"Isloh" | Onalar madrasasi
1.35K subscribers
332 photos
127 videos
40 files
194 links
Onalik degan buyuk vazifani bajarishingizda yordam berolsak mamnunmiz!
Download Telegram
Forwarded from 🎈Azizaxon Murod🎈
Shayx Sayyid Loshin rahimahullohdan Qur’onni ta’lim berishda (ta’zir uchun) urish haqida so‘rashdi. U zot boshlarini quyi solib, biroz turib qoldilar, so‘ngra boshlarini ko‘tarib: “Alloh taolo Qur’onda: “Ar-Rohman Qur’onni o‘rgatdi”, (Ar-Rohman surasi, 1-2 oyatlar) dedi. “Al-Jabbor Qur’onni o‘rgatdi”, demadi, “Al-Qahhor Qur’onni o‘rgatdi”, demadi. Shu sabab urish, kaltaklash Alloh taolo zikr qilgan rahmat bilan muvofiq emasdir.

Izoh: «Ar-Rohman» Bu sifat faqat Allohga xos bo‘lib, barchaga kofirga ham, mo‘minga ham mehribon va ne’mat beruvchi ma’nosini anglatadi.
«Al-Jabbor» ismining ma’nolaridan biri, zolimga zarba berib, mazlumga najot beruvchi Zotdir.
«Al-Qahhor» ismining ma’nolaridan biri, buyrug‘i so‘zsiz amalga oshiriluvchi, buyrug‘iga hech kim qarshi chiqa olmaydigan Zot, degan ma’nodadir.

Demak, Qur’ondan ta’lim beradigan ustoz shogirdlariga mehribon va rahmdil bo‘lishi lozimligi uqtirilmoqda.

@arabicuz

#Quran@Farzandim_uchun_ilm_olaman
6🤗2