NUROTA.UZ |НУРОТА ТУМАНИ ҲОКИМЛИГИ🇺🇿
7.36K subscribers
46.3K photos
4.36K videos
61 files
13.9K links
Download Telegram
#Diqqat #Eʼlon

Nurota tumanida subsidiya uchun arizalarni qabul qilish toʼxtatildi.

Maʼlumki, aholini ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-sonli "Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya toʼlash tartibi toʼgʼrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori bilan fuqarolarga subsidiya ajratilib kelinadi.

Nurota tumani uchun tasdiqlangan manzilli dasturga asosan belgilangan subsidiya toʼlanadigan talabgorlarni tanlab olish boʼyicha tuman komissiyasining ijobiy xulosalari berildi.

❗️Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya toʼlash tartibi toʼgʼrisidagi Nizomning 45-bandiga asosan, subsidiya toʼlanadigan talabgorlarni tanlab olish boʼyicha komissiyaning taqdimnomasiga koʼra, subsidiya uchun arizalarni qabul qilish toʼxtatildi.