Qirqqishloq News
1.84K subscribers
3.57K photos
1.39K videos
6 files
513 links
Qishlog‘imiz, yaqin atrof hamda Oʻzbekistonda sodir bo‘layotgan eng soʻnggi yangiliklar.

Qishloq haqida.
Baxmal haqida.
Ekologiya haqida.
Taʼlim haqida.
Biznes haqida.
Download Telegram
#kazakstan / #uzbekistan

Qozogʻiston va Oʻzbekiston misolida.

Kanalga ulanish uchun ⤵️

@qirqqishloq_news
#qarzlar / #ahvolimiz / #uzbekistan

O‘zbekiston davlat qarzi 31,5 mlrd dollarga yetdi.

Joriy yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekiston davlat qarzi 2,3 mlrd dollarga ko‘paydi. Mamlakatlar kesimida eng ko‘p tashqi qarzi Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreyadan olingan.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#futbol / #uzbekistan / #sergeyev

Bugun Eron bilan oʻyinda durangga olib kelgan hal qiluvchi golni Igor Sergeyev urdi.

Bir vaqtlar hamma rosa soʻkkan, ustidan kulgan edi. Mana vaqt oʻtib Sergeyev foydali oʻyinchi ekanligini isbotlayapti. Hal qiluvchi gollar uryapti. Qozogʻistonda ham ancha sermahsul oʻynadi. Hozir Tailandda oʻynayapti.

Shu sabab oʻsha vaqtlarda soʻkkanlar Sergeyevdan uzr soʻrab qoʻyishi kerak. Ayniqsa, bir tiyinga qimmat "Million", "Bravo" ga oʻxshash masqaraboz jamoalar.

Yashavor Igorjon. Sen bilan faxrlanamiz.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#benzin / #uzbekistan / #narx_navo

Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng qimmat benzin O’zbekistonda ekan.

Reytingda 2024-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistondagi yoqilg‘i narxi litri uchun salkam 1,118 dollar etib belgilangan, bu jahon bo‘yicha o‘rtacha narxdan (1,30 dollar) kam. Markaziy Osiyo davlatlari bilan taqqoslanganda O‘zbekistonda benzin narxi yuqoriligicha qolyapti.

Markaziy Osiyo davlatlarda quyidagicha ko’rsatkich qayd etilgan:

— Qozog‘iston 11-o‘rin (0,534 dollar)
— Qirg‘iziston 25-o‘rin (0,801 dollar)
— Afg‘oniston 48-o‘rin (1,059 dollar)
— Tojikistondagi narxlar bo‘yicha ma’lumot taqdim etilmagan.
Turkmanistonda esa mintaqadagi eng arzon narx (0,428 dollar) kuzatilgan.

Ushbu reyting turli mamlakatlar o‘rtasidagi benzin narxlaridagi sezilarli farqni aks ettiradi, boy mamlakatlarda narxlar ko‘pincha yuqori bo‘ladi, kambag‘al mamlakatlar, neft ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi mamlakatlarda esa arzonroq.

AQSH bundan mustasno bo‘lib, iqtisodiy rivojlangan mamlakatda benzinning narxi (0,911 dollar) nisbatan arzon.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#rossiya / #putin / #uzbekistan

Vladimir Zelenskiy navbatdagi matbuot anjumanida Rossiya Ukrainadan keyin O’zbekistonni bosib olishi mumkinligi haqida gapiribdi.

“Ukrainadan keyin kimni shunday xavf-xatarlar kutayotganini juda yaxshi bilasiz. Agar Ukraina muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, keyingi o‘rinlarni Litva, Latviya, Estoniya, Moldova egallashi mumkin. Yaqinda u Finlyandiya va O‘zbekiston haqida gapira boshladi. Hammamiz birgalikda uni tugatmagunimizcha, u (Putin) buni to‘xtatmaydi”, — degan Zelenskiy matbuot anjumanida.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#iqlim / #markaziy_osiyo / #uzbekistan

Iqlim o'zgarishi Markaziy Osiyo, jumladan, O'zbekistonga sezilarli ta'sir ko'rsatishi mumkin. Iqlim oʻzgarishi Oʻzbekistonga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan jihatlar:

1. Suv tanqisligi:
Markaziy Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston sugʻorish va dehqonchilik uchun asosan Amudaryo va Sirdaryo kabi daryolarning suv resurslariga tayanadi. Yog'ingarchilik shakllarining o'zgarishi, muzliklarning erishi va yuqori harorat tufayli bug'lanishning kuchayishi suv tanqisligiga olib kelishi mumkin, bu qishloq xo'jaligi hosildorligiga va ichimlik va sanitariya uchun chuchuk suv mavjudligiga ta'sir qiladi.

2. Oʻsimliklar yetishmasligi:
Harorat va yogʻingarchilikning oʻzgarishi qishloq xoʻjaligi sikllarini buzishi va hosildorlikning pasayishiga olib kelishi mumkin. Qurg'oqchilik va tartibsiz yog'ingarchilik paxta, bug'doy va meva kabi asosiy ekinlarga salbiy ta'sir ko'rsatishi, qishloq joylarida oziq-ovqat xavfsizligi va turmush tarziga ta'sir qilishi mumkin.

3. Cho'llashish xavfining ortishi:
O‘zbekiston allaqachon cho‘llanish va yerlarning degradatsiyasi bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda. Iqlim o'zgarishi tuproq eroziyasini kuchaytirish, o'simlik qoplamini qisqartirish va cho'llarni bosib olishni rag'batlantirish orqali bu muammolarni yanada kuchaytirishi mumkin. Bu ekin maydonlarining yo'qolishiga, ekotizimlarning buzilishiga va jamoalarning ko'chishiga olib kelishi mumkin.

4. Ekstremal ob-havo hodisalari: Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekiston, jazirama, qurg‘oqchilik va kuchli yog‘ingarchilik kabi ekstremal ob-havo hodisalariga nisbatan zaifdir. Ushbu hodisalar infratuzilmaga zarar etkazishi, transport tarmoqlarini buzishi va hayot va mulkni yo'qotishiga olib kelishi mumkin. Misol uchun, kuchli yog'ingarchilik davrida suv toshqini va sel ko'chkilari sodir bo'lishi mumkin, bu esa uylar, ekinlar va infratuzilmaga katta zarar etkazishi mumkin.

5. Salomatlik uchun xavflar: Iqlim o‘zgarishi O‘zbekistonda aholi salomatligiga ham ta’sir qilishi mumkin. Haroratning ko'tarilishi issiqlik bilan bog'liq kasalliklarning tarqalishini kuchaytirishi mumkin, yog'ingarchilik shakllarining o'zgarishi vabo va diareya kabi suv bilan yuqadigan kasalliklarning tarqalishiga ta'sir qilishi mumkin. Bundan tashqari, chang bo'ronlari natijasida nafas olish muammolarini kuchaytirishi mumkin.

Yuqorida faqat asosiy jihatlarini sanab o'tdik.

Kanalga ulanish uchun⤵️

@qirqqishloq_news
#yangi / #uzbekistan / #eski

Yangi Oʻzbekiston haqida.

Endi boshqa yo`ldamiz,
Dedi bizlarga.
Qiziq, yana duch keldik
Eski izlarga...

© Boburmirzo Hamroqulov

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#qōl_jangi / #chempion / #uzbekistan

Qirqqishloqlik chempion.

Fargʻona viloyati Fargʻona shahrida Qo‘l jangi bo‘yicha Respublika chempionati bo‘lib o‘tdi va unda qirqqishloqlik ukamiz Hayitov Ozodbek Husniddin o‘gli faxrli 1-o‘rinni egallab Oʻzbekiston chempioni boʻlibdi.

Ozodbekning oila a‘zolarini hamda ustozi Jamol akani g‘alaba bilan tabriklaymiz.

Bu Ozodbekning 3-marta Oʻzbekiston chempioni boʻlishi. Endi jahon arenalarida ham yuqori shohsupalarga koʻtarilishini tilaymiz.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#uzbekistan / #aholi / #ōsyapmiz

Oʻzbekiston aholisi 37 millionga yaqinlashdi.

2024-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonning doimiy aholisi qariyb 36,8 mln kishini tashkil etgan.

Shundan:
— Ayollar soni – 18 274 745 kishi;
— Erkaklar soni – 18 525 011 kishi.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#qōl_jangi / #chempion / #uzbekistan

Qirqqishloqlik chempion endi jahon chempionatiga boradi.

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida Qo‘l jangi bo‘yicha Oʻzbekiston kubogi bo‘lib o‘tdi va unda qirqqishloqlik ukamiz Hayitov Ozodbek Husniddin o‘gli faxrli 1-o‘rinni egallab Oʻzbekiston chempioni boʻlibdi.

Ozodbekning oila a‘zolarini hamda ustozi Jamol akani g‘alaba bilan tabriklaymiz.

Shu bilan Ozodbek qoʻl jangi boʻyicha Jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Ozodbekni ushbu katta gʻalaba bilan tabriklab Jahon chempionatida ham faxrli oʻrinlarni egallab qaytishini tilaymiz.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#boks / #uzbekistan / #tarix

Oʻzbekistonda boks tarixi.

Tarix juda qiziq fanda, unda juda koʻp savollarga javob bor.

100 avval taqdir taqozosi bilan Oʻzbekistonga kelib qolgan Bronks (Amerika)lik yahudiy yigit u asoschilaridan biri boʻlgan boks maktabi, haligacha katta natijalar berayotgani ajoyib. Bu inson Sidni Jekson boʻladi.

Quyida Oʻzbekistonga boks sportining kirib kelishi va uning asoschisi haqida qiziqarli maqolani oʻqishingiz mumkin.

Maqola ingliz tilida, shu sababli til oʻrganing. Bu sizga faqat va faqat foyda olib keladi. Hech boʻlmasa, quyidagiga oʻxshash qiziqarli maqolalarni bemalol oʻqib turasiz.

Uzbek Journeys: Sidney Jackson - An American Boxer in Uzbekistan.

http://www.uzbekjourneys.com/2016/01/sidney-jackson-american-boxer-Tashkent.html?m=1