Moʻgʻulistonmi yoki Mongoliya?
Turli nashrlarda, ommaviy axborot vositalarida Markaziy Osiyoda joylashgan bu davlat nomi xato yoziladi. Asosiy aholisi moʻgʻullardan iborat, bugun mavjud boʻlgan davlatning nomi – Mongoliya. Ular oʻz yurtlarini Mongol Uls deb ataydilar. Poytaxti – Ulan Bator shahri.
Moʻgʻuliston esa 1348-yili Chigʻatoy ulusi parchalanishi natijasida tashkil topgan davlat. Unga Qashqar, Yettisuv oʻlkasi va Ili vohasi qaragan. Bu davlat XVI asr boshigacha mavjud boʻlgan. Bobur mirzoning bobosi Yunusxon ana shu davlatning oxirgi qudratli xoni edi. Undan keyin mamlakat amalda mayda boʻlaklarga boʻlinib ketgan.
Ammo Moʻgʻuliston soʻzi faqat shu davlat nominigina anglatmaydi. Chingizxonning ajdod va avlodlari yashagan Markaziy Osiyodagi katta geografik hudud ham Moʻgʻuliston deb atalgan.
❗️ Demak, Moʻgʻuliston atamasini bugungi Mongoliyaga nisbatan ishlatish rasmiy-huquqiy jihatdan xato.
Turk, ozar, gagauz va qirimtatar kabi turkiy xalqlar, shuningdek, fors va tojiklar Mongoliya nomini Moʻgʻuliston shaklida ishlatar ekan. Albatta, bunda soʻz turli tovush oʻzgarishlariga uchraydi.
@oriftolib

Bermudmi yo Bermuda?
Geografik nomlarni tarjima qilish va oʻzbekcha imloda ifodalashda xatolar koʻp uchraydi. Jumladan, mashhur Bermuda uchburchagi nomi ham Bermud uchburchagi shaklida xato ishlatiladi va bu urfga kirgan. Aslida Bermuda toʻgʻri.
Bu hududda havo va suv kemalari sirli ravishda gʻoyib boʻlib qolishi haqida afsonalar yuradi. Bu haqdagi maʼlumotlar OAVda dastlab oʻtgan asrning oʻrtalarida paydo boʻlgan. Vikipediyaga koʻra, Bermuda uchburchagi atamasini ilk bor 1964-yili Vinsent Gaddis Argosy jurnalida eʼlon qilgan “The Deadly Bermuda Triangle” (Halokatli Bermuda uchburchagi) nomli maqolasida qoʻllagan.
Bu uchburchak hudud nomi Atlantika okeanining shimoli-gʻarbidagi marjon orollari nomidan olingan. Bermuda orollari 150 tacha oroldan tashkil topgan. Ularning eng kattasi – Bermuda oroli. Buyuk Britaniya mulki hisoblanadi. Poytaxti va asosiy porti – Hamilton shahri. Orollarni 1505-yili ispan dengiz sayyohi Huan Bermudes kashf qilgan va hudud uning sharafiga atalgan.
Hudud tarixda Bermudas yoki Bermudaz deb atalgan. Keyinchalik Bermuda shakli qabul qilingan. Hozir ham ispan va portugal tillarida Bermudas shakli ishlatiladi.
Oʻzbek tiliga ruschadan tarjima qilishda bir nozik jihat koʻzdan qochirilgan. A unlisi bilan tugagan soʻzlar ruschada koʻplik shaklida va roditelniy padejda qoʻllanganda yoki sifatga aylanganda a tovushi tushib qoladi. Biroq bu soʻzning oʻzagida a tovushi yoʻqligini anglatmaydi:
Бермуда (Bermuda) – Bermuda.
Бермудские острова (Bermuda) – Bermuda orollari.
Бермудский треуголник (Bermuda Triangle) – Bermuda uchburchagi.
Экономика Бермуд (Bermuda economy / Economy of Bermuda) – Bermuda iqtisodiyoti.
Solishtiring:
Анкарский договор – Ankar kelishuvi, Anqar kelishuvi ❌
Анкарский договор – Anqara kelishuvi ✅
Ayrimlar toshboʻron qilvormasidan oldin aytib qoʻyay, milliy ensiklopediyada ham orollar nomi Bermuda shaklida berilgan. Bermuda uchburchagi esa ensiklopediyaga alohida maqola sifatida kiritilmagan.
🔄 Mavzuga aloqador:
👉 Xorijiy joy nomlari imlosi va erkinlik hissi
👉 Nyu-York emas, Nyu York
👉 Tinch okean
👉 Oʻrta dengiz
👉 Nur-Sultonmi yoki Nursulton?
👉 Quvaytmi yoki Kuvayt?
👉 Yevrosiyo

Arlon nima?
Anonymous Quiz
35%
Boʻri yoki itning erkagi
34%
Uch-toʻrt yoshli erkak ot
31%
Zotdor tuya
Ilvirs nima?
Ahmad Aʼzam “Tilda machchoyi sayil” maqolasida yozadi: “Rus tilining qonuniyatlarini bilmagan holda tarjimada chiranishlarimiz, birinchidan, oʻz tilimiz imkoniyatlarini toraytirsa, ikkinchidan, atamalarda ham koʻp chalkashliklar keltirib chiqaradi. Ruslarda снежный барс atamasi mavjud, togʻlarda, qorda boʻladi, biz buni befarq qor barsi yoki bilib qor qoploni deb oʻgiramiz, avvalambor, bu oʻrinda qor ortiqcha, chunki ayni shu qoplon bizda shusiz ham faqat togʻda, togʻ qorlarida boʻladi, ruslarda esa mazkur qoplondan farqli oʻrmonu toʻqayda yuradigan Uzoq Sharq qoploni ham mavjud. “Qor qoploni” bizdagi qoplondan boshqa yana bir turi bor ekan degan chalkash tasavvurga olib keladi.
Nimagadir 1983-yili bosilgan “Oʻzbekcha-ruscha lugʻat”ga kirmagan, avomda, folklorda ilvirs atamasi mavjud, ellik toʻqqizinchi yili chiqqan lugʻatda esa bor: “ilvirs – снежный барс”. Keyingi lugʻatlarda bu istilohning uchramasligi tarjimonlarni sopini oʻzidan chiqarishga majbur qiladi”.
Ushbu maqolaga koʻzim tushgach, oʻzbekcha-ruscha lugʻatga qaradim, ilvirs soʻzi kiritilgan ekan. Снежный барс deb tarjima qilingan ekan. Rus tilida снежный барсga nisbatan irbis varianti koʻproq qoʻllanar ekan. U ruschaga XVII asrda turkiy tillardan oʻtgan. Tuvada irbish, Semirechyeda ilbers, Olmaota sharqida – Xitoy bilan chegaradosh hududlarda irviz shakli ishlatilgan.
Ruscha-oʻzbekcha lugʻatda “irbis – ilvirs (togʻ qoploni)” deb izoh berilgan.
Izohli lugʻat esa mushuksimonlar oilasiga mansub, baland togʻlarda yashaydigan, qoplonga oʻxshash yirtqich hayvon deb sharhlagan.
Ruslar irbis bilan birga снежный барс atamasi ham qoʻllanadi. Ular bu atamani ingliz, nemis va fransuz tillaridagi variantidan soʻzma-soʻz tarjima qilib olgan.
Oʻzbek tilida tayyor qisqa va loʻnda soʻz bor. Demak, qor qoploni oʻrnida ilvirs soʻzini ishlatish kerak.

Qay biri toʻgʻri?
Yaponiyalik siyosatchi Sindzo Abega ... uyushtirildi.
Yaponiyalik siyosatchi Sindzo Abega ... uyushtirildi.
Anonymous Quiz
6%
Sui qasd
74%
Suiqasd
20%
Suyqasd
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
5%
Ahvoli chataq ekan.
79%
Ahvoli chatoq ekan.
16%
Ikkovi ham toʻgʻri.
“Bu” va tire
Bu koʻrsatish olmoshi bilan koʻp tire ishlatiladi. Masalan:
Bu – kitobning alohida beti.
Bunday paytlarda bu ot kesimli gapning egasi boʻlib keladi. Bu olmoshi baʼzan egani izohlaydi. Nimagadir, balki rus tilidan tarjimalar taʼsiridadir, bunday holatlarda olmoshdan oldin tire qoʻyish urf boʻlgan.
❗️ Ammo tireni koʻrsatish olmoshidan keyin qoʻyish toʻgʻri. Solishtiring:
Bu – kitobning alohida beti.
Sahifa bu – kitobning alohida beti.
Agar tireni bu olmoshidan oldin qoʻysak, sahifa aynan koʻrsatilayotgan, ishora qilinayotgan kitobning beti boʻlib qoladi:
Sahifa – bu (aynan mana shu) kitobning alohida beti.
Koʻp hollarda olmoshning bahridan bemalol kechvorish mumkin:
Sahifa – kitobning alohida beti.
Tireni koʻrsatish olmoshlaridan oldin qoʻllash holatlari kitoblar, ensiklopediyalar va hatto darsliklarda ham uchraydi. Odatlanilgan xatoni tushunish va toʻgʻrilash qiyin boʻladi. Biroq baribir toʻgʻrilash kerak.
📌 Demak:
Biologiya bu – hayot haqidagi fan. ✅
Biologiya – bu hayot haqidagi fan. ❌
Toʻgʻri savol berish bu – masalaning yarim yechimi. ✅
Toʻgʻri savol berish – bu masalaning yarim yechimi. ❌

65%
Viloyat miqyosida
24%
Viloyat miqiyosida
11%
Ikkovi ham toʻgʻri.
Forwarded from “Yoshlik” jurnali
#Ibratli_hikoya
Ikki nuqtayi nazar
Bir mashhur poyabzal firmasi mahsulotlarini issiq iqlimli o‘lkalardan biriga sotish bo‘yicha loyiha qabul qildi. Ikki xodim bozorni o‘rganish uchun ushbu mamlakatga jo‘nadi. Ular alohida holda viloyatlarga yo‘l oldi. Mahalliy bozor va istiqboldagi xarid imkoniyatini o‘rgana boshlashdi.
Bir necha kun o‘tdi va tahlilchilardan biri qaytib keldi:
– U yerda hech kim poyabzal kiymas ekan. Bu bozorni egallayman deb behuda vaqt sarflamaslik kerak!
Ikkinchi tahlilchi haliyam viloyatlarni kezib yurar, sherigining xulosasidan bexabar edi. Biroz vaqt o‘tib firmaga undan faks-xabar keldi:
– Do‘stlar! Mo‘ljaldagi ekport hajmini uch barobarga ko‘paytirish kerak. Bu joylarda hali hech kim oyoqkiyim kiymas ekan!
Bir vaziyat kimgadir yengib bo‘lmas to‘siq bo‘lib ko‘rinsa, kimgadir beqiyos imkoniyatlar eshigi vazifasini o‘taydi. Hayotda imkonlarni ilg‘ab, ulardan foydalana olganlargina yutadi.
Orif Tolib
yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali