Rasul Hamzatov
***
“Ayting menga, ayting, eng jirkanch kimdir?”
“Titrab-qaqshab turgan qoʻrqoq bir erkak!”
“Ayting-chi, undan-da jirkanchroq kimdir?”
“Sukut saqlab turgan qoʻrqoq bir erkak!”
Rus tilidan Orif Tolib tarjimasi
@oriftolib

• Ahmoq baliqning dushmani baliqchi emas, xoʻrak.
• Xo-xolab kulgan ahmoqni uzoqdan taniysan.
• Bir paytda uxlash va qorovullik qilishning iloji yoʻq.
• Vijdoning pok boʻlsa, par toʻshakda yotganday uxlaysan.
• Gunohkor odam koʻp gapiradi.
• Yolgʻonchi aftidan maʼlum.
• Yoʻlga tushding, yarim yoʻlni bosib oʻtding.
• Koʻngil tortgan joyga oyoq tortadi.
Ispan xalq maqollaridan

Irodaga kuch beradigan asarlar
Oʻquvchilik yillarimda “Shkid Respublikasi” degan kitob oʻqigandim. Mualliflari – Grigoriy Beliy va Leonid Panteleyev. Unda tarbiyasi ogʻir bolalar va ularning oʻz hayot yoʻllarini qanday topganlari haqida hikoya qilinadi. Mualliflarning oʻzi shunday maxsus maktab-internatlarda taʼlim olgan. Kitob menda juda katta taassurot qoldirgan.
Shu maqolachani yozish jarayonida Vikipediyadan oʻqib bildim, asar qogʻozga tushganda Beliy yigirma yoshga qadam qoʻygan, Panteleyev oʻn sakkiz yoshda boʻlgan ekan. Kitob 1927-yilda nashr etiladi va katta shuhrat qozonadi. 1935-yili Grigoriy Beliy aksilinqilobiy faoliyatda ayblanib, uch yilga hukm qilinadi va 1938-yili surgunda sildan vafot etadi. Shundan soʻng asar qayta nashr etilmay qoʻyadi.
Sovetlar eng isteʼdodlari farzandlaridan ana shunday dushman yasab, ularni jismonan mahv etdi. Aslida, oʻzini, kelajagini, kuchini mahv etdi.
Shunday qilib, bu qissa 1960-yillargacha qayta bosilmaydi. 1966-yilda esa Gennadiy Poloka rejissyorligida ekranlashtiriladi. Ushbu asar 2013-yili rossiyalik oʻquvchilar oʻqishi uchun tavsiya etilgan 100 kitob qatoriga kiritildi.
Mashhur pedagog va yozuvchi Anton Makarenkoning “Pedagogik poema” asari ham xuddi shunday katta taʼsir koʻrsatgandi menga. Unda ham tarbiyasi ogʻir bolalar qanday qilib kasb-hunarli, bilimli bolalarga aylangani hikoya qiladi. Bu kitob ham “Shkid Respublikasi” singari real voqealarga asoslangan. Mutolaa jarayonida insonning ulugʻ qalbi, mahorati, bolalarga mehr-shafqati qanaqa kuchga ega ekaniga yana bir karra amin boʻlasiz.
Yuqoridagi asarlar sovet davri hayoti haqida, nuqsi sezilib turadi. Lekin katta mahorat bilan yozilgan. Ulardan bugungi kun oʻquvchisi ham juda koʻp ibrat olishi mumkin.
Bu asarlarni eslashimga hozirgina koʻrgan filmim – “Ron Klark qissasi” (ruschasi – “Triumf: Istoriya Rona Klarka”, asliyatda – “The Ron Clark Story”) sabab boʻldi. Bosh qahramon chekka qishloqdagi maktabni tashlab, Nyu Yorkka yoʻl oladi. Qoloq bir maktabda tarbiyasiz oʻquvchilarni “odam qilish”ga urinadi. Bu yoʻlda katta qiyinchiliklarga, izzat-nafsi toptalishiga bardosh beradi va oxir-oqibat niyatiga erishadi. Film barcha uchun, xususan oʻqituvchilikning zahmatkash yoʻlini tanlaganlar uchun ham, ota-onalar uchun ham birday ibrat boʻla oladi, deb oʻylayman.
Maqolaga nuqta qoʻyish oldidan, uznetdan oʻzbekcha maʼlumot qidirgandim, bir eʼtiborli sahifaga koʻzim tushdi. Xushnudbek Xudoyberdiyev 2014-yili “Mashhur pedagog Ron Klarkning oʻz oʻquvchilari uchun ishlab chiqqan 55 qoidasi”ni oʻzbekchaga oʻgirgan ekan. Unda film haqida ham eslab oʻtilgan, yozilishicha, film oʻzbek tiliga ham tarjima qilinib, telekanallarimizda namoyish etilgan ekan.
Odamga kuch-gʻayrat va ilhom beradigan, shijoatini oshiradigan ana shunday kitoblarni koʻproq oʻqib, filmlarni koʻrib turish kerak. Ular juda koʻp. Biografik filmlarning aksariyati shunday – ibratli. Masalan, Uyill Smit boʻlajak millioner Kris Gardner rolini oʻynagan “Baxt ortidan quvib” (The Pursuit of Happyness) filmi bunga mumtoz misol boʻla oladi.
Yuqorida tilga olingan badiiy va kino asarlarni sizga ham tavsiya etaman.
Orif Tolib

Ramazon
Qishloq Ramazonni kutadi oylab,
Bu oy butun olam hayratda qolar:
Ulkan duolarni koʻngliga joylab
Ramazon aytadi mitti bolalar.
Boʻylari baland-past – turishar qator,
Yuzlari boʻjaloq, yuraklari oq.
Joʻr boʻlib eng ezgu qoʻshiqni aytar,
Koʻzlari qop-qora, tilaklari oq.
Yomon nazarlardan asrab, yashirib
Umid olib kelar eshigingizga.
Oʻziday qorakoʻz, oʻziday shirin
Oʻgʻillar tilaydi beshigingizga.
Siz ham ulashasiz topgan-tutganni,
Miriqib-miriqib yayraydi ular.
Sezmay ham qolasiz dard ketganini
Koʻnglingiz yuvganda tiniq kulgular.
Asli, ehson qilar bolalar sizga,
Ayamay sochadi baxt daraklarin.
Bir hovuch turshag-u qand-qursingizga
Alishib ketadi pok tilaklarin.
Orif Tolib
2011
@oriftolib
Qishloq Ramazonni kutadi oylab,
Bu oy butun olam hayratda qolar:
Ulkan duolarni koʻngliga joylab
Ramazon aytadi mitti bolalar.
Boʻylari baland-past – turishar qator,
Yuzlari boʻjaloq, yuraklari oq.
Joʻr boʻlib eng ezgu qoʻshiqni aytar,
Koʻzlari qop-qora, tilaklari oq.
Yomon nazarlardan asrab, yashirib
Umid olib kelar eshigingizga.
Oʻziday qorakoʻz, oʻziday shirin
Oʻgʻillar tilaydi beshigingizga.
Siz ham ulashasiz topgan-tutganni,
Miriqib-miriqib yayraydi ular.
Sezmay ham qolasiz dard ketganini
Koʻnglingiz yuvganda tiniq kulgular.
Asli, ehson qilar bolalar sizga,
Ayamay sochadi baxt daraklarin.
Bir hovuch turshag-u qand-qursingizga
Alishib ketadi pok tilaklarin.
Orif Tolib
2011
@oriftolib
Quyida eʼtiboringizga havola etilayotgan maqola 2011-yili yozilgan. Oʻshanda Ramazon avji jaziramaga toʻgʻri kelgandi. Bunday holat yana toʻrt-besh yillar davom etdi. Lekin shunda ham moʻmin-musulmonlar ixlos va sabot bilan roʻza tutishgan.
Bu yil ob-havo ancha moʻʼtadil, bu bir qadar yengillik beradi. Biroq baribir roʻzaning foydali mashaqqati, irodani toblovchi, koʻngilni yumshatuvchi qiyinchiliklari bor.
Alloh taolo barcha roʻzadorlarning roʻzasini qabul qilsin.

Xolis niyat bilan
Hovuri bosilib qolgan yoz Ramazon boshlanishi bilan yana avjiga mindi. Havo non yopishga tayyor tandirday qizib, jamiki jonzot oʻzini panaga urdi. Tosh yoʻllar olisroqdan yalt-yult etib, suvga oʻxshab koʻrinadi. Oynaday jimirlayotgan suv yaqinlashganing sari uzoqlashadi. Uning oʻrnida qup-quruq, qaynoq dam urayotgan tosh yoʻl boʻladi, xolos. Bunday kunlarda tutilgan roʻza har doimgidan ogʻirroq kechadi. Kishidan katta kuch-chidam talab etadi. Yozning xuddi shunday issiq jaziramasini boshqa payt u qadar his etmagan tana endi holsizlikdan sillasi quriydi, toliqadi. Tomoq qaqrab, koʻz tinadi. Qaniydi, biror salqin-soyada uxlab olsang. Afsuski, uyqu ham kelmaydi. Hammasini sezib, anglab boshdan kechirish kerak.
Tashqariga chiqib qolgan baliqqa oʻxshab ogʻzimizni kappa-kappa ochib nafas olamiz, lekin quruqshagan havo ichimizga yana oʻt olib kiradi. Chanqogʻini qondirish uchun ketma-ket shoʻr suv ichayotgan odamga mengzaymiz. Har xil ermak topishga, vaqt oʻtkazishga urinamiz. Tobora sekinlashib ketayotgan vaqtni, uning ogʻir-vazmin qadamlarini eshitganday boʻlamiz. Vaqtga qoʻshilib yuragimiz ham odim otadi, faqat u juda tez yuradi: gup-gup, gup-gup… Biroq hali iftorgacha ancha bor. Zabtiga olayotgan kun ham, mayda qadam vaqt ham biz bilan hisoblashmaydi. Ammo ruhimiz baland, yuragimizdagi komil ishonch baquvvat iroda baxsh etib turibdi. Saharlikda qilgan duomiz esa tonggi shabada kabi tiniq bir kayfiyat ulashadi: “Bugungi Ramazon roʻzasini tongdan kun botguncha xolis Alloh taolo uchun tutishni niyat qildim”.
Odatda, yaxshilik qilgan kishi yengil tortadi, ichki sevinchni tuyadi, anchagacha oʻzidan mamnun yuradi. Chunki u Alloh yoʻlida xolis xizmat qildi. Bunday odamga ana shu ichki qoniqishdan ortiqroq lazzat yoʻq. Xolis niyat bilan ogʻiz boylagan roʻzador ham shunday lazzatni his etadi, natijada unda qanoat, sabr-bardosh oʻzidan-oʻzi shakllanadi.
Inson unutuvchan, unutishga moyil. Hatto unutishga haqqi yoʻq narsalarni ham esdan chiqarishi mumkin. Roʻza biz unutib qoʻygan yo unutayozgan narsalarni yana-tagʻin koʻz oʻngimizga keltiradi. Yashashimizni taʼmin etayotgan neʼmatlarning qadriga yetamiz. Iftorlik payti koʻzimizga dasturxondagi turfa xil yeguliklar emas, faqat suv koʻrinar ekan, hayot manbai, eng aziz neʼmat xuddi ana shu suv ekanini chuqur anglaymiz. Suv haqidagi dono gaplar, goʻzal shiorlarni tez-tez eshitib turamiz-u, lekin ularning mazmun-mohiyatini hozirgidagidek aniq-tiniq tushunmaymiz. Baʼzida soatga ketma-ket qarab, daqiqalarni sanay boshlaganimizda vaqt oltinga tengligini fahmlaymiz. Vujudimiz toliqib, darmonimiz quriganda naqadar ojizligimizni, Yaratganning lutfu marhamatiga qanchalar muhtojligimizni sezamiz. Baʼzan oʻzini butun dunyoni zabt etishga, agʻdar-toʻntar qilib yuborishga qodir hisoblaydigan odamzod naqadar gʻarib va notavon ekanini oʻylab qolamiz. Ha, Ramazon ana shunday beqiyos saboq oyidir!
Iqrorlarimiz, anglaganlarimiz va tavbalarimiz sabab oʻzimiz sezgan-sezmagan holda ruhimiz tozaradi, vujudimiz madorsizlansa-da, imonimiz kuch-quvvatga toʻladi. Iftor oldidan duo qilarkanmiz, nur-rahmatga tashna koʻnglimiz ezgu ishonch bilan qonadi: “Yo, Alloh, Senga imon keltirib, Senga tavakkul qilib, Sen uchun roʻza tutdim. Sen bergan rizq bilan roʻzamni ochdim. Ey gunohlarni kechiruvchi Zot! Mening barcha gunohlarimni kechir!”
Omin!

Nonsiz uyda hamma javraydi, lekin hech kim haq boʻlmaydi.
Odamlar yashagani uchun emas, yashamagani uchun tez qariydilar.
Oqib ketgan suvlar tegirmonni aylantirmaydi.
Pul bor uyda faqat bitta gʻaznachi boʻlishi kerak.
Portugal xalq maqollaridan

Ustoz yozuvchi Tohir Malik vafot etibdi. Inna lillahi va inna ilayhi rojiun.
2016-yili 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni arafasida “Yoshlik” jurnali jamoasi bilan sobiq bosh muharrirlarni ziyorat qilgan edik.
Tohir Malik domla bilan samimiy suhbat boʻlgan, u kishi nashr adadini oshirish, savodli materiallarni koʻpaytirish boʻyicha qimmatli maslahatlarini bergan, oʻz tajribalaridan qiziqarli misollarni keltirgandilar. Ustoz adib fotomuxbirlik qilgani ham aytib, oʻzlarining jonajon “Zenit” fotoapparatini erinmay olib chiqqan, ishlashini tushuntirgan edilar. Har birimiz ogʻirgina apparatni qoʻlga olib, qiziqsinib koʻzdan kechirgan edik.
Oʻsha suhbatda domla tilimiz, adabiyotimiz jonkuyari, yoshlarga xayrixoh maʼrifatparvar sifatida taassurot qoldirgan menda.
Ustoz adibimizni Alloh rahmatiga olgan boʻlsin.

Lotin alifbosidagi oʻzgarishlar haqida
Alifbodagi ikki belgili harflarning Óó, Ǵǵ, Ş va Ç shaklida oʻzgarishi juda yaxshi va asosli, menimcha. Bu boradagi sharh va tushuntirishlarga ham yuz foiz qoʻshilaman.
Lekin ona tilimizga yot boʻlgan “ц” tovushining kiritilishini mutlaqo xato deb oʻylayman. Oʻzbek “tsirk”, “tsex” deb bu tovushni yaxlit talaffuz qilmaydi, mabodo talaffuz qilsa, bu til tabiatiga yot, gibrid talaffuzdir. Soʻz oʻrtasida kelganda esa, oʻz-oʻzidan “t” va “s” shaklida ikki alohida tovush sifatida aytadi.
Yakuniy xulosada aytilishicha, “С/с ni yoqlovchilar bu harf alifbomizda mavjud boʻlmagani bilan maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-ijtimoiy hayotimizda baribir ishtirok etyapti, masalan, pasport seriyasi, test savolnomasi, avtomashina raqamlari kabi roʻyxat bandlarini alifbo asosida tartiblashda va boshqa holatlarda Cc harfidan foydalanyapmiz, shuning uchun bu harfni alifboga qabul qilishimiz shart”, deyishyapti ekan. Pasport seriyasi, test savolnomasi, avtomashina raqamlari kabilarda oʻzbek lotin alifbosidan foydalanilmaydi. Ularga xalqaro til – ingliz tili alifbosi asos qilib olinadi. C ni ц qilib alifboga kiritsak, ertaga milliy alifbomizdagi Óó yoki Ǵǵ harflari pasport seriyasi yoki avtomobil raqamlarida qoʻllanadimi? Menimcha, yoʻq.
Rus tilidan Ц harfli juda koʻp soʻz kirib kelgani va s harfi yoki ts birikmasi bu tovushni hamisha ham toʻla aks ettirmasligi ham asossiz vaj. Har bil tilning oʻz xususiyati bor. Hech bir til boshqa bir tildagi tovushni toʻla aks ettirish majburiyatini boʻyniga olmagan. Masalan, bizga arab tilidan kirib kelgan Zod harfli soʻzlarni arabdek talaffuz qilmaymiz, oddiy Z bilan ifoda etamiz: “ramadzon” demaymiz, “ramazon” deymiz. Yoki inglizcha “The Sun” gazetasi nomini oʻzbekchada talaffuzda bermoqchi boʻlsak, “ze San” deyishdan boshqa ilojimiz yoʻq. Chunki bu tovushni ifodalaydigan harf oʻzbekchada mavjud emas. Yaxshisi, uni aslicha, ingliz tilida yozib qoʻya qolamiz. Inglizcha talaffuz bilan oʻqimoqchi boʻlgan odam oʻzi istaganidek oʻqib olaveradi.
Boshqa tillar ham shunday. Masalan, rus tilida H harfi yoʻq, chunki bu til egalari boʻgʻiz undoshini talaffuz etmaydi, oʻrniga koʻpincha G ishlatadi: “Hollandiya” deyishga qiynalgani uchun “Gollandiya” deb qoʻya qoladi. Yoki, aytaylik, inglizlar “qoraqalpoq” soʻzini “karakalpak” deb talaffuz qiladi, chunki ingliz tilida q tovushi yoʻq. Arab tilidagi “amirul bahr” (dengiz amiri) degan rutba fransuzchaga “admiral” shaklida oʻtgan. Buning uchun hech kim fransuzlarni nega “bahr” soʻzini toʻgʻri talaffuz qilmayapsan deb ayblamagan. Bunaqa misollarni istagan tildan zerikkuncha keltirish mumkin.
Oʻzga millat vakillarining ism-familiyasidagi Ц tovushini toʻgʻri aks ettirish imkoniyati yoʻqligi bois baʼzan muayyan noqulaylik, chalkashliklar yuzaga kelishini alifboga alohida bitta harf olib kirmay ham oson hal etish mumkin. Kishi nomlarini yozishda soʻz boshida kelgan Ц harfini Ts tarzida yozish kifoya.
Qadimiy lotin tiliga mansub boʻlgan s harfli koʻp soʻzlar asliyatda ham С/с harfi bilan yozilgani haqidagi qarashga esa lotin tili uchun emas, oʻzbek tili uchun alifbo tayyorlanganini eslatish kifoya, menimcha.
Alifboga C/c (ц) harfining kiritilishi kirill yozuviga oʻrganib qolgan katta avlod vakillarining ham lotin yozuviga tezroq moslashib ketishiga, rasmiy alifbomizning keng qoʻllanilishiga zamin yaratar ekan. Moslashadigan boʻlsa, shusiz ham moslashaveradi. Katta avlodning moslashishi Ц harfiga qarab qolgan emas. Yangi alifboga nafaqat katta avlod, balki yoshlarning ham sezilarli qismi moslashmadi (Tengdoshlarimning koʻpchiligi kirill alifbosida yozadi, blogerlarning kanallari ham aksariyat holatlarda kirilchada yuritiladi – xulosam shunga koʻra). Bunga alifboning yozishga noqulayligi, qoʻshma harflar va umumiy loqaydlik sabab. Ц harfi emas.
Ng harfini bitta harfga aylantirish qiyinchiliklar keltirishini, har holda, qabul qilish mumkin.
Senat tasdiqlaydigan oʻzgarishlar oʻzbek tili tabiatiga mos boʻladi, deb umid qilaman.

Toʻlov-kontrakt narxlari “chaqmoqda”. Uni tushirish mumkinmi?
Soʻnggi kunlarda koʻpchilikning eʼtiborida boʻlib turgan masalalardan biri – oliy oʻquv yurtlarida oʻqitish narxlarining keskin oshgani. Narxlar oldingiga nisbatan 18 foizga balandladi, ish haqlari esa – 10 foizga. Bu yildan eʼtiboran shartnoma pullarini toʻlash boʻyicha bir qancha ijobiy oʻzgarishlar amalga kirityapti. Biroq savolli jihatlar ham bor.
...Kuni kecha Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Oliy taʼlim vazirligi masʼul xodimlari ishtirokida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda talabalarni yotoqxona bilan taʼminlash masalasida ham muammolar yetarli ekani taʼkidlandi. Vazirlik hisob-kitoblariga koʻra, oʻrtacha 80 ming nafar talaba turar joyga ehtiyoj sezadi. Bu talabning 40 foizi esa qondirilmay qolmoqda. Demak, 32 ming nafar talaba vaqtinchalik yashash joyi izlashga majbur. Bu – juda katta raqam. Agar turar joyga ehtiyoj toʻliq qondirilsa, bu ham maʼlum maʼnoda toʻlov-shartnoma puli “kamayishi»dir. Chunki yashash joyiga nisbatan kam mablagʻ sarflagan talabaning yelkasidagi chiqimlar biroz yengillashadi. Biroq bu muammoni tezda hal qilish qiyin, deyishyapti. Joy yetishmasligi oʻz-oʻzidan korrupsiya, tanish-bilishchilik illatlariga ham yoʻl ochib beradi. Demak, turar joy masalasida baribir yechim izlash kerak.
Toʻlov-shartnoma puli yukini yengillashtirish, taʼlim sifatini oshirish, talabalarga yetarli shart-sharoit yaratish masalasida nafaqat Oliy taʼlim vazirligi, balki oliy oʻquv yurtlarining oʻzi ham, keng jamoatchilik ham bosh qotiradi, taklif-tavsiyalar beradi, deb umid qilaman. Taklif-tavsiyalar saralanib, amalga tatbiq etilishiga ham ishonchim yoʻq emas.
Orifjon Madvaliyev,
jurnalist
Xabar.uz da chop etilgan.

Toʻrt muchaga nimalar kiradi?
Toʻrt muchasi sogʻ degan gapni koʻp eshitamiz. Badiiy adabiyotlarda ham bu ibora bot-bot koʻzga tashlanadi. Mucha soʻzining lugʻaviy maʼnosi kishi aʼzosidir. Toʻrt muchasi sogʻlik esa jismonan sogʻlomlikni anglatishi maʼlum.
Lekin toʻrt mucha deganda aynan qaysi tana aʼzolari nazarda tutiladi? Izohli lugʻatga koʻra, toʻrt mucha oyoq, qoʻl, koʻz va quloqdir.
🟢 Misol:
Toʻrt muchasi sogʻ odamga bekorchilikdan yomon dard yoʻq ekan.
S. Siyoyev, “Avaz”.

Oʻqitish – umid urugʻlarini ekish demakdir
Oʻqituvchilar haqida hikmatlar
Agar oʻqituvchida ishiga muhabbatgina boʻlsa, u yaxshi oʻqituvchiga aylanadi. Oʻquvchisigagina muhabbati bor muallim hamma kitoblarni oʻqigan, lekin ishini ham, oʻquvchisini ham sevmaydigan oʻqituvchidan yaxshiroqdir. Har ikki muhabbatni oʻzidan jam qila olgan oʻqituvchi esa komil ustozdir.
Lev Tolstoy,
rus yozuvchisi
Vrachlar va oʻqituvchilardan moʻjiza talab qilinadi, lekin ana shu moʻjiza amalga oshsa, hech kim ajablanmaydi.
Mariya-Ebner Eshenbax,
avstriyalik adiba
Shogird ustozida raqobatchi emas, oʻrnak timsolini koʻrsa, undan hech qachon oʻzib keta olmaydi.
Vissarion Belinskiy,
rus adabiyotshunosi
Oʻqituvchi maksimal obroʻga, minimal hokimiyatga ega boʻlishi kerak.
Tomas Sas,
amerikalik ruhshunos
Ustozidan oʻzib ketmaydigan oʻquvchining holiga voy.
Leonardo da Vinchi
Oʻqituvchilar uyga vazifa berib oʻquvchilarini nishonga oladilar, lekin “oʻq”lari ota-onalarga tegadi.
Jorj Simenon,
fransuz yozuvchisi
Yaxshi ustoz boshqalarga hatto oʻzining qoʻlidan kelmaydigan narsalarni ham oʻrgatishi mumkin.
Tadeush Kotarbinskiy,
polyak faylasufi
Ustozning soʻzlarini takrorlash uning davomchisi boʻlish degani emas.
Dmitriy Pisarev,
rus adabiyotshunosi
Yuzta oʻqituvchi yolla, lekin oʻzing oʻzingni majburlay olmasang, oʻzingdan oʻzing talab qila bilmasang, ularning hech biri senga yordam bera olmaydi.
Vasiliy Suxomlinskiy,
ukrain pedagogi
Men oʻqituvchidan yaxshi axloqni talab qilaman, buni boshqa har qanday fuqarodan ham talab qilgan boʻlardim.
Deni Didro,
fransuz yozuvchisi
Birovga oʻrgatish uchun oʻzing oʻrganishingga kerak boʻladigandan koʻra koʻproq aql zarur.
Mishel Monten,
fransuz yozuvchisi
Oʻqituvchi uchun oʻzidan oʻtib ketgan oʻquvchini koʻrishdan ortiq baxt yoʻq.
Lev Tolstoy,
rus yozuvchisi
Yaxshi oʻqituvchi bilan buyuk oʻqituvchining farqi nimada? Yaxshi oʻqituvchi oʻquvchisining qobiliyatlarini soʻnggi chegarasigacha rivojlantiradi. Buyuk oʻqituvchi esa bu chegarani bir qarashdayoq koʻra oladi.
Iogann Gyote,
olmon yozuvchisi
Oʻqituvchi ogʻir ishlarni yengil bajara oladigan kishidir.
Ralf Emerson,
amerikalik yozuvchi
Oʻqitish ikki karra oʻrganish demakdir.
Jozef Juber,
fransuz yozuvchisi
Bolalarni oʻqitish – zaruriy yumush. Biroq oʻzimiz ham ulardan oʻrganishimiz gʻoyat foydali ekanini anglashimiz kerak.
Maksim Gorkiy,
rus yozuvchisi
Muallim uchun oʻqitish qancha oson boʻlsa, oʻquvchilar uchun tushunish shuncha qiyin boʻladi.
Lev Tolstoy,
rus yozuvchisi
Muallimlik sanʼati oʻquvchilar qalbida qiziqish uygʻotish, soʻng bu talabni qondirishdir.
Anatol Frans,
fransuz yozuvchisi
“Men qilgan narsani qaytar”, degan odamdan hech narsa oʻrgana olmaymiz. Bizning yagona chinakam oʻqituvchilarimiz “Men bilan birga bajar”, deydigan kishilardir.
Jil Delez,
fransuz faylasufi
Oʻqitish – umid urugʻlarini ekish demakdir.
Lui Aragon,
fransuz yozuvchisi
Oʻqituvchi uchun eng katta shodlik – shogirdini maqtashgani.
Sharlotta Bronte,
ingliz adibasi
Oʻquvchi hamisha faqat mehr qoʻygan kishisidangina taʼlim oladi.
Iogann Gyote,
olmon yozuvchisi
Xalqqa taʼlim berish – uni yaxshilashdir; tarbiyalash – axloqini yuksaltirishdir, ziyoli qilish esa taraqqiy ettirish demakdir.
Viktor Gyugo,
fransuz yozuvchisi
Agar sizning rejangiz bir yillik boʻlsa, sholi eking. Oʻn yillik boʻlsa, daraxt oʻtqazing. Agar bir umrlik reja tuzgan boʻlsangiz, bolalaringizni tarbiyalang.
Konfutsiy,
Qadimgi Xitoy mutafakkiri
Hamma narsani tarbiyalash kerak: odamlarni, buyumlarni, hodisalarni. Lekin eng oldin odamlarni. Odamlar ichidan esa eng oldin ota-onalar va pedagoglarni tarbiyalash zarur.
Anton Makarenko,
rus pedagogi va yozuvchisi
Chinakam ustoz senga hamisha tarbiya beradigan kishi emas, mustaqil boʻlishingga yordam beradigan kishidir.
Mixail Svetlov,
rus shoiri
Oʻqituvchi oʻzining bolalaridan koʻra birovlarnikini tarbiyalashni yaxshi biladigan kishidir.
Jyulyen de Falkenare,
flamand yozuvchisi
Rus tilidan
Orif Tolib
tarjimasi
“Kitob dunyosi” gazetasining 2019 yil sentyabr sonida eʼlon qilingan.

Yohann Peter Ekkerman. “Gyote bilan gurunglar”
Toshkent, “Oʻzbekiston” nashriyoti, 2016-yil. 632 bet. Olmon tilidan Yanglish Egamova tarjimasi. Soʻzboshi muallifi Akmal Saidov. Kitobni 2016-yil 12-dekabr kuni sotib olgan ekanman. Nihoyat 2019-yil avgustida oʻqishni boshlab, orada tanaffuslar bilan shu yil 6-oktyabr kuni tugatdim.
Yohann Peter Ekkerman mashhur olmon shoiri va mutafakkiri Yohann Gyotening shogirdi, kotibi, muharriri boʻlgan. Gyotening juda koʻp kitoblarini tahrirlagan, nashrga tayyorlagan. Gyote umrining soʻnggi toʻqqiz yilida (1823–1832) u bilan suhbatdosh, maslakdosh boʻlgan. “Gyote bilan gurunglar” ana shu yillarda tutilgan kundaliklar asosida yozilgan. Kitobning uchinchi qismiga Vaymar saroyi maslahatchisi Sorening ham baʼzi esdaliklari kiritilgan.
Ushbu asarda Gyotening turmush tarzi, ijod va tahrir uslubi, turli masalalarga, shaxslarga, xususan taniqli davlat arboblari va mashhur yozuvchilarga munosabati bilan yaqindan tanishish mumkin. Ayniqsa, yosh ijodkorlar uchun foydali joylari koʻp. Gyote bir oʻrinda: “Shoir ham keng qamrovli bilim egasi boʻlishga intilishi zarur, chunki uning materiali butun olam, ana shu olamni soʻzlarda ifoda etishning uddasidan chiqmogʻi kerak”, deydi. Daho adibning ushbu soʻzlaridan sheʼriyat shunchaki qofiya tizish sanʼati emas, katta bilimni talab etadigan mashaqqatli yoʻl ekani anglashiladi.
Kitob mahorat bilan oʻzbekchalashtirilgan. Tishga tegadigan yoki maʼnosi anglamsiz jumlalarga duch kelaverib, asabingizni qiynamaysiz.
Soʻzboshi qiziqarli faktlarga boy. Jumladan, unda Ekkermanning hayotiga oid muhim faktlar bilan tanishasiz. Unda yozilishicha, Ekkerman Gyote taklif etgan maoshni gʻururi sabab olmaydi va butun umr moddiy qiyinchiliklar ichida yashaydi. Hatto qalligʻi bilan turmush qurishga ham imkon topolmay, bir necha yillar toʻyni orqaga surishga majbur boʻladi. Bir ingliz jurnali Ekkermanga olmon adabiyoti haqida turkum maqolalar yozish boʻyicha buyurtma beradi va yaxshigina qalamhaqi vaʼda qiladi. Biroq bu ishga Gyote koʻnmaydi, undan koʻra “Gurung”lar bilan shugʻullanishni maslahat beradi. “Gurunglar” Ekkermanga deyarli moddiy daromad bermaydi. Gyote vasiyatiga koʻra, uning oʻlimidan soʻng bosilib chiqqan kitob kutilganidek dovruq qozonmaydi. Vaqti kelib, Ekkerman olamdan oʻtgandan soʻnggina koʻpmingsonli oʻquvchisini topadi.
Asarda Gyotening ijodiy ustaxonasiga ham nazar tashlaysiz. Uning oʻziga xos odatlari, ishlash tartibini oʻrganasiz. U bir oʻrinda hamkasbi, mashhur olmon adibi Fridrix Shiller haqidagi xotiralari bilan oʻrtoqlashar ekan, yozuvchining bir odati haqida ajoyib faktni keltiradi. Shiller yozmoqchi boʻlgan asarlari haqida har kimga gapiraverar ekan, soʻnggi yillarda yozgan pyesalarini Gyotega sahnama-sahna aytib bergan ekan. Gyote esa boshqacha: “Bunday holat, aksincha, mening tabiatimga xos emas, oʻz poetik rejalarim haqida hech kimga, hatto Shillerga ham ogʻiz ochmasdim. Miq etmay, ularni ichimda asrardim, odatda, asarimni yozib boʻlgunimcha hech kim hech narsa bilmasdi”.
Gyote Shiller bilan birga bir nechta dramalar yozib, uni oʻzi rahbarlik qilgan teatrda sahnalashtirgan ekan. Kitobda bu kabi men uchun yangilik boʻlgan maʼlumotlar talaygina.
Xullas, ijodiy mahorat sirlari va mashhur adiblar shaxsiyatiga qiziqadiganlarga tavsiya qilaman.

Darranda nima?
Kitoblarda, gazeta-jurnallarda parranda-darrandalar degan soʻzga duch kelgan boʻlsangiz kerak. Parranda nimaligini koʻpchiligimiz yaxshi bilamiz: har qanday qush zoti. Uyda boqiladiganlari uy parrandasi deyiladi. Masalan, tovuq – uy parrandasi. U ham aslida qush.
Xoʻp, bu gaplar tushunarli. Lekin darranda nima?
Darranda – asli forscha soʻz, “pora qilmoq”, “parchalamoq” maʼnosidagi feʼlning hozirgi zamon shakli. “Izohli lugʻat”ga koʻra, oʻzbek tilida ikki xil maʼnoda ishlatiladi.
1️⃣ Sutemizuvchi yirtqich, vahshiy hayvonlar:
Darrandalarning ayrimlari, sariq yumronqoziq va sugʻurlar qish va yozda uzoq uyquga ketadi.
“Fan va turmush”
Tuxumi qurib ketgan, quruqda yashovchi sudralib yuruvchilardan darranda kaltakesaklar diqqatga sazovordir.
“Zoologiya”
2️⃣ Koʻchma maʼnoda: yovuz, yirtqich:
Yanching oʻz ichida darranda zotin,
Gitlerning baloyi nogihonlarin.
Gʻ. Gʻulom
Darranda dushmanlar serjahl, asabiy,
Kuchanar devorni sindiray deya.
M. Shayxzoda, “Chorak asr devoni”.
Demak, darranda yirtqich hayvon, koʻchma maʼnoda esa yovuz, yirtqich deganidir.

Qizim
Tugʻilding-u bagʻrimiz toʻldi,
Yuzimiz ham baxtimiz kuldi,
Olam birdan charogʻon boʻldi,
Jonim – qizim, jahonim – qizim.
Oʻz tilingda soʻzlab, chuldirab,
Kulgularing bilan kuldirib,
Gʻamlarimiz ortda qoldirib,
Baxtlar sochding, biyronim – qizim.
Nimalarga tikilib qolding,
Nega buncha oʻylarga tolding,
Kulding, soʻngra qovogʻing solding,
Bu dunyoga hayronim – qizim.
Oʻzim shodman seni erkalab,
Mayingina sochlaring silab.
Manglayingga asta bosdim lab,
Jannat boʻyli rayhonim – qizim.
Balolardan asrasin Egam,
Ey bugunim, ey mening ertam.
Koʻzim nuri, qarogʻim, erkam,
Jonim – qizim, jahonim – qizim.
Orif Tolib
2016
@oriftolib
Tugʻilding-u bagʻrimiz toʻldi,
Yuzimiz ham baxtimiz kuldi,
Olam birdan charogʻon boʻldi,
Jonim – qizim, jahonim – qizim.
Oʻz tilingda soʻzlab, chuldirab,
Kulgularing bilan kuldirib,
Gʻamlarimiz ortda qoldirib,
Baxtlar sochding, biyronim – qizim.
Nimalarga tikilib qolding,
Nega buncha oʻylarga tolding,
Kulding, soʻngra qovogʻing solding,
Bu dunyoga hayronim – qizim.
Oʻzim shodman seni erkalab,
Mayingina sochlaring silab.
Manglayingga asta bosdim lab,
Jannat boʻyli rayhonim – qizim.
Balolardan asrasin Egam,
Ey bugunim, ey mening ertam.
Koʻzim nuri, qarogʻim, erkam,
Jonim – qizim, jahonim – qizim.
Orif Tolib
2016
@oriftolib
Lev Tolstoy jumbogʻi
Mashhur rus yozuvchisi bu masalani ikkinchi sinf oʻquvchilari uchun oʻylab topgan. Lekin hozir uni yuqori sinf oʻquvchilarining oʻttiz foizi, oliy oʻquv yurti talabalarining yigirma foizigina toʻgʻri yecha olar ekan. Hatto har kuni pulni pulga urib koʻpaytiradigan, hisob-kitob bilan tinimsiz shugʻullanadigan savdogarlaru buxgalterlar ham koʻpincha xato qilishadi. Mana oʻsha masala:
“Savdogar qalpoq sotyapti, 10 soʻmdan. Bir xaridor keldi, kiyib koʻrib, sotib olmoqchi boʻldi. Lekin uning 25 soʻmligi bor ekan, xolos. Sotuvchi oʻsha 25 soʻmni bir bolakayga berib, maydalab kelish uchun qoʻshninikiga joʻnatdi. Bola pulni 10+10+5 soʻmlik qilib maydalab keldi. Savdogar qalpoqni va 15 soʻm qaytimni haligi kishiga berdi. Oradan biroz vaqt oʻtgach, pulni maydalab bergan qoʻshni keldi va 25 soʻmlik qalbaki ekanini aytdi. Ilojsiz qolgan sotuvchi unga pulini qaytarib berdi.
Savdogar jami boʻlib qanchaga tushgan?”
Qani, Siz ham bir urinib koʻring-chi, buyuk yozuvchining ushbu oddiygina jumbogʻini yecha olarmikansiz. Javoblaringizni izohlarda qoldirishingiz mumkin.
Orif Tolib
tayyorladi.
PS: Oddiygina masalani yechish uchun oson yoʻlni tanlab, googleʼdan tayyor javobni izlamaysiz, deb ishonaman.

“Mehrobdan chayon” romani ingliz tiliga tarjima qilindi
Samarqand davlat chet tillari instituti rektori Ilhomjon Toʻxtasinov Abdulla Qodiriy tavalludining 125-yilligiga munosib sovgʻa tayyorladi – “Mehrobdan chayon” romanini ingliz tiliga oʻgirdi. Tarjimani AQShlik mutaxassis Piter Barsum tahrir qilgan. Tez kunlarda “Mehrobdan chayon” romani ingliz tilida keng kitobxonlar ommasiga taqdim etiladi.
I.Toʻxtasinov shu kunga qadar Alisher Navoiy gʻazallari, Abdulla Qodiriy, Primqul Qodirov, Odil Yoqubov, Tohir Malik romanlari hamda Gʻafur Gʻulom qissalarini ingliz tiliga oʻgirgan.

Lev Tolstoy jumbogʻi Mashhur rus yozuvchisi bu masalani ikkinchi sinf oʻquvchilari uchun oʻylab topgan. Lekin hozir uni yuqori sinf oʻquvchilarining oʻttiz foizi, oliy oʻquv yurti talabalarining yigirma foizigina toʻgʻri yecha olar ekan. Hatto har kuni pulni…
Lev Tolstoy jumbogʻining javobi
Kirim-chiqimlarni hisoblaymiz:
Savdogarning kirimi: bola maydalab kelgan 25 soʻm.
Chiqimlari: qalpoq (10 soʻm) + qaytim (15 soʻm) + qoʻshnisiga berilgan pul (25 soʻm) = 50 soʻm.
Jami 25-50=-25.
Demak, savdogar 25 soʻm zarar koʻrgan.

🧮 U necha yoshda?
Bir kishidan “Yoshingiz nechada?” deb soʻrashdi.
“Shanba va yakshanbani hisobga olmasa, 30 yoshdaman”, deb javob berdi u.
Ayting-chi, u odam aslida necha yoshda?
📝 Javoblarni izohlarda qoldirishingiz mumkin.