SamDUKF Yoshlar ittifoqi
994 subscribers
6.11K photos
634 videos
136 files
1.4K links
O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali Boshlang'ich tashkiloti rasmiy kanali.
Taklif va murojaatlar uchun:
@sevinchbonutoshtemirova
https://t.me/samdukf_yoshlar_ittifoqi_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#festival

Kattaqo‘rg‘on shahrida bo‘lib o‘tayotgan "Yangi O‘zbekiston yoshlar bitlashaylik" shiori ostida yoshlar festivalida SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali jaomasi faol ishtirok etmoqda.
#festival
#non_va_shirinliklar
      Kattaqo‘rg‘on shahridagi “Doniyorbek” tadbirlar maskanida “Kattaqo‘rg‘on non va shirinliklari” festivali bo‘lib o‘tdi.
    Unda SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali professor-o‘qituvchilar, faol talabalar hamda Yoshlar ittifoqi Boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi, yo‘nalish va fakultet koordinatorlari ishtirok etishdi.      
    Talabalar tomonidan turli chiqishlar namoyish etildi
🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook
#Festival
#Yoshlar_oyligi

SO‘ZI HIKMAT, O‘ZI IBRAT NURONIYLAR BILAN UCHRASHUV

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida "Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida Kattaqo‘rg‘on shahrida o‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida "Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi.

O‘sib kelayotgan avlod qalbida Vatanga muhabbat uyg‘otish, shukronalik, g‘ayrat va shijoatni yanada yuksaltirish, ilm, kasb-hunar egallashida to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish maqsadida o‘tkazilgan uchrashuvda nuroniylar, mehnat faxriylari, talaba yoshlar qatnashdi.

Uchrqshuvda Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi G.Alimova ishtirok etdi.

SamDU Kattaqo’rg’on filiali
Axborot xizmati
#Festival
#Yoshlar_oyligi

YOSHLAR FESTIVALI TADBIRLARI ISTIROHAT BOG‘IDA DAVOM ETMOQDA

Kattaqo‘rg‘on shahrida o‘tkazilayotgan "YANGI O‘ZBEKISTON YOSHLARI, BIRLASHAYLIK!" shiori ostidagi yoshlar festivali tadbirlari Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida davom etmoqda.

Istirohat bog‘ida karaoke, raqs, tasviriy san'at, estrada xonandaligi yo'nalishlarida ko'rik tanlovlari, Milliy kurash va tosh ko'tarish sport turlari namoyishi, Harbiy orkestr chiqishi va harbiy texnikalar ko'rgazmasi, Musiqa, rabototexnika, rassomchilik san'atining boshqa turlari ko'rgazmasi, Mini futbol, badminton, voleybol, yengil atletika, stol tennisi, shaxmat-shashka, stritbol kabi sport turlari bo'yicha ommaviy musobaqalar, Yosh kitobxon tanlovi, kitobxonlik ko'rgazmasi va yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda.

Tanlov, musobaqa va ko‘rgazmalar nihoyasida galakonsert hamda taqdirlash marosimlari bo‘ladi.