404
403 subscribers
82 photos
17 videos
3 files
74 links
Muhammadyusuf Faxriddinov.

CS & Econ @ SBU | Ex-BCG Intern | UG AI Researcher. 🇺🇸🇺🇿

LinkedIn - https://www.linkedin.com/in/yusuffakhriddinov/
Download Telegram
Nega AI dasturchilarning o‘rnini bosa olmaydi

Hozir AQShda Software Engineering lavozimlariga talab nisbatan kamaygan. Biroq, bu holat butun dunyo bo‘yicha umumiy tendensiya emas. Dasturchilarga bo‘lgan talabning pasayish sababi sifatida ko‘pchilik ChatGPT, DeepSeek, Gemini kabi LLM modellarning ommalashganini ko‘rsatadi. Ammo aslida bu o‘zgarish so‘nggi yillarda Venchur Kapital oqimining keskin kamayishi bilan bog‘liq. Bu holat doimiy iqtisodiy talabning o‘sish va pasayish tsikliga to‘g‘ri keladi. Bu mavzu haqida alohida, batafsil post yozaman.

Unda ochiq savol tug‘iladi: bugun bo‘lmasa, ertaga – kelajakda dasturchilar Sun’iy Intellekt tufayli yo‘qolib ketadimi? Javob: yo‘q, ayniqsa yaqin kelajakda.

Texnologiyalarning soddalashuvi – bu doimiy progress natijasidir. Dasturchi kasbi bundan 40–50 yil avval deyarli mavjud emas edi. O‘sha paytlarda kompyuterlar bilan ishlash — platalarni eritish yoki eski Assembly tilida hisob-kitob qilish jarayonini anglatardi.

Biroq vaqt o‘tishi bilan dasturlash jarayoni ancha soddalashdi. Hozirda ishlatilinayotgan Python yoki Java kabi zamonaviy dasturlash tillari sintaksis jihatidan avvalgi Assembly yoki Basic-ga qaraganda ancha qulay va intuitiv hisoblanadi.

Kelajakda Sun’iy Intellekt tufayli dasturlash yanada soddalashadi, yani ingliz tili yangi dasturlash tiliga aylanadi. Ammo bu ingliz tilini biladigan har bir inson yaxshi dasturchiga aylanadi degani emas. Chunki dasturlash faqat tilni bilish emas, balki Algoritmlar va Ma’lumotlar Tuzilmalari (Data Structures)dan to‘g‘ri foydalanish hamda muammolarni yechish qobiliyatini talab qiladi.

Misol tariqasida, rus tilini yaxshi biladigan istalgan inson Tolstoy yoki Dostoyevskiy kabi kuchli asar yoza olmaganidek, faqatgina dasturlash tilini biladigan inson ham kuchli Software Engineer bo‘la olmaydi.

Shuning uchun, faqatgina ingliz tilini bilish bu insonni ChatGPT bilan istalgan dasturini yaratishiga olib kelmaydi.

Kelajakda Sun’iy Intellekt yangi kasblarni va yangi sohalarni yaratadi. Texnologik progressga, menimcha, yaxshi umid bilan qarash kerak, chunki u orqali biz insoniyatni qiynayotgan ko‘plab muammolarni yecha olamiz…

@req404
O‘rta Osiyo xalqlari do‘stligi.

AQShga kelganimdan so‘ng, o‘zimni faqat o‘zbek emas, balki ma’lum ma’noda O‘rta Osiyolik (Turkistonlik) deb ham his qila boshladim. Bekorga xalqimizda “Do‘st qadrini musofir yurtda bilasan” degan maqol aytilmagan. Haqiqatan ham, bu yerda qo‘shni davlatlardan kelgan talabalar bilan do‘stlashar ekanman, biz aslida chin ma’noda birodar va qardosh xalqlar ekanimizga, birlashib harakat qilsak katta yutuqlarga erisha olishimizga yanada ko‘proq amin bo‘ldim.

🇺🇿🇰🇿🇰🇬🇹🇲🇹🇯

@req404
Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi
Xususiylashtirish - juda to'g'ri va kerakli chora. Lekin ko'p narsa kabi, detallar muhim. Qanday xususiylashtirish qilinishiga qarab, oqibatlari shunday bo'ladi. Eng to'g'ri siyosat - narx orqali taqsimlanishni belgilash. Hozir eng ko'p kim naqd pul bersa - o'sha tadbirkor eng ko'p foyda keltiradigan bo'ladi. Boshqa sabablarni hammasi - bahona.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun o‘quv yilining so‘nggi oyi boshlandi. Hamma yakuniy (final) imtihonlarga tayyorlanmoqda. Talabalar doimiy stress ostida. Shu paytda universitet kutubxonasida konservatoriya talabalari ko‘ngilli ravishda konsert berishdi. Musiqa sof va yengil bo‘lgani uchun stressni yechishga, hattoki birozgina vaqt bo‘lsa ham, hayotdagi bosimlarni unutishga yordam berdi.

Menimcha, bunday tadbirlar O‘zbekistondagi oliygohlarga ham kerak. Vaqti-vaqti bilan madaniy xordiq olish insonga ko‘proq quvvat bag‘ishlaydi...

@req404
MRT, Polimatlik va AI haqida.

Magnetik Rezonans Tomografiyasi (MRT) - magnit to‘lqinlari yordamida inson tanasidagi to‘qimalarning joylashuvini aniqlab, organizmning rentgen tasvirini yaratadi.

Aynan shu ixtiro men hozir o'qiyotgan, Stony Brook Universitetida, Paul Lauterbur tomonidan kashf etilgan. Lauterbur aynan shu kashfiyoti uchun 2003-yilda Fiziologiya va Tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Keyingi semestrda shu insonning qo'lida tadqiqot olib borgan professorning klasslaridan biriga yozildim. Ko‘pchilikka qiziq tuyulishi mumkin: nega sohamga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqador bo‘lmagan yo‘nalishga — biologiyaga — qiziqib qoldim deb?

Sababi, kelajakda Sun’iy Intellekt sohasi eng katta ta’sir ko‘rsatadigan yo‘nalishlardan biri — bu tibbiyot. Shu sababli, uni hech bo‘lmaganda bazaviy darajada bilish insonga dunyo haqida to‘laqonli tasavvurni shakllantirishga yordam beradi.

Menimcha, AI tufayli polimatlar davri yana qaytadi. Ilgari olimlar faqat bitta yo‘nalishni emas, balki bir nechta sohalarni chuqur o‘rganishgan. Masalan, Ibn Sino (tibbiyot, astronomiya, matematika), Al-Farobiy (siyosatshunoslik, matematika), Ibn Rushd (astronomiya, huquq), Leonardo da Vinchi esa san’at, matematika va muhandislik sohalarida yetuk bo‘lgan.

Inson monoton va takroriy mehnatdan chekinib, ko‘proq ijodiy va turli yo‘nalishlardagi muammolarni yecha boshlaydi. Sun’iy intellekt esa yaqin kelajakda inson uchun ajoyib hamkor bo‘la oladi.

@req404
API haqida.

Dasturlashda muhim bo’lgan, lekin “qadrsizlangan” vosita — bu API.

API ko‘pchilikka unchalik muhimmas kontseptsiyadek ko’rinadi. Unda Neyron Tarmoqlar yoki Algoritmlardagi jozibali matematika yo‘qdek tuyuladi. Lekin amaliy ishda, ayniqsa startaplarda, API eng ko‘p ishlatiladigan vosita.

Dasturlashdan yiroq odamda “API nima?” degan savol tug‘ilishi aniq.

API(Application Program Interface) — bu dasturlar bir-biri bilan “gaplashishi” uchun yaratilgan ko‘prikka o‘xshaydi. Bir dastur boshqasidan biror narsa so‘ramoqchi bo‘lsa, bu so‘rovni API orqali yuboradi.

U orqali dasturchi ma’lumotlarni boshqa bir dasturda tahlil qilib, ularni o‘z dasturiga qo‘shishi mumkin. Sodda qilib aytganda, API — bu vazifani boshqa “birovga” topshirish uchun ishlatilinadigan vosita.

GitHub Copilot kabi AI vositalari bugunning o‘zidayoq inson dasturchilarining o‘rniga kompaniyalardagi 40–50% kodni yozayotgan ekan. Shu tufayli, dasturlash asta-sekin kodni noldan yozishdan ko‘ra, ko‘proq AI bergan qisman tayyor yechimlarni API orqali to‘g‘ri integratsiya qilish jarayoniga aylanadi. Shu sababli, ko‘rimsiz tuyulgan API aslida eng muhim coding toolga aylanadi.

@req404
Porox imperiyalari, innovatsiya va tarixning takrorlanishi.

Tarixga qiziqishimning sabablaridan biri — u to‘g‘ri tahlil qilish qobiliyatini oshishiga va fikrlash doirasini kengayishiga yordam beradi.

Kelajakda qudrat sun’iy intellektga ega bo‘lgan davlatlar, tashkilotlar va insonlar qo‘lida bo‘lishi hech kimga sir emas. AI barcha sohalarga — ta’limdan tortib harbiy texnologiyalargacha — katta ta’sir o’tkazadi.

Biroq yangi innovatsiyalarning dunyoga global ta’sir ko‘rsatishi yangi trend emas. Innovatsiyalar tufayli yangi qudratli imperiyalar paydo bo‘lishi va eskilarining o‘rnini bosishi tarixda doimiy takrorlanib kelgan hodisa.

Eng yirik misollardan biri bu porox imperiyalari — Usmoniylar (Ottomans), Safaviylar (Safavids) va Boburiylardir (Mughals). Ushbu uch turkiy-musulmon imperiya poroxdan to‘g‘ri foydalanish orqali o‘z davrida qudratli bo‘lgan Vizantiya, Sosoniylar (Fors imperiyasi) va Hindiston kabi davlatlardan ustun kelgan.

Albatta, hozir boshqa davr. Bugungi kunda haqiqiy urushga kirish hech qaysi tomon uchun samarali yechim emas. Aynan shu sababli harbiy qudratdan ko‘ra, iqtisodiy kuchning ahamiyati bizning asrimizda ancha ustun. Iqtisodiy qudrat ham, harbiy kuch kabi, innovatsiyalardan to‘g‘ri va strategik foydalanish orqali yuksaladi. Zamonaviy dunyoda texnologik ustunlik,ilm-fan va sun’iy intellekt kabi omillar davlatlar o‘rtasidagi raqobatda asosiy hal qiluvchi kuchga aylangan.

Xuddi 15–18-asrlarda porox texnologiyasi yangi qudratli davlatlar qurilishiga turtki bergani kabi, sun’iy intellekt ham bizning asrimizda shu vazifani bajaradi. Menimcha, agar O‘zbekiston AI sohasida yetakchi o‘ringa chiqa olsa, bu biz uchun ulkan yutuq bo‘ladi. Agar O‘zbekistonda AI agentlari va LLM tizimlari bo‘yicha kuchli startaplar yaratilinsa, bu nafaqat iqtisodiyotimizni, balki global maydondagi qudratimizni ham sezilarli darajada oshiradi…

📚 Manba: The Venture of Islam, Volume 3: The Gunpowder Empires and Modern Times

@req404
AQSh: Dunyodan o’zib ketgan Venture.

Agar siz 35 yil oldingi Fortune jurnalining “Dunyodagi eng yirik 10-ta kompaniya” ro‘yxatiga nazar tashlasangiz, ulardan atigi ikkitasi AQSh kompaniyasi bo‘lganini ko‘rasiz. Qolgan sakkiztasi esa Yaponiyaning Toyota, Mitsubishi kabi “Zaibatsu” konglomeratlaridan iborat bo’lgan. Bu holat Yaponiya iqtisodiyotining eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan davriga to‘g‘ri keladi.

Agar undan oldingi yillarga qaralsa, ko‘plab Yevropa va Xitoy kompaniyalari ko‘zga tashlanadi — ular asosan neft-yoqilg‘i yoki elektr energiyasi yo'nalishida faoliyat yuritgan.

Lekin 2020-yillarga kelib, ro‘yxatdagi deyarli barcha shirkatlar AQShning texnologik kompaniyalari bo’lib turibti. (Saudi Aramco va Berkshire Hathaway tashqari).

Bundan tashqari, AQSh fond bozori butun dunyo bozorining 50.2% tashkil qiladi, qolgan 49.8% esa qolgan 194 ta mamlakat hissasiga to‘g‘ri keladi. Ya’ni, dunyodagi barcha korxonalarning mablag‘lari bir joyga to‘plansa, ularning yarmi AQShga, qolgan yarmi esa boshqa barcha mamlakatlarga to‘g‘ri keladi.

Bu holat ko‘pchilik uchun qiziq tuyilishi mumkin, chunki tovar va xizmatlar ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchilik Xitoyga tegishli. Shunday ekan, nega AQSh hali ham global bozorlarda bu darajada dominant mavqega ega? Sababi, Amerika tovarlarni o‘zi ishlab chiqarmasa-da, ularni kashf etish, innovatsiyalarni yaratish va ularni bozorga olib chiqishda butun dunyodan oldinda.

AQSh bu natijaga Venchur Kapital tizimini oldinga qo‘ya olgani tufayli erishgan. Katta riskli biroq ulkan innovatsion salohiyatga ega bo‘lgan loyihalar aynan Venchur Sarmoyalari orqali dunyoga kelgan.

Bugun qo‘limizda ushlab turgan smartfonlar, internet orqali muloqot qilish imkoniyati, Instagram va Facebook kabi ijtimoiy tarmoqlar o‘z vaqtida “amalga oshmaydigan” g‘oyalar sifatida qaralgan edi. Lekin ular o‘z potensiallarini aynan Kremniy Vodiysida ro‘yobga chiqarishga muvaffaq bo‘lishgan.

@req404
Rosy Retrospection: Nega katta avlod Sovet Ittifoqini sog‘inadi?

Ittifoq davrida katta bo‘lgan avlod vakillari bilan suhbatlashganimda, ulardan ko‘pincha Sovet davrida yashash osonroq bo‘lgani, narxlar oyliklarga nisbatan arzonroq ekani va tovarlar hozirgiga qaraganda sifatliroq bo‘lgani haqida ko’p eshitaman.

Bu haqda ko‘p o‘ylaganman: rostdan ham shunday bo‘lganmi, deb. Biroq ushbu holatga obyektiv baho berilsa, Sovet davrida yashash hamma tasavvur qilganidek oson bo‘lmagan.

Tovarlarda hech qanday xilma-xillik bo‘lmagan, narxlar esa partiya tomonidan nazorat qilinganligi sababli arzon tuyilgan. Biroq bu narx nazorati aslida xalqning daromadidan kesib olingan.

Undan tashqari, 'tekin' uy-joy va ta’lim ham aslida xalqdan yig‘ilgan soliqlar hisobidan moliyalashtirilgan. Sifatsiz avtomobillar va xonadonlar uchun odamlar o‘n yillab navbatda turishgan. Tovarlarning sifati juda past bo‘lgani uchun ham Sovet Ittifoqi 1970-yillardan keyin deyarli hech qanday sanoat mahsulotini eksport qila olmagan. Ittifoq so‘nggi yillarda deyarli barcha mahsulotlarni neft va gazdan topilgan mablag‘ evaziga import qila boshlagan.

Na rahbariyatda, na oddiy ishchilarda mahsulot va xizmatlarni yaxshilashga ishtiyoq bo‘lmagan, chunki muammolarni hal qilish uchun hech qanday rag‘bat yo‘q edi. Dokonlarda kerakli tovarlar yetishmasdan keraksizlari xandan ziyod ko’p bo’lgan.

Hozirgi davr bilan solishtirilganda, o‘rtacha xo‘jalikning yashash sharoiti 80-yillarda og‘irroq bo‘lgan. Biroq, o‘sha paytda hamma deyarli bir xil sharoitda yashagani uchun, odamlar orasida bir birini solishtirish holati bo‘lmagan. Agar hamma birdek kambag‘al bo‘lsa, odamlar o‘zlarini nochor deb hisoblamaydilar. Aynan shu holat Sovet Ittifoqiga xos edi.

Menimcha, katta avlodning Sovet davrini sog‘inishining asosiy sababi — nostalgiya va bolalik xotiralari. Ular o‘sha davrda ulg‘ayganliklari sababli ko‘proq ijobiy tomonlarini eslaydilar, salbiy jihatlarini esa unutishga moyil bo‘ladilar. Bu holat psixologiyada Rosy Retrospection — ya’ni "gullangan" o‘tmishni eslash effekti deb ataladi.

📚 Manba: Transition Economies: Political Economy in Russia, Eastern Europe, and Central Asia.

@req404
404
Rosy Retrospection: Nega katta avlod Sovet Ittifoqini sog‘inadi? Ittifoq davrida katta bo‘lgan avlod vakillari bilan suhbatlashganimda, ulardan ko‘pincha Sovet davrida yashash osonroq bo‘lgani, narxlar oyliklarga nisbatan arzonroq ekani va tovarlar hozirgiga…
Boshqa tomondan, Sovet Ittifoqida davlat insonlarning barcha minimal ehtiyojlarini ma’lum darajada ta’minlagan. Hayot yo‘li xaritadagidek aniq bo‘lgan — insonning bir umr bir joyda ishlashi nafaqat odatiy hol, balki me’yor ham sanalgan.

Lekin bu “stabillik” evaziga xalqimiz boshqa kattaroq tovon to‘lashga majbur bo‘lgan — bu erkinligimiz va dinimizdan kechish. Ittifoqning barqarorligi Islom diniga bo‘lgan repressiya, xalqning qoni, erkinlikning tortib olinishi, qullik bilan bir xil bo‘lgan majburiy mehnat (Farg'ona kanali, Stalin Industralizatsiyasi) kabi “to‘lovlar” evaziga qurilgan.

@req404
Forwarded from bakiroo
Регулятор бозор ўйинчисига айланмаслиги керак

Регулятор бозор иштирокчисининг таъсисчиси, акциядори, мулкдори бўлдими, урди худо. Бу бозорнинг келажаги йўқ. Бу бозорга бирон инвестор қадам босмайди. Бу бозор чиновник учун ўлпон йиғадиган воситага айланади.

Бу оддий қоидани бутун нормал дунё билади, унга амал қилади. Лекин Ўзбекистондамас.
Madaniyatning iqtisodiy o‘sishga ta’siri

Tolstoyning “Anna Karenina” asarida mashhur bir iqtibos bor: “Barcha baxtli oilalar bir-biriga o‘xshaydi, har bir baxtsiz oila esa o‘zicha baxtsizdir.

Lekin bu iqtibos iqtisodiyotga to‘g‘ri kelmaydi. Ya’ni, barcha davlatlar iqtisodiy rivojlanishga va “baxt”ga turli yo‘llar bilan erishadi. Ularning madaniyati, tarixi, etnik kelib chiqishi, geografik joylashuvi, aholisining soni va boshqa minglab omillar davlatlarning rivojlanishiga turlicha ta’sir qiladi. Kimdir inson kapitali orqali boy bo‘lgan bo‘lsa, boshqalar tabiiy resurslar hisobiga muvaffaqiyatga erishgan.

Bu g‘oyaning qiziq tomoni shundaki, u hozirda “mainstream” bo‘lib kelayotgan, ya’ni rivojlanish uchun mamlakatga faqat liberalizm va individualizm kerak degan tushunchaga biroz qarshi chiqadi.

Ya’ni, rivojlanish uchun bir davlat boshqa davlatning madaniyatini to‘liq qabul qilish o‘rniga, o‘z madaniyati asosida siyosat yuritishi kerak. Bunga eng yaxshi misol — Yaponiya: yaponlar o‘z madaniyati va urf-odatlaridan voz kechmagan holda G‘arbning amaliy jihatlarini, texnologiyalar, dunyoviy ta’lim va boshqaruv tizimini qabul qilib, farovonlikga erishgan. Yaponlar Amerika andazasini olgan bo‘lsalar-da, “amerikalikka” aylanishmagan.

Xalqlar o‘zini o‘zgartirish o‘rniga, o‘zining diniy va madaniy ustunliklaridan foydalangan holda rivojlanishi kerak. Har bir madaniyatning o‘ziga xos ustunlik tomonlari mavjud, va aynan shu ustunliklardan to‘g‘ri foydalanish mamlakatlarni farovonlikka yetaklaydi.

Masalan, ko‘plab tadqiqotlarga ko‘ra, oila instituti va patriarxat kuchliroq bo‘lgan davlatlar og‘ir sanoat va texnologiyalar sohasida, individualizm hamda feminizm kuchliroq bo‘lgan davlatlarga nisbatan yaxshiroq natijalarga erishishgan. Aksincha, liberalroq mamlakatlar esa xizmat ko‘rsatish sektorida ustunroq kelgan.

Shu sababli, mamlakatlar boshqalarga taqlid qilish o‘rniga, siyosatini o‘z madaniyatiga asoslanib qurishi va bozorda o‘zining dunyo qarashiga mos keladigan o‘rnini “nishasini” topishi kerak.

Shu sababli ham ultra-liberal g‘oyalarni O‘zbekistonda haddan tashqari ko‘p qo‘llash uzoq muddatda samarasiz bo‘lishi mumkin.

@req404
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Detachment” (Учитель на замену) filmi — Adrian Brodining eng mashhur filmlaridan biri.

Menimcha, filmning markaziy g‘oyasi: agar inson zulmat ichida yorug‘likni ko‘ra oladigan yagona shaxs bo‘lsa ham, u uni (yorug'likni) boshqalar bilan baham ko‘rishga intilishi kerak.
Skripting tillar haqida. AI/ML.

Computer Science-da dasturlash tillari bir nechta turlarga bo‘linadi. Ular kompilyatsiya qilinadigan, interpretatsiya qilinadigan va skript turlariga taqsimlanadi.

Skripting tillar qatoriga Python, Ruby, AWK, Bash kabi tillar kiradi. Bu tillarning boshqalaridan farqi, ular kompyuter tomonidan qatorma-qator o‘qilinadi va har bir qatordagi operatsiya darhol bajarilinadi. C yoki C++ kabi kompilyatsiya qilinadigan tillarda esa kod dastlab to‘liq o‘qilib (kompilyatsiya qilinib), so‘ngra bajariladi.

Shuning uchun skripting tillar ko‘p hollarda sintaksis jihatidan soddaroq bo‘lib, tez prototiplash uchun qulay hisoblanadi. Bundan tashqari, Python tilida NumPy, Pandas, TensorFlow kabi Sun’iy Intellekt va Data Science-ga oid ko‘plab kutubxonalar (library) mavjud bo‘lgani uchun, skripting tillar “Machine Learning” modellarini mashq qildirishda keng qo‘llaniladi.

Insonning ko‘rinishi, jinsi va boshqa xususiyatlari DNKdagi nukleotidlar bilan yozilganidek, ko‘plab Sun’iy Intellekt tizimlarining ortida turgan matematik modellashtirish ham skripting tillarida yozilmoqda…

@req404
Hukumat 1/x funksiyasidek bo‘lishi kerak, chunki 1/x doimo nolga intiladi.

Davlat ham bozorga minimal, nolga intiluvchi ta’sir o‘tkazishi kerak.
“Begona-yaqinimizga” aylanib borayotgan AI.

San-Fransisko shahrida bo‘lganimda, o‘sha mashhur haydovchisiz Waymo avtomobillari inson haydovchilardek, hatto ulardan ham yaxshiroq yo‘lda harakatlana olishiga guvoh bo‘lgandim.

Bu avtomobillar atrofni 360°-da modellashtirish orqali harakatlanadi. Algoritmlar yordamida eng muqobil yo‘lni topib, qaysi marshrut orqali olib borishni hal qiladi. Keyin real vaqt davomida yo'l xarakati qoidalarga deyarli 100% aniqlik bilan amal qilib harakatlanadi. 2023-yil holatiga ko‘ra, umumiy 7 million mil masofada birorta ham baxtsiz hodisa sodir bo‘lmagan ekan.

Inson bilan solishtirilsa, odam haydovchilari uchun har 1 million milga o‘rtacha 3,2 qurbon to‘g‘ri kelgan ekan. Raqamlardan ko‘rinib turibdiki, Sun’iy Intellekt avtomobilni insonga qaraganda ancha xavfsizroq boshqaradi. Lekin so‘rovnomalarga ko‘ra, San-Fransisko aholisi haydovchisiz avtomobillardan hanuzgacha xavfsizlik sabablari tufayli foydalanishdan qo‘rqishadi.

Chunki inson ong ostida “begonalarga” ishonmaslik mexanizmlarini shakllantirgan — chunki begonalardan hayiqish hissi insonlarga tirik qolishga yordam berib kelgan. Sun'iy intellektning yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan xavf yoki uning insondan to‘liq ustun bo‘lib ketishi haqidagi qo‘rquv tufayli, odamlar AI-da begona bir 'tur'ni' ko‘rmoqda. AI bizga kelajakda do‘st bo‘ladimi yoki dushmanmi — buni vaqt ko‘rsatadi…

@req404