Qirqqishloq News
1.84K subscribers
3.57K photos
1.39K videos
6 files
513 links
Qishlog‘imiz, yaqin atrof hamda Oʻzbekistonda sodir bo‘layotgan eng soʻnggi yangiliklar.

Qishloq haqida.
Baxmal haqida.
Ekologiya haqida.
Taʼlim haqida.
Biznes haqida.
Download Telegram
#uzbekistan / #boks / #chempion

Bokschilarimiz Osiyo chempionatida 5 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi.

Iordaniya poytaxti Ammon shahrida o‘tayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida +92 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik bokschi Lazizbek Mullojonov finalda qozog‘istonlik raqibi Qamshibek Qo‘nqabayevni mag‘lub etib, beshinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Oldinroq Hasanboy Do‘smatov (57 kg) finalda qozog‘istonlik raqibi Saken Bibosinovni mag‘lubiyatga uchratib, Abdumalik Xalakov (60 kg) qozog‘istonlik Serik Temirjanovni taslim etib, Ruslan Abdullayev (63,5 kg) hindistonlik raqibi Shiva Tapani mag‘lub etib, Saidjamshid Jafarov (75 kg) qozog‘istonlik Nurqanat Rayisni mag‘lub etib oltin medalga sazovor bo‘lishuvdi.

Shuningdek, yana ikki finalda 80 kg vazn Odiljon Aslonov iordaniyalik raqibi Hussayn Iashishga mag‘lub bo‘lib, 92 kg vazn toifasida Madiyar Saidrahimov qozog‘istonlik Aybek O‘ralbayga mag‘lub bo‘lib kumush medal bilan taqdirlanishdi.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#futbol / #chempion / #pele

Afsonaviy futbolchi, futbol qiroli, 3 karra jahon chempioni boʻlgan dunyodagi yagona futbolchi Pele bugun tongda 82 yoshida olamdan oʻtibdi.

Amor, amor e amor, para sempre⚽️

Inna lillahi va inna ilayhi rojiun.

Kanalga ulanish uchun⤵️

@qirqqishloq_news
#shaxmat / #nodirbek /#chempion

Shaxmatdan gapiramiz.

Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenni magʻlub etdi va nufuzli turnir gʻolibiga aylandi.

Germaniyada Fisher shaxmat boʻyicha "Freestyle Chess G.O.A.T Challenge" turniri oʻz yakuniga etdi.

Nodirbek Abdusattorov soʻnggi turda Magnus Karlsenni magʻlubiyatga uchratdi.

Zato, bizda shaxmat chempionlari bor.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#qōl_jangi / #chempion / #uzbekistan

Qirqqishloqlik chempion.

Fargʻona viloyati Fargʻona shahrida Qo‘l jangi bo‘yicha Respublika chempionati bo‘lib o‘tdi va unda qirqqishloqlik ukamiz Hayitov Ozodbek Husniddin o‘gli faxrli 1-o‘rinni egallab Oʻzbekiston chempioni boʻlibdi.

Ozodbekning oila a‘zolarini hamda ustozi Jamol akani g‘alaba bilan tabriklaymiz.

Bu Ozodbekning 3-marta Oʻzbekiston chempioni boʻlishi. Endi jahon arenalarida ham yuqori shohsupalarga koʻtarilishini tilaymiz.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#qōl_jangi / #chempion / #uzbekistan

Qirqqishloqlik chempion endi jahon chempionatiga boradi.

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida Qo‘l jangi bo‘yicha Oʻzbekiston kubogi bo‘lib o‘tdi va unda qirqqishloqlik ukamiz Hayitov Ozodbek Husniddin o‘gli faxrli 1-o‘rinni egallab Oʻzbekiston chempioni boʻlibdi.

Ozodbekning oila a‘zolarini hamda ustozi Jamol akani g‘alaba bilan tabriklaymiz.

Shu bilan Ozodbek qoʻl jangi boʻyicha Jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Ozodbekni ushbu katta gʻalaba bilan tabriklab Jahon chempionatida ham faxrli oʻrinlarni egallab qaytishini tilaymiz.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#chempion

Qirqqishloqlik
chempion.

Surxandaryo viloyati Termiz shahrida Qo‘l jangi bo‘yicha Respublika chempionati bo‘lib o‘tdi va unda qirqqishloqlik ukamiz Hayitov Ozodbek Husniddin o‘gli faxrli 1-o‘rinni egallab Oʻzbekiston chempioni boʻlibdi.

Ozodbekning oila a‘zolarini hamda ustozi Jamol akani g‘alaba bilan tabriklaymiz.

Bu Ozodbekning 6-marta Oʻzbekiston chempioni boʻlishi. Endi jahon arenalarida ham yuqori shohsupalarga koʻtarilishini tilaymiz.

Ha aytgancha Ozodbek 10-oktabr kuni boʻlib oʻtadigan johon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan
.