Navoiy viloyati soliq boshqarmasi
2.89K subscribers
9.56K photos
1.71K videos
60 files
5.22K links
Navoiy viloyati soliq xizmati organlarining rasmiy kanali.
📍Manzil: Navoiy shahri, A.Navoiy koʻchasi, 27-b uy.

Murojaat uchun telefonlar: 📞 1062,
📞 (79) 222-00-70, 📞 (79) 220-60-75
Veb-sayt: soliq.uz, Facebook: @nvsoliqnews
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TTY

Elektron TTY tizimida muammolar uchraganida qanday hal etiladi?


Tizimni kamchiliklarsiz ishga tushirish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish maqsadida "Elektron tovar-transport yuk xati tizimi" test rejimida ishga tushirilgan.

Tizimni takomillashtirish yuzasidan takliflar bilan quyidagi aloqa kanallari orqali murojaat qilish mumkin:
💻 Soliq organlari bilan qayta aloqa axborot tizimi;
📞 Call-markaz - 1198, 24/7 rejimda.

Sizning murojaatingiz
dasturiy mahsulotni takomillashtirish, muammolarni tez va tizimli ravishda bartaraf etish va tizimga moslashish jarayonini og‘riqsiz o‘tkazishga yordam beradi!

Elektron TTY mavzusida onlayn seminar-treninglar:
👉 Soliq qo‘mitasi
👉 Didox
👉 Soliq servis

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#barqarorlik_reytingi

📊 Barqarorlik reytingi - tadbirkor uchun yangi imkoniyat


🖥 Yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlari uchun -

🔹 soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi

🔹QQS summasi o‘rnini qoplash 1️⃣ kun muddatda tekshiruvlarsiz amalga oshiriladi.

♻️ Jumladan, Konimex tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan

🔸"KONIMEX DARMON FARM" hamda "KONIMEX PREMIER" XKlar rahbar va hisobchilari bilan muloqotlarda tadbirkorlarning barqarorlik reytingida belgilangan mezonlar xususida batafsil ma'lumotlar berildi.

Navoiy viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tinchlik

Tinchlik – bebaho ne’mat.

Tinchlikning qadri beqiyos.

Uni asrab-avaylash va qadriga yetish har birimizning burchimizdir.

Navoiy viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube
#mutaxassis_sharhi

SAVOL:


Otam vafot etgan. Hovlimiz hali ham otamning nomida turibdi. O‘z-o‘zidan mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha qarzdorlik otamning nomiga kelyapti. Shu hovlini o‘zimning nomimga biriktirsam bo‘ladimi?

JAVOB:

Soliq kodeksining 133-moddasi uchinchi qismiga muvofiq, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlar tegishli hududda joylashgan yer uchastkasi va boshqa ko‘chmas mol-mulk, ularning mulkdorlari (egalari) to‘g‘risidagi axborotni davlat soliq organlariga real vaqt rejimida elektron shaklda taqdim etishi shart.

Shunga ko‘ra, marhumga tegishli ko‘chmas mulk obyektini boshqa fuqaroga biriktirish bo‘yicha ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlarga murojaat qilish zarur. Marhumga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektiga nisbatan huquqlar qonunchilikka muvofiq notarial meros ishlari yakunlangandan keyin yoki sud qaroriga asosan boshqa fuqaroga o‘tadi. Shu sababli ushbu fuqaro avval ko‘chmas mulkka nisbatan meros ishi bilan shug‘ullanib, so‘ngra kadastr organiga murojaat qilishi lozim.

Navoiy viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube
#imtiyoz

🆕 Soliq kodeksining 378-moddasi (Soliq solinmaydigan daromadlar)

16-bandining 2-xatboshisi:

O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish (o‘zining, shuningdek yigirma olti yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) ta’lim olishi) uchun to‘lov. Mazkur imtiyoz soliq to‘lovchining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlariga (foizlari bilan) qoplashga yo‘naltirilgan daromadlariga nisbatan ham qo‘llaniladi.

2024-yil 1-yanvardan:

📣 Mazkur xatboshi "o‘zining, farzandlarining, shuningdek yigirma olti yoshga to‘lmagan erining (xotinining)" degan so‘zlar bilan almashtirildi. Ya'ni, fuqaro o‘zining hamda farzandlarining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish uchun to‘lovlarda imtiyozdan foydalanish yosh chegarasi bekor qilindi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasining 28.12.2023 yildagi O‘RQ-891-son Qonuni.

Navoiy viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube
#mol_mulk_va_yer_soliqlari

🏢 Endilikda yuridik shaxs shaxsiy kabineti orqali ham o‘z xodimlarining mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashi mumkin.

🖊 Buning uchun yuridik shaxs shaxsiy kabinetiga kirish orqali "Xodimlarning mol-mulk va yer solig‘ini to‘lash" bandi tanlanadi.

Albatta, qarzi mavjud xodimlar ro‘yxatidan har bir qarzdorlikni so‘ndirish imkoniyati mavjud.

✔️ Bunda, xodimning roziligi bilan mavjud qarzdorlik yuridik shaxsning hisob raqamidan to‘lab berilishi mumkin.

Navoiy viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TTY

Tovar-transport yuk xatining elektron shakli qanday yaratiladi?

Kimlar elektron TTY ishtirokchilari
hisoblanadi?

Elektron TTYni tahrirlash mumkinmi?

Avval rasmiylashtirilgan elektron TTYga qo‘shimcha va tuzatish kiritish yuk oluvchi tomonidan tasdiqlangunga qadar amalga oshirilishi mumkin.

Soliqservis.uz saytida test rejimida ishga tushirilgan elektron TTY tizimidan foydalanish mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ТТН

Как оформлять электронную ТТН, если в одну машину загружается товар для нескольких покупателей?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TTY

Shablon funksiyasi yordamida elektron TTYning 80% qismini oldindan to‘ldirish mumkin

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#дайджест

SOLIQ VAQTI

👉Что изменится с 1 апреля?

👉Поменяются ли ИКПУ товаров и услуг из-за отмены льгот?

👉Все об электронных товарно-транспортных накладных

👉Видеоинструкция по использованию системы электронных ТТН

👉Онлайн-семинар по использованию системы электронных ТТН

👉1 апреля – последний день представления декларации о доходах

👉Не забудьте уплатить налоги на имущество и землю до 15 апреля!

👉Объекты налогообложения, ставки и льготы по налогам на имущество и землю физлиц

👉Не позднее 1 мая необходимо представить налоговую отчетность по землям сельскохозяйственного назначения

👉В целях налогообложения установлены минимальные ставки арендной платы

👉Юридические и физические лица регистрируют договоры аренды в налоговых органах через сервис E-ijara

👉ТОП-20 налогоплательщиков в сфере обслуживания, торговли и общественного питания

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads