404
423 subscribers
83 photos
16 videos
3 files
68 links
Muhammadyusuf Faxriddinov.

CS & Econ @ SBU | Ex-BCG Intern | UG AI Researcher. 🇺🇸🇺🇿

LinkedIn - https://www.linkedin.com/in/yusuffakhriddinov/
Download Telegram
Museum of Modern Arts, Manhattan, New York
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Apple/1984

Steve Jobs was a true marketing genius. He introduced the Apple Macintosh in 1984 by referencing Orwell’s 1984 and comparing IBM to Big Brother. In doing so, he positioned Apple as the freedom fighters—the small company challenging the dominance of Big Brother IBM. Interestingly, after 30 years, Apple itself became the “Big Brother,” much like its former competitor, IBM.

@req404
Turing testi: insoniylashayotgan Sun’iy Intellekt.

Stanford universiteti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, sun’iy intellekt ovoz va matn yaratishda insonlar bilan tenglashgan, hatto ulardan o‘zib ketishni ham boshlagan.

Ko‘pchilik sun’iy intellekt hech qachon matn yoki ovozli nutq orqali inson kabi g‘am, xursandchilik va jahl tuyg‘ularni ifoda eta olmaydi, deb hisoblar edi.

Biroq, yaqinda Stanford tadqiqotchilari tomonidan o‘tkazilingan tadqiqot ko’ra buni aksi isbotlandi. Tadqiqotda klassik Turing testi o‘tkazilingan. Turing testiga ko‘ra, ikkita xona bo‘ladi: birida tinglovchi, ikkinchisida esa so‘zlovchi joylashadi.

So‘zlovchi sun’iy intellekt yoki inson bo‘lishi mumkin va u birinchi xonadagi xaqiqiy insonga gapiradi. Agar birinchi xonadagi inson so‘zlovchining AI yoki inson ekanligini farqlay olmasa, ya’ni Sun’iy Intellektni haqiqiy inson deb o‘ylasa, u holda Sun’iy Intellekt Turing testidan o‘tgan deb hisoblanadi.

Stanford universiteti professorlari o‘z talabalari bilan semestr davomida darsga oid mavzular va savollar bo'yicha yozishishgan. Biroq, talabalarning yarmi tadqiqotda haqiqiy inson emas, balki sun’iy intellekt bo‘lgan. Professorlar haqiqiy talabalar va sun’iy intellekt o‘rtasida hech qanday farqni aniqlay olishmagan. Hatto farqlashni osonlashtirish uchun shaxsiy mavzularni ham muhokama qilishgan, ammo shu holatda ham sun’iy intellekt inson kabi “hissiyotli” tuyulgan.

Ya’ni, sun’iy intellekt matn orqali insonlar kabi hissiyotli she’r yoki kichik ta’sirli hikoya ham yozib bera oladi. Bu holat haqiqatan ham inqilobiy ma’noga ega bo‘lib, sun’iy intellekt nafaqat analitik intellektga, balki insoniy tuyg‘ularni ham imitatsiya qilish qobiliyatiga ega bo‘lmoqda…

@req404
Uddalay olgan Estoniya.

Bizga o‘xshagan, sobiq Sovet Ittifoqiga kirgan kichik davlatlardan biri, Estoniya, aholisi atigi 1 million atrofida bo‘lishiga qaramay, 3 ta unicorn kompaniya yaratgan va dunyoning eng raqamlashgan mamlakatlaridan biri hisoblanadi. IT sohasida estonlar, kichikligiga qaramay, Yevropa Ittifoqida yetakchi bo’lib turishibdi.

Shu kichik Boltiqbo‘yi davlatining jon boshiga YaIM-si $30,000 atrofida, solishtirish uchun, Rossiyaning YaIM-si esa $10,000 atrofida. Daromadlarda farq katta bo’lgani sababli ko‘plab rus dasturchilari Estoniyaga ishlashga borishadi.

Ya’ni, sobiq mustamlaka o‘z "kolonizatori"ni arzon ishchi kuchi sifatida ishlata olish qobiliyatini qo‘lga kiritgan kamdan-kam davlatlardan biri bu — Estoniya.

