SamDChTI akademik litseyi
246 subscribers
43 photos
3 videos
1 file
25 links
Download Telegram
to view and join the conversation
#muhim

Kollej va texnikumlarga hujjatlarni qabul qilish muddati uzaytirildi

Ko‘p sonli abituriyentlar va ularning ota-onalari murojaatlarini inobatga olgan holda kollej va texnikumlarga hujjatlarni qabul qilish muddati 2021 yil 25 sentyabrga (shu kuni ham) qadar uzaytirildi.

❗️Abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish onlayn tarzda kollejlarga https://kollej.edu.uz va texnikumlarga www.texnikum.edu.uz elektron platformalari orqali amalga oshirilmoqda.

🔰Elektron platforma orqali quyidagi tartibda ro‘yxatdan o‘tiladi:

1️⃣ Elektron ariza to‘ldiriladi;

2️⃣ Umumta’lim maktabining 11-sinfni tugatganligini tasdiqlovchi attestat nusxasi yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasasini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi yuklanadi;

3️⃣ Pasport ma’lumotlar kiritiladi.

Izoh: Yuridik texnikumlar bundan mustasno.

Kanalni kuzatib boring:
👉@samdchtial_info
#xabar

O‘zbekistonda 2022/2023-o‘quv yilidan OTMda o‘qitish bo‘yicha shartnomalar elektron shaklda tuziladi

📌 “Shartnomaviy munosabatlarni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.

📌 Farmonga ko‘ra, elektron savdo maydonchalari orqali mahsulotlar oldi-sotdi qilinganda va boshqa bitimlar tuzishda eskrou tizimi joriy etiladi.

📌 2022/2023-o‘quv yilidan OTMda o‘qitish bo‘yicha shartnomalar elektron shaklda tuziladi.

Kanalni kuzatib boring:
👉@samdchtial_info
#tabriknoma

🌹🌹TUG'ILGAN KUNINGIZ MUBORAK BO'LSIN!!!🌹🌹

💐 Umringizda to'lib toshsin baxt-omad,
💐 Allohdan tilaymiz cheksiz saodat.
💐 Yaqinlar baxtiga bo'ling salomat,
💐 Tug'ilgan kuningiz bo'lsin muborak!

🌺17-sentabr, haftaning muborak kunlaridan biri. Ana shunday go'zal kunda Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida o'zining ajralmas o'rniga ega, latofatli hamda zakovatli xodimamiz Zulfizar Baratova o'zlarining tavvallud ayyomlarini nishonlamoqdalar. Zulfizar Baratovaga uzoq va mazmunli hayot, mustahkam sog'lik va tuganmas baxt-saodat tilaymiz. 🌺

Rasmiy kanalimizni kuzatib boring:
👉 @SamDCHTIakl
#bugun

⚫️ Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida 17-sentabr kuni soat 8:00 dan "Ma'naviyat soati" boshlandi. "Ma'naviyat soat" lari davomida litseyda ta'lim olayotgan talabalarga litsey hayoti, ichki tartib qoidalar haqida guruh rahbarlari zaruriy ma'lumotlarni berdilar.

⚫️ Bundan tashqari, o'quvchilarda mavjud muammolarni o'rganish hamda tartib-intizomni nazorat qilish maqsadida litsey mutasaddilari guruhlarga kirib o'quvchilar bilan uchrashdilar.

Kanalni kuzatib boring:
👉
@samdchtial_info
#mutolaa

Hayotiy

✍️ Nafaqaga chiqqan o‘qituvchining o‘rniga boshqa muallima sinfga kirdi. Darsni tushuntirishni boshladi. Talabalarning biridan savol so‘ragandi, boshqa barcha talabalar kulib yubordi. O‘qituvchi xayron bo‘ldi. Talabalarga qarab o‘rinsiz kulguning siriga yetdi. Sabab: sinfda xamma axmoq, aqlan noqis xisoblaydigan talabaga savol bergani ekan. Dars tugab talabalar sinfni tark etadigan maxal, muallima o‘sha talabani chaqirdi. U bilan xoli qolib, qog‘ozchaga yozilgan ikki qator baytni berdi va:
– Buni ismingni yodlagandek yodlab kel, hech kimga aytma, - dedi.
Keyingi darsda muallima o‘sha ikki qator she’rni yozuv taxtasiga yozdi. Uni ma’nosini, fasoxatini tushuntirdi. So‘ng uni o‘chirib:
– Kim xozirgi she’rni yodlab qololdi, - deb so‘radi. Xech kim churq etmadi.
Faqat o‘sha "ikkichi" ming hayajon, iymanish bilan qo‘l ko‘tardi. O‘qituvchi:
- Qani, javob ber, - dedi. U she’rni yodlab berdi. Ustoz uni ko‘p maqtadi, boshqalar o‘rnak olishini aytdi. Talabalar bu xolatda xayratga tushar, kimdir kecha kulgani uchun xijolat bo‘lar, kimdir xayrat bilan qarar edi. Bu xol xafta davomida davom etdi. O‘qituvchi u talabani maqtardi. O‘quvchilarning u xaqidagi tushunchalari o‘zgara boshladi. U bolaning xam ruxiy xolati ijobiy tomonga burilish yasadi. O‘ziga bo‘lgan ishonch uyg‘ondi. Oldingi o‘qituvchi xisoblagandek axmoq emasligini angladi.
Talabalar bilan ilmda musobaqa qila olishini, o‘z ustida ishlasa, a’lochi bo‘la olishini bildi. Nafaqat shu fandan, balki, boshqalaridan xam a’lo baxolar ola boshladi. Maktabni yaxshi natijalar bilan bitirib, oliygoxga kirdi, so‘ng magistraturani bitirdi. Doktor bo‘lishni xam maqsad qildi.
U o‘qituvchisi xaqida yozarkan:

