Qo‘shrabot.uz | Rasmiy kanal
5.29K subscribers
22.5K photos
2.65K videos
36 files
8.74K links
Qo'shrabot tuman hokimligining yagona rasmiy kanali
Download Telegram
📌Yong‘inlar profilaktikasi kuni”

⚡️Tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan “Yong‘inlar profilaktikasi kuni” munosabati bilan Katta Oqmachit mahallasida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

👮‍♂️Tadbir davomida bo‘lim xodimlari aholi yashash xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarida boʻlib is gazidan zaharlanish, gaz havo aralashmasining chaqnashi, yongʻinlarni oldini olish maqsadida tushuntirish targʻibot ishlari amalga oshirildi.

Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati

Ulaning va ulashing:
👇👇👇
👉 https://t.me/qushrabottumanhokimligi
📌Viloyat Ishchi guruhi a’zolari Qoʻshrabot tumanida

🔹Bugun, Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati mudiri S.Usmonov boshchiligidagi viloyat Ishchi guruhi a’zolari Qoʻshrabot tumanida boʻlib, tumanda Soliq bazasini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, mol-mulk va yer solig‘i tushumlari, ro‘yxatdan o‘tmasdan faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar, norasmiy ishchilarni rasmiylashtirish, soliq hisobotlarida ish o‘rinlarini ko‘rsatilishi kabi masalalar yuzasidan tahliliy muhokama yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

🔸Viloyat Ishchi guruhi a’zolari, tuman soliq inspeksiyasi xodimlari va tegishli mas’ullar ishtirok etgan uchrashuvda tuman hokimi Dilshod Shakarboyev tomonidan yuqoridagi masalalar yuzasidan o‘rganish ishlari tumanning barcha mahallalarida viloyat Ishchi guruhi bilan tuman mas’ullari hamkorlikda olib borilishi, har bir yo‘nalish bo‘yicha jiddiy e’tibor qaratilib, o‘rganilishi bo‘yicha mas’ullarga topshiriq va koʻrsatmalar berildi.

Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati
#Matbuot_anjumani

Qo'shrabot tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi bo'limi bosh mutaxissisi Elyor Salimov ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.

Mavzu: Tumanda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishhlar to'g'risida.

Batafsil: https://telegra.ph/Qoshrabot-tumani-Ekologiya-atrof-muhitni-muhofaza-qilish-va-iqlim-ozgarishi-bolimi-bosh-mutaxissisi-Elyor-Salimov-ishtirokida-ma-05-10

Qo'shrabot tumani hokimligi axborot xizmati

Ulaning va ulashing:
👇👇👇
👉
https://t.me/qushrabottumanhokimligi
🌱 Mavsumiy ishlarda band bo‘lgan fuqarolarga pensiya tayinlanishi uchun o‘rtacha oylik ish haqi qanday hisoblanadi?

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunning 31-moddasiga muvofiq:

mavsumiy ishlarda band bo‘lgan xodimlarga pensiyalar tayinlashda pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqi, ishdagi mavjud tanaffuslardan qat’i nazar, mehnat faoliyatining oxirgi o‘n yili davomidagi istalgan ketma-ket besh mavsumdagi (pensiya so‘rab murojaat etgan kishining tanlovi bo‘yicha) qayta hisoblangan ish haqining umumiy miqdorini oltmishga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.

Qoʻshrabot tuman Pensiya jamg‘armasi bo‘lim boshlig‘i N.Avazov

Ulaning va ulashing:
👇👇👇
👉 https://t.me/qushrabottumanhokimligi
Ob-havo

Bugun, 12-may kuni Samarqand viloyatida havo o‘zgarib turadi, kunduzi ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Gʻarbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 11-16, kunduzi 19-24 daraja iliq bo‘ladi.

Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati

Ulaning va ulashing:

👇👇👇
👉https://t.me/qushrabottumanhokimligi
“BMT-Ayollar” tuzilmasining direktori Samarqandga keldi


2024-yil 13-14-may kunlari Samarqandda Osiyo xotin-qizlar forumi bo‘lib o‘tadi. Bugun tong saharda mazkur forum ishida ishtirok etish uchun “BMT-Ayollar” tuzilmasining direktori Sima Sami Baxus (Sima Sami Bahous) hamda Turkiyaning oila ishlari va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri Mahinur O‘zdemir Go‘ktash (Mahinur Özdemir Göktaş) Samarqandga yetib kelishdi.

Mehmonlarni Samarqand Xalqaro aeroportida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov kutib oldi.
📌Bugun Xalqaro hamshiralar kuni!

👩‍⚕️12-may - hamshiralik ishi asoschisi Florens Naytingeyl (1820-1910) tugʻilgan kunda dunyo hamshiralari oʻz kasb bayrami - Butunjahon hamshiralar kunini nishonlashadi.

🧑‍⚕️Xalqaro hamshiralar kunini tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror 1899-yilda tuzilgan. Bu Avstraliya, Kanada, Daniya, Buyuk Britaniya, AQSH va boshqa mamlakatlarda hamshiralar ishni qadrlagan dunyodagi birinchi professional ayollar tashkiloti boʻlgan.

👩‍🔬Hamshiralik kasbi egalari mehnatini e’zozlab, yaratayotgan erkinlik va qo‘llab-quvvatlashlari har birimizning ruhiyatimizni ko‘tarib, faoliyatimizga nisbatan sidqidildan yondashish kerakligini eslatib turadi. Ular mehnati e’tirof etilib, e’zozlandi.

💐Shu munosabat bilan yurtimizdagi barcha hamshiralarni ushbu xalqaro kasb bayrami bilan samimiy qutlaymiz.

Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati

Ulaning va ulashing:

👇👇👇
👉https://t.me/qushrabottumanhokimligi
Ob-havo

Bugun, 13-may kuni Samarqand viloyatida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.

Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati

Ulaning va ulashing:

👇👇👇
👉https://t.me/qushrabottumanhokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Oʻzbekiston24

"O‘zbekiston 24"
telekanalining Axborot24 ko‘rsatuvi orqali "Qo‘shrabot tumanida yoshlarga kasb-hunar o‘rgatilmoqda" sarlavhasi ostida videolavha efirga uzatildi.

Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati

Ulaning va ulashing:
👇👇👇
👉 https://t.me/qushrabottumanhokimligi
👆Bugun, 13-may kuni suyultirilgan gaz ballon tarqatilishi rejalashtirilgan mahallalar ro'yxati va ushbu mahallalarga olib borilishi bo'yicha mas'ul xodimlar telefon raqami.

👉"Boypoʻrishli" MFY 
📞93-888-11-72, 50-751-25-45


👉"Qoratosh" MFY
📞95-228-47-48, 97-286-96-00


👉"Qiyqim" MFY
📞93-619-12-39, 77-022-21-66

👉"Mayintepa" MFY
📞97-926-95-91, 97-928-98-04

🔥 Tuman gaz ta'minoti suyultirilgan gaz ballon yetkazib berish bo'yicha mas'ul xodim
O'rolboy Abdilakimov
📱tel: +998 77 777 91 63

Qo'shrabot tumani hokimligi axborot xizmati

Ulaning va ulashing:
👇👇👇
👉
https://t.me/qushrabottumanhokimligis
E-auksion.uz platformasi biznes uchun qulay platforma!

Samarqand viloyatidan
e-auksion.uz platformasi orqali Biznes uchun 4739 dan ortiq ko'chma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling.

🔹 Samarqand shahridan 20 ta (ko'rish)
🔹 Kattaqo‘rg‘on shahridan 66 ta (ko'rish)
🔹 Oqdaryo tumanidan 88 ta (ko'rish)
🔹 Bulung'ur tumanidan 104 ta (ko'rish)
🔹 Jomboy tumanidan 124 ta (ko'rish)
🔹 Ishtixon tumanidan 404 ta (ko'rish)
🔹 Kattaqo'rg'on tumanidan 242 ta (ko'rish)
🔹 Qo'shrabot tumanidan 354 ta (ko'rish)
🔹 Narpay tumanidan 387 ta (ko'rish)
🔹 Payariq tumanidan 502 ta (ko'rish)
🔹 Pastdarg'om tumanidan 560 ta (ko'rish)
🔹 Paxtachi tumanidan 257 ta (ko'rish)
🔹 Samarqand tumanidan 364 ta (ko'rish)
🔹 Nurobod tumanidan 183 ta (ko'rish)
🔹 Urgut tumanidan 758 ta (ko'rish)
🔹 Toyloq tumanidan 326 ta (ko'rish)

Ushbu obyektlar Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi
485-son qaroriga ko'ra savdoga chiqarilmoqda.


🎞 video-qo'llanma 👈

Ulaning va ulashing:
👇👇👇
👉
https://t.me/qushrabottumanhokimligi
#Diqqat_diqqat

📌Aziz tumandoshlar, tabiiy gaz isteʼmolchilari!

🔥Ertaga 14-may kuni soat 09:00 dan 18:00 ga qadar Ishtixon tumanining GRSda ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilishini maʼlum qilamiz.

🏭Keltirilgan noqulayliklar tufayli Qo‘shrabottumangaz ta’minoti iste’molchilardan uzr so‘raydi.

👉Hurmatli fuqarolar bu xabarni yaqinlaringizga yetkazishda amaliy yordam berishlaringizni so‘raymiz.

Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati

Ulaning va ulashing:
👇👇👇
👉 https://t.me/qushrabottumanhokimligi