📌 PostgreSQL’da Partition nima va nega u muhim?
#PostgreSQL #Partition #DatabaseOptimization
🔹 Partitioning — bu katta hajmdagi jadvalni bo‘laklarga ajratish texnikasi. Bu bo‘laklar partition deb ataladi va ular asosan samaradorlikni oshirish va qidiruvni tezlashtirish uchun ishlatiladi.
💡 Tasavvur qil:
Senda 100 million qatorli orders jadvali bor. Har safar qidiruv qilishda butun jadvalni ko‘zdan kechirish kerakmi? Yo‘q, buning o‘rniga orders_2023, orders_2024, orders_2025 kabi yil bo‘yicha bo‘lingan partition’lar foydali bo‘ladi.
⸻
🔧 Partition turlari:
1. Range Partitioning – ma’lumotlar qiymat oralig‘iga qarab ajratiladi.
Misol: date BETWEEN '2024-01-01' AND '2024-12-31'
2. List Partitioning – muayyan qiymatlarga qarab bo‘linadi.
Misol: region IN ('Toshkent', 'Fargʻona')
3. Hash Partitioning – ma’lumotlar hash funksiyasi orqali bo‘linadi.
Misol: user_id % 4
⸻
✅ Afzalliklari:
• Performance oshadi – kerakli partition’ni skanerlash kifoya.
• Ma’lumotni boshqarish osonlashadi – eski partlarni arxivlash, o‘chirish, yoki zaxiralash mumkin.
• Parallel query’lar – bir nechta partition ustida bir vaqtning o‘zida ishlaydi.
📚 P.S.: Partition ishlatish — bu katta hajmdagi jadval bilan ishlayotgan professional backendchilar uchun “must-know” texnika. Ayniqsa, vaqt bo‘yicha statistika, arxiv, loglar va billing tizimlarida juda asqotadi.

CREATE TABLE orders (
id serial,
customer_id int,
order_date date
) PARTITION BY RANGE (order_date);
CREATE TABLE orders_2024 PARTITION OF orders
FOR VALUES FROM ('2024-01-01') TO ('2025-01-01');