#taksi_agregator
TAKSI AGREGATORLARI XARIDORGA CHEK BERISHI ZARUR
🚕 Bugungi kunda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi taksi agregatorlar faoliyatidan keng foydalanmoqdamiz. Aslini olganda, bu xizmat har birimiz uchun juda qulay. Bekatga bormasdan ham turgan manzilingizga taksi buyurtma qilib, istalgan nuqtaga bir zumda yetib olishingiz mumkin.
Soliq qo‘mitasi tashabbusi bilan hududiy soliq boshqarmalarida ZOOM platformasi orqali yo‘nalishsiz taksida yo‘lovchi tashuvchilarga mijozlarni izlash bo‘yicha interaktiv xizmatlarni ko‘rsatuvchi agregatorlarni soliq organlari axborot tizimlariga integratsiyalash jarayonlari va soliq qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Onlayn muloqotlarda Navoiy viloyatida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar ishtirok etdi.
Soliq qo‘mitasi, Transport vazirligi va sohaga daxldor boshqa organlar mas’ullari ishtirok etgan seminarda interaktiv xizmatlarni ko‘rsatuvchi agregatorlarning mijozlarga xizmat ko‘rsatishda to‘lov usullari va yo‘lovchilarga chek taqdim etish tartibi, agregatorlarga a’zo bo‘lishda xizmat ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslardan talab etiladigan hujjat bo‘yicha savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirish berildi.
Shuningdek, sohada aholiga yanada qulay interaktiv xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish, shu orqali yashirin iqtisodiyotning oldini olish choralari muhokama etildi.
Navoiy viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati
Telegram | Facebook | Youtube

TAKSI AGREGATORLARINI SOLIQ ORGANLARI AXBOROT TIZIMLARIGA INTEGRATSIYA QILISH MASALALARI MUHOKAMA ETILDI
Ma’lumki, bugungi kunda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi taksi agregatorlari soliq organlari axborot tizimlariga integratsiya qilinmoqda.
Navoiy viloyat soliq boshqarmasi hamda tuman (shahar) soliq inspeksiyalari mas’ullari hamda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug’ullanuvchi yuridik shaxslar ishtirokida ZOOM platformasi orqali taksi agregatorlarni soliq organlari axborot tizimlariga integratsiyalash jarayonlari va soliq qonunchiligiga rioya etilishi holati yuzasidan seminar o‘tkazildi.
Onlayn muloqotlarda sohada aholiga yanada qulay interaktiv xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish, shu orqali yashirin iqtisodiyotning oldini olish choralari muhokama etildi.
Seminarda avtomobil transportida yoʻlovchi tashuvchilarga mijozlarni izlash boʻyicha interaktiv xizmatlarni koʻrsatuvchi agregatorlar soliq organlari axborotlar tizimlariga integratsiya jarayonlariga jiddiy e’tibor qaratishi, barcha agregatorlar integratsiya ishlarini yakuniga yetkazishi zarurligi, bu borada yuzaga kelayotgan ayrim muammolar va savollar yuzasidan tushuntirishlar berildi.