Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
13.9K subscribers
17.6K photos
1.01K videos
2 files
12.3K links
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan tanishishingiz (https://taplink.cc/oliymajlis) mumkin.
Download Telegram
#Live

♻️ Majlisda “Kosmik faoliyat to‘g‘risida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilyapti.

👉 Qonun loyihasi bilan kosmik faoliyatning prinsiplari, davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, soha uchun mas’ul organlar, ularning vakolatlari o‘zaro taqsimlanib, vazifalari aniq belgilab berilmoqda.

👉 Jumladan, kosmik sohada teng huquqli va o‘zaro manfaatli xalqaro hamkorlik qilish, kosmik faoliyatni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlash va uni rag‘batlantirish, kosmik texnologiyalardan foydalangan holda sohalar shaffofligi va raqamlashtirish darajasini oshirishga ko‘maklashish tamoyillari nazarda tutilmoqda.
_______________________

♻️ На очередном пленарном заседании Законодательной палаты Олий Мажлиса депутатами в первом чтении рассматривается проект закона «О космической деятельности».

👉 В законопроекте четко определены принципы космической деятельности, основные направления государственной политики, органы, ответственные за сферу, их полномочия и их задачи.

👉 В частности, предусмотрены принципы равноправного и взаимовыгодного международного сотрудничества в космической сфере, поддержка и стимулирование приоритетных направлений развития космической деятельности, содействие повышению уровня прозрачности и цифровизации сфер использования космических технологий.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

Quyidagilar kosmik sohada davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilanmoqda:

— kosmik xizmatlarning milliy bozorini yaratish va rivojlantirish;

— kosmik obyektlarni yaratish hamda ulardan foydalanish;

— sohada malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimini rivojlantirish;

— yerni kosmik apparatlar orqali zondlash, sohalarda kosmik monitoringni amalga oshirish.
_______________________

В качестве одного из основных направлений государственной политики в космической сфере определены:

— создание и развитие национального рынка космических услуг;

— создание космических объектов и их использование;

— развитие системы подготовки, переподготовки и повышения квалификации квалифицированных кадров в отрасли;

— зондирование Земли с помощью космических аппаратов, осуществление космического мониторинга в отраслях.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

♻️ Qonun loyihasi kosmik sohani tartibga solishga va unga huquqiy maqom berishga, kosmik faoliyat natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarni boshqarishga, atrof-muhitni muhofaza qilishga, tinchlik va xavfsizlikni saqlash kabi masalalar hal etilishiga xizmat qiladi.

👉 Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan konseptual jihatdan ma’qullandi.
_______________________

♻️ Законопроект послужит регулированию космической отрасли и приданию ей юридического статуса, решению таких вопросов, как управление рисками, защита окружающей среды, поддержание мира и безопасности, которые могут возникнуть в результате космической деятельности.

👉 Законопроект концептуально принят депутатами.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

🔹 Majlisda deputatlar tomonidan “Kosmik fazo, shu jumladan Oyni va boshqa samoviy jismlarni tadqiq qilish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha davlatlarning faoliyati prinsiplari to‘g‘risidagi shartnomaga (London, Moskva va Vashington, 1967-yil 27-yanvar) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida”gi qonuni loyihas ko‘rib chiqilmoqda.

🔹 Ta’kidlanganidek, mazkur Shartnoma 2024-yil 1-yanvar holatiga, 114 ta davlat tomonidan ratifikatsiya qilingan. Shartnoma kosmik fazoning huquqiy maqomi asoslarini belgilaydi hamda kosmosdan tinch maqsadlarda foydalanishni ta’minlash uchun xalqaro qoidalar va tamoyillarni o‘rnatadi.
_______________________

🔹 На очередном пленарном заседании Законодательной палаты Олий Мажлиса депутаты рассматривается проект закона «О присоединении Республики Узбекистан к Договору о принципах деятельности государств по исследованию и использованию космического пространства, включая Луну и другие небесные тела (Лондон, Москва и Вашингтон, 27 января 1967 года)».

🔹 Отмечено, по состоянию на 1 января 2024 года данное Соглашение ратифицировано 114 странами. Договор устанавливает основу правового статуса космического пространства и международные правила и принципы, обеспечивающие использование космического пространства в мирных целях.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live

☝️ Majlisda bir guruh deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini soddalashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqilmoqda.

➡️ Mazkur qonun loyihasi bilan maxsus iqtisodiy zonalarning ma’muriy kengashlari tugatilib, ularning vazifalari maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalari hamda yagona direksiyalarga yuklatilishi nazarda tutilmoqda.
_______________________

☝️ На заседании концептуально в первом чтении рассматривается законопроект, направленный на координацию деятельности и упрощение системы управления специальных экономических зон, разработанный группой депутатов на основе права законодательной инициативы.

➡️ Данным законопроектом упраздняются административные советы специальных экономических зон с возложением их задач на дирекции специальных экономических зон.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

🔰 Shu bilan birga, maxsus iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish muddatlarini optimallashtirish, investitsiya loyihalarining biznes-rejalari yoki texnik-iqtisodiy asoslariga ekspertiza xulosalari olish talabi bekor qilinib, loyihalarning qonun loyihasida aks etayotgan talablarga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalari tomonidan mustaqil ravishda qabul qilinishi belgilanmoqda.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
_______________________

🔰 При этом определяется оптимизация сроков принятия решений по размещению инвестиционных проектов на территории специальных экономических зон и отмена требований по получению заключений экспертизы бизнес-плана или технико-экономического обоснования инвестиционного проекта, установление нормы, согласно которой решение о соответствии проектов требованиям данного законопроекта принимаются дирекциями специальных экономических зон самостоятельно.

Законопроект принят депутатами в первом чтении.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

Majlisda “Aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilyapti.

Loyiha bilan aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilishning asosiy prinsiplari, atrof tabiiy muhitga shovqin orqali zararli ta’sir ko‘rsatganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari, aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish sohasidagi davlat organlarining vakolatlari belgilab qo‘yilmoqda.
_______________________

На заседании концептуально в первом чтении рассматривается проект закона «О защите населения от вредного шумового воздействия».

Законопроектом определяются основные принципы защиты населения от вредного воздействия шума, компенсационные выплаты за вредное воздействие шума на природную среду, а также полномочия государственных органов в области защиты населения от вредного воздействия шума.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

➡️ Qonun loyihasi bilan fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzadigan harakatlarning qat’iy ro‘yxati tasdiqlanmoqda, shuningdek fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzishga yo‘l qo‘yilmaydigan vaqtlar oralig‘i belgilanmoqda.

➡️ Ya’ni, tungi vaqtda — sutkaning soat 23:00 dan 06:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, shuningdek dam olish kunlari va qonunchilik bilan belgilangan ishlanmaydigan bayram kunlari soat 22:00 dan 09:00 gacha vaqt oralig‘ida — fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikni kuchaytirish taklif etilmoqda.

➡️ Bunga ko‘ra, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilab qo‘yilmoqda. Amalda mazkur huquqbuzarliklar uchun jarimalar miqdori fuqarolarga – 113 ming so‘m, mansabdor shaxslarga esa 113 ming so‘mdan 226 ming so‘mgacha bo‘lgan miqdorni tashkil etadi.
_______________________

➡️ Законопроектом утвержден строгий перечень действий, а также определен срок, в течение которого не допускается нарушение спокойствия и нормального отдыха граждан.

➡️ То есть предлагается усилить административную ответственность за нарушение спокойствия и нормального отдыха граждан в ночное время - с 23:00 до 06:00, а также с 22:00 до 09:00 часов в выходные и установленные законом нерабочие дни.

➡️ То есть это влечет наложение штрафа на граждан в сумме от трех до пяти, а на должностных лиц — от десяти до пятнадцати базовой расчетной величины. На практике размер штрафов за данные нарушения составляет 113 000 сумов для граждан и от 113 000 до 226 000 сумов для должностных лиц.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

🔹 Deputatlarning ta’kidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi mamlakatimizda aholining qulay tabiiy muhitda hayot kechirishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ularning salomatligi va osoyishtaligini har qanday zararli shovqinlar ta’siridan himoya qilish borasida samarali huquqiy mexanizmlarni yaratishga xizmat qiladi.

🔹 Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
_______________________

🔹 По словам депутатов, принятие законопроекта послужит созданию эффективных правовых механизмов для выполнения необходимых условий проживания населения в комфортной природной среде, для защиты его здоровья и отдыха от воздействия любого вредного шума.

🔹 Проект закона принят депутатами.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO