QASHQADARYOLIK USTOZLAR
82 subscribers
1.06K photos
393 videos
3.93K files
775 links
Ilm cho‘qqilarini QASHQADARYOLIK USTOZLAR bilan zabt etamiz
Download Telegram
Magistratura va doktoranturaga ayrim yo’nalishlarda xorijiy til bilish sertifikati B1 darajaga pasaytirildi

Bunda quyidagi tartib o’rnatiladi:

ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi;

⬇️ soha xususiyatidan kelib chiqib madaniyat, san’at, sport, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish, muhandislik ishi, qishloq xo‘jaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari yo‘nalishlari bo‘yicha sertifikat talabi bir pog‘ona – B1 darajasiga tushiriladi.

Quyidagilar saqlanib qoladi:

Xorijiy tillar yo‘nalishlarida esa C1 daraja;

aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot yo‘nalishlarida B2 daraja saqlanadi.

xushnudbek

@qashqadaryolik_ustozlar
Ўғри

Устоз маошини олди. Уйига қайтишда жамоат транспортига минди. Одам кўп эди. Одамлар ичида ўғри бор эди. Ўғри унинг пулини билдирмасдан олиб қўйди. Кондуктор келиб чипта пулини сўраганида чўнтагини ковлади. Аммо пул йўқ эди. Юзи қизарди, хижолат бўлди. Кондуктор масхараомуз деди:
- Кўринишингизни қаранг. Сизда шу арзимаган пул бўлмаса...
Ўғрининг ботирлиги тутиб кетди. Кондукторга қараб:
- Дўстим! Устознинг чипталари пулини мен бераман, деди.
Устоз ўғрига деди:
- Аллоҳ ишингизга барака берсин! Сизга ўхшаганлар кўпайсин!
Йўловчилар ҳам ўғрини мақтаб унинг "жўмардлиги"ни олқишлаб дуо қила бошлашди:
"Аллоҳ сенга барака берсин! Сен сингарилар кўпайсин!".

Ўша кундан бошлаб улар кўпая борди. Олдин халқнинг пулини ўғирлаб, сўнг халққа озгина бериб олқиш ва мақтовга ҳам эриша бошлашди.

©️ Абдулқодир Самарқандий

@qashqadaryolik_ustozlar
⚡️Расман: Қабул энди 5-июндан бошланади. Атиги 10 кун қолди!

🇺🇿 Президентнинг тегишли фармонига кўра, 2024/2025 ўқув йилидан бошлаб давлат олий ва профессионал таълим муассасаларига (касб-ҳунар мактаби бундан мустасно) қабул қилиш бўйича имтиҳонлар “аввал тест, сўнг танлов” тамойилига мувофиқ бир вақтда ўтказилиши белгилансин. Бунда:

👉 абитуриентлар ўз танловига кўра тест синови натижасида тўплаган балидан келиб чиқиб, дастлаб олий таълимнинг бакалавриат таълим йўналишларига, сўнг профессионал таълим муассасаларига ўқишга кириш учун танловда иштирок этади;

👉 давлат олий таълим муассасалари бакалавриатига қабул жараёни қуйидаги икки босқичда амалга оширилади:

биринчи босқичда абитуриентлар ҳар йили 5 июндан 25 июнга қадар (25 июнь куни ҳам) тест синови топшириш учун рўйхатдан ўтади ҳамда тест синови топшириладиган фанлар мажмуаси, таълим тили ва тест топшириш ҳудудини ҳамда кириш имтиҳонлари таркибида касбий (ижодий) имтиҳон бўлса, ушбу имтиҳонни топширадиган давлат олий таълим муассасасини танлайди;

ўқишга қабул қилиш бўйича кириш имтиҳонлари июль–август ойларида ўтказилади;

иккинчи босқичда абитуриентлар тест синовлари тўлиқ якунланганидан сўнг 15 кун давомида олий таълим муассасаси, бакалавриат таълим йўналиши ва таълим шаклини танлайди.