"Insonlar ikki toifaga bo‘linadilar: biri yaxshiliklar kaliti bo‘lsa, boshqasi uning qulfidir. Birlari sizni shijoatlantirib, qo‘lingizdan tutib, umid bag‘ishlaydi. Sizdagi dardu alamni xis qiladi. Xayot yo‘lingizni belgilashingizga sabab bo‘ladi.
Boshqalari esa, sizdagi iqtidorni berkitib, yomonliklarni ochadi. U sizni ruxan ezishdan, o‘zgalar oldiga yerga urishdan, azob berishdan roxat tuyadi. Qanchadan-qancha insonlar bunday o‘qituvchilarning qurboniga aylanadi. Butun umri o‘zini tiklolmay o‘tadi" dedi.

Rasmiy kanalimizni kuzatib boring:
👉
👉 @SamDCHTIakl
Akademik litsey psixologlarining o'qituvchi va o'quvchilar bilan so'rovnoma o'tkazish jarayonidan lavhalar

🔷 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2021 yil 8-yanvardagi 08-61-son topshirig'i hamda "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2021 yil 4 yanvarda o'tkazilgan yig'ilishi
bayoni ijrosini ta'minlash to'g'risida" vazirlikning 2O2l yil 22 yanvardagi buyrug'i 6-bandiga muvofiq, akademik litseylardagi ta'lim sifati, ma'naviy-ma'rifiy ishlar, o'quvchilar hamda o'qituvchilar turmush tarzi va qiziqishlari, yaratilgan shart-sharoitlar va muammolarni puxta o'rganish
maqsadida ijtimoiy so'rovnoma o'tkazildi.

🔷 Jumladan, Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida ham mazkur so'rovnoma litseyda faoliyat yurituvchi o'qituvchilar hamda tahsil oluvchi talabalar o'rtasida o'tkazildi.

Rasmiy kanalimizni kuzatib boring:
👉 @SamDCHTIakl
Forwarded from Edu.uz rasmiy kanali
#Akademik_litsey

DIQQAT! MUHIM!!!

2021/2022-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarini topshirgan oʻquvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga!!!

Akademik litseylarga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari (mandat) 2021-yil 22-sentabr kuni vazirlikning litsey.edu.uz va oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarning rasmiy veb-saytlari orqali eʼlon qilinadi.
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#bugun

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida olib borilayotgan dars jarayonlaridan lavhalar.


Kanalni kuzatib boring:
👉
@samdchtial_info
#xabar

Muhtoj bo‘lgan 100 nafar xotin-qizning kontrakti hokimliklar tomonidan to‘lab beriladi

📌 Hukumat qarori bilan hokimliklar 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab har yili o‘zlarining hududlaridan o‘qishga kirgan 25 nafardan hamda 2−4-kurslarda o‘qiyotgan 75 nafar (har bir kursdan — 25 nafardan), jami 100 nafar xotin-qizlar uchun to‘lov-kontrakt summasini to‘rt o‘quv yilining yakunlanishiga qadar to‘lab beradi.

📌Hujjatga asosan moliyaviy barqaror davlat OTM tomonidan ularning kengashlari qaroriga muvofiq, 50 nafargacha xotin-qizlar birinchi o‘quv yilida bepul o‘qitiladi.

Talabgorlarni tanlab olish quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:

🔹otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan muhtoj qizlar;

🔹boquvchisi yo‘q ehtiyojmand yolg‘iz ayollar.

Kanalni kuzatib boring:
👉
@samdchtial_info
#diqqat_diqqat

📌 Bizning rasmiy kanalimizni kuzatib boring va yurtimiz hamda jahonda sodir bo'layotgan ta'lim va boshqa sohalarga oid eng so'nggi foydali tezkor yangiliklardan birinchilardan bo'lib xabardor bo'ling.

Rasmiy kanalimiz:
➡️ @matbuot_info