mobaynida talabalar Buxoroning azim tarixi, buguni haqida kóplab ma'lumotlarga ega bóldilar.

🔰Eng asosiysi yoshlarning bósh vaqti mazmunli va kótaringki ruhda ótdi. Kelgusida ham bunday sayohatlar davom etilishi rejalashtirildi.
#sayohat
#ichki_turizm
#Yoshlar_ittifoqi_SamDUKF_BT

TALABALARIMIZNING SAMARQANDGA SAYOHATI UYUSHTIRILDI

SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali talabalarining bo'sh vaqtini mazmunli tashkil qilish va qadimiy obidalar bilan tanishtirish maqsadida Pedagogika va tillarni o'qitish fakultetining bir guruh talabalari fakultet tyutori H.Rashidov boshchiligida Samarqand shahriga sayohati uyushtirishdi.

Fakultet dekani A. Sobirov hamda dekan o'rinbosari, filial yoshlar yetakchisi J. Abduraxmonovlar talabalarni kuzatib, oq yo'l tiladi. Sayohatda Samarqand shahrida joylashgan qadimiy obidalar, Registon maydoni va Bibixonim maqbarasi, shuningdek, "Boqiy shahar" bilan yaqindan tanishishdi.

Talabalarimiz Samarqand davlat universitetida o'quv jarayonlari tashkil qilinishi, yaratilgan sharoitlardan ham bahramand bo'lishdi. Ularga SamDU yoshlar yetakchisi A.Norboyev hamrohlik qilib, talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.

Kanalga a'zo bo'ling: t.me/SamDUKF_Yoshlar_ittifoqi
#ichki_turizm
#SamDUKF_YI_BT
#koordinatorlar_faoliyati

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali Boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi H.Rashidov boshchiligida filial va fakultetlar koordinatorlari qadimiy va navqiron Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida Registon majmuasi, Bibixonim masjidi, Islom Karimov qabriga tashrif uyushtirildi.