Oliy sud | Rasmiy kanal
19.5K subscribers
32K photos
15.2K videos
18 files
28.8K links
Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudining rasmiy kanali

_________

Официальный канал Верховного суда Республики Узбекистан
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SAVOL BERING, JAVOB BERAMIZ / Iqtisodiy sudlar tomonidan investisiyaviy nizolarni ko'rib chiqish tartibi qanday?

Savolga Navoiy viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi Sabit Jakeyev javob beradi

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Odil sudlov — 2030»: Yangi O'zbekistonda inson huquqlarini ishonchli himoya qiluvchi xalqchil va adolatli sud tizimini barpo etish strategiyasi

Hilola Sulaymonbekova - Guliston tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SAVOL BERING, JAVOB BERAMIZ / Ota-onalik huquqidan qanday asoslarga ko'ra mahrum etiladi?
 
Savolga fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo sudining sudyasi Ramz Tillayev javob beradi

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Uch avlod uchrashuvi – avlodlarni bog‘lovchi rishta

Qarshida tashkil etilgan "Uch avlod uchrashuvi"da sud faxriylari, sudyalar, sud xodimlari va bo'lajak huquqshunoslar ishtirok etdi

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudining tergov sudyasi Behruz Sidiqov tomonidan o‘tkazilgan sayyor sud majlisidan lavha

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farzandlar ota-onaning qaysi biri bilan qoladi?

Sirdaryo viloyat sudining apellyatsiya instantsiyasida ko'rilgan fuqarolik ishlari tafsilotlari

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
TADBIRKORNING YO'LI OYDIN YOXUD SUD TADBIRKORNI NOQONUNIY KREDIT FOIZIDAN XALOS ETDI

So'nggi yillarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, ularning emin-erkin faoliyat yuritishlarini rag'batlantirish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Bunda sohani rivojlantirishdagi ortiqcha byurokratik to'siq va eskirgan tartib-taomillarni bartaraf etish, shuningdek, davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyati ustidan sud nazorati samaradorligini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Keling, ushbu fikrlarimizning isboti uchun bir iqtisodiy ish tafsilotlariga to'xtalamiz. Gap shundaki, bundan 3 yil muqaddam – 2023 yil 20 fevralda aksiyadorlik tijorat “Mikrokreditbank” va “Garant Sement” xususiy korxonasi o'rtasida 18 oy muddatga yillik 25 foiz ustama to'lash sharti bilan kredit shartnomasi tuzilgan.

Mazkur shartnomaga asosan, bank tomonidan tadbirkorga 3 milliard 800 million so'm miqdorida imtiyozli kredit ajratilgan. Kredit ta'minoti sifatida Nukus shahridagi “KKRASI Beton” mas'uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli bino-inshootlar garovga qo'yilgan. Ammo “Mikrokreditbank” hali bir yilga ham yetmay, asosiy kredit qarzi va foizlarini undirish yuzasidan Urganch tumanlararo iqtisodiy sudiga da'vo ariza kiritadi.

Sudning 2024 yil 1 martdagi hal qiluv qarori bilan da'vo qisman qanoatlantirilib, “Garant Sement” xususiy korxonasi va “Urganch Shohruh Savdo” xususiy korxonasidan bank foydasiga solidar tartibda 2 milliard 753 million so'm asosiy qarz va 169 million 504 ming so'm kredit foizini undirish belgilanadi. Undiruv esa, garovdagi mulklarga qaratiladi.

Shundan so'ng Majburiy ijro byurosining Nukus shahar bo'limi tomonidan garovdagi mulklar auksion savdoga chiqarilgan. Lekin mulklar belgilangan muddatda sotilmagan.

Binobarin, davlat ijrochisi garovdagi mulklarni 10 foiz arzonlashtirilgan qiymatda, ya'ni 4 milliard 275 million so'm hisobida bank balansiga olish to'g'risida taklif xati kiritgan. Natijada garovdagi mulklar bank balansiga o'tkazilib, ijro ishi yuritish tamomlangan.

Biroq...

👉 Batafsil

Veb-sayt I Telegram I Facebook I Instagram I YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SUD ZALIDAN

Jinoyat ishlari bo'yicha Ellikqal'a tuman sudining tergov sudyasi A. Seytanov ochiq sud majlisida haqorat qilish, elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish, mayda bezorilik va maxsus xizmatlarni qasddan aldab chaqirganlik bilan bog'liq ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqdi

Veb-sayt I Telegram I Facebook I Instagram I YouTube
❗️Zaruriy mudofaa holatida sodir etilgan qilmish, agar zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqilmagan bo'lsa, jinoyat deb topilmaydi

Jinoyat ishlari bo'yicha tuman sudining hukmiga ko'ra, N. va Sh. Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi “i”, “m” bandlari bilan jarima jazosiga sudlangan.

Viloyat sudi jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'ati apellyasiya instansiyasining ajrimi bilan hukm o'zgartirilib, N. va Sh. Jinoyat kodeksining 70-moddasiga asosan tayinlangan jazodan ozod qilingan.

Viloyat sudi jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'ati taftish instansiyasining ajrimi bilan apellyasiya instansiyasining ajrimi bekor qilinib, birinchi instansiya sudining hukmi o'zgarishsiz qoldirilgan.

Sudning hukmiga ko'ra, N. va Sh. yashash xonadoni oldida bezorilik harakatlarini sodir etayotgan M.ning oldiga chiqib, u bilan janjallashgan holda uning yuz va bosh qismiga zarba berib, o'rtacha og'ir shikast yetkazgan.


Birinchi, apellyasiya va taftish instansiyasi sudlari ushbu qilmishning sodir etilishiga olib kelgan sabab va shart-sharoitlarga yetarli darajada baho bermasdan, qolaversa haqiqatni aniqlash, aybsizlik prezumpsiyasi kabi Jinoyat-prosessual qonunchiligi prinsiplariga rioya qilmagan holda N. va Sh. ni jinoyat sodir etishda aybli deb topgan.

Oliy sud Plenumining “Ijtimoiy xavfli tajovuzlardan zaruriy mudofaa huquqini ta'minlovchi qonunlarni sudlar tomonidan qo'llanishi haqida”gi 39-sonli qarorida, tajovuzning xarakteri va xavflilik darajasiga butunlay muvofiq bo'lmagan mudofaani va buning oqibatida tajovuzchiga hech qanday zaruriyatsiz Jinoyat kodeksining 100 (zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam o'ldirish), 107 (zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan badanga og'ir shikast yetkazish) moddalarida nazarda tutilgan qasddan zarar yetkazilsagina zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish deb topilishi haqida tushuntirish berilgan.

Oliy sud taftish instansiyasi sudida tekshirilgan videoyozuvda M. voqea sodir etilgan kuni N. va Sh.ning yashash uyi oldiga qo'lidagi pichoq bilan borib, mahalla aholisi uxlab yotganiga qaramasdan baland ovozda haqoratli so'zlarni aytib, uyning darvozasini qattiq urib, atrofdagi boshqa fuqarolarning e'tiborini tortib, ularning osoyishtaligini buzib, qo'lidagi pichoqni namoyish qilib, N.ning uyidan chiqishini talab qilib, talabi bajarilmagach:

– uyning darvozasi oldida turgan N. ga tegishli avtomashinaning old va yon oynalarini tosh bilan sindirib, avtomashinaning o'tirgichini yoqib yuborgani;

– uning bezorilik harakatlarini oldini olish chorasini ko'rmoqchi bo'lgan N. va Sh. ni urib-do'pposlab, qo'lidagi pichoq bilan Sh. ga, qo'llari bilan N. ga yengil shikast yetkazgani qayd etilgan.

Bunday holatda M. ning tajovuzkor harakatlari oqibatida N. va Sh. o'zining sog'lig'i va mulkini himoya qilgan.


Yuqoridagilarga ko'ra, Oliy sud Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'ati taftish instansiyasining hukmiga ko'ra, sud qarorlari bekor qilinib, N. va Sh. qilmishida Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi “i”, “m”bandlari bilan bog'liq jinoyat tarkibi bo'lmagani sababli oqlangan.

O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'ati tomonidan 2026 yilning birinchi yarmida taftish tartibida ko'rilgan ishlar bo'yicha sud amaliyoti obzoridan

Veb-sayt I Telegram I Facebook I Instagram I YouTube
Oliy sudda tovar belgilarini ro'yxatdan o'tkazish va patent ekspertizasi masalalari muhokamasiga bag'ishlangan amaliy seminar tashkil etildi

Oliy sud raisining o'rinbosari Sh. Polvanov boshchiligida o'tkazilgan tadbirda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlararo ma'muriy sudlari raislari hamda sudyalari ishtirok etdilar.

Adliya vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi va “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi mas'ul mutaxassislari jalb etilgan seminarning kun tartibidan “Tovar belgilarini ro'yxatdan o'tkazish jarayoni va patent ekspertizasining amaliy xususiyatlari: sud uchun ahamiyatli jihatlari” mavzusi o'rin oldi.

Seminar davomida bu boradagi sud amaliyotida yuzaga kelayotgan bahsli holatlar, jumladan, tovar belgilariga doir nizolarni ko'rib chiqish, patent ekspertizasi xulosalarining ahamiyati, “Madrid bitimi” va xorijiy tovar belgilarining himoyasi, shuningdek, insofsiz raqobatga qarshi kurashish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish bilan bog'liq masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Veb-sayt I Telegram I Facebook I Instagram I YouTube
❗️Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 15 sentyabr kuni bo'lib o'tgan navbatdagi majlisida “Sudyaning maqomi to'g'risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o'qishda muhokama qilindi.

Ushbu hujjat sudyalarning maqomini alohida qonun darajasida belgilash hamda sud hokimiyati mustaqilligini yanada mustahkamlashga qaratilgan. U bilan sudyalik lavozimiga nomzodlar uchun ayrim talablar qayta ko'rib chiqilmoqda. Xususan, sudya hamda xalq maslahatchilari uchun yosh senzini 35 yoshdan 30 yoshga tushirish belgilanmoqda.

Shuningdek, sudyani dastlab 5 yilga, keyin esa muddatsiz davrga tayinlash tartibini joriy etish, sudya, sud raisi va rais o'rinbosari lavozimlariga qo'yiladigan talablarni kuchaytirish nazarda tutilmoqda. Loyihada sudyalar va ularning oila a'zolarini ijtimoiy himoya qilish choralari bilan bog'liq normalar aks etmoqda.

Qonun loyihasini ikkinchi o'qish muhokamasi uchun takomillashtirish davomida sudya faoliyatining asosiy prinsiplariga doir normalar qayta tizimlashtirilgani, xususan, sudyaning qaror qabul qilishda siyosiy qarashlardan va boshqa tashqi ta'sirlardan xoli bo'lishi alohida prinsip sifatida mustahkamlab qo'yilgani qayd etildi. Shu bilan birga, sudyaning mustaqilligiga oid normalar esa tegishli moddada tizimli va yaxlit tarzda ifodalanganligi ta'kidlandi.

Loyiha bilan qonunchilikka yangi kirib kelayotgan iste'fodagi sudyaning maqomiga va uning faoliyati kafolatlariga oid normalar yanada aniqlashtirilgani ham aytib o'tildi. Jumladan, iste'fodagi sudyaga guvohnoma berish, uni o'z roziligi bilan sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatiga jalb etish, sudya sifatida ishlagan davrida odil sudlovni amalga oshirish bilan bog'liq bildirgan fikrlari va qabul qilgan qarorlari uchun daxlsizlik kafolatlarini saqlash, shuningdek professional mediatorlik faoliyati bilan shug'ullanish huquqi taqdim etilishiga oid masalalar aniq ifodalanmoqda.

Yana bir muhim o'zgarishlardan biri — sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortishga sabab bo'ladigan harakatlar aniq mezonlar asosida qayta ifodalandi. Xususan, “qonuniylikni qo'pol ravishda buzish” tushunchasining mazmuni ochib berildi, bunday holatni yuqori instansiya sudi tomonidan aniqlash va tegishli xususiy ajrimda qayd etish mexanizmi belgilandi. Bu, o'z navbatida, intizomiy ishlarni yuritishda aniqlik, shaffoflik va adolatlilikni kuchaytirishga xizmat qiladi.


Muhokamalarda deputatlar sudyalarning maqomini alohida qonun darajasida belgilash sud hokimiyati mustaqilligini ta'minlash, sudyalarning huquqiy va ijtimoiy himoyasini kuchaytirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta'kidladilar.

📌Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborildi.

Veb-sayt I Telegram I Facebook I Instagram I YouTube