@qashqadaryolik_ustozlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️OLIMPIADA NATIJALARINING USTAMAGA TA’SIRI

Asosiy fan olimpiadasining tuman (shahar) bosqichida 1-2-3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarning o‘qituvchilariga Vazirlar Mahkamasining 823-sonli nizom talabi bo‘yicha baholash mezoni asosida maksimal 30 ball beriladi. Ushbu bo’lim uchun o’qituvchidan asoslovchi hujjat talab etiladi. Ya’ni 1-2-3-o’rinni olganligi haqida diplom, sertifikat va boshqa.

Biroq fan olimpiadasida 4 va undan keyingi o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar 50 balldan past natija qayd etgan bo‘lsa-chi? Masalan: 10, 12, 15, 22 ball to‘plagan bo‘lsa.

Baholash mezoni bo‘yicha ularga ustama olish uchun o‘qituvchilarga 20, 10 ball berishda quyidagilarga eʼtibor berishingiz tavsiya etiladi.

⚠️Demak!!! Diqqat bilan eʼtibor bering!

Fan olimpiadasida masalan 9-sinf ona tili fanidan "eng quyi" yaʼni 3-o‘rin egallagan o‘quvchining natijasi misol uchun 22 ball

Undan keyingi o‘rindagi o‘quvchining to‘plagan balli 16 ball bo‘lsa

Birinchi amal “16:22=0,72”

Demak, bu yerda "16" ball to‘plagan;

"22" ball 3-o‘rin egallagan o‘quvchining natijasi;

Ikkinchi amal 0,72*100=72,7

Demak, bu yerda o‘quvchi to‘plagan 16 ball, 3-o‘rinni egallagan o‘quvchining 22 balliga bo‘linadi.
Chiqqan natija yaʼni 0,72*100 ko‘paytirilganda 72,7 % qayd etildi.

Baholash mezonida yaʼni eng quyi g‘olib ko‘rsatkichi 55% dan yuqori natija ko‘rsatganda fan o‘qituvchilariga 10 ball;
70% foizdan yuqori natija ko‘rsatgan bo‘lsa 20 ball bilan baholanishi belgilangan.

Yuqoridagi natijalardan kelib chiqib, 9-sinf o‘quvchisi ona tili fanidan to‘plagan balli uchun fan o‘qituvchisiga 72,7 foiz natija qayd etganligi sababli, ushbu fan o‘qituvchisiga baholash mezoni asosida ishchi guruh tomonidan 20 ball bilan baholashi mumkin.

Ushbu band uchun o’qituvchi tomonidan ishchi guruhga asoslovchi hujjat taqdim etiladi. Asosiy fan olimpiadasi hakamlar hay’ati qaroridan ko’chirma.

⚠️Eslatma: Turli xil online olimpiada va nodavlat muassasalar tomonidan o’tkazilgan olimpiadalar ustamaga asos bo’lmaydi. Shuni ham unutmaslik kerakki, ko’p hollarda ustama fayliga olimpiada uchun asos qilib faxriy yorliqlar solib qo’yiladi. Faxriy yorliqda ro’yxatga olish raqami bo’lishi kerak. Agar ro’yxatga olish raqami bo’lmasa, ushbu faxriy yorliq inobatga olinmasligi mumkin. Ushbu olimpiada tuman, shahar miqyosida o’tkazilgan bo’lishi kerak. Maktab miqyosidagi olimpiada ustama uchun inobatga olinmaydi.
USTAMA OLISH UCHUN O‘QITUVCHILAR QANDAY HUJJATLARNI YIG‘ISHI KERAK?

Kanalimizga shu kabi savollar ko‘plab o‘qituvchilardan kelmoqda. Soddaroq qilib tushuntirishga harakat qilamiz.

Ustama tayinlash uchun Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil  11-iyundagi 02-02/3-1699-sonli rasmiy xatida o‘qituvchidan talab etiladigan asoslovchi hujjatlar ro‘yxati aniq keltirib o‘tilgan. Quyida ushbu hujjatlar ro‘yxatini keltirib o‘tamiz.

3-bo‘lim, olimpiada va boshqa tanlovlar uchun o‘qituvchida o‘quvchisini tumanda (shaharda)  1-2-3-o‘rinni olganligi haqida diplom, sertifikat, faxriy yorliqlardan biri va hakamlar hay’atining qaroridan ko‘chirma. Agar o‘quvchisi 4- va undan keyingi o‘rinlarni olgan bo‘lsa, hakamlar hay’ati qaroridan ko‘chirma.

