Navoiy viloyati soliq boshqarmasi
2.89K subscribers
9.86K photos
1.78K videos
63 files
5.4K links
Navoiy viloyati soliq xizmati organlarining rasmiy kanali.
📍Manzil: Navoiy shahri, A.Navoiy koʻchasi, 27-b uy.

Murojaat uchun telefonlar: 📞 1062,
📞 (79) 222-00-70, 📞 (79) 220-60-75
Veb-sayt: soliq.uz, Facebook: @nvsoliqnews
Download Telegram
#mutaxassis_sharhi

2022-yilda yuridik shaxslar tomonidan mol-mulk solig‘ini to‘lash tartibiga qanday o‘zgartirishlar kiritildi? Shu haqda tushuncha bersangiz.

👉Batafsil

Navoiy viloyati DSB Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube
#mutaxassis_sharhi

Bizning dehqon xo‘jaligimiz mavjud. 1-savolim: dehqon xo‘jaliklari qaysi turdagi soliqlarni to‘laydi.
2-savolim: dehqon xo‘jaligimizda asosan go‘sht uchun chorva mollari yetishtiriladi. Byudjet tashkilotlariga shartnoma asosida go‘sht yetkazib beramiz. Bizga mazkur yo‘nalishda ham soliqdan imtiyozlar bormi?

👉Batafsil

Navoiy viloyati DSB Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube
#Mutaxassis_sharhi

Savol:
Assalomu alaykum. Ikki farzandim xususiy maktabda o‘qiydi. O‘zim ham turmush o‘rtog‘im ham ishlaymiz. Farzandlarimizning maktabi uchun to‘lovlarda bizga soliqdan qandaydir imtiyozlar bormi?

Adolat Ismoilova.

Javob:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni bilan Taraqqiyot strategiyasida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar doirasida 2022-yil 1-apreldan boshlab nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarga farzandlarini yuborayotgan ota-onalarning oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlari daromad solig‘idan ozod etilishi belgilangan.

Navoiy viloyati DSB Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube
#Mutaxassis_sharhi

Savol:
Bizning korxonamiz tibbiyot muassasalariga autsorsing asosida xizmat ko‘rsatib keladi. Ya’ni, tibbiy asbob-uskunalari va buyumlarni sterilizatsiya qilish xizmati bilan shug‘ullamiz. Bizga soliqlardan qanday imtiyozlar mavjud?

Javob:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-apreldagi “Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2863-sonli qarorining 9-bandiga asosan qishloq joylarda tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida yangidan tashkil etiladigan (stomatologiya va kosmetologiya xizmatlari bundan mustasno) mikrofirmalar va kichik korxonalar davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab, 10 yil muddatga tibbiy xizmatlar qismida aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashdan ozod etilgan.

Izoh: mazkur imtiyoz faqatgina qishloq joylarda tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida yangidan tashkil etiladigan mikrofirmalar va kichik korxonalarga tatbiq etiladi.

Navoiy viloyati DSB Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube
#Mutaxassis_sharhi

Savol:
Tashkilotimiz vositachilik faoliyati bilan shug‘ullanadi. Amaldagi soliq qonunchiligiga ko‘ra QQS hisoblash tartibi to‘g‘risida tushuncha bersangiz? Shuningdek, vositachilik faoliyati doirasida tovar aylanmasi QQS bo‘yicha soliq solish bazasiga kiritiladimi?

Javob:
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 250-moddasiga asosan:
Komitentning (ishonch bildiruvchining) topshirig‘iga ko‘ra komitentga (ishonch bildiruvchiga) tegishli bo‘lgan tovarlar realizatsiya qilingan taqdirda, vositachilik (topshiriq) shartnomasining shartlariga muvofiq bo‘lgan shartlar asosida vositachi (ishonchli vakil) tomonidan uchinchi shaxs bilan tuzilgan bitim bo‘yicha komitent (ishonch bildiruvchi) bunday uchinchi shaxsga xizmatlar ko‘rsatganda qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliq bazasi quyidagicha aniqlanadi:
1) vositachining (ishonchli vakilning) soliq bazasi – uning soliqni o‘z ichiga oladigan vositachilik haqi miqdorida;
2) komitentning (ishonch bildiruvchining) soliq bazasi – komitentning (ishonch bildiruvchining) topshirig‘iga ko‘ra vositachi (ishonchli vakil) tomonidan realizatsiya qilingan tovarlarning qiymati, shuningdek, soliqni kiritmagan holda vositachi (ishonchli vakil) tomonidan uchinchi shaxs bilan tuzilgan bitim bo‘yicha komitent (ishonch bildiruvchi) bunday uchinchi shaxsga ko‘rsatgan xizmatlarning qiymati miqdorida.
Soliq solishdan ozod etish soliq solishdan ozod etiladigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bilan bog‘liq bo‘lgan vositachilik (topshiriq), transport ekspeditsiyasi shartnomalari asosida xizmatlar ko‘rsatishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Vositachilik (topshiriq) shartnomasi shartlariga muvofiq bo‘lgan shartlar asosida komitent (ishonch bildiruvchi) uchun uning topshirig‘iga ko‘ra olingan tovarlar vositachi (ishonchli vakil) tomonidan komitentga (ishonch bildiruvchiga) berilgan taqdirda, uchinchi shaxs tomonidan vositachi (ishonchli vakil) bilan tuzilgan bitim bo‘yicha bunday uchinchi shaxs komitent (ishonch bildiruvchi) uchun xizmatlar ko‘rsatganda vositachining (ishonchli vakilning) soliq bazasi uning soliqni o‘z ichiga oladigan vositachilik haqi miqdorida aniqlanadi.
Vositachilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona (vositachi-ishonchli vakil) tomonidan qo‘shilgan qiymat solig‘i yuqorida ko‘rsatilgan tartib asosida hisoblanadi va ularning soliq bazasi soliqni o‘z ichiga oladigan vositachilik haqi hisoblanadi.

Navoiy viloyati DSB Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube
#Mutaxassis_sharhi

Savol:
Korxonaga chet davlatdan turib norezident (jismoniy shaxs) shartnoma asosida xizmat ko‘rsatadi. Shartnomaga asosan daromad solig‘i korxona tomonidan ushlab qolinishi kerak. Bunday holatda korxona norezidentning soliqlarini hisoblab, ushlab qolish uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisoboti (blankasi)da qanday aks ettirishi lozim?

Javob:
Norezidentlar uchun hisoblangan daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisobotining 4-ilovasi (ishchi-xodimlar reestri)da ko‘rsatish lozim.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida”gi PF-101-son Farmoniga asosan 2022-yil 1-maydan boshlab norezident jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan oladigan daromadlari (dividendlar, foizlar va fraxtdan olinadigan daromadlardan tashqari) bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasini 12 foiz miqdorida belgilanishi ma’qullandi. Farmonga asosan 2022-yil 1-maydan 5-ilovada ko‘rsatiladi.

Navoiy viloyati DSB Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube
#Mutaxassis_sharhi

Savol:
Jamiyatimiz aylanmadan soliq to‘lovchi. Jamiyatimiz balansidagi mulkni (savdo do‘koni) sotganda, balans qiymatidan soliq olinadimi yoki balans qiymatidan ortig‘iga sotilganda o‘rtadagi tafovvutdan soliq olinadimi?

Javob:
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 298-moddasiga muvofiq aniqlanadigan, chiqib ketishdan olinadigan moliyaviy natija amortizatsiya qilinadigan aktivlarning va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olinadigan daromad (zarar) deb e’tirof etiladi.
Amortizatsiya qilinadigan aktivning chiqib ketishidan olinadigan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) amortizatsiya qilinadigan aktivning chiqib ketishidan olinadigan daromaddan uning qoldiq qiymatini chegirib tashlash orqali aniqlanadi.
Amortizatsiya qilinadigan aktivning chiqib ketishidan olinadigan moliyaviy natijani (foydani yoki zararni) aniqlashda bunday aktiv bo‘yicha 2021-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra to‘plangan qo‘shimcha baholash summasi (ilgari qayta baholangan narxini oshirish summasining oldingi narxni pasaytirish summasidan ortiq summalari) amortizatsiya qilinadigan aktivning chiqib ketishidan olinadigan daromad tarkibiga kiritiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, jamiyat balansidagi mol-mulk balans qiymatidan yuqori narxda sotilganda, balans qiymati hamda sotilgan qiymat o‘rtasidagi farqdan soliq to‘lovchining asosiy faoliyat turi bo‘yicha aylanmadan olinadigan soliqni to‘laydi.

Navoiy viloyati DSB Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube
#mutaxassis_sharhi

Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari foyda solig‘ini to‘lashdan ozod etildi.

👉YouTube orqali ko'rish
__________
#комментарий_специалиста

Участников специальных экономических зон освободили от уплаты налога на прибыль.

👉Cмотреть в YouTube

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mutaxassis_sharhi

Tadbirkorlarga soliq qarzini bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berildi, shuningdek ularning soliq qarziga penya hisoblash vaqtincha to‘xtatildi.

👆Batafsil mutaxassis sharhida.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#mutaxassis_sharhi

Savol:

Men o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro sifatida uy sharoitida qandolatchilik mahsulotlari tayyorlayman. Bankda hisob raqamim ham bor. Sababi ko‘plab do‘konlarga pul ko‘chirish yo‘li bilan mahsulot yetkazib beraman. Savolim, men daromad solig‘idan ozod bo‘lsam, boshqa turdagi soliqlarni to‘laymanmi?

Javob:

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlari jismoniy shaxslar jami daromadlari tarkibiga kiritilmaydi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning daromadiga soliq solinmaydi. Ular mehnat stajiga ega bo‘lishi uchun bir yilda bir marta ixtiyoriy ravishda bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida ijtimoiy soliq to‘lashi mumkin (330 000 so‘m).

O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish bepul. Buni Soliq mobil ilovasi («O‘zini o‘zi band qilish» bo‘limi) orqali masofadan amalga oshirish mumkin.

Navoiy viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube
#mutaxassis_sharhi

Savol:

Otam bilan onam ajrashgach, biz onamizning qo‘lida qoldik. Uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng onamiz vafot etdi va bir qancha muddatdan so‘ng biz yashaydigan uy ukamga qonuniy meros bo‘lib o‘tdi. Oradan bir yil o‘tib uyni ham sotishga majbur bo‘ldik. Soliq idorasidan bizga daromad solig‘idan qarzimiz mavjudligi haqida xabarnoma keldi. Bizga meros bo‘lib qolgan uyni sotganimizda daromad solig‘i to‘laymizmi?

Javob:

Soliq kodeksning 378-moddasiga asosan, siz sotib olgan, sizga meros yoki hadya qilib qoldirilgan mulkni 36 (o‘ttiz olti) kalendar oydan kam muddatda realizatsiya qilishdan olgan daromadingiz daromad solig‘iga tortiladi. Ya'ni, siz daromad solig‘i to‘laysiz.

Navoiy viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube
#mutaxassis_sharhi

Savol:

Men Afg'on urushi qatnashchisiman. II guruh nogironligim ham mavjud. Hozirda o‘zim yashayotgan hovlining mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashda qanday imtiyozlarga egaman?

Javob:

Soliq kodeksining 421 hamda 436-moddalariga asosan, siz mol-mulk va hovlingizning qonuniy egallangan maydoni uchun yer soliqlaridan ozodsiz.

Navoiy viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube
#mutaxassis_sharhi

Savol: Men oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yib, o‘zimiz yashayotgan hovlida mebel sexi tashkil etmoqchiman. Savolim shuki, mazkur mebel sex uchun soliqlar va elektr energiyasi bo‘yicha to‘lovlarni qanday stavkada to‘layman? Sababi hovlimizdan qo‘shimcha noturar bino quriladi va dastgohlar uchun yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘i zarur bo‘ladi.

Javob: Soliq kodeksning 422 hamda 437-moddalariga asosan jismoniy shaxs yoki oilaviy korxona turar joydan va yer uchastkastidan unda istiqomat qilish bilan bir vaqtda tovarlar ishlab chiqarish (xizmatlar ko‘rsatish) uchun foydalangan taqdirda, mol-mulk va yer soliqlari jismoniy shaxslar uchun belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha to‘lanadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 26 apreldagi “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘RQ-327-son Qonuni 28-moddasiga asosan, oilaviy korxona turar joydan bir vaqtning o‘zida unda istiqomat qilgan holda tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) uchun foydalangan taqdirda, kommunal infratuzilma xizmatlari (elektr energiyasi, suv ta’minoti, kanalizatsiya, gaz ta’minoti va issiqlik ta’minoti) haqini to‘lash aholi uchun belgilangan tariflar bo‘yicha va shartlar asosida amalga oshiriladi.

Navoiy viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube
#mutaxassis_sharhi

SAVOL:

Otam vafot etgan. Hovlimiz hali ham otamning nomida turibdi. O‘z-o‘zidan mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha qarzdorlik otamning nomiga kelyapti. Shu hovlini o‘zimning nomimga biriktirsam bo‘ladimi?

JAVOB:

Soliq kodeksining 133-moddasi uchinchi qismiga muvofiq, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlar tegishli hududda joylashgan yer uchastkasi va boshqa ko‘chmas mol-mulk, ularning mulkdorlari (egalari) to‘g‘risidagi axborotni davlat soliq organlariga real vaqt rejimida elektron shaklda taqdim etishi shart.

Shunga ko‘ra, marhumga tegishli ko‘chmas mulk obyektini boshqa fuqaroga biriktirish bo‘yicha ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlarga murojaat qilish zarur. Marhumga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektiga nisbatan huquqlar qonunchilikka muvofiq notarial meros ishlari yakunlangandan keyin yoki sud qaroriga asosan boshqa fuqaroga o‘tadi. Shu sababli ushbu fuqaro avval ko‘chmas mulkka nisbatan meros ishi bilan shug‘ullanib, so‘ngra kadastr organiga murojaat qilishi lozim.

Navoiy viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube
#mutaxassis_sharhi

Savol:

Hovlimiz kadastr qilinmagan. Lekin kadastr raqami berilgan. Har yili soliqlarni to‘lab boraman. O‘tgan yili qo‘shnimiz menga nisbatan 3 baravar kam soliq to‘layotganini eshitib qoldim. Menda kadastr hujjatlari mavjud bo‘lmaganligi uchun 3 karra ko‘p soliq to‘laymanmi?

Javob:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-dekabrdagi 1043-sonli hamda 2018-yil 20-iyuldagi 561-sonli qarorlariga muvofiq jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan xususiy mulk huquqi, turar va noturar ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr qiymatlari, yer maydonlari va mulk maydonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar kadastr idoralari tomonidan davlat soliq xizmati organlariga elektron tarzda yuborilishi yo‘lga qo‘yilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 420- va 435-moddalariga asosan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan belgilangan soliq solish obyektlarining kadastr qiymati va yer uchastkalarining maydoni soliq bazasi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi (yangi tahrirdagi) Soliq kodeksining 437-moddasiga asosan yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda, soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining uch baravari miqdorida belgilanadi.

Shuningdek, Soliq kodeksining 420-moddasiga asosan Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan belgilanadigan soliq solish obyektlarining kadastr qiymati mol-mulk solig‘i bazasi hisoblanadi.
– uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari;
– qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan obyektlar.
– ko‘p kvartirali uylarga uzviy bog‘liq bo‘lgan avtomashina turar joylari, shuningdek boshqa imoratlar, binolar va inshootlar kadastr qiymati — qirq ikki million so‘mdan kam bo‘lishi mumkin emas.

Jismoniy shaxslarning mol-mulkini baholash bo‘yicha vakolatli organ tomonidan aniqlangan soliq solish obyektining bahosi mavjud bo‘lmagan taqdirda, mol-mulkning shartli qiymati Toshkent va Nukus shaharlarida, shuningdek viloyat markazlarida — ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan summa (qirq ikki million so‘m) ning besh baravari miqdorida, boshqa shaharlarda va qishloq joylarda esa — ikki baravari miqdorida soliq bazasi hisoblanadi.

Navoiy viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube
#mutaxassis_sharhi

Savol:

Men II guruh nogironiman. O‘zimga tegishli hovlining mulk va yer soliqlarini to‘lashda imtiyoz mavjud. Lekin, har yili imtiyozni qo‘llash bo‘yicha soliq idorasiga borishim yoki ularni xabardor qilishim shartmi?

Javob:

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga Soliq kodeksining 421-va 436-moddalariga asosan jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer solig‘i imtiyozlari tatbiq etiladi.

Mazkur imtiyozlar I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi.

Ushbu moddada ko‘rsatib o‘tilgan soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan shaxslar soliq imtiyozini olishga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni soliq solish obyekti joylashgan hududdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.

Shunga ko‘ra, imtiyoz beruvchi hujjatlar muayyan davr uchun (vaqtinchalik) berilgan taqdirda, mazkur hujjatlarni hududiy inspeksiyalariga taqdim etish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

👉 Kimlar mulk solig'i va yer solig'idan imtiyozga ega?

Navoiy viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube
#mutaxassis_sharhi

Savol:

Hovlimiz kadastr qilinmagan. Lekin kadastr raqami berilgan. Har yili soliqlarni to‘lab boraman. O‘tgan yili qo‘shnimiz menga nisbatan kamroq soliq to‘layotganini eshitib qoldim. Menda kadastr hujjatlari mavjud bo‘lmaganligi uchun 3 karra ko‘p soliq to‘laymanmi?

Javob:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-dekabrdagi 1043-sonli hamda 2018-yil 20-iyuldagi 561-sonli qarorlariga muvofiq jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan xususiy mulk huquqi, turar va noturar ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr qiymatlari, yer maydonlari va mulk maydonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar kadastr idoralari tomonidan davlat soliq xizmati organlariga elektron tarzda yuborilishi yo‘lga qo‘yilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 420- va 435-moddalariga asosan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan belgilangan soliq solish obyektlarining kadastr qiymati va yer uchastkalarining maydoni soliq bazasi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi (yangi tahrirdagi) Soliq kodeksining 437-moddasiga asosan yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda, soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining uch baravari miqdorida belgilanadi.

Shuningdek, Soliq kodeksining 420-moddasiga asosan Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan belgilanadigan soliq solish obyektlarining kadastr qiymati mol-mulk solig‘i bazasi hisoblanadi:

– uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari;
– qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan obyektlar;
– ko‘p kvartirali uylarga uzviy bog‘liq bo‘lgan avtomashina turar joylari, shuningdek boshqa imoratlar, binolar va inshootlar kadastr qiymati — qirq ikki million so‘mdan kam bo‘lishi mumkin emas.

Jismoniy shaxslarning mol-mulkini baholash bo‘yicha vakolatli organ tomonidan aniqlangan soliq solish obyektining bahosi mavjud bo‘lmagan taqdirda, mol-mulkning shartli qiymati Toshkent va Nukus shaharlarida, shuningdek viloyat markazlarida — ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan summa (qirq ikki million so‘m) ning besh baravari miqdorida, boshqa shaharlarda va qishloq joylarda esa — ikki baravari miqdorida soliq bazasi hisoblanadi.

Navoiy viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube
#mutaxassis_sharhi

SAVOL:

Otam vafot etgan. Hovlimiz hali ham otamning nomida turibdi. O‘z-o‘zidan mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha qarzdorlik otamning nomiga kelyapti. Shu hovlini o‘zimning nomimga biriktirsam bo‘ladimi?

JAVOB:

Soliq kodeksining 133-moddasi uchinchi qismiga muvofiq, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlar tegishli hududda joylashgan yer uchastkasi va boshqa ko‘chmas mol-mulk, ularning mulkdorlari (egalari) to‘g‘risidagi axborotni davlat soliq organlariga real vaqt rejimida elektron shaklda taqdim etishi shart.

Shunga ko‘ra, marhumga tegishli ko‘chmas mulk obyektini boshqa fuqaroga biriktirish bo‘yicha ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlarga murojaat qilish zarur. Marhumga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektiga nisbatan huquqlar qonunchilikka muvofiq notarial meros ishlari yakunlangandan keyin yoki sud qaroriga asosan boshqa fuqaroga o‘tadi. Shu sababli ushbu fuqaro avval ko‘chmas mulkka nisbatan meros ishi bilan shug‘ullanib, so‘ngra kadastr organiga murojaat qilishi lozim.

Navoiy viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#QQS #mutaxassis_sharhi

Tovarlar import qilinganda to‘langan QQS summasini hisobga olish

Soliq organlari axborot tizimlari Bojxona organlari maʼlumotlari bilan integratsiya qilingan bo‘lib, tovarlar import qilinganda to‘langan QQS summasi avtomatik ravishda hisobga olinadi.

Soliq to‘lovchi haqiqatda olib kirilgan (import) tovar (xizmat)lar uchun budjetga to‘langan QQS summasini hisobga olish huquqiga ega.
👉 Soliq kodeksi 266-modda

Bunda, tovarlar importi uchun kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘langan QQS summasi to‘lov amalga oshirilgan davr bo‘yicha avtomatik ravishda hisob (zachet)ga olinadi.

Import qilingan tovarlar uchun QQSni kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash keyingi yilda amalga oshirilsa, soliq summasi my3.soliq.uz portali orqali hisobga olinadi.

QQS hisobotini to‘ldirish va unda avtomatik shakllanadigan ko‘rsatkichlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar mutaxassis sharhida...

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads