Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
350 subscribers
2.72K photos
74 videos
1 file
485 links
Download Telegram
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni

Joriy yilning 8-may sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 9-may Xotira va qadrlash kuni bayrami munosabati bilan sport musobaqalari bo'lib o'tdi.
Nurota tuman qo'riqlash bo'limi, tuman BO'SM hamda Vatanparvar tashkiloti tuman bo'limi bilan hamkorlikda o'tkazilgan musobaqada 100 nafardan ortiq o'quvchilar sportning shaxmat, kamondan o'q otish, pnevmotik miltiqdan o'q otish va stol tennisi turlarida bellashdilar.
Muroasiz kechgan bellashuvlar yakunida g'olib va sovrindorlar faxriy yorliq va medallar bilan taqdirlandilar.

https://t.me/Nurota_IM
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni
Joriy yilning 10 may sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi faollar zalida 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Xotira - abadiy, qadr - muqaddas" shiori ostida badiiy-musiqiy tadbir bo'lib o'tdi.
Maktabning ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Z.Ashurova tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda o'quvchilar II jahon urushi, uning xalqimiz taqdiriga ko'rsatgan ta'siri, qatag'onga uchragan jadid bobolarimiz hayoti, shuningdek 2000 yilda ro'y bergan Sariosiyo va Uzun voqealarida vatanimizni himoya qilish yo'lida qahramonlarcha halok bo'lgan askarlarni yana bir bor yodga olishdi.
O'quvchilar tomonidan ijro etilgan sahna ko'rinishlari, she'r va qo'shiqlar tadbirning yanada mazmunli o'tishida muhim omil bo'ldi.
https://t.me/Nurota_IM
Forwarded from Hilola Umarova
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni

Hurmatli vatandoshlar,
Qadrli pedagoglar!

Shonli tariximiz zarvaraqlariga nazar tashlar ekanmiz, bugungi tinch va faravon hayotimiz uchun necha o‘n yillar oldin zahmat chekkan ota-bobolarimizning buyuk xizmatlari yodimizga keladi.

Millat ravnaqi hamda o‘zbek yoshlarining bilimli va ma’rifatli bo‘lib kamol topishi yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan jadid hamyurtlarimizning buyuk jasorati, Ikkinchi jahon urushida qatnashgan bobolarimizning mardlik va fidoyiligi bugungi yoshlar uchun katta o‘rnak bo‘lishi tabiiy. O‘tmishimizning bu lavhalari buyuk tariximizning ajralmas bir bo‘lagi, desam ayni haqiqat bo‘ladi.

Xotira — aziz, qadr — muqaddas. Bugungi xotirjam hayotimiz va Jonajon O‘zbekistonimizning nurli kelajagi, ertangi istiqboli uchun o‘z vaqtida umrini baxshida etgan minglab vatandoshlarimiz xotirasi biz uchun doimo aziz va muqaddasdir!

Hilola Umarova,
Maktabgacha
va maktab ta’limi vaziri
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi

📆 Joriy yilning 8-may sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 8-sinf o'quvchilari o'rtasida harbiylashtirilgan estafeta sport musobaqalari tashkil etildi.

Ishtirokchilar AK-74 qurolini noto'liq qismlarga ajratish va yig'ish, zaharlangan hududdan yaradorlarni evakuatsiya qilish hamda granata uloqtirish shartlari asosida o'zaro bellashdilar.

🏆 Yakuniy natijalarga ko'ra 8-A sinf o'quvchilari 29 ballni, 8-B sinf o'quvchilari esa 28 ballni qo'lga kiritdilar.

https://t.me/Nurota_IM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi

📆 Joriy yilning 10 may sanasida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari Agentligi tizimidagi Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur singari jasur ajdodlarimizga munosib avlod qilib voyaga yetkazish maqsadida 20022-sonli harbiy qism ofitser, serjant va askarlari hamda tuman Mudofaa bo'limi xodimlari ishtirokida🇺🇿 "O'zbekiston armiyasi yoshlar nigohida" shiori ostida festival tashkil etildi.

✔️ Festival doirasida Navoiy shahrida joylashgan 20022-harbiy qism orkestri va faxriy qorovul chiqishi, "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi tashkil etilib, mazkur uchrashuvda 523-SChR batalyon komandiri o'rinbosari mayor Rustamov Feruzjon Azamatovich, 20022-sonli harbiy qism xodimi kapitan Boboqulov Boboxon Faxriddin o'g'li hamda ta'lim muassasasi o'quvchilari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida o'quvchilarga O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining salohiyati, bugungi kunda harbiy sohaga qaratilayotgan e'tibor, yurtimizdagi Oliy harbiy bilim yurtlari faoliyati to'g'risida ma'lumotlar berilib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi

https://t.me/Nurota_IM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi

📆 Joriy yilning 11 may sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Ajdodlar jasorati unutilmaydi" shiori ostida Zakovat intellektual o'yini tashkil etildi.

6 ta jamoa ishtirok etgan mazkur bahslarda o'quvchilar 2-jahon urushi, mazkur dahshatli urushning yurtimizga ta'siri, buyuk jadid bobolarmizning hayoti va ijodiga oid mantiqiy savollarga javob topishga harakat qildilar.

https://t.me/Nurota_IM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM