SamDChTI akademik litseyi
42 subscribers
52 photos
3 videos
1 file
27 links
Download Telegram
#mutolaa

Hayotiy

✍️ Nafaqaga chiqqan o‘qituvchining o‘rniga boshqa muallima sinfga kirdi. Darsni tushuntirishni boshladi. Talabalarning biridan savol so‘ragandi, boshqa barcha talabalar kulib yubordi. O‘qituvchi xayron bo‘ldi. Talabalarga qarab o‘rinsiz kulguning siriga yetdi. Sabab: sinfda xamma axmoq, aqlan noqis xisoblaydigan talabaga savol bergani ekan. Dars tugab talabalar sinfni tark etadigan maxal, muallima o‘sha talabani chaqirdi. U bilan xoli qolib, qog‘ozchaga yozilgan ikki qator baytni berdi va:
– Buni ismingni yodlagandek yodlab kel, hech kimga aytma, - dedi.
Keyingi darsda muallima o‘sha ikki qator she’rni yozuv taxtasiga yozdi. Uni ma’nosini, fasoxatini tushuntirdi. So‘ng uni o‘chirib:
– Kim xozirgi she’rni yodlab qololdi, - deb so‘radi. Xech kim churq etmadi.
Faqat o‘sha "ikkichi" ming hayajon, iymanish bilan qo‘l ko‘tardi. O‘qituvchi:
- Qani, javob ber, - dedi. U she’rni yodlab berdi. Ustoz uni ko‘p maqtadi, boshqalar o‘rnak olishini aytdi. Talabalar bu xolatda xayratga tushar, kimdir kecha kulgani uchun xijolat bo‘lar, kimdir xayrat bilan qarar edi. Bu xol xafta davomida davom etdi. O‘qituvchi u talabani maqtardi. O‘quvchilarning u xaqidagi tushunchalari o‘zgara boshladi. U bolaning xam ruxiy xolati ijobiy tomonga burilish yasadi. O‘ziga bo‘lgan ishonch uyg‘ondi. Oldingi o‘qituvchi xisoblagandek axmoq emasligini angladi.
Talabalar bilan ilmda musobaqa qila olishini, o‘z ustida ishlasa, a’lochi bo‘la olishini bildi. Nafaqat shu fandan, balki, boshqalaridan xam a’lo baxolar ola boshladi. Maktabni yaxshi natijalar bilan bitirib, oliygoxga kirdi, so‘ng magistraturani bitirdi. Doktor bo‘lishni xam maqsad qildi.
U o‘qituvchisi xaqida yozarkan:

"Insonlar ikki toifaga bo‘linadilar: biri yaxshiliklar kaliti bo‘lsa, boshqasi uning qulfidir. Birlari sizni shijoatlantirib, qo‘lingizdan tutib, umid bag‘ishlaydi. Sizdagi dardu alamni xis qiladi. Xayot yo‘lingizni belgilashingizga sabab bo‘ladi.
Boshqalari esa, sizdagi iqtidorni berkitib, yomonliklarni ochadi. U sizni ruxan ezishdan, o‘zgalar oldiga yerga urishdan, azob berishdan roxat tuyadi. Qanchadan-qancha insonlar bunday o‘qituvchilarning qurboniga aylanadi. Butun umri o‘zini tiklolmay o‘tadi" dedi.

Rasmiy kanalimizni kuzatib boring:
👉
👉 @SamDCHTIakl