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun maktabda o‘tkazilgan tanlov va tadbirlarning o‘zi yetarli. Ular ham 1-2-3-o‘rin olgani haqidagi faxriy yorliq, Agar 4- va undan keyingi o‘rinlarni olgan bo‘lsa hakamlar hay’ati qarorini ishchi guruhga taqdim etadi.

4-bo‘lim, ish tajribalarni ommalashtirish bo‘yicha, tegishli  kengash qarori va ommalashgan ish tajribaning metodik majmuasi va platforma orqali ommalashgan bo‘lsa tegishli sertifikat.

7-bo‘lim, o‘z vaqtida malaka oshirganligi haqidagi sertifikat.

8-bo‘lim, sinfdan tashqari olib borgan tadbirlari haqida bir varoqdan oshmagan holda ma’lumot va ikki dona fotolavha.


Ustama olish uchun o‘qituvchilar mana shu 4 dona hujjatni ishchi guruhga taqdim etishlari kerak.

Baholash mezonidagi qolgan bo‘limlar uchun hujjatlarni maktabning ichki hujjatlaridan ishchi guruhning o‘zi aniqlashtirib oladi.

Hozirda ko‘p o‘qituvchilarning bizga yozishicha maktab rahbarlari turli hil hujjatlarni talab qilishayotganligi, prezentatsiyalar qilish kerakligini talab qilib, fayllarni ishirishni so‘rayotganligini bildirishmoqda.

Shuni ma’lum qilamizki, yuqoridagi xatga asosan ushbu 4 ta hujjatdan boshqa hujjatlarni talab qilish QAT’IYAN MAN qilinadi. Qolaversa, tuman (shahar) MMTB lari ishchi guruhning faoliyatiga va ular qabul qilgan qarorlarga aralashishlariga yo‘l qo‘yilmaydi. Nizom talablarini buzgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Метод_бирлашма_рахбарлари_бахолаш_янги_тартиб_230904_215559.pdf
1.1 MB
⚡️METODBIRLASHMA RAHBARIGA 10% USTAMA TO‘LASH BO‘YICHA YANGI BAHOLASH MEZONI TASDIQLANDI.

2023-yil 22-avgust 02-02/1-1347-son

(Fan oyliklarini o‘tkazgani uchun ball beriladigan bo‘limi chiqarib yuborildi.)
#Ustama_ballari

⚡️Pedagog xodimlarning faoliyatini baholash mezonlari asosida to‘plagan umumiy ballari bo‘yicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:

65 — 70 ball to‘plasa — 10 foiz;
71 — 75-ball to‘plasa — 15 foiz;
76 — 80 ball to‘plasa — 20 foiz;
81 — 85 ball to‘plasa — 25 foiz;
86 — 90 ball to‘plasa — 30 foiz;
91 — 95 ball to‘plasa — 35 foiz;
96 — 100 ball to‘plasa — 40 foiz
PEDAGOG, PSIXOLOG VA KUTUBXONA XODIMLARI  USTAMA OLISHLARI UCHUN QUYIDAGI BALLARNI TO‘PLASHLARI SHART.

Hukumat qarori (30.09.2019 №823) bilan tasdiqlangan nizomga asosan pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga 40 foizgacha har oylik ustamalar belgilanadi.

Pedagog xodimlarning faoliyatini baholash mezonlari asosida toʻplagan umumiy ballari boʻyicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:

65 — 70 ball toʻplasa — 10 foiz;
71 — 75-ball toʻplasa — 15 foiz;
76 — 80 ball toʻplasa — 20 foiz;
81 — 85 ball toʻplasa — 25 foiz;
86 — 90 ball toʻplasa — 30 foiz;
91 — 95 ball toʻplasa — 35 foiz;
96 — 100 ball toʻplasa — 40 foiz.


Oʻqituvchilar 40 foizlik ustamadan tashqari metod birlashma rahbarligi uchun yana 10 foiz ustama olishlari mumkin.

Kutubxona xodimlarining faoliyatini baholash mezonlari asosida toʻplangan umumiy ballari boʻyicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:

65 — 75 ball toʻplasa — 10 foiz;
76 — 85-ball toʻplasa — 15 foiz;
86 — 100 ball toʻplasa — 20 foiz.


Psixolog xodimlarining faoliyatini baholash mezonlari asosida toʻplangan umumiy ballari boʻyicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:

65 — 75 ball toʻplasa — 10 foiz;
76 — 85-ball toʻplasa — 15 foiz;
86 — 100 ball toʻplasa — 20 foiz.
UY TA’LIMI UCHUN QANDAY HUJJATLAR YURITILADI.

O’quvchilarni uyda yakka tartibda ta’lim olishlarini tashkil qilish uchun quyidagi hujjatlar yuritiladi.

1-tibbiy hulosa
2-ota-onasining arizasi
3-pedagogik kengash qarori
4-MMTB ga maktab tomonidan so’rov xati
5-MMTB ning buyrug’i
6-maktabning buyrug’i
7-dars jadvali
8-jurnal (kundalik tizimida va daftarga qog’oz variyantda)
9-tashrif daftari (kelish-ketish)
10-o‘quvchining shaxsiy fayili.

Pedagoglardan:

Ish reja, odatda ish reja o’quvchining kasallik turi va qiziqishlaridan kelib chiqib mavjud rejadan tanlab olinadi. Darsga tayyorgarlik, ko’rgazma, video, audio vositalar orqali.

Psixologdan:

Suhbat daftari, turi xil psixolagik so’rovnomalar va psixolagik testlar. (Fotolavhalar tavsiya o’rnida)

Raxbarlardan:

Uyda ta’lim olayotgan o’quvchining uyiga borish, shart sharoitlari bilan tanishish, darslarni nazorat qilish, tashrif daftarga imzo qo’yish.

Sinf rahbaridan:

Dars mashg‘ulotlarining olib borilishini nazorat qilish, ota-onalar va o‘quvchining o‘qituvchilar bilan muntazam hamkorligini ta’minlash, o‘quvchining sog‘lig‘i holatini inobatga olib ota-onalar bilan kelishgan holda uni maktabda yoki sinfda o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga taklif etish. (Fotolavhalar tavsiya o’rnida)
OLIMPIADA NATIJALARINING USTAMAGA TA’SIRI

Asosiy fan olimpiadasining tuman (shahar) bosqichida 1-2-3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarning o‘qituvchilariga Vazirlar Mahkamasining 823-sonli nizom talabi bo‘yicha baholash mezoni asosida maksimal 30 ball beriladi. Ushbu bo’lim uchun o’qituvchidan asoslovchi hujjat talab etiladi. Ya’ni 1-2-3-o’rinni olganligi haqida diplom, sertifikat va boshqa.

Biroq fan olimpiadasida 4 va undan keyingi o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar 50 balldan past natija qayd etgan bo‘lsa-chi? Masalan: 10, 12, 15, 22 ball to‘plagan bo‘lsa.

Baholash mezoni bo‘yicha ularga ustama olish uchun o‘qituvchilarga 20, 10 ball berishda quyidagilarga eʼtibor berishingiz tavsiya etiladi.

Demak!!! Diqqat bilan eʼtibor bering!

Fan olimpiadasida masalan 9-sinf ona tili fanidan "eng quyi" yaʼni 3-o‘rin egallagan o‘quvchining natijasi misol uchun 22 ball

Undan keyingi o‘rindagi o‘quvchining to‘plagan balli 16 ball bo‘lsa

Birinchi amal “16:22=0,72”

Demak, bu yerda "16" ball to‘plagan;

"22" ball 3-o‘rin egallagan o‘quvchining natijasi;

Ikkinchi amal 0,72*100=72,7

Demak, bu yerda o‘quvchi to‘plagan 16 ball, 3-o‘rinni egallagan o‘quvchining 22 balliga bo‘linadi.
Chiqqan natija yaʼni 0,72*100 ko‘paytirilganda 72,7 % qayd etildi.

Baholash mezonida yaʼni eng quyi g‘olib ko‘rsatkichi 55% dan yuqori natija ko‘rsatganda fan o‘qituvchilariga 10 ball;
70% foizdan yuqori natija ko‘rsatgan bo‘lsa 20 ball bilan baholanishi belgilangan.