Shu davlat misolida aytishimiz mumkinki, O‘zbekiston arzon muhojir ishchi chiqaruvchi davlatdan IT sohasida eksport qiluvchi va unicorn kompaniyalarga ega bo‘lgan mamlakatga aylanishi mumkin. Va biz bu imkoniyatni boy bermasligimiz kerak…

@req404
Forwarded from AoPS
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ikkita AI agent telefonda gaplashayotib bir-birining AI agentligini bildi va audio singal komunikatsiya turiga o'tib olishdi - tezroq bo'lishi uchun.
ggwave nomli library ishlatishgan ekan tezroq ma'lumot almashish uchun.
(c)
Amerikadagi birinchi masjid.

Bruklin tomonga yo‘lim tushganida, ko‘pincha shu masjidga kirishga harakat qilaman. Masjidning noyob tomoni, u Nyu-Yorkda qurilgan birinchi masjid hisoblanadi. Imorat hajm jihatidan kichik va tashqaridan oddiygina ranchoga o‘xshashiga qaramay, ichkaridan juda fayzli ko’rinadi.

Masjid 1907-yilda Usmoniylar imperiyasi turklari va Sharqiy Polshadan AQShga immigratsiya qilgan Lipka-tatarlar tomonidan qurilgan ekan. Masjid, Amerikada juda ozchilik bo‘lgan musulmon xalqlarining birligini ramz ettiradi, menimcha.

Eng qizig‘i, masjidda juma kuni xutba o‘qiydigan imom AQShga birinchi immigratsiya qilgan bolgar-turklari avlodidan ekanligini aytdi va mening o‘zbek ekanligimni bilib, juda quvondi. Amerikadagi birinchi masjidning turkiy xalqlar tomonidan ochilganligi haqiqatan ham quvonarli holat.

@req404
Сделки_по_слиянию_и_поглощению_в_Узбекистане.pdf
2.1 MB
O‘zbekistonda so‘nggi ikki yilda bo‘lib o‘tgan yirik bozor tranzaksiyalari haqida tahlil.

Davomi bor...

@req404
O‘zbekiston bozori shaffoflashmoqda, lekin hali to‘liqligicha emas.

O’zbekiston
uchun investitsiya jalb etishdagi eng katta qiyinchilik – mamlakat bozori haqida to‘laqonli ma’lumotlarning yetishmasligi va bozorining to‘liq tsikl kartinasi hali shakllanmaganligi bo’lib kelmoqda.
Biroq, so‘nggi yillarda bozor ancha jonlanib, mamlakatdagi kapital muhit chuqurroq o‘rganila boshlanayapti. Misol uchun, BCG va KPMG kabi yirik xalqaro audit va konsalting kompaniyalarining O‘zbekistonda faoliyat yurita boshlashi va investitsion banklar tomonidan yirik operatsiyalarga oid tahlillar olib borilayotgani, juda ham ijobiy signal.

Lekin bozordagi yirik tranzaksiyalar hanuz-hamon asosan davlat tashkilotlari yoki davlat ulushi katta bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan amalga oshirilinmoqda. Bu esa O‘zbekistonda to‘laqonli xususiylashtirish (privatization) o‘tkazilmaganligiga ishora beradi. Yirik sektorlardagi asosiy kapital hali hamon davlatning qo‘lidaligi, iqtisodiy o’sish tempiga juda salbiy ta’sir qiladi.

Sotsialistik elementlar ko‘p bo‘lgan mamlakatlarda, markazlashuv kuchli bo‘lgani sababli resurslar samarasiz boshqarilinadi. Qo‘shimchasiga, davlat ulushining kattaligi korruptsiya uchun imkoniyatlarining ortishiga va davlatda “Tiranik Ruhiyat” yanada ko‘proq shakllanishiga olib keladi.

@req404
Forwarded from Martin Eden (Muhammad Yusupovich)
Soʻl iqtisodiyot botqogʻi

Financial Times'da chiqqan ushbu maqolaga koʻra Yevropa davlatlarida yuzaga kelgan muammolar bugun ular oʻzini himoya qilish uchun bir qancha toʻsiqlarni paydo qilishi mumkin. Bu muammolar uzoq yillar davomida olib borilgan soʻl iqtisodiy siyosat tufayli yuzaga kelgan. 

AQSHning Ukraina toʻgʻrisidagi pozitsiyasi ochiqlangach Yevropa ittifoqi oʻzining kunini oʻzi koʻrishi kerakligini tushunib yetdi va Ukrainaga harbiy va moliyaviy yordam koʻrsatishga otlandi. Ammo buni amalga oshirish uchun Yevropa davlatlari yetarlicha salohiyatli emas.

Birinchidan, Britaniya, Fransiya va Italiyaning davlat qarzlari milliy YAIMga yaqinlashgan yoki undan oshib ketgan. Qarz olish ularning vaziyatini yanada chuqurlashtiradi. Ammo Germaniya qoʻshimcha qarz olib boshqa mamlakatlarning harbiy salohiyatini oshirish uchun xarajat qilishi va buning evaziga oʻsha davlatlar bilan birgalika Rossiyaga qarshi kurashishi mumkin. Biroq buni hal qilish uzoq vaqt talab etadi. 

Ikkinchidan, soliqlarni oshirish ham Yevropani qiyin ahvolga solib qoʻyadi. Yuqorida sanab oʻtilgan toʻrtta davlatning YAIMi soʻngi besh yilda, yiliga oʻrtacha 1% atrofida oʻsgan. Soliqlarni oshirilishi iqtisodiyotni inqirozga yetaklaydi. Qolaversa bu Fransiyada soliqlarning oshirilishi tufayli yuzaga kelgan norozilik namoyishlari kabi isyonlarga sabab boʻlishi mumkin. 

Uchinchidan, xarajatlarni qisqartrish ham xuddi shunday qiyinchiliklarga ega. XX asrning ikkinchi yarmidan soʻng yuzaga kelgan soʻl iqtisodiy siyosat tufayli bugun Yevropada 80 yoshdan kichik har qanday inson ijtimoiy davlatni tabiiy deb qabul qiladi. Goʻyoki davlat shunday boʻlishi kerakdek qabul qilinadi. Ijtimoiy himoya dasturlarini tugatish (davlat xarajatlarini qisqartirish) oʻrtacha yevropalik uchun tasavvur qilish qiyin boʻlgan islohot. Haqiqatan ham, bu kabi dasturlar joriy qilish oson ammo voz kechish qiyin boʻlgan xususiyatga ega. Uzoq yillar davomida AQSH Yevropa hukumatlariga qurol yaroq uchun NATO orqali bilvosita subsidiya berib kelar edi. Yevropaliklar uchun esa bu pullar ijtimoiy himoya dasturlarini kengaytirish imkonini bergan. Endi esa bu imkoniyat yoʻq. 

Toʻrtinchidan, Yevropa aholisining qariyb 20%ini 60 yoshdan oshgan qariyalar tashkil etadi. Bundan tashqari, aholining qarish tendensiyasi kelajakda yana davom etishi kutilmoqda. Shu bois, ularning pensiya va tibbiy xarajatlari ishlovchi aholiga ogʻir soliq yuki boʻlib kelmoqda. Endi esa Yevropa hukumatlari yoshlarga qoʻliga qurol olishni va qariyalarning farovon hayoti uchun soliq toʻlashni talab etadimi? Bu juda ogʻir talab boʻlar edi. 

Bugun Yevropa mana shunday soʻl iqtisodiyot botqogʻiga botgan va Trump hukumatga kelgach harbiy tahdidlarga ochiq mintaqa boʻlib qolmoqda. Ijtimoiy himoya dasturlari kabi ortiqcha va samamarasiz dasturlarning tugatilishi ogʻriqli boʻlsada qilinishi shart boʻlgan islohot boʻlib turibdi.

@economist_martin
Jevons paradoksi - nega AI inqilobi ijobiy bo‘lishi mumkin.

Resurslar iqtisodiyotida Jevons paradoksi degan tushuncha mavjud. Unga ko‘ra, texnologiyalarning rivojlanishi samaradorlikning oshishiga emas, balki uning pasayishiga olib keladi.

