Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
13.9K subscribers
17.6K photos
1.01K videos
2 files
12.3K links
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan tanishishingiz (https://taplink.cc/oliymajlis) mumkin.
Download Telegram
#navoiy_tavalludining_583_yilligi
#deputat_fikri

NAVOIYDAN TOPARSAN O‘ZNI!


Navoiyni o‘rganmoq o‘zlikni tanimoqlikdir. Keling, shu xususda Navoiy sari bir qadam tashlaylik. Nigohimizni bir g‘azalning ikki misrasi sharhiga qarataylik:

Kimki, bir ko‘ngli buzug‘ning xotirin shod aylagay,
Oncha borkim, Ka’ba vayron bo‘lsa, obod aylagay.


Matla’li g‘azali ishqiy-tasavvufiy mavzuda bo‘lsa-da, faqat shu doira bilan cheklanib qolmagan. Ushbu g‘azalda ko‘pdan-ko‘p hayotiy muammolar, hissiy lavhalar, dunyoviy manzaralar, axloqiy solishtirish va mantiqiy xulosalar aks etgan. Kimki ko‘ngli buzilgan bir mazlumning dodiga yetsa, buning savobi vayron qilingan Ka’bani tuzatgan bilan tengdir. Bir tomonda — “ko‘ngli buzug‘” (siniq) inson, ikkinchi tomonda — “vayron Ka’ba”. Mana, shoir qanday qadriyatlarni solishtiradi! Navoiyning insonni hamma narsadan muqaddas va musharraf tutganligiga, barcha narsani uning xizmatiga qo‘yganligiga, ya’ni tengsiz gumanizmiga bundan ortiq yana qanday dalil keltirmoq mumkin?! Tazodning chiroyli namunasi bo‘lgan bu qo‘shmisra ushbu g‘azalning shohbaytidir. Aslida, u yordan lutf-marhamat ilinjida aytilgan edi. Lekin u o‘z holicha naqadar keng miqyosli insonparvarlik madhiyasiga aylangan.

Farida BO‘TAYEVA,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati


Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Live
#deputat_fikri

☝️ Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasi muhokamasidan...


Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO