Qo‘shrabot.uz | Rasmiy kanal
5.29K subscribers
21.7K photos
2.57K videos
33 files
8.41K links
Qo'shrabot tuman hokimligining yagona rasmiy kanali
Download Telegram
⚡️"Yosh kelin-kuyovlar maktabi"da uchrashuv

Bugun, Qo’shrabot tuman Oila va xotin-qizlar bo’limi hamda tuman FHDYo bo’limi bilan hamkorlikda Vazirlar Mahkamasining «Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 820-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida yosh oila quruvchilar bilan «Farovon oila - jamiyat ravnaqining asosi» mavzusida o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

Mavzu doirasida nikohlanuvchi shaxslarni oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va budjeti, reproduktiv salomatlik asoslari, ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari bo‘yicha hayotiy misollar asosida tinglovchilarga kerakli bilimlar berildi.

Shuningdek, o‘quv kurslarini yakunlagan tinglovchilarga Sertifikatlar taqdim etildi.

Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati

Ulaning va ulashing:
👇👇👇
👉
https://t.me/qushrabottumanhokimligi
📌BO‘SH ISH O‘RINLARI MEHNAT YARMARKASIGA MARHAMAT!

Hurmatli fuqarolar, ish qidiryapsizmi?

⚡️Joriy yilning 10-sentyabr kuni soat 11:00 da Qo‘shrabot tuman hokimligi hamda tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan bo‘lib o‘tadigan “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasiga taklif etamiz.

🏢Manzil: 👉Qo‘rg‘on mahallasi hududida joylashgan 88-umumiy o‘rta ta'lim maktabi binosi.

👉Keling, ko‘ring, o‘zingizga mos ishni tanlang!

Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati

Ulaning va ulashing:

👇👇👇
👉 https://t.me/qushrabottumanhokimligi
Samarqand viloyatidan E-auksion.uz platformasi orqali 40 ta davlat aktivlarini bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib oling!

🔹
Samarqand shahridan 8 ta (ko'rish)
🔹 Oqdaryo tumanidan 4 ta (ko'rish)
🔹 Bulung‘ur tumanidan 2 ta (ko'rish)
🔹 Jomboy tumanidan 1 ta (ko'rish)
🔹 Ishtixon tumanidan 2 ta (ko'rish)
🔹 Kattaqo‘rg‘on tumanidan 2 ta (ko'rish)
🔹 Qo‘shrabot tumanidan 6 ta (ko'rish)
🔹 Payariq tumanidan 4 ta (ko'rish)
🔹 Pastdarg‘om tumanidan 10 ta (ko'rish)
🔹 Paxtachi tumanidan 1 ta (ko'rish)
🔹 Nurobod tumanidan 3 ta (ko'rish)
🔹 Urgut tumanidan 3 ta (ko'rish)
🔹 Toyloq tumanidan 2 ta (ko'rish)
🔹 Kattaqo‘rg‘on shahridan 1 ta (ko'rish)

🎞 Video-qo‘llanma

🤵🏻 "E-AUKSION" vakili: 99 207-26-07 ☎️
🤵🏻 "E-AUKSION" vakili: 99 207-36-07 ☎️

Ulaning va ulashing:
👇👇👇
👉
https://t.me/qushrabottumanhokimligi
📌 “TADBIRKOR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI

Tuman IIB JXX probatsiya guruhi hisobida turgan shaxslar bilan tadbirkorlar o‘rtasida muntazam ravishda uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Ana shunday uchrashuvlardan biri “Obod turmush ildizlari”, “Nur”, “Akfa Plast”, "Ro‘ziyeva Surayyo" “Davr Qo‘rg‘on ildizlari” MCHJlar kabi tadbirkorlik subyektlari bilan bo‘lib o‘tdi.

O‘tkazilgan uchrashuvda tadbirkorlikka nazoratdagi yoshlarni jalb qilish maqsadida yoshlar uchun ajratilayotgan imtiyozli kreditlar to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borilib, savdo faoliyatlari bilan tanishtirildi.

Tadbir davomida, “Ro‘ziyeva Surayyo” korxonasi tomonidan zamonaviy uskunalar asosida mebellar ishlab chiqarish uchun yaratilayotgan bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida aytib o‘tilib, 4 nafar yoshni ishga joylashtirish uchun ro‘yxatga olindi.

Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati

Ulaning va ulashing:
👇👇👇
👉
https://t.me/qushrabottumanhokimligi
Hurmatli fuqarolar!

Mol-mulk va yer soliqlarini teng ulushda 15-oktabrga qadar amalga oshirishingiz lozim.

Uyingizdan chiqmasdan Soliq mobil ilovasi orqali to‘lash imkoniga egasiz!

Soliqlar – yurtimiz farovonligi, yo‘llarimiz ravonligi, sarhadlarimiz mustahkamligi, aholi salomatligi, farzandlar kelajagi uchun sarflanadi.

Ulaning va ulashing:
👇👇👇
👉
https://t.me/qushrabottumanhokimligi
Hokim yordamchisi lavozimi joriy etilishidan maqsad xalq ichiga kirib, ularning dardu tashvishlariga quloq tutish, aholi muammolarini o‘rganib, bartaraf etishdan iborat. Zero, hokim yordamchilarining barcha harakatlari xalqning turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan.

Quvkalla mahalla fuqarolar yig‘inida 506 ta xonadon mavjud bo‘lib, 715 ta oila va 3015 nafar aholi istiqomat qiladi.

- Mahallamizda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirishga eng ustuvor vazifa sifatida qaralyapti, - deydi hokim yordamchisi Baxtiyor Mirzabekov.

Hududda yirik korxonalar mavjud bo‘lmasada, aholi xizmat ko‘rsatish hamda o‘zini-o‘zi band qilish orqali ro‘zg‘or tebratishga imkoniyat topib kelmoqda. O‘z mehnat va tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar ham ko‘pchilikni tashkil etadi. Ularning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda subsidiyalar orqali motokultivator, tikuv mashinasi, gaz plita kabi asbob-uskunalar olib berilmoqda.

👉Kanalga ulanish:
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Халқаро тўқимачилик ишлаб чиқарувчилари федерацияси ва Халқаро кийим-кечак федерациясининг қўшма конференцияси иштирокчиларига табриги

Поздравление Президента Шавката Мирзиёева участникам совместной конференции Международной Федерации производителей текстиля и Международной Ассоциации производителей одежды

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Сентябр бўш иш ўринлари.xlsx
26.7 KB
⚡️Qo‘shrabot tumanida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari ro‘yxati

📌 Agar sizda ro‘yxatda ko‘rsatilgan bo‘sh ish o‘rinlaridan biriga joylashish istagi bo‘lsa, bevosita ish beruvchiga yoki tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.

❗️Ma’lumot 2024-yil 6-sentyabr holatiga ko‘ra taqdim etilmoqda.

Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati

Ulaning va ulashing:
👇👇👇
👉
https://t.me/qushrabottumanhokimligi