Navoiy viloyati soliq boshqarmasi
2.89K subscribers
9.35K photos
1.67K videos
58 files
5.09K links
Navoiy viloyati soliq xizmati organlarining rasmiy kanali.
📍Manzil: Navoiy shahri, A.Navoiy koʻchasi, 27-b uy.

Murojaat uchun telefonlar: 📞 1062,
📞 (79) 222-00-70, 📞 (79) 220-60-75
Veb-sayt: soliq.uz, Facebook: @nvsoliqnews
Download Telegram
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

"Elektron tovar-transport yuk xati tizimi"
mavzusida onlayn seminar-trening boshlandi.

🌐Seminarga havola 👉 https://youtube.com/live/4y5Q8t1mw7U?feature=share
__________
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Начался онлайн семинар-тренинг на тему "Система электронных товарно-транспортных накладных".

🌐 Ссылка на семинар 👉 https://youtube.com/live/4y5Q8t1mw7U?feature=share

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#mutaxassis_sharhi

Savol:

Men II guruh nogironiman. O‘zimga tegishli hovlining mulk va yer soliqlarini to‘lashda imtiyoz mavjud. Lekin, har yili imtiyozni qo‘llash bo‘yicha soliq idorasiga borishim yoki ularni xabardor qilishim shartmi?

Javob:

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga Soliq kodeksining 421-va 436-moddalariga asosan jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer solig‘i imtiyozlari tatbiq etiladi.

Mazkur imtiyozlar I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi.

Ushbu moddada ko‘rsatib o‘tilgan soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan shaxslar soliq imtiyozini olishga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni soliq solish obyekti joylashgan hududdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.

Shunga ko‘ra, imtiyoz beruvchi hujjatlar muayyan davr uchun (vaqtinchalik) berilgan taqdirda, mazkur hujjatlarni hududiy inspeksiyalariga taqdim etish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

👉 Kimlar mulk solig'i va yer solig'idan imtiyozga ega?

Navoiy viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube
#mutaxassis_sharhi

Savol:


Hovlimiz kadastr qilinmagan. Lekin kadastr raqami berilgan. Har yili soliqlarni to‘lab boraman. O‘tgan yili qo‘shnimiz menga nisbatan kamroq soliq to‘layotganini eshitib qoldim. Menda kadastr hujjatlari mavjud bo‘lmaganligi uchun 3 karra ko‘p soliq to‘laymanmi?

Javob:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-dekabrdagi 1043-sonli hamda 2018-yil 20-iyuldagi 561-sonli qarorlariga muvofiq jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan xususiy mulk huquqi, turar va noturar ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr qiymatlari, yer maydonlari va mulk maydonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar kadastr idoralari tomonidan davlat soliq xizmati organlariga elektron tarzda yuborilishi yo‘lga qo‘yilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 420- va 435-moddalariga asosan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan belgilangan soliq solish obyektlarining kadastr qiymati va yer uchastkalarining maydoni soliq bazasi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi (yangi tahrirdagi) Soliq kodeksining 437-moddasiga asosan yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda, soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining uch baravari miqdorida belgilanadi.

Shuningdek, Soliq kodeksining 420-moddasiga asosan Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan belgilanadigan soliq solish obyektlarining kadastr qiymati mol-mulk solig‘i bazasi hisoblanadi:

– uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari;
– qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan obyektlar;
– ko‘p kvartirali uylarga uzviy bog‘liq bo‘lgan avtomashina turar joylari, shuningdek boshqa imoratlar, binolar va inshootlar kadastr qiymati — qirq ikki million so‘mdan kam bo‘lishi mumkin emas.

Jismoniy shaxslarning mol-mulkini baholash bo‘yicha vakolatli organ tomonidan aniqlangan soliq solish obyektining bahosi mavjud bo‘lmagan taqdirda, mol-mulkning shartli qiymati Toshkent va Nukus shaharlarida, shuningdek viloyat markazlarida — ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan summa (qirq ikki million so‘m) ning besh baravari miqdorida, boshqa shaharlarda va qishloq joylarda esa — ikki baravari miqdorida soliq bazasi hisoblanadi.

Navoiy viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube
#TTY #qayta_aloqa

Soliq to'lovchilar elektron TTY tizimi bo'yicha taklif berishi mumkin

2024-yil 1-apreldan yirik soliq toʻlovchilar, 2024-yil 1-iyuldan barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun tovar-transport yuk xatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi.

Hozirda "Elektron tovar-transport yuk xati tizimi" test rejimida ishga tushirilgan. Soliq to'lovchilar tizim funksiyalari bilan tanishishlari mumkin.
👉 Videoqo‘llanma

Elektron TTYni ro‘yxatdan o'tkazish bo‘yicha savollar yoki tizimni takomillashtirish yuzasidan takliflar bilan soliq organlarining qayta aloqa tizimi orqali murojaat qilish mumkin.

Sizning murojaatingiz dasturiy mahsulotni takomillashtirish, muammolarni tez va tizimli ravishda bartaraf etish va yangi tizimga moslashish jarayonini og‘riqsiz o‘tkazishga yordam beradi!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#taksi_agregator

TAKSI AGREGATORLARI XARIDORGA CHEK BERISHI ZARUR


🚕 Bugungi kunda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi taksi agregatorlar faoliyatidan keng foydalanmoqdamiz. Aslini olganda, bu xizmat har birimiz uchun juda qulay. Bekatga bormasdan ham turgan manzilingizga taksi buyurtma qilib, istalgan nuqtaga bir zumda yetib olishingiz mumkin.

Soliq qo‘mitasi tashabbusi bilan hududiy soliq boshqarmalarida ZOOM platformasi orqali yo‘nalishsiz taksida yo‘lovchi tashuvchilarga mijozlarni izlash bo‘yicha interaktiv xizmatlarni ko‘rsatuvchi agregatorlarni soliq organlari axborot tizimlariga integratsiyalash jarayonlari va soliq qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Onlayn muloqotlarda Navoiy viloyatida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar ishtirok etdi.

Soliq qo‘mitasi, Transport vazirligi va sohaga daxldor boshqa organlar mas’ullari ishtirok etgan seminarda interaktiv xizmatlarni ko‘rsatuvchi agregatorlarning mijozlarga xizmat ko‘rsatishda to‘lov usullari va yo‘lovchilarga chek taqdim etish tartibi, agregatorlarga a’zo bo‘lishda xizmat ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslardan talab etiladigan hujjat bo‘yicha savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirish berildi.

Shuningdek, sohada aholiga yanada qulay interaktiv xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish, shu orqali yashirin iqtisodiyotning oldini olish choralari muhokama etildi.

Navoiy viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TTY

Tovar-transport yuk xatining elektron shakli qanday yaratiladi?

Kimlar elektron TTY ishtirokchilari
hisoblanadi?

Elektron TTYni tahrirlash mumkinmi?

Avval rasmiylashtirilgan elektron TTYga qo‘shimcha va tuzatish kiritish yuk oluvchi tomonidan tasdiqlangunga qadar amalga oshirilishi mumkin.

Soliqservis.uz saytida test rejimida ishga tushirilgan elektron TTY tizimidan foydalanish mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TTY

Elektron TTY qaysi yo'nalishda soliq to'lovchilar uchun tadbiq etiladi?

Elektron TTY tizimi tovar-moddiy boyliklarni yuklab jo‘natuvchi barcha subyektlar uchun bosqichma-bosqich tatbiq etiladi:
▫️1-apreldan yirik soliq to‘lovchilar uchun;
▫️1-iyundan barcha tadbirkorlik subyektlari uchun.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#deklaratsiya

📣 1-aprel – daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etishning oxirgi kuni

✍️ Soliq to‘lovchilar Soliq kodeksining 393-moddasida ko‘rsatilgan daromadlari to‘g‘risidagi jami yillik deklaratsiyani hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay taqdim etishi va hisoblangan soliq summasini 1-iyunidan kechiktirmay to‘lashi belgilangan.

❗️ O‘zbekiston rezidentlari ushbu sanaga qadar 2023-yilda olgan quyidagi daromadlari to‘g‘risida jami yillik deklaratsiyani topshirishlari lozim:

▪️noturar obyektlari va 36 kalendar oydan kam muddatda mulkida bo‘lgan turar joylarni sotishdan hamda yaqin qarindoshi bo‘lmagan shaxslardan hadya tartibida, foiz va dividend ko‘rinishida olgan daromadlari;
▪️ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan;
▪️moddiy naf tarzidagi;
▪️O‘zbekiston hududidan tashqaridagi manbalardan olingan;
▪️soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinmagan boshqa daromadlari.


Telegram | Facebook | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer solig‘i

👉Qaysi obyektlar uchun to‘lanadi?
👉Qanday hisoblanadi?
👉Stavkalar miqdori qancha?


🎞Batafsil videorolikda

👉 Kimlar mol-mulk solig'i va yer solig'idan imtiyozga ega?

❗️15-aprelga qadar mol-mulk va yer soliqlarini to'lashni unutmang!

Telegram | Facebook | Youtube
#barqarorlik_reytingi

📊 Barqarorlik reytingi - tadbirkor uchun yangi imkoniyat


✍️ Tadbirkorlarning barqarorlik reytingida qo‘shimcha ball beruvchi ya'ni rag‘batlantiruvchi ko‘rsatkichlar:

✔️ Xususan,

🔸 ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar bandligini ta’minlash;

🔸 mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan ortiq ish haqi to‘lanayotgan xodimlar sonining ko‘payishi;

❇️ Jumladan, Navoiy shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan

🔹"SILK ROAD CONSTRUCTION AND TECHNOLOGIES" hamda "NAVOIY KOMFORT QURILISH SERVIS" MCHJlarda tashkil etilgan muloqotlarda tadbirkorlarning barqarorlik reytingida belgilangan mezonlar xususida batafsil ma'lumotlar berildi.

Navoiy viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube