SamDUKF Yoshlar ittifoqi
835 subscribers
5.96K photos
616 videos
123 files
1.35K links
O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali Boshlang'ich tashkiloti rasmiy kanali.
Taklif va murojaatlar uchun:
@sevinchbonutoshtemirova
https://t.me/samdukf_yoshlar_ittifoqi_chat
Download Telegram
#samdukf_YI_BT
#psixologik_trening

TALABA-QIZLAR BILAN PSIXOLOGIK TRENING O‘TKAZILDI

SamDU Kattaqo'rg'on filiali Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan filial talaba qizlari o‘rtasida sog‘lom ijtimoiy-ma'naviy muhit yaratish, oilada, jamiyatda farzand ta'lim-tarbiyasida onaning tutgan o‘rniga bag'ishlangan "Oilaviy muammolar va ularning yechimlari" mavzusidagi #psixologik_terning tashkil qilindi.

Unda SamDU Kattaqo'rg'on filiali Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi J.Abduraxmonov, psixolog L.Kalkonova, BT talaba qizlar koordinatori S.Toshtemirova hamda 1-bosqich talabalari ishtirok etdi.

So'zga chiqqanlar davlat va jamiyat ravnaqida oilaning o'rni va ahamiyati, oilaviy munosabatlarda qadriyatlarimizga rioya qilish, oila a'zolarining ahilligi haqida so'z yuritishdi. Bu haqda talabalarning fikr-mulohazalari tinglandi.

Shundan so'ng, oila mustahkamligini saqlashda nimalarga rioya qilish, bu boradagi muhim jihatlar yuzasidan talabalar kichik guruhlarga bo'lingan holda mavzu yuzasidan bahslashishdi.
#samdukf_YI_BT
#psixologik_trening

TALABA-QIZLAR BILAN PSIXOLOGIK TRENING O‘TKAZILDI

SamDU Kattaqo'rg'on filiali Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan filial talaba qizlari o‘rtasida sog‘lom ijtimoiy-ma'naviy muhit yaratish, oilada, jamiyatda farzand ta'lim-tarbiyasida onaning tutgan o‘rniga bag'ishlangan "Oilaviy muammolar va ularning yechimlari" mavzusidagi #PSIXOLOGIK_TRENING tashkil qilindi.

Unda SamDU Kattaqo'rg'on filiali Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi J.Abduraxmonov, psixolog L.Kalkonova, BT talaba qizlar koordinatori S.Toshtemirova hamda 1-bosqich talabalari ishtirok etdi.

So'zga chiqqanlar davlat va jamiyat ravnaqida oilaning o'rni va ahamiyati, oilaviy munosabatlarda qadriyatlarimizga rioya qilish, oila a'zolarining ahilligi haqida so'z yuritishdi. Bu haqda talabalarning fikr-mulohazalari tinglandi.

Shundan so'ng, oila mustahkamligini saqlashda nimalarga rioya qilish, bu boradagi muhim jihatlar yuzasidan talabalar kichik guruhlarga bo'lingan holda mavzu yuzasidan bahslashishdi.
#samdukf_YI_BT
#psixologik_subat

TALABALAR BILAN PSIXOLOGIK SUHBAT O‘TKAZILDI

SamDU Kattaqo'rg'on filiali Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti talabalari o‘rtasida psixologik suhbat tashkil etildi. Unda filial psixologi M.Sulaymonov filiali Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi J.Abduraxmonov, fakultet tyutori Sh.Sunnatovlar hamda 2-bosqich talabalari ishtirok etdi.

Suhbat davomida M.Sulaymonov talabalarda uchraydigan yashirin stress va dipressiylarni aniqlash yuzasidan ma'lumotlar berdi. Talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Kanalga a'zo bo'ling:
t.me/SamDUKF_Yoshlar_ittifoqi
#SAMDUKF_YI_BT

YOSHLAR YETAKCHISINING YILLIK REJASI QANDAY? UNDA TALABA YOSHLARNING XOHISH-ISTAKLARI INOBATGA OLINGANMI?

SamDUning Kattaqo‘rg‘on filiali direktori Sh.Urakov boshchiligida o‘tkazilgan filial Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti vakillari hamda koordinatorlar davra suhbatida bunga alohida e'tibor qaratildi.

Filial direktorining birinchi o‘rinbosari Sh.Mustafayev so‘zga chiqib, fakultet Yoshlar ittifoqi BT yetakchilari faoliyatini o‘rganib, ularning kelgusidagi rejalarini aniq qilib belgilab olish muhim ekanligini ta'kidladi.

