Panda Books
5.89K subscribers
2.02K photos
384 videos
6 files
1.92K links
Books & Book Reviews
Zamonaviy mutolaa repertuari

Donat uchun:
https://tirikchilik.uz/PandaBooks

YouTube: tiny.cc/ytpb
Insta: instagram.com/pandabooksuz

Reklama: @pandapochtabot
Download Telegram
​​#haqida

O'z-o'zini rivojlantirish haqidagi kitoblarning deyarli barchasi shunday fikr bilan boshlanadi:

"Siz avvalo ongingizni o'zgartirishingiz kerak".

Shu orada Genri Forddan iqtibos keltiraman:
"Siz nimadir qila olishingizga ishonasizmi yoki qila olmasligingizga ishonasizmi, har ikkala holatda ham haqsiz".

Ford haqiqatan ham shunday deganmi? Bilmadim, katta ehtimol bilan yo'q bo'lsa kerak. Lekin bu aslo muhim emas. Asosiysi, bu fikrda biroz bo'lsa ham jon bor.

Biror narsaga ishonsang, u albatta bo'ladi, o'z oldingga ushbu jarlikdan chiqishni maqsad qilib qo'ysang, albatta chiqib ketasan.

Ko'pchilik odatda nima qila olishi emas, nima QILA OLMASLIGI haqida qayg'uradi. Mamlakat yomon, hukumat samarasiz, qish qattiq keldi va hokazo. Aytaymi, nima? Ular haq. Ular allaqachon o'zlarini shu jarlikda qolish uchun oldindan tayyorlab bo'lishgan.

Shuning uchun, asosiysi - avvalo o'zingizni to'g'ri "nastroy" qilishdir. Qolgani hayot davomida to'g'rilanib ketaveradi.

@panda_books
Forwarded from Bored Panda
#haqida

Me'yorni bilmaslik haqida

Yevropada yasharkansiz, yevropaliklar va dunyoning qolgan xalqlari o'rtasidagi asosiy madaniy farqni darhol sezasiz: ular har qanday narsani oshirib yuborishdan qochishadi.

Masalan, pul tikish (stavka)ni olaylik. Bu yerda bukmekerlik idoralari qonuniy va juda mashhur. Televizorda kuniga 24 soat lotereya va kazinolar haqidagi reklamalarni aylantirishadi. Hatto sport o'yinlariga garov tikish mumkin bo'lgan, nafaqat keksalar, balki ayollar va bolalar ham tashrif buyursa bo'ladigan maxsus qimor kafelari ham mavjud.

Biroq, bu yerda "azartniy" o'yinchilar soni juda kam. Nega? Shunchaki ming yillik tajriba (sport o'yinlariga pul tikish tarixi juda qadimiy davrlarga borib taqaladi) tufayli yevropalik hech qachon bor-budini tavakkal ostiga qo‘ymaydi. Maksimum - oshiqcha naqd pulining 10%ini o'ynashi mumkin. Kichik tavakkal qo'rqinchli emas. Adrenalin dozasini oladi – yo'lida davom etadi.

Bizning odamlarimiz esa tabiatan hamma narsani oshirib yuborishi kerak. Albatta avtomobili, uyi, biznesini yo'qotishi, qarz va kredit olib, oilasi buzilib ketguncha, jinoyat qilishi va oxirida o'z joniga qasd qilguncha boradi. Aytgancha, bu jihatdan biz amerikaliklarga o‘xshab ketamiz – u yerda so‘nggi 150 yildan xuddi shu sabablarga ko‘ra (haddan tashqari tavakkalchilikni sevish) sportga pul tikish rasman taqiqlangan.

Yevropalik kishi kechki ovqat ustida ikki qadah sharob ichishi va bemalol uxlashga yotishi mumkin. Bizning odam bunday sharoitda zerikadi. U to hayvonga o'xshab dumalab qolguncha, bir palakat orttirmaguncha yoki piyanista holiga tushguncha ichishi kerak. (Hozirgi zumerlar bu odatdan xalos bo'lishgan va bu yaxshi).

Giyohvand moddalar bilan ham xuddi shunday. Tabletkalar. Fastfud. Ijtimoiy tarmoqlar. Pornografiya. Tanishuv ilovalari. Birjada o'yinlari. Kripto. Psixologiya. Siyosiy g'oyalar. Diniy harakatlar bilan ham. Bir paytlar Yevropada paydo bo'lgan bezarar sotsializm kommunistik SSSRda juda radikal va xunuk shaklni olgandi. Bizda feminizm, transgender, cancel culture, panturkizm yoki islom qanday shakllar olishi mumkinligini o'ylash ham qo'rqinchli.

"Kirn, hech narsada haddan tashqari g'ayratli bo'lma, har bir narsaning o'rtasini tanla" Feognid bizga shunday yozib qoldiradi. Keling, unga quloq tutaylik.

Rashev

@boredpandablog
#haqida

25-May

Bugungi Bitiruvchi-2024! Qadrli uka-singillar! Quyidagi kichik tavsiyalarimni esda tutarsizlar:

Maktabda olgan son-sanoqsiz maqtov va faxriy yorliqlaring keyingi hayotingda bir tiyinlik foyda bermaydi. Sinalgan.

Faqatgina darsliklardan olgan ma'lumotlaring seni aqlli qilib qo'ymaydi. Isbotlangan.

Bundan keyingi ustozlaring sen haqingda maktabdagilarchalik jon kuydirib qayg'urmaydi. Sinalgan.

Ijtimoiy tarmoqdagi Sinfdoshlar guruhida tez-tez yig'ilib turamiz, yo'qolib ketmanglar degan gaplarga ko'pam umid qilma. Unday bo'lmaydi. Isbotlangan.

Qayerda bilimni tekin tarqatishayotgan bo'lsa, o'shayerdan qolma. Yangiliklarga ochiq bo'l. Chellenjlar qilishdan qo'rqma. Foydasi bo'ladi. Tekshirilgan.

Hech narsadan qo'rqma, aslo tushkunlikka tushma, qayg'urma. Oldingda millionlab imkoniyatlar turibdi. Hammasi albatta yaxshi bo'ladi. Ishon. Sinalgan.

Omad yor bo'lsin!

@panda_books
#haqida

Eng yaxshi qasos

Dushmanlaring yoki senga azob bergan insonlardan olinajak qasosning yo'llari ko'p aslida.

Misol, tutvolib humordan chiqquncha do'pposlashing yoki ijtimoiy tarmoqlarda negativ yozishing mumkin. Ammo bu - mag'lubiyatdir, chunki ular aynan shunday qilishingni xohlaydi.

Men yoshligimdan to hozirgi kungacha eng yaxshi qasos usullaridan biri sifatida Graf Monte-Kristoni bilardim. Alamlarni ichga yutish va oradan yillar o'tib, qaytib kelib qasos olish. Bu ajoyib. Ammo buning yomon tomoni shundaki, shu yillar davomida faqat o'tmish bilan yashashga to'g'ri keladi. Bu esa alal-oqibat ko'pchilikni aqldan ozdiradi.

Menimcha, eng yaxshi qasos - bu o'tmishni ortda qoldirish, ishlab boy-badavlat bo'lish va baxtli hayot kechirishdir. Unutish ham ba'zan eng katta qasos aslida.

Dushmanlaringiz bunga chidolmaydi.

@panda_books
#haqida

Tramp

Nega shaxs sifatida yoki prezident sifatida unga nisbatan qilinadigan nafratni hech qachon tushunmaganman. Komik, mallasoch, gapga usta oq tanli siyosatchi. Faqat ikki jins bor degani uchun LGBTlarga yoqmas balki...

Bugungi ayblov Tramp tomonidan 2016-yili pornoaktrisa Stormi Deniyels bilan jinsiy aloqada bo‘lgani va buni yashirish uchun Deniyelsga 130 ming dollar pul to‘laganligi (pulni soliqdan olib qochgan). Ha, u qachondir yolg'on gapirgan bo'lsa, bu ayollar va uning biznesi to'g'risida edi. Hozirchi? Bayden bundanda jiddiyroq narsalar haqida yolg'on gapirayotganini hamma yaxshi bilib, ko'rib turibdi.

Odatda So'z erkinligi haqida eng ko'p gapiradiganlar eng katta senzorlar bo'lib chiqadi.
Eslasangiz Trampni Twitter, Facebook va Youtubeda taqiqlashgandi. Uni deyarli barcha OAV va yirik platformalardan butunlay uzishgandi. Ammo boboy taslim bo'lmadi - faol ravishda o'z ijtimoiy tarmog'ini yaratdi va mana 2024-yilgi prezidentlikka nomzodini qo'yish fikridan qaytgani yo'q.

Endi.. mana endi, shuncha sinovlardan o'tib, Tramp yo turmaga tushadi va shu yoqlarda yo'q bo'p ketadi yoki prezident bo'lib, nihoyat 3-jahon urushi ostonasiga kelib qolgan dunyoda nimadurlar qilib ko'radi. Nimayam deymiz...

Ālea iacta est!

@panda_books
#haqida

Aktivizm

Ochig'i, men zamonaviy (eko)aktivizmni diniy fanatizm bilan bitta pog'onaga qo'yaman. Farqi kattadek ko'rinsa-da, aslida unday emas.

Uyam buyam bir xilda o'zi tutib olgan fikridan aslo qaytmaydigan, sog'lom muhokamaga kirishmaydigan insonlardan iborat. Radikal o'zgarishlar tarafdorlariyam juda ko'p ular orasida.

Ekoaktivistlar ham sektantlarga o'xshab o'z ishonadigan e'tiqodga, avliyolariga (Greta Tunberg), tanib olsa bo'ladigan atributlariga (qizil bo'yoq va hkz) va o'z OxirZamoni - (Global suv bosishi, Overpopulation, resurslar tugashi)ga ega.

Yalang'och emchaklar, ko'chalarda shizofrenik baqiriqlar, turli bayroqlarni xilpiratgancha marshlar.. Ammo iqlim muammolari bo'yicha birorta jo'yali takliflar yo'q. Faqat qichqiriq.

Vandalizm qilishlari esa alohida mavzu - har hafta u yoki bu mashhur muzey yoki galereyada qandaydir aktivist tarixiy yodgorliklarga hujum qilgani haqida xabar chiqadi.

O'zbekistonda bunaqasi yo'qku deyishingiz mumkin. Hozircha. Bizda ham Shok va Drama qilishni xohlaydiganlar juda ko'p, Bu faqat vaqt masalasi xolos.

Bir necha yil oldin avstraliyalik o't o'chiruvchilar katta yong'inlar uchun... ekofaollarni ayblashgandi. Ma'lum bo'lishicha, ular o'zlarining faolligi bilan eski o'rmonni vaqtida rejali yoqishga yo'l qo'yishmagan, natijada yozgi yong'inlar paytida o'rmon butunlay yonib ketgan. Faollik har doim ham foydali emas.

Shuning uchun, ijtimoiy tarmoqlarda jamiyatimizdagi o'zlarini "liberintelligensiya" deya ataydigan qatlam vakillarini odamlarga qanday yashash kerakligini o'rgatayotganini ko'rsam, shunchaki kulib qo'yaman.

@panda_books
Forwarded from Bored Panda
#haqida

Sevgi shartnomasi

Ko'pchilik bilsa kerak, odatda ikki yosh turmush qurishidan oldin ular o'rtasida nikoh shartnomasi imzolanadi. Bu odatda mol-mulk yoki moddiy mablag'lar taqsimoti bilan bog'liq bo'ladi.

Yaqinda yana bir zamonaviy tendensiya haqida o'qib qoldim. Bizga endi kirib kelayotgan Marry Me'lar G'arbda trenddan qolib, endi "Love Contract" degan qoida urfga kirayapti.

Odatdagidek, buni mashhurlar boshlab berishdi. Yaqinda bir mashhur futbolchi supermodel bilan turmush qurdi. Ular o'rtasida "Love contract" tuzilgan va unga ko'ra, supermodel eri bilan har kuni jinsiy aloqa qilishi shart. Hatto bir kun bo'lmasa ham, yuridik hujjat tufayli jarimaga tortiladi. Xullas, nimaligini tushindingiz.

Yaqinda yana bir yosh sportchi ham 17 yoshida uylandi. U ham modelga. Aytishlaricha, model xotin "shartnomada" erining boshqa qizlarning rasmlariga layk bosishni taqiqlagan. Shuningdek, xotiniga har kuni "Seni sevaman, jonginam" deb aytishi shart ekan. Har kuni! Qanday sharoitda bo'lishidan qat'i nazar. Hammasi notariusdan tasdiqlangan, imzo chekilgan.

Erta uylanish - doimo ham yutuq degani emas. Ba'zi yigitlar tezroq oila masalasini bir yoqli qilib, ko'proq karyera qilish va ishga e'tibor qaratish uchun erta turmush quradi. Afsuski, hamishayam bu muvaffaqiyatli bo'lib chiqavermaydi.

Qizlarni ham tushunish mumkin, hamma o'ziga vafoli yor istashi tabiiy. Lekin oldinlari bularning hammasi "Yigit so'zi" orqali bitar edi. Yigitlarda or, qizlarda vafo..

To'g'ri, ko'rinishidan beozor va prikolno narsalar, lekin bunday tendensiyalar bizga juda tez va ashaddiy shakllarda kirib kelishini inobatga olsak, yaqin vaqtlarda instagramda shunaqa voqealarni uchratsak ajablanmayman.

Har holda, jamiyatdayam allaqachon "To'ydan keyin choyxonani unutasiz, do'stlariz bilan Cs"go bormaysiz" kabi talablar yangilik bo'lmay qolgan.

Xullas, bo'ydoq yigitlar birlashingiz! Haq-huquqlaringiz uchun kurashishlaringga to'g'ri kelishi mumkin:)

@boredpandablog
Forwarded from Bored Panda
#haqida

Stagnatsiya

Endi bemalol "San'at butunlay bir
joyda qotib qoldi" desa bo'ladi. Mana 2 yildan beri 80-90-yillar modasidan boshqa yangilik yo'q.

Oxiri o'zini "kreativ ijodkor" deb biladigan Lola ham Hamdam bn kollab qilibdi.

Yana kim qoldi o'zi bunaqa qilmagan?
@boredpandablog
​​​​#haqida

Lakoniya

Rus tilida "лаконичность" degan atama bor. O'zbek tiliga u "qisqalik, lo'ndalik" deb tarjima qilinadi. Bu so'zning kelib chiqishi esa Qadimgi Yunonistonning Lakoniya viloyatiga borib taqaladi. Sababi u hududning aholisi o'zlarining qisqa va lo'nda gapirishlari bilan tanilishgan edi.

Lakoniyada joylashgan eng mashhur va kuchli davlat Sparta bo'lib, spartaliklarni yoshlikdan aniq va qisqa muloqot qilishga o'rgatishardi.

Bunga yaqqol misol makedonlar shohi Filipp II bilan bog'liq. U o'zining Spartaga yo'llagan xatida shunday deydi:

"Sizlarga taslim bo'lishni maslahat beraman, chunki agar mening qo'shinim yerlaringizga kirgudek bo'lsa, bog'laringizni vayron qilaman, odamlaringizni qul qilib, shaharlaringizni qulataman!"

Spartaliklar bunga qisqacha javob berishadi:

"Agar."

@panda_books
#haqida

Paradoks

Insonlar bir vaqtda o'zi erkin bo'lishni, ammo shu bilan birga boshqa insonlarni nazorat qilishni istaydi.

@panda_books