Orif Tolib
10.5K subscribers
969 photos
91 videos
5 files
1.72K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://bit.ly/3nHSpI6
Murojaat uchun:
👉 @oriftolib_xatlar_bot
Donat:
👉 8600572904072506
👉 tirikchilik.uz/oriftolib

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
Qay biri materik nomi?
Anonymous Quiz
51%
Antarktida
23%
Antarktika
26%
Ikkovi ham toʻgʻri.
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
24%
Laberint
76%
Labirint
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
54%
Voleybol
46%
Volleybol
№ belgisi haqida

Ushbu belgi bizga rus tipografikasidan kirib kelgan. Tartib raqamini ifodalaydi.

Biror hujjatni oʻsha hujjatning oʻzida raqamlashda yoki matndan tashqarida, masalan, gazeta sonini koʻrsatishda qoʻllash oʻzbekcha uchun mantiqan toʻgʻri: № 3. Belgidan keyin boʻsh joy tashlash kerak.

❗️ Matn ichida bu belgini qoʻllashni ortiqcha deb hisoblayman:

№ 16-maktab

Sababi:

1️⃣ Chiziqcha bilan -inchi maʼnosi anglashilyapti, u tartibni bildiradi. Demak, tartibni, raqamlashni bildiruvchi belgini yana bir bor qoʻllashga zarurat yoʻq.

2️⃣ Bu belgi rus tilida номер soʻzi oʻrnida ishlatiladi va jumlani qisqartirishga xizmat qiladi, oʻzbek tilida unday emas.

3️⃣ Raqamli yoki sonli soʻzi oʻzbekchada sondan keyin keladi, rus yoki ingliz tilida sondan oldin: номер 2, number 2, 2-sonli. Школа №2, school number 2, 2-sonli maktab – 2-maktab.

Ushbu belgi oldin ingliz tilida ham ishlatilgan. Lekin hozir No. qisqartmasi qoʻllanadi. Qisqartmadan keyingi nuqta qoʻyilmasligi ham mumkin. AQSHda tartib raqamini ifodalash uchun panjara belgisi – # ishlatish urf boʻlgan. Nemislar Nr. shaklidan foydalanadi. Fransuz, ispan, italyan va portugal imlolarida boshqacha belgi va qisqartmalar ishlatiladi.

№ belgisi asosan texnik xarakterdagi matnlarda uchraydi.

📌 Demak:

14-maktab, 34-uy, viloyat hokimining 52-Q/22-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 355-sonli qarori

№14-maktab, №34-uy, viloyat hokimining №52-Q/22-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining №355-sonli qarori

Koʻpincha sonli soʻzini ishlatmasa ham boʻladi. Loʻnda ifodalaganga nima yetsin:

Viloyat hokimining 52-Q/22-qarori, Vazirlar Mahkamasining 355-qarori

@oriftolib
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
56%
Kungurador bino
44%
Kungirador bino
Metis, mulat, sambo va kreol: farqi nimada?

Turli adabiyotlarda bu soʻzlarga duch kelamiz. Ular nimani anglatadi?

Sarlavhadagi soʻzlarning isteʼmolga kirishi istilochilik davri bilan bogʻliq.

Metis – turli irqqa, masalan, yevropaliklar bilan hindularga mansub er-xotindan bunyodga kelgan avlod; duragay.

Mulat – oq tanli (yevropeoid irqiga mansub)lar va qora tanlilardan tugʻilgan avlod, nasl.

Sambo – hindular va qora tanlilar nikohidan tugʻilgan avlod.

Kreol – istilochilik davrlarida Amerika, Afrika va Osiyoda turli irq va millatlar qoʻshilishidan paydo boʻlgan avlod.

Ushbu soʻzlar hududlarga koʻra turlicha maʼno tashishi mumkin. Masalan, Oʻrta Osiyoda mongoloid va yevropeoid irqiga mansublardan tugʻilganlar metis deb ataladi.

@oriftolib
“Ittifoqo” nima degani?

Bu soʻz asosan badiiy uslubda ishlatiladi. Asli arabcha bu soʻz kutilmaganda, tasodifan, toʻsatdan maʼnolarini anglatadi:

Ittifoqo uchrashib qoldik.

Ittifoqo bu masalaga eʼtibor qaratdi.

Bu soʻzdan soʻng koʻpincha vergul qoʻyishadi. Aslida vergul kerak emas.

@oriftolib
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
14%
Bahuzir
86%
Bahuzur
Qay biri toʻgʻri?

Hindistondagi shtat – ...
Anonymous Quiz
53%
Gujarot
47%
Gujorat
Sulola nomi qanday yoziladi?

Sulolalar nomini yozishda turli nashrlar, hatto lugʻat va ensiklopediyalarda ham xilmaxilliklar, chalkashliklar uchrab turadi.

2013-yilgi imlo lugʻati sulolalar nomini kichik harfda yozgan boʻlsa, milliy ensiklopediya baʼzan kichik, baʼzan bosh harflar bilan bergan. Xoʻsh, qay biri toʻgʻri?

Sulolalar nomi millat, elat, qavm nomiga oʻxshaydi va ularni kichik harf bilan yozish kerak: hoshimiylar, abbosiylar, umaviylar, temuriylar, qoraxoniylar, usmonlilar kabi.

❗️ Ammo bu soʻzlarning baʼzilari jumla ichida bosh harfda ham yozilishi mumkin. Bunda ular davlat nomini bildiradi: Abbosiylar xalifaligi, Umaviylar davlati, Temuriylar davlati, Usmonli sultonligi kabi.

📌 Demak:

Amir Temur Temuriylar davlati va temuriylar sulolasining asoschisidir.

Usmon Gʻoziy Usmonlilar davlati va usmonlilar sulolasining asoschisidir.

@oriftolib
Qay biri toʻgʻri?

Sevgi dardidan mening ham boʻldi rangim ________. E. Vohidov, “Muhabbatnoma”.
Anonymous Quiz
23%
Kahrabo
66%
Qahrabo
12%
Ikkovi ham toʻgʻri.
Togʻ va qir: farqi nimada?

Togʻ
va qir soʻzlari nima maʼnoni anglatishini, bu ikkisining farqini deyarli bilamiz. Qir past, togʻ baland boʻladi. Lekin aynan necha metr balandlikkacha qir, necha metrdan soʻng togʻ sanaladi?

Milliy ensiklopediyaga koʻra, qir atrofidagi yerlardan biroz koʻtarilib turgan, yassi yoki salgina gumbazsimon balandlik, tepalik, platolardir. Uning mutlaq balandligi 200 metrdan 500 metrgacha deb qabul qilingan. Baʼzan bundan ham baland boʻlgan usti yassi past togʻlar ham qir deyilishi mumkin.

Togʻlar esa yer yuzasining tevarak-atrofdagi tekisliklardan yakka yoki qator koʻtarilib turgan baland joylaridir.

300 metrdan baland qir va adirliklar togʻ sanalishi mumkin.

Togʻlarning balandligi boʻyicha umum qabul qilingan aniq oʻlchov yoʻq. Masalan, Buyuk Britaniyada 610 metrdan baland tabiiy balandliklar togʻ deb hisoblanadi. AQSHning Oklahoma shtatidagi Skot togʻi esa 251 metr balandlikka ega xolos.

Hisob-kitoblarga koʻra, Yevrosiyo materigining 33 foizi, Janubiy Amerikaning 19 foizi, Shimoliy Amerikaning 24 foizi, Afrikaning 14 foizi togʻ bilan qoplangan. Yer yuzasining 24 foizini togʻlar egallagan.

@oriftolib
1️⃣ Pulim boʻlsagina, oʻqiy olaman!
2️⃣ Oʻqisamgina, pul topa olaman!

Siz qaysi toifadansiz?

Hozirgi kunda hatto matn yozib ham pul ishlasa boʻladi. Buning uchun kopirayting sohasini yaxshilab oʻrganish kerak.

Agar siz:

– kopirayting sohasiga qiziqsangiz;
– yozgan matningizdan ilk bor daromad olishni istasangiz;
– oʻzingizni ikki gapni qoʻshib yoza oladigan savodli (boʻlishga intilayotgan) inson deb hisoblasangiz, “Toʻgʻri kopirayting” nomli kursda oʻqishingiz kerak.

Kurs shakli: onlayn
Kurs davomiyligi: 1 oy (12 ta dars + imtihon).
Kurs narxi: 1 mln soʻm.
👉 5 iyungacha toʻlov qilganlarga 25%, yaʼni 250 000 soʻm chegirma qilinadi.

Darslarni @xatoliklar kanali asoschisi Abduazim Rustamxoʻjayev oʻtadi. Tafsilotlarni bilish uchun va toʻlov masalasida @Copywriting_Supportʻga yozishingiz mumkin.
Shunday yomgʻirda azza-bazza uzoqdan keldi.

👉 “Azza-bazza” nima degani?
Anonymous Quiz
57%
Zoʻrga
29%
Ataylab
14%
Shalabbo boʻlib
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
71%
Tennis raketkasi
29%
Tennis roketkasi
Forwarded from IT taʼlim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'zbek tilini bilmaydigan xalqaro ekspert qanday qilib "Ona tili va o'qish savodxonligi" darsligini tayyorlash jarayonlarida qatnashdi?

Cambridge University Press hamda Oxford University Press nashriyoti muallifi, ona tili va o'qish savodxonligi fani bo'yicha xalqaro ekspert Syuzan Ianuzzi bilan bo'lgan suhbatning to'liq videosi tez orada You Tube sahifamizda e'lon qilinadi.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
86%
Batareya
14%
Batereya
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
73%
Moʻgʻuliston
27%
Moʻgʻiliston