Qo‘shrabot.uz | Rasmiy kanal
4.98K subscribers
19.8K photos
2.42K videos
29 files
7.73K links
Qo'shrabot tuman hokimligining yagona rasmiy kanali
Download Telegram
🔴Live

🛩Ayni damda yirik loyihalarni amalga oshirish maqsadida
xorijlik investorlar Qo‘shrabot tumanida boʻlib turibdi.


🇺🇿🇨🇳O‘zbekiston va Xitoy mamlakatlari o‘rtasida turli sohalarda ikki tomonlama hamkorlik izchil va samarali rivojlanmoqda.

🤝Qo‘shrabot tumanida yangi investitsion loyihalarni amalga oshirish, tumanning iqtisodiy imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanish maqsadida, xorijlik investorlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.

🏭Shu maqsadda Qo‘shrabot tumanida investitsion hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida bugun Xitoylik ishbilarmon doira vakillari tumanga tashrif buyurdi.

Ayni damda Qoʻshrabot tumani hokimi Dilshod Shakarboyev va Xitoylik investorlar ishtirokida Qoʻshrabotda yirik loyihani amalga oshirish xususan, granit ishlab chiqarish va qayta ishlash zavodini qurish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati

Ulaning va ulashing:
👇👇👇
👉
https://t.me/qushrabottumanhokimligi
📌Tuman hokimining navbatdagi ommaviy sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Bugun, tuman hokimi D.Shakarboyev boshchiligida sektor rahbarlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo‘shrabot tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri B.Yusupov, korxona va tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida tuman markazidagi 5-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida navbatdagi ommaviy sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarni o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash bo‘yicha tuman hokimi tomonidan mas’ullarga qat'iy topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Qabul so‘nggida bundan oldingi qabulda tushgan murojaatlar ijrosi tahlil qilindi. Takror murojaatlarning ijrochisi va mas’ul tashkilot rahbariga nisbatan qoununchilikka muvofiq ta’sir choralari ko‘rib borilishi ta’kidlandi.

Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati

Ulaning va ulashing:

👇👇👇
👉https://t.me/qushrabottumanhokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎼Aziz yurtdoshlar, qadrli san’at ixlosmandlari!

🌍Sizlarni, shu yilning 17-18-may kunlari Qo‘shrabot tumanida ilk bor o‘tkaziladigan respublika baxshichilik tanlovi hamda “Ergash Jumanbulbul o‘g‘li ijodi va Qo‘rg‘on dostonchilik maktabi adabiy merosining Yangi O‘zbekiston ma’naviy-madaniy taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusidagi xalqaro konferensiyaga taklif etamiz.

🎶Tadbirlarda yurtimiz baxshilari va folklorshunos, san’atshunos olimlar bilan birga Turkiya, Ozarboyjon, Qozog‘iston, Tojikiston va boshqa davlatlardan taniqli baxshi va oqinlar, san’at va madaniyat namoyondalari, ilm-fan vakillari ishtirok etadi.

🐎Tanlov va konferensiya doirasida Samarqand hunarmandchiligi namunalari ko‘rgazmasi, ot sporti musoboqasi, galakonsert va mushoiralar o‘tkaziladi. Tadbirlar tuman markazi, Qo‘rg‘on va Pangat qishloqlaridagi bog‘ va xiyobonlar, dam olish maskanlarida tashkil etiladi. Bu joylarda milliy qadriyatlarni aks ettiruvchi teatrlashtirilgan tomoshalar, milliy xalq o‘yinlari, qadimiy san’at durdonalari va milliy taomlar ko‘rgazmalari namoyish etilishi ko‘zda tutilgan.

🎤Ha, darvoqe, festivalda O‘zbekiston xalq artistlari va baxshilar, taniqli san’atkorlar, shoir va yozuvchilar qatnashadi. Xullas, bo‘lib o‘tadigan tadbirlardan zavq olish bilan birga maroqli hordiq ham chiqarishingiz mumkin.

🎻Aziz yurtdoshlar, Sizlarni 17-18-may kunlari Qo‘shrabotda kutib qolamiz!

Qo‘shrabot tuman hokimligi axborot xizmati

Ulaning va ulashing:
👇👇👇
👉 https://t.me/qushrabottumanhokimligi
#Tayinlov

Tuman hokimining tegishli farmoyishi bilan Abilov Umidjon Berdiqul o‘g‘li - tuman hokimligi ish yurituvchi kotibi vazifasiga tayinlandi.

Umidjon Abilov, 2000-yil Samarqand viloyati, Qo‘shrabot tumanida tug‘ilgan.

Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati

Ulaning va ulashing:
👇👇👇
👉
https://t.me/qushrabottumanhokimligi
Осиё хотин-қизлари форуми иштирокчиларига

Участникам Азиатского форума женщин

To the participants of the Asian women's forum

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ob-havo

Bugun, 14-may kuni Samarqand viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati

Ulaning va ulashing:

👇👇👇
👉https://t.me/qushrabottumanhokimligi
#Diqqat_diqqat

📌Aziz tumandoshlar, tabiiy gaz isteʼmolchilari!

🔥Avval xabar berganimizdek, bugun 14-may kuni soat 09:00 dan 18:00 ga qadar Ishtixon tumanining GRSda ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilishini maʼlum qilamiz.

🏭Keltirilgan noqulayliklar tufayli Qo‘shrabottumangaz ta’minoti iste’molchilardan uzr so‘raydi.

👉Hurmatli fuqarolar bu xabarni yaqinlaringizga yetkazishda amaliy yordam berishlaringizni so‘raymiz.

Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati

Ulaning va ulashing:
👇👇👇
👉 https://t.me/qushrabottumanhokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Samarqand_TV

Qo‘shrabot tumani Qovunchi OSHP mudiri, "2-darajali sog‘lom avlod uchun", "Mehnat shuhrati" ordenlari sohibi Inoyat Arkayev Samarqand telekanalining “ASSALOM SAMARQAND”musiqiy dam olish dasturi mehmoni boʻldi.

Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati

Ulaning va ulashing:
👇👇👇
👉
https://t.me/qushrabottumanhokimligi
👆Bugun, 14-may kuni suyultirilgan gaz ballon tarqatilishi rejalashtirilgan mahallalar ro'yxati va ushbu mahallalarga olib borilishi bo'yicha mas'ul xodimlar telefon raqami.

👉"Yuqori Joʻsh" MFY 
📞99-334-87-91, 97-917-31-41


👉"Qoratosh" MFY
📞95-228-47-48, 97-286-96-00


👉"Qiyqim" MFY
📞93-619-12-39, 77-022-21-66

👉"Mayintepa" MFY
📞97-926-95-91, 97-928-98-04

🔥 Tuman gaz ta'minoti suyultirilgan gaz ballon yetkazib berish bo'yicha mas'ul xodim
O'rolboy Abdilakimov
📱tel: +998 77 777 91 63

Qo'shrabot tumani hokimligi axborot xizmati

Ulaning va ulashing:
👇👇👇
👉
https://t.me/qushrabottumanhokimligis
Tayinlov

O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining tegishli buyrug’i bilan Boboyev Sarvar Boltayevich O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Samarqand viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig’i lavozimiga tayinlandi.

Ulaning va ulashing:
👇👇👇
👉 https://t.me/qushrabottumanhokimligi
Samarqand viloyatidan E-auksion.uz platformasi orqali 8006 dan ortiq dehqon xo'jaligi yerlarini ijaraga oling!

🟢
Oqdaryo tumanidan 290 ta (ko'rish)
🟢 Bulung'ur tumanidan 420 ta (ko'rish)
🟢 Jomboy tumanidan 925 ta (ko'rish)
🟢 Ishtixon tumanidan 574 ta (ko'rish)
🟢 Kattaqo‘rg‘on tumanidan 304 ta (ko'rish)
🟢 Qo‘shrabot tumanidan 4 ta (ko'rish)
🟢 Narpay tumanidan 628 ta (ko'rish)
🟢 Payariq tumanidan 1124 ta (ko'rish)
🟢 Pastdarg‘om tumanidan 609 ta (ko'rish)
🟢 Paxtachi tumanidan 893 ta (ko'rish)
🟢 Samarqand tumanidan 759 ta (ko'rish)
🟢 Nurobod tumanidan 245 ta (ko'rish)
🟢 Urgut tumanidan 1118 ta (ko'rish)
🟢 Toyloq tumanidan 113 ta (ko'rish)

🎞 Video-qo‘llanma 👈

🤵🏻 "E-AUKSION" vakili: 99 207-26-07 ☎️
🤵🏻 "E-AUKSION" vakili: 99 207-36-07 ☎️

Ulaning va ulashing:
👇👇👇
👉
https://t.me/qushrabottumanhokimligi