Masalan, agar ikki barobar kam yoqilg‘ida yuradigan yangi avtomobil ixtiro qilinsa, siz bu ixtiro kelajakda yoqilg‘ining kamroq sarflanishiga olib keladi deb o‘ylaysiz. Lekin aslida, buning aksi yuzaga keladi: umumiy hisobda yoqilg'i yanada ko‘proq ishlatilina boshlaydi:

1) Yoqilg‘i xarajatlari arzonlashgani uchun ko‘proq odamlar avtomobil xarid qilishadi.
2) Haydovchilar uzoq masofalarga ko‘proq yurishni boshlaydi.
3) Korxonalar avtomobillardan ko‘proq foydalanadi va hokazo...

Bu Paradoks Sanoat to’ntarilinishi davrida kuzatilingan va hozirgi “AI” inqilobida ham takrorlanishi mumkin. Lekin oldingi inqilobdan farqli o‘laroq, bu safar paradoks “ijobiy” ko‘rinishda yuzaga keladi.

Ya'ni, AI texnologiyalarining rivojlanishi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish jarayonini yanada tezroq va arzonroq qiladi. Biroq bu holat xizmat ko‘rsatish sektoridagi kutilmalarning yanada ortishiga olib keladi. Ilgari shartli bir ishchi 10 soatda bajaradigan operatsiya endi 1 soatda bajarilinishi kutiladi. Kutilmalarning ortishi kompaniyalarning yanada ko‘proq AI bilan ishlay oladigan odamlarni ishga olishiga olib keladi.

Jevons paradoksiga ko‘ra, sun’iy intellekt insonlarni ishsiz qoldirish o‘rniga, yanada ko‘proq ish o‘rinlarini yaratishi mumkin...

@req404
Sun'iy intellektning startaplarga ta'siri haqida qisqa SubStack post. 1-qism. (Ingiliz tilida)

Vaqti-vaqti bilan postlarga qo'shimcha ravishda batafsilroq yozilgan SubStack maqolalarni ham joylab turaman.

@req404
Forwarded from Martin Eden (economist_martin)
Davlat Robingud boʻlmasligi kerak

Koʻpchilik ijtimoiy himoya dasturlari kambagʻallarning daromadlarini oshiradi va kambagʻallikdan chiqib olishiga yordam beradi degan xato fikrga ega. Aslida bunday dasturlar kambagʻallarning daromadini oshirishda juda samarasiz hisoblanadi. Soʻl iqtisodiyot tarafdorlari boylar va kambagʻallar orasidagi tafovut kengayib ketishini yomon deb oʻylab, ijtimoiy transfert dasturlarini joriy qilish kerak deydi, hatto bu “tabiiy notenglik” boʻlsa ham. Ularning fikricha boylardan olib kambagʻallarga berish kambagʻallarni boyroq qilib qoʻyadi va oʻrtadagi tafovutni qisqartiradi.

Tadqiqotlar esa bu fikr xato ekanligiga bir qancha sabablarni koʻrsatadi. Martin Eden jurnalida chiqqan Davlat Robingud boʻlmasligi kerak nomli maqolada shu haqida batafsil yozilgan. Maqoladan olingan quyidagi grafikda esa 1960-80-yillardan 2010-yillarga qadar 4 ta rivojlangan davlatda joriy qilingan ijtimoiy transfert toʻlovlari qanchalik samarasiz ishlashi koʻrsatilgan. E’tibor bersangiz, nisbiy qashshoqlik darajasi soʻngi 40-50 yil ichida deyarli oʻzgarmagan, ayrim hollarda esa ortgan. Ammo qashshoqlikni kamaytiruvchi loyihalar uchun sarflangan real pullar (inflyatsiyasiz hisoblangan) har bir kambagʻal aholi jon boshiga hisoblaganda ortib borgan.

Maqolada yozilishicha davlat bunday ijtimoiy himoya dasturlaridan voz kechsa va mos ravishda soliqlarni kamaytirsa Xayriya tashkilotlariga tushumlar ortar ekan. Bunday tashkilotlarning ishlashi esa davlat dasturlariga nisbatan samaraliroq ham ekan.

@economist_martin
Ekologik energiyaning ko’rinmas tomoni.

"Elektromobillar haqiqatan ham ekologiyani qutqaradimi? Yoki biz yashil energiyaning yashirin muammolarini ko‘rmayapmizmi?"

Hozirda alternativ energiya manbalariga bo‘lgan talab keskin oshmoqda. Buning asosiy sababi — ularning ekosfera uchun barqarorroq tanlov bo‘lgani bilan bog’liq.

Bu holatga eng yaqqol misol — elektromobillar uchun ajratilayotgan turli imtiyozlar bo‘lib, jumladan, ularga qo‘yilgan shartli boj narxlarining bekor qilinishi va elektromobil ishlab chiqaruvchilarga subsidiya ajratilinishi shular qatoriga kiradi. Ushbu siyosat esa ko‘pincha ekologiyani muhofaza qilishga qaratilgan retorika sifatida taqdim etiladi.

Lekin masalaning boshqa tomoniga qaralsa, ekologik energiyaga o'tish jarayani bunday tez tempda amalga oshishi atrof-muhitga yetkaziladigan zararni yanada ko‘paytirishi mumkin.

Bunga sabab ikkita: Litiy-ion batareyalari va Ko‘mirda ishlovchi elektr stansiyalari:

1) Elektromobillar uzoq masofani bosib o‘tishini ta’minlash uchun litiy-ion batareyalaridan foydalanadi. Biroq ularni ishlab chiqarish jarayonida juda katta miqdorda karbonat angidrid (CO₂) ajraladi. Bundan tashqari, energiya akkumulyatsiyasi uchun ishlatiladigan litiy moddasini ajratib olish jarayonida juda ko‘p toza ichimlik suvi isrof qilinadi.

2) Yana e’tiborga olish kerak bo‘lgan jihat, bu elektr energiyasi asosan ko‘mirda ishlovchi stansiyalardan olinanishi. Bunga asosiy sabab – ko‘mir elektr stansiyalarining boshqa turdagi stansiyalarga nisbatan ancha arzonroq ekanligida.

Ko‘mir stansiyalari issiqlikni mexanik energiyaga aylanishi natijasida elektr tokini ishlab chiqaradi, ya’ni bu jarayon ko‘mir yoqish hisobiga amalga oshadi. Ko‘mir esa atmosferaga toksin moddalar tarqatadi.

Shu ikki omil sababli Jevons paradoksi yuzaga kelish ehtimoli bor, ya’ni kelajakda elektro-mobillarning ko‘payishi ekologiyani yaxshilash o‘rniga aksincha, yanada yomonroq ahvolga olib kelishi mumkin. Bu holatga yechim – elektr tokini ishlab chiqarish va batareyalarni yaratish jarayonini “tozaroq” va arzonroq qilish bilan bog‘liq. Biroq, vaqtidan oldin amalga oshirilgan ekologik islohotlar vaziyatni yomonlashtirishi ham mumkin...

@req404
Forwarded from Martin Eden (Muhammad Yusupovich)
Martin Eden 02.pdf
3.4 MB
Jurnalning yangi soni chiqdi. Oʻqing, fiklaringizni yozing va doʻstlaringiz bilan ulashing.

“Martin Eden” — iqtisodiyot, siyosat va ijtimoiy masalalarga bag‘ishlangan jurnal bo‘lib, erkin bozor, shaffof boshqaruv va mantiqiy tahlil tamoyillariga asoslanadi. Tafakkur va g‘oyalar olamidagi muhim asarlarning tarjimalari hamda mustaqil tadqiqotlar orqali ilmiy va falsafiy tafakkurni rivojlantirishga xizmat qiladi degan umiddaman.


Jurnalni oʻqib, undagi maqola va tarjima asarlar toʻgʻrisidagi fikr va mulohazalaringizni izohlarda yozishingiz mumkin. Agar loyiha davom etishiga hissa qoʻshmoqchi boʻlsangiz, quyidagi link orqali donat qiling va jurnal ijodkorlarini qoʻllab quvvatlang!

https://tirikchilik.uz/martineden
_______________________
@economist_Martin