Filial direktori har bir yetakchi va yo‘nalishlar koordinatorlarining yillik rejalari bilan tanishib, unda, har bir talabaning qiziqishlari, intilishlari o‘z ifodasini topishi zarurligini uqtirib, muhim tavsiyalarini berdi.

Talabalar assotsiatsiyasi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, talabalar manfaatlarini har tomonlama himoya qilish, ularning orzu-umidlarini aniqlab, birgalikda amalga oshirishda liderlar, koordinatorlarning o‘rni muhim ekanligini qayd etdi.
#milliy_qadriyatlar
#SamDUKF_YI_BT
#koordinatorlar_faoliyati

SamDU Kattaqoʻrgʻon filialida "Milliy qadriyatlar sayli" tadbiri doirasida filial Yoshlar ittifoqi Boshlangʻich tashkiloti tomonidan filial talabalari ishtirokida "Oʻrtaga tushar", "Besh tosh", "Tosh tashlash (Mak-mak)" singari milliy harakatli oʻyinlar oʻtkazildi.
#milliy_qadriyatlar_sayli
#SamDUKF_YI_BT
#koordinatorlar_faoliyati


Bugun, 30-aprel SamDU Kattaqoʻrgʻon filialida talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, ularning turli yoʻnalishdagi qobiliyatlarini namoyon etish maqsadida "Milliy qadriyatlar sayli" tadbiri doirasida "Arqon tortish", Stol tennisi, Shaxmat-shashka hamda Voleybol kabi sport musobaqalari oʻtkazildi. Filial professor oʻqituvchilari va Boshlangʻich tashkilot koordinatorlari ham faol ishtirok etgan ushbu tadbir koʻtarinki taassurotlarga boy boʻldi.
#Yashil_makon_loyihasi_amalda
#SamDUKF_YI_BT
#koordinatorlar_faoliyati

Yoshlar ittifoqining endilikda oʻz bogʻi bor

Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan boshlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasiga binoan hozirgi kunda barcha davlat tashkilotlarida, oliy taʼlim muassasalarida daraxt koʻchatlari oʻtqazish, rango-rang gullar bilan atrof-muhitni obodonlashtirish ishlari amalga oshirib kelinmoqda. Shu jumladan, bugun 24-may kuni Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi SamDU Kattaqoʻrgʻon filiali boshlangʻich tashkiloti tomonidan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "Yoshlar ittifoqi bogʻi" yaratildi. Unda filial boshlangʻich tashkilot yetakchisi H.Rashidov, yoʻnalish va fakultet koordinatorlari hamda "Qalqon" jamoatchilik harakati aʼzolarining faolligida "Yoshlar ittifoqi bogʻi" shakllantirilib, turfa xil daraxt koʻchatlari va manzarali gullar ekildi.
#SamDUKF_YI_BT
#Qalqon_jamoatchilik_guruhi


IJARA XONADONLARIDA YASHOVCHI TALABALAR DOIMO NAZORATDA

SamDU Kattaqo’rg’on filialida talabalar bilan ishlash, ularning holidan xabar olish va bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish ishlari muntazam davom etib kelmoqda.

Jumladan, kuni kecha, 24-may kuni Yoshlar ittifoqi filial boshlangʻich tashkilot yetakchisi H.Rashidov, filial koordinatorlari, "Qalqon" jamoatchilik guruhi a'zolari birgalikda ijara xonadonlarida istiqomat qiluvchi talabalar holidan xabar olishdi.

Jarayon davomida talabalarning yashash joyida yaratilgan shart-sharoitlar, ovqatlanish joylari, dars xonalari, yotoqxonalari ko’zdan kechirildi.
#ichki_turizm
#SamDUKF_YI_BT
#koordinatorlar_faoliyati

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali Boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi H.Rashidov boshchiligida filial va fakultetlar koordinatorlari qadimiy va navqiron Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida Registon majmuasi, Bibixonim masjidi, Islom Karimov qabriga tashrif uyushtirildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SamDUKF_YI_BT

📹 Sen yetim emassan (o'zbek film)

1 Iyun - "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan ushbu filmni sizga havola etamiz.

1962-yili suratga olingan “Sen yetim emassan” filmi oʻzbek kinosining durdonalaridan biri hisoblanadi. Film hayotiy voqealarga asoslangan boʻlib, unda toshkentlik temirchi Shomahmud Shoahmedov va uning turmush oʻrtogʻi Bahri aya Akramovalarning II jahon urushi paytlarida ittifoqning turli hududlaridan Toshkentga keltirilgan har xil millatga mansub 14 nafar bolani boqib olgani haqida hikoya qilinadi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Har_nafas_uchun_shukr_qiling
#SamDUKF_YI_BT

Biz insonlar har doim oʻzimizdan ko‘ra yuqoriroq darajadagi odamlar bilan oʻzimizni taqqoslaymiz. Ammo nega o‘zimizdan pastroqdagilar haqida fikr yuritmaymiz?
Haqiqatda, bizlar noshukrmiz. Shuncha ne'mat ichida bo‘lib turib ham yana kamchiliklarimizdan noliymiz.

Videoni tomosha qiling. Insoniyat qichqiriqlarini his qiling, mulohaza qiling! Shukr qiling!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Live
#Yoshlar_oyligi
#SamDUKF_YI_BT

Ayni damda Yoshlar oyligi doirasida "Tengdosh- tengdoshga koʻmakchi” loyihasini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi, yetakchi va koordinatorlardan iborat bir guruh yoshlar Kattakoʻrgʻon shahriga - SamDU Kattaqo‘rg‘on filialiga yoʻl olishdi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Live
#Yoshlar_oyligi
#SamDUKF_YI_BT

🫱🏻‍🫲🏻 Tengdosh - tengdoshga koʻmakchi karvoni oʻz manziliga yetib bordi

📌 Biroz oldin Yoshlar oyligi doirasida "Tengdosh - tengdoshga koʻmakchi” loyihasini amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi, yoshlar yetakchilari hamda faol yoshlar Samarqand Davlat Universiteti Kattaqoʻrg'on filialiga yetib keldi...
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Live
#Yoshlar_oyligi
#SamDUKF_YI_BT


Ayni damda Yoshlar oyligi doirasida SamDU Kattaqoʻrgʻon filialida "Tengdosh - tengdoshga koʻmakchi" loyihasi doirasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan tadbirning koʻngilochar badiiy qismi boshlanish arafasida...
#Yoshlar_oyligi
#SamDUKF_YI_BT

YOSHLAR INTELLEKTUAL SALOHIYATINI NAMOYON ETISHDI

Yoshlar oyligi doirasida SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati kengashi hamkorligida o‘tkazilayotgan "Tengdosh tengdoshga ko‘makchi" loyihasi tadbirlari, musobaqalariga start berildi.

Loyiha doirasida talabalar o‘rtasida "Rahbar va yoshlar uchrashuvi", "Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish" seminar-treningi, "Munozara", "Kitobxon talaba", "Zakovat" intellektual o‘yinlari, sportning "Shaxmat va shashka", "Stol tennisi" qizlar o'rtasida "Voleybol" hamda talaba yigitlar o'rtasida "Mini Fudbol" kabi musobaqalari yuqori kayfiyatda, qizg'in bahslarga boy tarzda o‘tkazildi.

Tadbir nihoyasida ushbu tanlov va musobaqalar g‘oliblarini taqdirlash hamda konsert dasturi ko'tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
#tabrik
#SamDUKF_YI_BT

Bugun SamDU Kattaqoʻrgʻon filiali Yoshlar ittifoqining jonkuyar, harakatchan, eng faol aʼzolaridan biri boʻlmish #Sevinchbonu_Toshtemirovaning tavallud ayyomi. S.Toshtemirovani SamDU Kattaqoʻrgʻon filiali Boshlangʻich tashkilotining barcha aʼzolari nomidan bugungi tavallud ayyomi bilan chin dildan samimiy muborakbod etamiz. Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy tinchlik, Yangi O'zbekistonning barqaror rivojiga qo'shayotgan hissangizda kuch-quvvat, Yosh avlodni qo‘llab-quvvatlash, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda xalqimizning osoyishta hayoti va mustaqilligimizni mustahkamlash yo'lidagi ma'suliyatli, shu bilan birga sharafli ishlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz. Tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin, @sevinchbonutoshtemirova!
#Yoshlar_kuni
#SamDUKF_YI_BT
#Yoshlar_ittifoqi_BT

Yoshlar oyligi doirasida SamDU Kattaqoʻrgʻon filialida "Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida oʻtkazilayotgan tadbir va musobaqalar davom etmoqda. Ushbu tadbir doirasida SamDU Kattaqoʻrgʻon filiali talaba yigitlari oʻrtasida "Mini Futbol" sport musobaqasi boʻlib oʻtdi, unda filialning talaba yigitlari faol ishtirok etishdi va musobaqa yakunida gʻolib jamoalar aniqlandi.



🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook
#davom_etamiz
#Yoshlar_kuni
#SamDUKF_YI_BT


Ayni damda SamDU Kattaqoʻrgʻon filialida oʻtkazilayotgan "Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostidagi tadbirlar davomida talaba qizlar oʻrtasida ham "Mini Futbol" sport oʻyini boʻlib oʻtmoqda. Oʻyin qizgʻin bahslarga boy tarzda koʻtarinki ruhda davom etmoqda...


🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook