NUROTA.UZ |НУРОТА ТУМАНИ ҲОКИМЛИГИ🇺🇿
7.36K subscribers
46.3K photos
4.36K videos
61 files
13.9K links
Download Telegram
#DIQQAT, EʼLON!

Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish xizmati vaqtinchalik koʻrsatilmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim jarayonini boshqarish hamda bolalarni qabul qilish va navbatga qoʻyish boʻyicha elektron tizimning yangi talqini joriy etilayotganligi sababli bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish xizmati vaqtinchalik (17-yanvardan 1-fevralga qadar) koʻrsatilmaydi.

Telegram · Instagram · Facebook · Youtube ·
#Diqqat #Eʼlon

Nurota tumanida subsidiya uchun arizalarni qabul qilish toʼxtatildi.

Maʼlumki, aholini ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-sonli "Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya toʼlash tartibi toʼgʼrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori bilan fuqarolarga subsidiya ajratilib kelinadi.

Nurota tumani uchun tasdiqlangan manzilli dasturga asosan belgilangan subsidiya toʼlanadigan talabgorlarni tanlab olish boʼyicha tuman komissiyasining ijobiy xulosalari berildi.

❗️Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya toʼlash tartibi toʼgʼrisidagi Nizomning 45-bandiga asosan, subsidiya toʼlanadigan talabgorlarni tanlab olish boʼyicha komissiyaning taqdimnomasiga koʼra, subsidiya uchun arizalarni qabul qilish toʼxtatildi.
#Diqqat #Tarqating
Bu yil necha marta ovoz beramiz?

Joriy yilda "Ochiq budjet" axborot portali orqali besh (5) marotaba ovoz berish jarayonlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan!

1. Mening yoʻlim loyihasi uchun  🚗
2. Obod qishloq va Obod mahalla dasturini 2023-yilgi loyihalari uchun 🏠
3. Tashabbusli budjet 1-mavsumi 🗳️
4. Tashabbusli budjet 2-mavsumi 🗳️
5. Obod qishloq va Obod mahalla dasturining 2024-yilgi loyihalari uchun 🏠

Ushbu loyihalarda faol ishtirok etgan holda har birida gʻoliblik uchun da’vogarlik qilishingiz mumkin. Buning uchun Sizdan faqat oʻz loyihangiz uchun ovoz toʻplashingiz kifoya!

Yuqoridagi jarayonlarni oʻtkazilishi muddatlari bilan bizning kanal orqali tez orada birinchilardan boʻlib tanishishingiz mumkin.

Nurota tumani hokimligi
axborot xizmati

web| Telegram|💬 Facebook|  📸 Instagram|📹 Youtube |twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat #Muhim

Hurmatli tabiiy gaz iste’molchilari!!

Bugun 2023-yil 11-yanvar soat 8:40 da tuman tabiiy gaz iste’molchilarini  tabiiy gaz ta’minlovchi Nurota gaz taqsimlash stansiyasining gazni me’yorda  beruvchi moslamasi  (regulyatori) toʻsaddan ishdan chiqqanligi sababli tabiiy gaz yetkazib berish toʻxtab qoldi.

Boʻlim mutaxassis xodimlari tomonidan zudlik bilan gaz ta’minoti regulyatorsiz berilib, ta’minot qayta tiklandi. Lekin gaz ta’minotida uzilish boʻlganligi sababli xonadoningizda tabiiy gaz vaqtinchalik oʻchib qolish holati kuzatilishi mumkin.

Sizdan iltimos gaz asboblaringizni qarovsiz holda qoldirmang.

Gaz oʻchib qolgan vaqtda gaz asboblaringizni qayta yoqish oldidan quvur ichida toʻplangan havoni chiqarib ehtiyotkorlik bilan gaz asboblarini qayta yoqishni unutmang.                                               

"Nurotatumangaz" gaz ta’minoti boʻlimi ma’muriyati.

Nurota tumani hokimligi
axborot xizmati

web| Telegram|💬 Facebook|  📸 Instagram|📹 Youtube |twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#DIQQAT_DIQQAT
#ANONS

Qadrli navoiyliklar va viloyatimiz mehmonlari!

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining "O‘zbekiston tarixi" telekanali tomonidan bugun - 23-yanvardan boshlab 29-yanvargacha, 5 qismdan iborat tarixiy-ma’rifiy ko‘rsatuv efirga uzatiladi!

Betakror viloyatimizning o‘tmishi va buguni, tarixiy obidalari va muqaddas qadamjolari haqida hikoya qiluvchi ushbu ko‘rsatuvlarni o‘tkazib yubormang!

Eslatib o‘tamiz, ko‘rsatuvlar 23-29-yanvar kunlari, kech soat 21-00 da efirga uzatiladi!

Nurota tumani hokimligi
axborot xizmati

web| Telegram|💬 Facebook|  📸 Instagram|📹 Youtube |twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#DIQQAT_DIQQAT

“HOKIM KUBOGI” MUSOBAQASIDA ISHTIROK ETING VA G‘OLIB BO‘LING!

Viloyatimizda shaxmat turi bo'yicha “Hokim kubogi” musobaqalari o'tkazilmoqda.

Professional hamda havaskorlar o'rtasida o‘g'il bolalar alohida, qizlar alohida bo‘lib o‘tadigan musobaqalarning:

- mahalla bosqichi - 20-30-yanvar kunlari;

- sektor bosqichi 1-15-fevral kunlari;

- tuman (shahar) bosqichi 16-28-fevral kunlari;

viloyat bosqichi 1-15-mart kunlari o'tkazilishi belgilangan.

Mahalla bosqichidan ro‘yhatdan o‘tishingiz uchun mahalladagi yoshlar yetakchisiga murojaat qilishingiz so‘raladi. Mahalla bosqichlari o‘tkazish jadvali tuman, shahar bo‘limlari boshliqlari tomonidan tasdiqlangan.

Kanalimizni kuzatib boring.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat

Navoiy viloyati IIB JXX YHXB ogohlantiradi!

"Navoiy-Nurota" yo'nalishida harakatlanib o'tuvchi haydovchilar "Qoraqarg'a" dovonida quyuq tuman tushganligi bois ehtiyotkor va xushyor bo'lishingiz so'raladi.

Nurota tumani hokimligi
axborot xizmati

Web|Telegram|Facebook| Instagram|Youtube |Twitter
#DIQQAT #TEZKOR
⚡️Ramazon oyining birinchi kuni milodiy 2024-yil 11-mart, dushanba kuniga toʻgʻri kelishi maʼlum qilindi - Musulmonlar idorasi

Nurota tumani hokimligi
axborot xizmati

Web|Telegram|Facebook| Instagram|Youtube |Twitter
#DIQQAT_TANLOV

Nurota tumanida Besh tashabbus olimpiadasi doirasida joriy yilning 22 aprel kuni soat 11:00da tumandagi Ixtisoslashtirilgan san'at maktabi binosida "Yosh musavvirlar" tanlovining mahalla bosqichi o'tkaziladi.

Ushbu tanlovda yosh iqtidor egasi Suyunov Shohruh ishtirok etadi.

Shuningdek, uchrashuvda yosh iqtidor egasi Suyunov Shohruh tomonidan yosh rassomlar uchun mahorat darslari o'tkaziladi.

Barcha yoshlarni ushbu tanlovga taklif etamiz.

Nurota tumani hokimligi
axborot xizmati


Web|🕊Telegram|📱Facebook| 📱Instagram|📺Youtube |🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat

Harakat ishtirokchilarining diqqatiga


Juma namozi oʻqilishi vaqtida masjidlar atrofida jamoat tratibini saqlash hamda harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida fuqarolarga quyidagilarni tavsiya etamiz:

- masjidlarga jamoat transportlaridan foydalangan holda tashrif buyurish;

- shaxsiy transport vositasida tashrif buyurganda Yoʻl harakati qoidalariga rioya etgan holda belgilangan joylarda toʻgʻri toʻxtatish va joylashtirish;

- transport vositasini yoʻllarda betartib joylashtirib qolgan harakat ishtirokchilari uchun noqulayliklarni keltirib chiqarmaslik;

- haydovchilar piyodalarga eʼtiborli boʻlib harakatlanish;

- piyodalar yoʻllarni belgilangan joylardan toʻgʻri kesib oʻtish;

- tartibga soluvchilarning, svetoforlar hamda yoʻl belgilari va chiziqlarining talablariga qatʼiy rioya etgan holda harakatlanish.

Eslatib oʻtamiz! Qoidalarni buzgan holda harakatlanib yoki xatti-harakatlar sodir etib, boshqa ishtirokchilar uchun noqulayliklarni yuzaga keltirmang. Yoʻl harakati qoidalariga rioya eting.

Nurota tumani hokimligi
axborot xizmati


Web|🕊Telegram|📱Facebook| 📱Instagram|📺Youtube |🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM