Eng qudratli moliyachi va birinchi oligarx.
Manba - “De Re Publica” by Cicero.
Rim deganda ko'pchilik Oktavian Avgust, Markus Avreliy, Yuliy Tsezar yoki Mark Antoniy kabi shaxslarni eslaydi.
Lekin negadir Rimning oltin davrida juda muhim o'ringa ega bo'lgan bir shaxs doim unutiladi — bu Mark Krass (Marcus Licinius Crassus). Bu shaxs Tsezar, Spartak, Kleopatra va Mark Antoniy-larning davrdoshi bo'lib, Rimning respublikadan imperiyaga o'tish davrida muhim o'rin tutgan.
Mark Krassni hozir Ilon Maskga solishtirsak bo'ladi, chunki Krass Rimdagi eng badavlat inson bo'lib, siyosatga juda katta ta'sir ko'rsatgan. Shuning uchun ham ko'pchilik bu shaxsni tarixdagi birinchi oligarxlardan deb hisoblaydi.
Mark Krass o‘z qudratini moliyaviy aqli va ayyorligi orqali qurgan. Bunga eng yaxshi misol uning birinchi tashkil etgan ishi, yoshligida Krass o‘t o‘chiruvchilar jamoasini tuzadi va shu orqali birinchi kapitaliga erishadi. Qanday qilib deysizmi? Rimda qaysidir uy yonayotgan bo‘lsa, u yong‘in davomida shu uyni juda arzon narxga sotib olib, o‘z o‘t o‘chiruvchi jamoasi yordamida yong‘inni to‘xtatgan. Shundan so‘ng, arzon narxda xarid qilingan turar joylarni qayta ta’mirlagan va ularni mehmonxonalarga yoki siyosiy elita uchun dam olish maskanlariga aylantirgan. Shu yo‘l bilan u Rimdagi eng ko‘p turar joy egasiga aylangan. Bundan tashqari, u ko‘plab siyosatchilar haqida ma’lumot va kompramatlar yig‘ib, Rim siyosatidan birinchilardan bo‘lib xabar topib turgan.
U doimiy ravishda Rimning yurishlariga o‘z maslahatchilarini jo‘natgan va shu orqali yangi bosib olingan yerlarda kumush ko‘p bo‘lgan hududlarni arzon narxlarda sotib olgan. Natijada, u kumush eksporti bilan ham shug‘ullangan.
Mark Krass potensiali katta bo‘lgan qullarni moliyaga o‘qitib, boshqa badavlat rimliklarga audit-hisob xizmatlarini taqdim eta boshlagan. Krass birinchilardan bo‘lib o‘sha mashhur gladiatorlar jangiga sarmoya kiritib, entertainment biznesga asos solgan. O‘z davrining Dana White’i desak ham bo’ladi.
Umuman olganda, birinchi bo‘lib kredit bera boshlash (urushga otlangan generallarga qarz berish) kabi bank operatsiyalarni ham Krass antik davirda birinchilardan bo'lib qilgan. Zamondoshlari tomonidan juda ayyor, har doim o‘z manfaatini ko‘zlovchi, lekin nihoyatda aqlli shaxs deb ta’riflangan. Krass hozirgi bank ishi, moliyaviy operatsiyalar va bozor spekulyatsiyasi kabi konseptlarni amalda birinchilardan bo'lib qo'llagan.
Krass, Tsezar yurishlari uchun katta sarmoya kiritgan va uning triumfga erishib, Rim hukumatini qo‘lga olishiga ko‘maklashgan. Bu holat, menimcha, xozirgi Musk-Trump tandemi bilan qiyoslanishi mumkin.
Vaqt o‘tgan sari Tsezar va Avgustning soyasi ostida ko‘pchilik Krassning shu davr tarixida tutgan o‘rnini unuta boshlaydi. Lekin bu inson, menimcha, Rim tarixidagi eng qiziqarli shaxslardan biri.
@req404

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Rockefeller Center, Manhattan, NYC
Progressiv soliqlar - iqtisodiy o’sishga qarshi vaktsina.
Manba - "The Uneasy Case for Progressive Taxation"
Progressivchilar tomonidan o‘ylab topilgan “Robin Gud” soliq tizimi mamlakatdagi tengsizlikni yo‘qotish o‘rniga, iqtisodiyotning mahsuldorligini pasaytiradi.
Progressiv soliqlar, g‘oyaga ko‘ra, ko‘proq daromad topadiganlardan ko‘proq soliq yig‘ib, moliyaviy qiynalayotgan qatlamga yordam sifatida ishlatilishi uchun joriy etilgan. Bu esa, o‘z navbatida, fuqarolar o‘rtasidagi daromad tafovutini kamaytirishga va tenglikni o‘rnatishga xizmat qiladi, degan tushuncha mavjud.
Bir tarafdan bu tizim samarali yechimdek ko‘rinishi mumkin, lekin aynan shu vaziyat o‘z mehnati bilan muvaffaqiyatga erishgan odamlarni ham jazolanishiga olib keldi. Masalan, shartli ravishda farrosh va shifokorning oyliklari o‘rtasidagi farq katta bo‘lishi mumkin, lekin soliqlardan keyin bu farq sezilarli darajada qisqaradi va ular deyarli bir xil daromad topishadi. Bu esa, o‘z navbatida, shartli shifokorning qiymatini shartli farroshnikiga tenglashtirishga olib keladi. Ya'ni, jamiyat uchun muhim bo‘lgan kasb egalari va yangi ish joylarini yaratadigan tadbirkorlar jazolanadi.
Natijada, bu yosh avlodning ta’lim olishga va muvaffaqiyatli bo‘lishga bo‘lgan ishtiyoqini susaytiradi. Kanadada shunga o‘xshash holat yuzaga kelgan: ishsiz inson soliq siyosati tufayli davlat tomonidan ishlayotgan insonning daromadiga teng miqdorda ijtimoiy yordam (social welfare) oladi. Bu esa, ishlashni jazolab, ishlamaslikni rag‘batlantiruvchi holatni yuzaga keltirdi.
Natijada ambitsiyali va o‘qimishli yoshlar mamlakatdan chiqib keta boshlaydi (Brain Drain). Ko‘pchilik uchun samarali mehnat qilish va o‘z ustida ishlashga bo‘lgan rag‘bat yo‘qoladi. Shu kabi holat yuzaga kelgan mamlakat jahon bozorida raqobatbardoshlikni yo‘qotadi va oxir-oqibat iqtisodiy tanazzulga duch keladi.
Diskleymer: Sotsial paketlar va soliq tizimi iqtisodiyotning muhim qismi bo‘lib, ushbu postda aynan progressiv soliqlar haqida so‘z yuritilgan.

Spotify vs Apple: Kichik Baliq Katta Nahangni Qanday Yengdi.
2015-yilda Apple Shvetsiyada asos solingan kichik bir startapga qarshi “urush” e’lon qildi. O‘sha yili Apple Music xizmati ishga tushgani sababli, kompaniyaning bosh direktori Tim Kuk App Store’dagi barcha raqobatchilarni yo‘qotib, Apple Music xizmatini oldinga surish uchun keskin strategiya ishlab chiqqan edi.
Ushbu strategiyaga ko‘ra, barcha musiqa oqim (streaming) xizmatlaridan App Store orqali sotilgan har bir obuna uchun 30% ulush talab qilingan. Shu orqali Apple ko‘plab kichik startaplarni sotib oldi va Apple Music xizmatini birinchi o‘ringa olib chiqdi. Biroq, Spotify kichik startap bo‘lishiga qaramay, Apple’ga sotilishdan bosh tortdi.
Spotify’ning o‘sha davrdagi bosh direktori (CEO) Daniel Ek mag‘lubiyatni qabul qilish o‘rniga Apple’ga qarshi kurash boshladi. O‘sha yili Ek Yevropa Ittifoqi Komissiyasiga murojaat qilib, Apple’ga qarshi anti-monopoliya ishini qo‘zg‘atdi. Sud jarayoni davomida Spotify zarar ko‘rgan bo‘lsa-da, faoliyatini davom ettirdi.
Bundan tashqari, ular o’z servislariga doimiy ravishda yangiliklar, jumladan podkastlar, foydalanuvchilarga tavsiya berish algoritmlari kabi yangi yechimlarni joriy qilib, innovatsiyani davom ettirdilar. Spotify Joe Rogan va Lex Fridman kabi podkastchilar bilan qo‘shimcha shartnomalar tuzib, xizmatni nafaqat musiqa platformasi, balki 1-raqamli podkast ilovasiga ham aylantirdi.
Oradan ikki yil o‘tib, Spotify sudda Apple ustidan g‘alaba qozonadi va shu ikki yil ichida servis eksponensial ravishda o‘sadi. Aynan shu voqea kichik baliqning katta nahangni yengishi mumkinligini isbotladi.
Hozirda Spotify’da 246 million foydalanuvchi bor, Apple Music’da esa 93 million. Kichik baliq nahangni yengdi...

mBridge tizimi va pul o'tkazmalaridagi byurokratiya haqida. (qisqa)
Aytaylik, O'zbekistondagi xususiy bank (A deb nomlaymiz) AQSHdagi xususiy bankka (B deb nomlaymiz) pul jo'natmoqchi. A bank avval qog'oz so'mni Markaziy bank orqali elektron so'mga aylantiradi, so'ngra uni valyuta provayderi (valyuta konvertatsiyasi bilan shug'ullanadigan tashkilot) orqali elektron so'mni elektron dollarga aylantiradi. Keyin provayder ushbu elektron dollarning miqdorini AQSHdagi Markaziy bankka jo'natadi. AQSH Markaziy banki esa ushbu mablag'ni xususiy B bankka yetkazib beradi.
Ya'ni, A bankdan B bankka pul yetib borguncha, o'rtada ikkita markaziy bank va valyuta provayderlari vositachilik qiladi. Bu jarayon juda uzoq va qimmat (har bir tashkilot komissiya oladi). mBridge tizimi esa ushbu muammoni qisqartirish va samaradorlikni oshirishga yordam beradi.

Sun'iy intellektning suverenitetga xavfi.
Sun'iy intellekt jamiyatga solishi mumkin bo'lgan xavflardan biri bu davlatlarning suvereniteti pasayishi yoki umuman yo'qolishi.
Davlat o‘z valyutasidan voz kechib, boshqa davlatning valyutasini qabul qilishi uning iqtisodiy suverenitetidan voz kechganini anglatgani kabi, sun’iy intellektni joriy etish mamlakatning texnologik suverenitetini yo‘qolishiga olib kelishi mumkin. Ya’ni, sun’iy intellekt tufayli bir davlatning o‘zini tashqi aralashuvsiz boshqara olish salohiyati susaya boshlaydi. Bu esa kichik mamlakatlarni gegemon davlatlar va yirik korporatsiyalar oldida qaysidir ma’noda qaram qilib qo‘yadi.
Yuqoridagi holat ikki xil yo‘l bilan amalga oshishi ehtimoli bor:
1) Sun'iy intellekt muhim strategik sohalarda, hattoki armiya uchun ham ishlatila boshlanadi. Agar shunday bo'lsa, bu kichik davlatlarning armiyasida ishlatiladigan neyron tarmoqlar va ma'lumotlar bazasi AQSh kabi katta davlatlarning korporatsiyalari qo'lida bo'ladi degani.
2) AI-ni qo'llash iqtisodiyotning eng muhim qismiga aylanadi. Ish liniyalarini va logistika marshrutlarini avtomatlashtirish, tibbiyot va qishloq xo'jaligini raqamlashtirish kabi omillar bunga yaqqol misol. Bu holat esa o'sayotgan davlatlarning AI-dan keng foydalanishiga va shu AI-chiplarini ishlab chiqaruvchi korporatsiyalarga bog'lanib qolishiga olib keladi.
Savol tug‘ilishi mumkin: nega hamma davlat o‘z AI infratuzilmasini qurmaydi? Sababi, bu juda murakkab va katta mablag‘ talab qiladi. Xuddi AQSh Tayvanning mikrosxemalarni birdaniga qura olmayatganidek, boshqa davlatlar ham bu ishni darhol amalga oshira olmaydi. Bundan tashqari, noldan infratuzilma qurishdan ko‘ra, boshqa davlatdan sotib olish arzonroq bo‘lgani uchun ko‘pincha shu yechim tanlanadi.
Natijada, kuchlar taqsimoti bir tarafga, aniqroq aytganda, Sun’iy intellektning "egalari" tomoniga og‘ib ketishiga olib keladi. Shu bilan birga, kelajakda yirik korporatsiyalarning global siyosatga ta’siri yanada ortishi ehtimoli yuqori bo‘ladi.

Forwarded from Venture with Love (𝙳𝚊𝚟𝚛𝚘𝚗𝚋𝚎𝚔)
404
2019 - 2025 @venturewithlove
Telegram
404
Kecha kechqurun "The Economist" jurnali chop etgan "2019 yilda eng katta o’zgarish qilgan davlat" degan maqolaga ko’zim tushib, uni yana qaytadan o’qib qoldim. Ozi, har yili qaysidir davlatga shu nominatsiya beriladi. 2019 yilda bu davlat O’zbekiston bo’lgan…
Forwarded from Uzbekonomics
Menimcha jiddiyroq narsalar bilan shug’ullanish kerak. O’zbekistonlikning cho’ntagidagi telefoni qog’ozi bormi yo’qmi, uning narxi, yoki soni qanchaligan ko’ra muhimroq va kattaroq masalalar bo’lsa kerak. Buning ma’murchilik xarajatlari, unga ketgan vaqt, iste’molchilarga tug’dirilgan noqulayliklarning ko’zlangan maqsadini va mohiyatini tushuna olmadim.
Men UzIMEI tizimi yanada takomillashtirilyapti deyilganda undan butunlay voz kechilyapti deb o'ylabman. Teskarisi ekan.
Haligacha tushunmayman, shu UzIMEIni. Birorta iste'molchi bo'lmasa kerakki bundan nolimagan. 2025 yil axir. Jiddiyroq narsalar bilan shug'ullanaylik, hech bo'lmasa iste'molchilarni bo'g'maydigan.
@uzbekonomics

Газета.uz
O‘zbekistonga yangi telefon olib kirishda bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish shart
O‘zbekistonga yangi mobil qurilma olib kirishda endi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish kerak, aks holda qurilmani UzIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkazishda boj to‘lashga to‘g‘ri keladi. Yangi talab 2024-yil boshidayoq joriy qilingandi. Bojxona organlari va…
Ishsizlik va regulatsiyalar haqida.
Dunyoning 30 eng yirik kompaniyasidan 24-tasiga AQShda asos solingan, ular asosan IT kompaniyalar. Yevropadan esa atigi 2-ta firma ushbu ro‘yxatga kirgan. Bunday katta tafovutning bir nechta sababi bor.
Asosiy sabablari juda oddiy: AQShda bozorga davlat aralashuvi Yevropaga nisbatan ancha kamroq, venchur investitsiyalar rivojlangan, ortiqcha qog‘ozbozlik va byurokratiya kam, shuningdek, kasaba uyushmalari bilan ortiqcha soliqlar yo‘q. Bu holat Amerikada xususiy ish beruvchilar sonining ortishi va qo‘shimcha ish o‘rinlarining ko‘payishiga olib kelgan. (Ishsizlik darajasi: AQSH: 3.6%, Yevropa: 6.0%)
Yirik xususiy ish beruvchilarning ko‘pligi fuqarolarni ish bilan ta’minlab, yuqori malakali kadrlar sonini oshiradi. Kompaniyalar o‘sgan sari o‘z ishchilariga ko‘proq kompensatsiya to‘lab, ularning samaradorligini oshirishga harakat qiladilar. Bu holat mamlakat fuqarolarining daromadlari oshishiga olib keladi.

Forwarded from AI Post — Artificial Intelligence
Chinese AI platform DeepSeek has reportedly surpassed OpenAI’s ChatGPT on Apple’s App Store rankings just a week after launch.
Developed by Hangzhou-based DeepSeek, the platform offers advanced reasoning and analytical capabilities through its hybrid architecture.
DeepSeek’s popularity stems from its competitive pricing, and its superior performance, reportedly achieving a higher success rate in coding tasks and outpacing OpenAI in benchmarks.
@aipost
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DeepSeek effekti haqida.
Ikki hafta oldin ommaga taqdim etilgan DeepSeek-R1 AI modeli butun dunyoda katta shov-shuv uyg’otti. Xitoyning kichik startapi tomonidan yaratilgan model bozorni yaxshigina silkitib qo’ydi desak ham bo’ladi.
Buning sababi, DeepSeek bor-yo‘g‘i 55 kun davomida taxminan 2000-ta Nvidia H800 GPU yordamida o‘z AI modelini ishlab chiqdi va buning uchun atigi 5,6 million dollar sarfladi. Bu ko‘rsatkich AQShdagi boshqa yirik raqobatchilarnikiga nisbatan ancha arzon. Solishtirish uchun, ChatGPT-4 ni ishlab chiqish uchun OpenAI 100 million dollar sarflagan edi, Google esa Gemini-ga 191 million dollar sarflagan.
DeepSeek'ning mablag‘i chegaralanganligi sababli, ular LLM trening jarayonlarini optimallashtirib, arzonroq chiplarni samarali ishlata olishdi. Sodda qilib aytganda, xitoyliklar sifatli Sun’iy Intellekt modellini yaratish uchun kuchli AI-hardware chiplari shart emasligini isbotlay oldi.
Yani, NVIDIA va boshqa chip ishlab chiqaruvchilarga bo‘lgan talab endi keskin pasayadi. Texnologiyalar bozoridagi deyarli barcha yirik firmalar AI chiplarga katta sarmoya kiritgani tufayli, butun bozor katta yo‘qotishga uchraydi.
Xozirning o'zida, NVIDIA aksiyalari 18%ga, Broadcom 17%ga, Microsoft (ChatGPT) esa 3%ga tushdi. Umumiy hisobda, DeepSeek tufayli AQSh fond bozori 1 trillion dollar yo‘qotdi.
Bu holat, AQSh va Xitoy kompaniyalari o‘rtasidagi raqobat kundan-kunga siyosiylashib ketishiga olib kelishi mumkin...

Forwarded from Paiziev24
Барча бизнес эгалари ва топ-менеджерлар уйламай, ChatGPTнинг $200 долларлик тарифини сотиб олиб, Deep Research орқали бизнес стратегиялари, йиллик роадмаплар, рақобатчилар таҳлили ва бизнес моделлари бўйича саволлар беришларини тавсия киламан. ChatGPT каби кучли бизнес аналитик бундай таҳлилни сизга $20,000дан кам нархга тақдим қилмайди.
Шунчаки, ВАУ!
@paiziev24
Шунчаки, ВАУ!
@paiziev24
404
Барча бизнес эгалари ва топ-менеджерлар уйламай, ChatGPTнинг $200 долларлик тарифини сотиб олиб, Deep Research орқали бизнес стратегиялари, йиллик роадмаплар, рақобатчилар таҳлили ва бизнес моделлари бўйича саволлар беришларини тавсия киламан. ChatGPT каби…
Boshlang'ich va o'rta darajadagi menejment konsultantlarni, biznes analitiklarni, tadqiqotchilarni va data analitiklarni qaysidir ma'noda o'rnini bosadi.