Orif Tolib
9.8K subscribers
909 photos
85 videos
5 files
1.61K links
Soʻz. Tahrir. Savodxonlik.

Reklama boʻyicha:
👉 https://bit.ly/3nHSpI6
Murojaat uchun:
👉 @oriftolib_xatlar_bot
Qoʻllov:
👉 tirikchilik.uz/oriftolib

Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
Download Telegram
Qay biri toʻgʻri?

Sevgi dardidan mening ham boʻldi rangim ________. E. Vohidov, “Muhabbatnoma”.
Anonymous Quiz
23%
Kahrabo
66%
Qahrabo
11%
Ikkovi ham toʻgʻri.
Togʻ va qir: farqi nimada?

Togʻ
va qir soʻzlari nima maʼnoni anglatishini, bu ikkisining farqini deyarli bilamiz. Qir past, togʻ baland boʻladi. Lekin aynan necha metr balandlikkacha qir, necha metrdan soʻng togʻ sanaladi?

Milliy ensiklopediyaga koʻra, qir atrofidagi yerlardan biroz koʻtarilib turgan, yassi yoki salgina gumbazsimon balandlik, tepalik, platolardir. Uning mutlaq balandligi 200 metrdan 500 metrgacha deb qabul qilingan. Baʼzan bundan ham baland boʻlgan usti yassi past togʻlar ham qir deyilishi mumkin.

Togʻlar esa yer yuzasining tevarak-atrofdagi tekisliklardan yakka yoki qator koʻtarilib turgan baland joylaridir.

300 metrdan baland qir va adirliklar togʻ sanalishi mumkin.

Togʻlarning balandligi boʻyicha umum qabul qilingan aniq oʻlchov yoʻq. Masalan, Buyuk Britaniyada 610 metrdan baland tabiiy balandliklar togʻ deb hisoblanadi. AQSHning Oklahoma shtatidagi Skot togʻi esa 251 metr balandlikka ega xolos.

Hisob-kitoblarga koʻra, Yevrosiyo materigining 33 foizi, Janubiy Amerikaning 19 foizi, Shimoliy Amerikaning 24 foizi, Afrikaning 14 foizi togʻ bilan qoplangan. Yer yuzasining 24 foizini togʻlar egallagan.

@oriftolib
1️⃣ Pulim boʻlsagina, oʻqiy olaman!
2️⃣ Oʻqisamgina, pul topa olaman!

Siz qaysi toifadansiz?

Hozirgi kunda hatto matn yozib ham pul ishlasa boʻladi. Buning uchun kopirayting sohasini yaxshilab oʻrganish kerak.

Agar siz:

– kopirayting sohasiga qiziqsangiz;
– yozgan matningizdan ilk bor daromad olishni istasangiz;
– oʻzingizni ikki gapni qoʻshib yoza oladigan savodli (boʻlishga intilayotgan) inson deb hisoblasangiz, “Toʻgʻri kopirayting” nomli kursda oʻqishingiz kerak.

Kurs shakli: onlayn
Kurs davomiyligi: 1 oy (12 ta dars + imtihon).
Kurs narxi: 1 mln soʻm.
👉 5 iyungacha toʻlov qilganlarga 25%, yaʼni 250 000 soʻm chegirma qilinadi.

Darslarni @xatoliklar kanali asoschisi Abduazim Rustamxoʻjayev oʻtadi. Tafsilotlarni bilish uchun va toʻlov masalasida @Copywriting_Supportʻga yozishingiz mumkin.
Shunday yomgʻirda azza-bazza uzoqdan keldi.

👉 “Azza-bazza” nima degani?
Anonymous Quiz
57%
Zoʻrga
29%
Ataylab
14%
Shalabbo boʻlib
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
71%
Tennis raketkasi
29%
Tennis roketkasi
Forwarded from IT taʼlim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'zbek tilini bilmaydigan xalqaro ekspert qanday qilib "Ona tili va o'qish savodxonligi" darsligini tayyorlash jarayonlarida qatnashdi?

Cambridge University Press hamda Oxford University Press nashriyoti muallifi, ona tili va o'qish savodxonligi fani bo'yicha xalqaro ekspert Syuzan Ianuzzi bilan bo'lgan suhbatning to'liq videosi tez orada You Tube sahifamizda e'lon qilinadi.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
86%
Batareya
14%
Batereya
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
73%
Moʻgʻuliston
27%
Moʻgʻiliston
Qizim

Dada, deysan takror va takror,
Erkaginam, jonim, shoʻx qizim.
Senga qanday maza – dadang bor,
Mening esa dadam yoʻq, qizim.

Otasizlik xoʻp ogʻir ekan,
Jon-jonimga sanchilar tikan.
Mendan rozi boʻldilarmikan,
Bular savol emas, oʻq, qizim.

Jon boʻgʻzimga tiqilib turar,
Yetmish marta yiqilib, turar.
Faqat menga tikilib turar –
Armonlarning koʻzi loʻq, qizim.

Taqdir deya, demagayman “gʻing”,
Lek bir dardim boʻladi ming-ming.
Men shoʻrlikka achchiq qismatning
Qilganlari doim doʻq, qizim.

Sogʻinch gʻamga alamni ular,
Tigʻ panjasi yuragim tilar,
Oʻlganimning kunidan kular
Bu koʻz, ammo bagʻrim choʻgʻ, qizim.

Men dadangman – dadamdan nishon,
Dadam sharaf, dadajonim shon.
Tushadilar jannatga, ishon,
Bundan juda koʻnglim toʻq, qizim.

Dada, deysan takror va takror,
Erkaginam, jonim, shoʻx qizim.
Qanday maza senga – dadang bor,
Mening esa dadam yoʻq, qizim.

Botirjon Ergashev

@oriftolib
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
54%
Mashina bamferi
46%
Mashina bamperi
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
80%
Chotqol tizmasi
20%
Chatqol tizmasi
“Yoshlik”ning qadrli o‘quvchilari, Siz uchun yana bir qulaylik!

Endi “Yoshlik” mobil ilovasini telefoningizga o‘rnatib, jurnalning barcha sonlarini o‘qish imkoniga egasiz!

1.
Telefon raqamingizni kiritasiz.
2. Agar hali ro‘yxatdan o‘tmagan raqam bo‘lsa, ism-familya va parol kiritish so‘raladi va o‘sha telefon raqamga sms yuboriladi.
3. Xabardagi raqamni kiritish orqali ro‘yxatdan o‘tasiz.
4. Ilovada jurnal sonlari roʻyxati bilan tanishasiz.
5. Agar avval ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz, o‘sha telefon raqam orqali avval qo‘ygan parolingizni terib ilovaga kira olasiz.

Batafsil 👉 https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.greatsoft.yoshlik
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
47%
Pantomima
53%
Pantomimo
Xolos: vergul kerakmi yoki yoʻq?

Bu soʻzdan oldin yoki keyin vergul ishlatish juda urf boʻlgan. Lekin doʻppini bir chetga qoʻyib, bundoq oʻylab koʻrilsa, bu soʻz vergul talab qilmasligi ayon boʻladi. Xolos – yuklama. Ayiruv yuklamasi. Faqat, yolgʻiz, -gina kabi ayiruv-chegaralov yuklamalariga sinonim. Maʼnodoshlari bilan vergul ishlatmagan kabi bu soʻz-yuklama bilan ham vergul qoʻllamaslik kerak.

Xolos soʻzi bori-yoʻgʻi, faqat, faqatgina maʼnolarini anglatadi:

Shoirlar aldaydi bizni, jonginam,
Bahor doim emas, uch oydir xolos.

A. Oripov.

Ikromjon oʻz ishlari qolib, Esh polvondan gapirardi xolos.
S. Ahmad, Ufq.

Yuqoridagi ikki jumladagi xolos oʻrnida sinonimlarini ishlatib koʻraylik:

Bahor doim emas, uch oyginadir. Bahor doim emas, faqat uch oydir.

Ikromjon oʻz ishlari qolib, Esh polvondangina gapirardi. Ikromjon oʻz ishlari qolib, faqat Esh polvondan gapirardi.


Yuqoridagi jumlalarda vergul kerak emasligi aniq-tiniq koʻrinib turibdi.

Xolos soʻzi ana xolos iborasi tarkibida ham uchraydi. Bu ibora taajjubni, hayratlanishni ifodalaydi. Bu holatda ham vergul mutlaqo ortiqcha:

Ana xolos! Chin oshiqning gapi emas bu.
K. Yashin, Hamza.

📌 Demak:

Eslatib qoʻydim xolos.
Eslatib qoʻydim, xolos.

Ana xolos! Buyogʻi necha puldan tushdi endi?
Ana, xolos! Buyogʻi necha puldan tushdi endi?

🔄 Mavzuga aloqador:
👉 Ammo, lekin, biroq va vergul
👉 Boshlab: vergul kerakmi yoki yoʻq?
👉 Odatda: vergul kerakmi yoki yoʻq?
👉 Esa: vergul kerakmi yoki yoʻq?

@oriftolib
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
59%
Xolesterin
24%
Xolestirin
16%
Xolistiren
Forwarded from Bolalar yozuvchisi
“Bolalar va yoshlar uchun eng yaxshi kitob” tanlovida “Galaktikada bir kun” ilmiy-fantastik qissam bilan 2-oʻringa munosib koʻrilibman🥳 Ishonch va eʼtibor uchun katta rahmat!
1-oʻrin Xudoyberdi Toʻxtaboyevning “Sariq devni minib” hamda Anvar Obidjonning “Meshpolvonning janglari” asarlariga berildi.
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
27%
Arxipilag
73%
Arxipelag
Xudoyberdi Toʻxtaboyev va Anvar Obidjonga 100 mln soʻmdan mukofot

Kecha “Bolalar va yoshlar uchun eng yaxshi kitob” tanlovi boʻlib oʻtdi.

Tanlovga 1800 dan ortiq ariza kelib tushibdi (qoyil, bolalar va yoshlar uchun shuuncha kitob bor ekan-ku, kitob yoʻq deymiz. Asli hafsalamiz yoʻq, tan olish kerak)

Tanlov uchta yosh kategoriyasida uch oʻrin boʻyicha oʻtkazildi.

Prezident qarorida 1-oʻringa 100 mln, 2️⃣-oʻringa 75 mln, 3️⃣-oʻringa 50 mln soʻm mukofot deyilgan. Kecha mukofotlar egalariga topshirildi.

Gʻoliblar qatorida “Mushuklar malikasi Minush,” “Peppi uzunpaypoq” (tarjima), Toʻlqin Nurmuhammadning “Nafs”, Saʼdullo Quronovning “Galaktikada bir kun” kabi asarlari eʼtirof etildi. Albatta, 1-oʻrinda Xudoyberdi Toʻxtaboyevning “Sariq devni minib” va Anvar Obidjonning “Meshpolvonning sarguzashtlari” asarlari. Mukofotlarni adiblarning yaqinlari qabul qilib olishdi.

Eng koʻp sovrinni “Akademnashr” oldi, nashriyot vakili Abbos Serobov sahnaga qatnayverib poshnalari yedirildi😂. Shuncha pulni nima qilasizlar desam, qoʻlimga gul tutqizib ketdi, jiming deganidir-da 😂😂😂.

Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi tomonidan nashr etilgan “Yoshlar uchun ensiklopediya” kitobi ham eʼtirof etildi. Uning hammualliflaridan biri – oʻzimizning Orif Tolib! Yashasiiin👏👏👏👏

Kitob oʻqish ham, eplasa, yozish va chop etish ham taqdirlanadi.

Gʻoliblarni qoʻshaloq bayram bilan qutlayman!

Manba: @shahnozxon

P. S. Kecha taqdirlash marosimiga qatnasha olmagandim. Oʻzimni oʻzim tabriklamay turay degandim, mana, Shahnoza opa tabriklabdilar. Rahmat.

Ushbu ensiklopediyaning yaralishiga ham Saʼdullo Quronov katta hissa qoʻshgan. Bu endi alohida tarix...

@oriftolib
Miyigʻida kuldi.

Ushbu iboradagi “miyiq” soʻzining lugʻaviy maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
70%
Labning cheti
13%
Moʻylov
17%
Koʻzning chala yumilishi