SamDChTI akademik litseyi
42 subscribers
52 photos
3 videos
1 file
27 links
Download Telegram
Forwarded from _MuNisa_
#xabar

OTMga hujjat topshirgan maktab bitiruvchilarining soni oshmagan bo‘lsada, grantga kirganlar soni deyarli 2 barobarga ortdi va umumiy kvotaning 75 foiziga yetdi!

📎 Bu albatta joylardagi fidoiy pedagoglarimizning mehnati mahsulidir. Ularning barchalarini ushbu natija bilan tabriklab o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

📎 Maktablarning natijaga ishlashga harakati yaxshilangani hamda variativ o‘quv sinflarini joriy qilinganining natijasi bu yil yaqqol ko‘rindi. Bu esa bu yilgi bitiruvchilarimiz boshqa abituriyentlarga qaraganda yaxshiroq tayyorlanganidan dalolatdir. Boshqa abituriyentlarda ham repetitor yoki o‘quv kurslariga qatnash imkoniyatlari deyarli bir xil bo‘lgan, lekin natija maktab bitiruvchilarida yaxshiroq bo‘ldi.

📎 Umuman natija ko‘rsatmagan maktablar rahbarlariga qat’iy choralar ko‘rilganiga, ularning soni o‘tgan yili uch barobarga kamaygan edi.

Kanalni kuzatishda davom eting:

👉
@samdchtial_info
#xabar

ID-karta va xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirishda qator qulayliklar yaratiladi

📎 Prezidentning joriy yil 10-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Farmoni bilan ID-karta va xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish tartibiga qator o‘zgarishlar kiritilmoqda.

📎 Jumladan, Prezidentning 2020-yil 22-sentyabrdagi PF-6065-son Farmoniga 1, 2-ilovalar 201 va 211-bandlar bilan to‘ldirildi. Unga asosan, 16 yoshga to‘lgan fuqarolarga identifikatsiya ID-kartalari berilganda ular bir vaqtning o‘zida soliq xizmati organlarida soliq to‘lovchi sifatida hamda jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yiladi.
Shuningdek, fuqaroning biografik ma’lumotlari o‘zgarishi munosabati bilan ID-karta almashtirilganda bu haqidagi ma’lumotlar real vaqt rejimida DSQ va AT “Xalq banki”ga taqdim etib boriladi.

📎 Bundan tashqari, O‘zbekiston fuqarosining, O‘zbekistonda doimiy yashovchi chet davlat fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish sxemalarining yangi tahriri tasdiqlandi.

Kanalni kuzatishda davom eting:

👉
@samdchtial_info
#xabar

Samarqand viloyatida eng ko‘p arxitektura yodgorliklari borligi ma’lum qilindi

⚫️ Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jami moddiy madaniy meros obyektlari soni 8208 tani tashkil etgan.

⚫️ Qayd etilishicha, shundan arxitektura yodgorliklari 2264 tani tashkil etgan. Respublika hududlari orasida Samarqand viloyatida eng ko‘p arxitektura yodgorliklari mavjud. Mazkur viloyatda 562 ta arxitektura yodgorliklari bor.

⚫️ Shuningdek, O‘zbekistonda arxeologik yodgorliklar 4788 tani tashkil etgan. Respublika hududlari orasida eng ko‘p arxeologik yodgorliklar mavjud bo‘lgan Qashqadaryo viloyatida 1189 ta arxeologik yodgorliklar bor.

Kanalni kuzatib boring:
👉
@samdchtial_info
#xabar

O‘zbekistonda 2022/2023-o‘quv yilidan OTMda o‘qitish bo‘yicha shartnomalar elektron shaklda tuziladi

📌 “Shartnomaviy munosabatlarni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.

📌 Farmonga ko‘ra, elektron savdo maydonchalari orqali mahsulotlar oldi-sotdi qilinganda va boshqa bitimlar tuzishda eskrou tizimi joriy etiladi.

📌 2022/2023-o‘quv yilidan OTMda o‘qitish bo‘yicha shartnomalar elektron shaklda tuziladi.

Kanalni kuzatib boring:
👉
@samdchtial_info
#xabar

Muhtoj bo‘lgan 100 nafar xotin-qizning kontrakti hokimliklar tomonidan to‘lab beriladi

📌 Hukumat qarori bilan hokimliklar 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab har yili o‘zlarining hududlaridan o‘qishga kirgan 25 nafardan hamda 2−4-kurslarda o‘qiyotgan 75 nafar (har bir kursdan — 25 nafardan), jami 100 nafar xotin-qizlar uchun to‘lov-kontrakt summasini to‘rt o‘quv yilining yakunlanishiga qadar to‘lab beradi.

📌Hujjatga asosan moliyaviy barqaror davlat OTM tomonidan ularning kengashlari qaroriga muvofiq, 50 nafargacha xotin-qizlar birinchi o‘quv yilida bepul o‘qitiladi.

Talabgorlarni tanlab olish quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:

🔹otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan muhtoj qizlar;

🔹boquvchisi yo‘q ehtiyojmand yolg‘iz ayollar.

Kanalni kuzatib boring:
👉
@samdchtial_info