Panda Books
5.97K subscribers
2K photos
377 videos
6 files
1.91K links
Books & Book Reviews
Zamonaviy mutolaa repertuari

Donat uchun:
https://tirikchilik.uz/PandaBooks

YouTube: tiny.cc/ytpb
Insta: instagram.com/pandabooksuz

Reklama: @pandapochtabot
Download Telegram
#bookstores

"Ajabtovur kitob do'konlari"

πŸ‘‰Ptiks kutubxonasi
πŸ‘‰Last Bookstore
πŸ‘‰Brattle Book Shop

Powell's books

AQShning Oregon shahrida joylashgan ushbu kitob do'koni shunchaki juda ulkan. Ushbu bino oldin portlenddagi avtosalonga xizmat qilgan. Bundan ham uning hajmini bilib olishingiz mumkin.

Katta va keng zallarga egaligi evaziga tashrif buyuruvchilar qatorida bemalol son-sanoqsiz kitoblar orasida sayr qilib yura olasiz, shuningdek, do'kondagi shinamgina kafedan xarid qilingan issiqqina kofeni xo'plagancha, adabiyotga bo'lgan muhabbatdan zavqlanishingiz mumkin

@panda_books
#bookstores

"Ajabtovur kitob do'konlari"

πŸ‘‰Ptiks kutubxonasi
πŸ‘‰Last Bookstore
πŸ‘‰Brattle Book Shop
πŸ‘‰Powell's books

Boekhandel Dominicanen (Maastrix, Gollandiya)

Shaharda faoliyatini tugatgan 800 yillik cherkov binosidan endilikda shahar hokimligi qay yo'sinda foydalanishi mumkin?

Masalan, siz gollandlardan ibrat olishingiz va "kitoblar ibodatxonasi"ni yaratishingiz mumkin! Bir muncha vaqt Maastrixtdagi eski Dominikan cherkovi velosiped ombori sifatida ishlatilgan. Ammo keyinchalik me'morlar Merks va Girod xaroba bu joyni dunyodagi eng go'zal kitob do'konlaridan biriga aylantirishadi.

@panda_books
#bookstores

"Ajabtovur kitob do'konlari"

πŸ‘‰Boekhandel Dominicanen
πŸ‘‰Ptiks kutubxonasi
πŸ‘‰Last Bookstore
πŸ‘‰Brattle Book Shop
πŸ‘‰Powell's books

Π”ΠΎΠΌ Книги

Rossiyaning madaniy poytaxti bo'lmish Sankt-Peterburg shahridagi Griboedov kanali burchagidagi Nevskiy prospekti 28-uy, mashhur Zinger uyining tarixiy binosida joylashgan kitob do'koni.

U hamma piterliklarga va shaharning ko'plab mehmonlari orasida juda mashhur. Shaharning madaniy markazlaridan biri sifatida tanilgan, u yerda chinakam intellektual hayot qaynaydi desa ham bo'ladi.

Binoning ustidagi chiroyli oynali gumbaz unga bsohqacha fusunkorlik berib turadi go'yo. Peterburgga borganingizda albatta shu do'konga kirib o'tishni unutmang!

@panda_books
#bookstores

"Ajabtovur kitob do'konlari"

πŸ‘‰Boekhandel Dominicanen
πŸ‘‰Ptiks kutubxonasi
πŸ‘‰Last Bookstore
πŸ‘‰Brattle Book Shop
πŸ‘‰Powell's books
πŸ‘‰Π”ΠΎΠΌ Книги

Morioka Shoten

Yaponlar kitob do'konlariga juda o'zgacha yondashishadi: mana bu bukstorda bir hafta davomida faqat bitta kitob sotiladi! Kitob do'konidagi muhit ham, asar ruhiga mos tematik ekspozitsiyalar ham, har safar o'zgarib turadi. Hafta davomida ayni o'sha asar haqida mini-ma'ruzalar o'tkaziladi. Do'koncha maydoni kichkina, biroq juda shinam jihozlangan. Umuman, olganda yaxshi ideya. Ishga konseptual yondashilgan.

Do'koncha iqtisodiy jihatdan qanday daromad keltirishiga hayronman-ku, lekin Morioka Shoten Tokioning eng qimmat kvartallaridan biri Ginzada joylashganiga qaramasdan, 2015-yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda.

@panda_books
#mundarija

Kanalda postlarni o'qish va topishni osonlashtiruvchi (#) heshteglar

#taqriz / #review / #feedback - Biror asarga yozilgan taqrizlarni oson topish uchun;

#tavsiya - Kanal muallifi tomonidan o'qish tavsiya etiladigan kitoblar ro'yxati uchun;

#sarhisob - Oy, mavsum yoki yil bo'yi mutolaa qilingan asarlarning ro'yxatini topish uchun;

#Youtube_tavsiya - YouTube videoxostingida ko'rish tavsiya etiladigan foydali kontentlar uchun;

#haqida - Biror qiziqarli mavzu haqida yozilgan postlar;

#list - kitoblar yoki foydali kontentlar ro'yxati;

#mutolaa - Ayni damda mutolaa qilinayotgan kitobdan iqtibos yoki parcha;

#newbook / #yangikitob - Panda Books tomonidan harid qilingan yoki sovg'a qilishgan kitoblar uchun;

#iqtibos - kitobdan iqtiboslar uchun;

#intervyu - Panda Books suhbatlari, podcastlari uchun;

#offtop - Kitob mavzusidan biroz tashqari sohalarga doir postlar uchun;

#longread - Uzuuun yozilgan katta postlaaaar;

#KitobMukofotlari - Dunyoning nufuzli kitob mukofotlari haqida ma'lumotlar uchun;

#bookstores - Ajabtovur kitob do'konlari haqida chiroyli fotolar va ma'lumotlar

#maqola - birorta kattaroq qiziqarli mavzu haqida maqolalar

#nazm - she'riy postlar

#tarjima - kamina tarjima qilgan postlar

@panda_books

Instagram | Youtube | Tiktok
#bookstores

"Ajabtovur kitob do'konlari"

πŸ‘‰Boekhandel Dominicanen
πŸ‘‰Ptiks kutubxonasi
πŸ‘‰Last Bookstore
πŸ‘‰Brattle Book Shop
πŸ‘‰Powell's books
πŸ‘‰Π”ΠΎΠΌ Книги
πŸ‘‰Morioka Shoten

Carturesti Carusel

Olti qavat to'la kitoblar, turli tillardagi 10 mingga yaqin nashrlar - mana shu kitobsevarlar uchun haqiqiy baxt emasmi? Ruminiya poytaxti Buxarestda, shahar markazidagi eski qasrlardan birida asl ishqibozlar uchun orzular doβ€˜koni ochilgan. Endilikda qayta restavratsiya qilingan bino bizni XIX asr atmosferasi ufurib turuvchi spiral zinapoyalari bilan bezalgan haqiqiy madaniy maskang bo'ylab sayohatga taklif qiladi. U yerda muntazam ravishda ijtimoiy tadbirlar, san'at bo'yicha ochiq ma'ruzalar va hatto musiqiy konsertlar o'tkazib turiladi.

@panda_books

Instagram | Youtube | Tiktok
#bookstores

"Ajabtovur kitob do'konlari"

πŸ‘‰Boekhandel Dominicanen
πŸ‘‰Ptiks kutubxonasi
πŸ‘‰Last Bookstore
πŸ‘‰Brattle Book Shop
πŸ‘‰Powell's books
πŸ‘‰Π”ΠΎΠΌ Книги
πŸ‘‰Morioka Shoten
πŸ‘‰Carturesti Carusel

Livraria Lello

Odamlar bir necha soatlab navbatda turib kiradigan kitob do'koni bor desam ishonasizmi? Portugaliyaning Portu shahridagi Lello do'koni shunday maqomga ega.

Juda go'zal dizaynga ega kitob do'konida qanday qilib soatlab qolib ketganingizni sezmay qolasiz. O'z vaqtida J.Rouling ko'p vaqtini aynan shu yerda o'tkazgan. Garri Potterga ilhom olingan joylari ham borligi aniq. Do'konga yaxshisi o'zingiz baho bering!

Rasmlar kanalimiz uchun maxsus @berlinnotes tomonidan taqdim etildi.

@panda_books

Instagram | Youtube | Tiktok
#bookstores

"Ajabtovur kitob do'konlari"

πŸ‘‰Boekhandel Dominicanen
πŸ‘‰Ptiks kutubxonasi
πŸ‘‰Last Bookstore
πŸ‘‰Brattle Book Shop
πŸ‘‰Powell's books
πŸ‘‰Π”ΠΎΠΌ Книги
πŸ‘‰Morioka Shoten
πŸ‘‰Carturesti Carusel
πŸ‘‰Livraria Lello

"Kinokuniya"

Dubayda joylashgan ulkan kitob do'koni. Ushbu brend aslida Yaponiyaniki hisoblanadi. Va ular Dubayda ham ulkan filiallarini tashkil qilishibdi

@panda_books

Instagram | Youtube | Tiktok
Forwarded from Panda Books
#mundarija

Kanaldagi postlarni o'qish va topishni osonlashtiruvchi (#) heshteglar.

#taqriz / #review / #feedback - Biror asarga yozilgan taqrizlarni oson topish uchun;

#tavsiya - Kanal muallifi tomonidan o'qish tavsiya etiladigan kitoblar ro'yxati uchun;

#sarhisob - Oy, mavsum yoki yil bo'yi mutolaa qilingan asarlarning ro'yxatini topish uchun;

#Youtube_tavsiya - YouTube videoxostingida ko'rish tavsiya etiladigan foydali kontentlar uchun;

#haqida - Biror qiziqarli mavzu haqida yozilgan postlar;

#list - kitoblar yoki foydali kontentlar ro'yxati;

#mutolaa - Ayni damda mutolaa qilinayotgan kitobdan iqtibos yoki parcha;

#newbook / #yangikitob - Panda Books tomonidan harid qilingan yoki sovg'a qilishgan kitoblar uchun;

#iqtibos - kitobdan iqtiboslar uchun;

#intervyu - Panda Books suhbatlari, podcastlari uchun;

#offtop - Kitob mavzusidan biroz tashqari sohalarga doir postlar uchun;

#longread - Uzuuun yozilgan katta postlaaaar;

#KitobMukofotlari - Dunyoning nufuzli kitob mukofotlari haqida ma'lumotlar uchun;

#bookstores - Ajabtovur kitob do'konlari haqida chiroyli fotolar va ma'lumotlar

Yana bir necha heshteglar ham bor edi. Lekin nazarimda eng muhimlari shulardan iborat.

Heshteglar orqali bookblogimiz bo'ylab sayohat qilishingiz yanada osonlashadi degan umiddaman!

Panda Books oilasi bilan qoling!

@panda_books

Instagram | Youtube | Tiktok
#bookstores

Faqat detektiv va trillerlar sotiladigan kitob doβ€˜koni

Nyu-Yorkda "Sirli kitoblar do'koni" (Mysterious bookshop) deya nom olgan ajobtovur do'kon faoliyat yuritadi. Uning o'ziga xos xususiyati shundagi, u yerda faqat mistika (sirli fikshn), triller va detektiv janrdagi kitoblar sotiladi.

Do'kon 44 yildan beri ishlab kelmoqda (atigi bir marta manzili o'zgartirilgan). Do'kon asoschisi - Otto Pensler, u hech qachon detektiv hikoyalar yozmagan bo'lsada, adabiyotchilar uni detektiv janrining eng muhim vakillaridan biri deb hisoblashadi. Pensler shuningdek, The Mysterious Press nomli nashriyotga ham egalik qiladi, unda diqqatga sazovor bo'lgan mistika va detektiv janrga (boshqa nima kutgandingiz) oid kitoblar nashr qilinadi va shu bilan birga msitika shaydosi sohadagi ko'plab yozuvchilar bilan do'st tutingan.

Qizig'i, do'konda alohida Sherlok Xolmsga bag'ishlangan kattagina bo'lim, jumladan, o'nlab mualliflar tomonidan mashhur izquvar to'g'risida yozilgan ko'pgina spin-offlar mavjud. Shuningdek, "Bibliomisteriya" bo'limi ham mavjud. Bu yerda siz sirli kitoblar haqidagi yozilgan sirli kitoblarni o'qishingiz mumkin: sirli qo'lyozmalar, o'ldirilgan kutubxonachilar va hokazo.

Aytishim lozimki, bu kitob do'koni uchun qiziqarli g'oya deb o'ylayman. Endilikda kun kelib, kaminaga (yoki sizga) Nyu-Yorkka borish nasib qilsa va to'satdan yaxshi detektiv hikoyalar o'qishni istab qolsam, qayerga borishni aniq bilaman.