Yuqoridagi natijalardan kelib chiqib, 9-sinf o‘quvchisi ona tili fanidan to‘plagan balli uchun fan o‘qituvchisiga 72,7 foiz natija qayd etganligi sababli, ushbu fan o‘qituvchisiga baholash mezoni asosida ishchi guruh tomonidan 20 ball bilan baholashi mumkin.

Ushbu band uchun o’qituvchi tomonidan ishchi guruhga asoslovchi hujjat taqdim etiladi. Asosiy fan olimpiadasi hakamlar hay’ati qaroridan ko’chirma.

Eslatma: Turli xil online olimpiada va nodavlat muassasalar tomonidan o’tkazilgan olimpiadalar ustamaga asos bo’lmaydi. Shuni ham unutmaslik kerakki, ko’p hollarda ustama fayliga olimpiada uchun asos qilib faxriy yorliqlar solib qo’yiladi. Faxriy yorliqda ro’yxatga olish raqami bo’lishi kerak. Agar ro’yxatga olish raqami bo’lmasa, ushbu faxriy yorliq inobatga olinmasligi mumkin. Ushbu olimpiada tuman, shahar miqyosida o’tkazilgan bo’lishi kerak. Maktab miqyosidagi olimpiada ustama uchun inobatga olinmaydi.
UY TA’LIMI O’QITUVCHISIGA ISH HAQI QANDAY HISOBLAB TO’LANADI?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgust kungi 425-sonli qarori 12-bandiga asosan uyda yakka tartibda ta’lim oluvchi o’quvchilarga dars o’tganligi uchun pedagoglarga ish haqi asosiy tarif stavkasida to’lanadi.

Ish haqi o’quvchilar ta’til davrida bo’lganda ham to’lanadi. Shuningdek, o’qituvchining otpuska puliga ham uy ta’limi uchun ishlagan ish haqqilari qo’shib hisoblanadi.

O‘qituvchiga yo‘l haqi kompensatsiyasi puli ham to‘lanadi.
425 ustama.pdf
212.3 KB
⚡️ 2024-2025-o‘quv yilida pedagoglarni qo‘shimcha rag‘batlantirish
to‘g‘risida


Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamg‘armasidan
2024-2025-o‘quv yilida pedagoglarni qo‘shimcha rag‘batlantirish
to‘g‘risidagi 576-sonli buyrug‘i
2023-yil 27-dekabr
#Sõragan_edingiz

Ustama uchun hujjatlar qabuli qachongacha davom etadi?


Direktor jamg‘armasidan tayinlanadigan ustamaga da’vogarlik qilmoqchiman. Kerakli hujjatlarni jamlashim uchun esa biroz vaqt ketib qoldi.

Endi ularni Ishchi guruhga topshirmoqchi bo‘lsam, ular ustama uchun hujjatlar qabuli allaqachon tugagan deb, rad javobi berishdi. Shu to‘g‘rimi?

Javobhttps://xalqtaliminfo.uz/post/693

Telegram I Facebook I YouTube
O'qituvchilarga tayinlanadigan ustamalar mavzusi bo’yicha eng dolzarb savollarga javoblar

Ma'lumki, har yili 1-iyulga qadar direktor jamg'armasi hisobidan pedagog xodimlarga ustamalar tayinlanadi. Xo'sh, ustamalar qay tartibda tayinlanadi?

Quyidagi havolalardan birini bosib, shu mavzudagi eng aktual savollarga javob topishingiz mumkin:

Pedagog xodimlarga beriladigan qanday ustama turlari bor?
👉 JAVOB

Ustama uchun hujjatlar qabuli qachongacha davom etadi?
👉 JAVOB

Maktabda ishlayotgan talabaga ustama tayinlasa bo‘ladimi?
👉 JAVOB

Ustama uchun ball berishda o‘qituvchining ish staji qanday hisoblanadi?
👉 JAVOB

O‘qituvchi viloyat miqyosidagi tanlovda o‘rin olsa, ustamaga ball beriladimi?
👉 JAVOB

Malaka oshirish kurslari tashkil etilmasa, ustama uchun o‘qituvchiga maksimal ball beriladimi?
👉 JAVOB

O‘quvchilarning tanlovlardagi ishtiroki fan o‘qituvchisiga ustama berishga asos bo‘ladimi?
👉 JAVOB

O‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchiga ustama berib bo‘lmaydimi?
👉 JAVOB

Informatika fanidan o‘tkazilgan olimpiada natijalari ustama uchun ball berishga asos bo‘ladimi?
👉 JAVOB

Maktab va tuman miqyosida o‘tkazilgan olimpiada uchun o‘qituvchiga ustama beriladimi?
👉 JAVOB

Dekret ta’tiliga chiqayotgan o‘qituvchiga ustama tayinlasa bo‘ladimi?
👉 JAVOB

Ustama uchun ball berishda o‘qituvchining ish staji qanday hisoblanadi?
👉 JAVOB

Metodbirlashma rahbarlariga 10 foizlik ustama qanday tayinlanadi?
👉 JAVOB

Telegram I Facebook I YouTube
190_сонли_вариатив_ўқув_режалар_2024_2025_йил.pdf
1.7 MB
⚡️Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida 2024-2025-o'quv yiliga mo'ljallangan variativ o'quv rejalari tasdiqlandi

Bu haqida O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2024 yil 20 iyundagi "Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida 2024-2025-o'quv yiliga mo'ljallangan variativ o'quv rejalari tasdiqlash to'g'risida"gi 190-sonli buyrug'i imzolandi.

Buyruq matni va unga ilovalar bilan yuqoridagi faylda batafsil tanishishingiz mumkin

@qashqadaryolik_ustozlar
Ҳозирги кунда кўп ишлатиладиган хорижий сўзларнинг ўзбекча таржимаси

Лайфхак — маслаҳат;
Подкаст — машварад;
Мотивация — туртки;
Инсайт — янгилик;
Калибр — кўлам;
Практикум — амалиёт;
Ньюанс — низом;
Стрим — учрашув;
Лайв — жонли;
Фактор — омил;
Импульс — боғлам.

@qashqadaryolik_ustozlar
06-21-1046-sonli xat.pdf
278.7 KB
⚡️ 1-AVGUSTDAN 1-OKTABRGACHA KUZGI ATTESTATSIYA O'TKAZILADI

MMTVning 2024-yil 4-iyundagi 06-21-1046-sonli xati

Malaka sinovlari oktabr-noyabr oylarida bo‘lib o‘tadi.

📚 @AttestatsiyaINFO
Kimda imtihon qachon bo'ladi? Aniq bo'ldi!

Sanalar bo'yicha taqsimoti:

👉 14-Iyul
Huquq+Ingliz tili,
Matematika+Fizika,
Chet tili+Ona tili,
Biologiya+Kimyo,
Matematika+Ingliz tili,
Tarix+Ona tili.

👉 15- Iyul
Matematika+Ingliz tili,
Huquq+Ingliz tili
Tarix+Ingliz tili,
Matematika+Fizika,
Tarix+Ona tili,
Tarix+Geografiya,
Geografiya+Matematika.

👉 16-Iyul
Biologiya+Kimyo
Biologiya+Ona tili.

👉 17-Iyul
Biologiya+Kimyo,
Biologiya+Ona tili.

👉 18-iyul
Biologiya+Ona tili,
Matematika+Fizika,
Biologiya+Kimyo.

👉 19-Iyul
Matematika+Fizika,
Matematika+Ingliz tili,
Biologiya+Kimyo.

👉 20-Iyul
Matematika+Ingliz tili,
Biologiya+Kimyo,
Matematika+Fizika.

👉 21- Iyul
Ona tili+Ingliz tili,
Ingliz tili+Ona tili,
Matematika+Ingliz tili
Matematika+Fizika

👉 22- Iyul
Ingliz tili+Ona tili,
Matematika+Ingliz tili.

👉 23- Iyul
Ingliz tili+Ona tili,
Matematika+Fizika,
Rus tili+Ona tili,
Ona tili+Matematika.

👉 24- Iyul
Ingliz tili+Ona tili,
Matematika+Fizika

👉 25- Iyul
Ingliz tili+Ona tili.

bmba

@qashqadaryolik_ustozlar